Xo’rdalilar tipi. Tuban tuzilgan xo’rdali hayvon?Lansetnik


BALIQLARNING XILMA – XILLIGI


Download 26.52 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1144401
1   2   3   4   5   6
BALIQLARNING XILMA – XILLIGI.
1.Baliqlarning tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo’lishi qanday omillarga bog’liq?Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi,o’zaro raqobat dushmanlarning ko’p bo’lishi.
2.Qayerlarda hayot kechiruvchi baliqlarning ranglari xilma-xil va chiroyli bo’ladi?Rang-barang marjon riflar orasida.
3.Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashovchi baliqlarning qanday a’zolari bo’ladi?Yog’du tarqatadigan.
4.Suv yuzasida va ochiq dengizda yashovchi baliqlarning qanday organlaru kuchli mrivojlangan?Suzgichlari,muskullari,xususan dum suzgichlari kuchli rivojlangan.
5.Skeletining tuzilishi xususiyatiga ko’ra baliqlar qanday sinflarga bo’linadi?Tog’ayli va suyakli.
6.Tog’ayli baliqlar sinfiga ta’rif bering?Tog’ayli baliqlarning skeleti tog’aydan iborat bo’lib,jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo’lmaydi,jabra yorig’lari 5 – 7 juft bo’ladi.
7.Tog’ayli baliqlar qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?Akulalar va sakatlar turkumi.
8.Akulalar turkumiga ta’rif bering?Akulalar ancha yirik,tanasi torpedasimon,dum suzgichlari kuchli rivojlangan,terisini qoplab turadigan tangachalar haqiqiy suyakli baliqlarnikidan farq qiladi.
9.Akulalarning terisidagi tangachalari nimalardan iborat bo’lib, har qaysi tangacha ustki tomondan nima bilan qoplangan?Plastinkachalardan iborat,ustida emal bilan qoplangan tishsimon o’simtalar bo’ladi.
10.Akulalarning tishlari nimalarning o’zgarishidan hosil bo’ladi?Jag’ida joylashgan tishsimon o’simtalar.
11.Odamlar va akulalarning o’xshashlik organi?Tishlari.
12.Ko’pchilik akulalar qanday ko’payadi?Tirik bola tu’gib.
13.Tog’ayli baliqlarga qaysi baliqlar kiradi?Akula,skat,tikandum skatlar.
14.Skat baliqning 2-nomi?Dengiz tulkisi.
15.Akulalarning qancha turi bor?250 turi.
16.Eng kichik akula qaysi va uzunligi?Tikanli akula,40 – 45 sm.
17.Eng yirik akula qaysilar va uzunliglari?Gigant akula 15 m,kit akulasi 18m.
18.Gigant akular nimalar bilan oziqlanadi?Mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan.
19.Gigant akulalarning qisqichbaqa va baliqlar bilan oziqlanishiga sabab nima?Tishlarining juda mayda bo’lishi.
20.Skatlar turkumiga ta’rif bering?Tanasi yassi,rombiksimon yoki disksimon bo’lib,suv tubida yashashga moslashgan.
21.Skatlarning dum suzgichi nimaga aylangan?Ingichka xivchinga.
22.Skatlar qanday harakatlanadi?Yassi tanasi bilan tutashib ketgan, ko’krak suzgich qanotlarining to’lqinsimon tebratib.
23.Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi?Dumining asosida zaharli shilimshiq modda qoplangan tikani bo’ladi.
24.Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlari qancha tok ajratadi?70 Vt
25.Skatlarning zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida qanday jarayonlarni amalga oshiradi?O’ljasini falajlaydi yoki dushmanni qochishga majbur qiladi.
26.Skatlar boshqa ko’pchilik tog’ayli baliqlar singari qanday bola tug’adi?Tirik.
27.Skatlarning urg’ochisi qancha nasl beradi?1 – 3 tadan 20 - 30 tagacha.
28.Skatlar nimalar bilan oziqlanadi?Molluskalar.
29.Eng yirik skat qaysi va nima bilan oziqlanadi?Manta,mayda qisqichbaqasimonlar baliqlar.
30.Skatlarning qancha turi bor?350 turi.
31.Ba’zi skatlar nimasi uchun ovlanadi?Vitaminli yog’ uchun.
32.Tog’ayli baliqalrning skeleti nimadan iborat va qanday organlarga bo’lmaydi?Tog’aydan iborat, jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo’lmaydi.

Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling