Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy uslubiy asoslari Reja


Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar


Download 53.73 Kb.
bet7/7
Sana18.01.2023
Hajmi53.73 Kb.
#1099009
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy uslubiy asoslari-fayllar.org

6. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar.
O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi.
Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom ashyo etkazib beruvchilardan tashqari) ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab:
daromad (foyda) solig`idan 1-yil – 25%, 2-yil – 50%, 3-yildan 100%, qishloq hududida 1-yil ozod qilinadi;
mulk solig`idan 2 yilga ozod qilinadi;
ishlab chiqargan mahsulotining 30% ortig`i eksportga chiqsa, 50%ga daromad (foyda solig`i), 15-30% eksportga chiqarilsa, 30% daromad (foyda) solig`idan ozod qilinadi;
ishlab chiqarish bilan band bo`lsa, er solig`idan 2 yilga ozod qilinadi.
To`g`ridan to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etgan mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlari o`zlarining asosiy faoliyat turlaridagi quyidagi soliqlardan ozod etiladilar:
daromad (foyda) solig`i;
mulk solig`i:
ijtimoiy infratuzilmani va hududiy rivojlanishni rivojlantirish solig`i;
atrof-muhit solig`i;
mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona soliq;
yo`l fondiga majburiy ajratmalardan.
Agar, xorijiy investitsiyalar xajmi:
300 000 – 3 000 000 AQSH dollariga teng bo`lsa – 3 yilga;
3 000 000 – 10 000 000 AQSH dollariga teng bo`lsa – 5 yilga;
10 000 000 AQSH dollaridan ortiq bo`lsa – 7 yilga.
O`zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko`zda tutilgan. Unga ko`ra neft’ va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar:
- ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan;
- ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda bojlardan ozod qilinadi.
Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa, unda,
-neft’ va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig`idan;
- xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig`idan ozod qilinadi.
Engil sanoat sohasida:
- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar QQS dan tashqari barcha soliqlardan ozod;
-o`z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import qilishda korxonalar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi.
Respublikamizda ipakchilik sohasiga alohida e`tibor qaratilgandir, ya`ni pillachilikka bog`liq barcha ishlab chiqarish korxonalari 01.01.2010 yilgacha QQS dan ozod qilingan.

O`zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xuquqiy asoslari

http://fayllar.org
Download 53.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling