Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Вонг Жон, Хитойнинг Жануби-Шаркий Осиё давлатларига булган иктисодий сиёсатининг узгаришлари
Download 497.95 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari
11
Вонг Жон, Хитойнинг Жануби-Шаркий Осиё давлатларига булган иктисодий сиёсатининг узгаришлари (Лондон: Макмиллан нашриёти, 1984), 66-68 бетлар. 20
hisoblandi. 1970 yillardagi neft konlarining ochilishi Xitoyni Singapur orqali xalqaro bozordagi neft mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish imkonini berdi. Singapur o„zining nafis texnologiyasi, bilim, mehnat resurslari va sanoat boshqaruvidagi tajribalarini Xitoy bilan o„rtoqlashdi. Sujou Sanoat Zonasi (SSZ) loyihasi Singapurni o„z zamonaviy boshqaruv tajribalarini Xitoy uchun namoyon eta oldi. Xitoy Singapurni Janubi-Sharqiy Osiyoda (530 million aholi) birinchi qadamni qo„yishdagi asosiy hududiy markaz sifatida e’tirof etdi. Buni juda ko„plab Xitoy kompaniyalarining Singapurda faoliyat ko„rsatayotganliklaridan ham ko„rish mumkin. Singapur Xitoy uchun yirik bozorlar va investitsiyalarni jalb qiluvchi o„rtakash davlat yoki uning hududiy vakili sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, Xitoy Singapurni ilg„or texnologiyalar bilan ta’minlangan Trans Milliy Korporatsiyalar tajribalarini ulashadigan joy sifatida foydalanardi. Ikkinchidan, 1985-1986 yillardagi retsessiya davri va 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqiroz davrlarini inobatga olmaganda Singapurning 30 yildan oshiq davrda barqaror iqtisodiy o„sishga erishib kelganligi Xitoyni ajablantirmasdan qolmadi. Kichik
“Uchar ajdaho ” modeli katta “Uchar ajdaho ” modelini ruhlantiradigan v tajriba almashadigan darajada taajublantirdi. Uchinchidan, Singapur va Xitoy o„rtasidagi etnik va madaniy bog„lanishlar ham ushbu davlatlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada yaqinlashuvchiga zamin yaratdi. Singapurlik Xitoy biznes vakillari mandarin tilida so„zlasha olmaydigan Malayziya va Indoneziya davlatlariga nisbatan Xitoylik biznes vakillari bilan Mandarin tilida so„zlashish va bilim va tajribalarini almashish (“kuanxi”) hamda Xitoyda erkin biznes qilish imkoniyatlariga ega edilar. Xitoyliklar uchun Xitoy tilini bilmaydigan chet ellik investorlardan ko„ra Xitoy tilini biladigan Singapurliklar bilan muloqot qilish ancha maqbul edi. To‘rtinchidan, Singapur Xitoyning iqtisodiy jihatdan modernizatsiyalashuvida xalqaro moliyaviy fondlarni shakllantirish bo„yicha ham foydali makon hisoblanardi. Bunga 2004 yilda Singapur Fond Birjasi ro„yxatidan 46ta Xitoy kompaniyalarining
21
joy olganligi yaqqol misoldir 12 . Beshinchidan, Singapurning siyosiy barqarorligi ham Xitoyni Orol respublikasi bilan biznes qilishga jalb eta oldi. Bunga bir biriga mos keladigan 1978 va 1981 yillardagi Deng Xiopengning ikki marta Singapurga tashrif buyurishi yaqqol dalildir. Bunga farqli ravishda ba’zi Janubi-SHarqiy Osiyo davlatlaridagi ichki siyosiy qarama-qarshiliklar, guruhlar tomonidan qilingan bosimlar Singapurning Xitoy bo„yicha siyosatiga ta’sir o„tkaza olmadi. Masalan, 1965 yilda Indoneziyadagi kommunistik birlashuvning muvaffaqiyatsizligi natijasida uning Xitoy bilan to„g„ridan-to„g„ri savdo aloqalariga dars ketdi va bu hol 1985 yilda iyul oyigacha, ya’ni Indoneziya Kelishuv Memorandumini imzolangan kungacha davom etdi. Ichki siyosiy yo„nalish Indoneziyaning Xitoy bilan diplomatik aloqalarining 1967 yildan to 1990 yilning avgust oyigacha to„xtatib turilishiga asosiy sabablardan biri bo„ldi. Oltinchidan, Singapur va Xitoy iqtisodiyoti bir-biriga raqobatchi sifatida emas balki bir-birini to„ldiradigan ahamiyat kasb etadi. Singapurning ochiq, zamonaviy va shaharlashib borayotgan iqtisodiyoti Xitoyning bilimli va mehnatkash ishchi kuchisini hamda tabiiy resurslarini o„zlashtirishni to„ldirishi mumkin. Xitoyga Singapur taklif eta oladigan yuqori qiymatga ega bo„lgan ilg„or texnologiya asosida yaratiladigan tovar va xizmatlar zarur. O„z navbatida, Singapur uchun Xitoydan resurs boyliklar hisoblanadigan tovarlar, jumladan elektr energiyasi, sanoat va qishloq xo„jaligi kabi resurs xom ashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari kerak. Xitoyning Singapurdan oladigan asosiy import mahsulotlari elektronika ehtiyot qismlari, plastik rezinalar, kompyuter, kompyuter qurilmalari va boshqa sanoat mahsulotlaridir. Demak, savdo strukturasidan ko„rinib turibdiki, bu erda har ikki tomon iqtisodiyoti uchun bir birini to„ldiruvchi jihatlar bor. Har ikki davlatdagi qiyosiy qulaylik va xalqaro ixtisoslashuv kuchli iqtisodiy hamkorlikni qo„llab quvvatlaydi. Singapurning istiqboli nuqtai nazaridan, Xitoy Singapur iqtisodiyotining globallashuv va regionallashuviga “ikkinchi qanot” sifatida ko„mak beradigan 1.3 mlrd.ga yaqin aholidan iborat yirik bozor sifatida jozibador edi. Xitoy Singapur uchun
Download 497.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling