Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
http ://www.iesingapore.gov.sg
Download 497.95 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari
3
http ://www.iesingapore.gov.sg 12
siyosiy yo„nalish Indoneziyaning Xitoy bilan diplomatik aloqalarining 1967 yildan to 1990 yilning avgust oyigacha to„xtatib turilishiga asosiy sabablardan biri bo„ldi. Oltinchidan, Singapur va Xitoy iqtisodiyoti bir-biriga raqobatchi sifatida emas balki bir-birini to„ldiradigan ahamiyat kasb etadi. Singapurning ochiq, zamonaviy va shaharlashib borayotgan iqtisodiyoti Xitoyning bilimli va mehnatkash ishchi kuchisini hamda tabiiy resurslarini o„zlashtirishni to„ldirishi mumkin. Xitoyga Singapur taklif eta oladigan yuqori qiymatga ega bo„lgan ilg„or texnologiya asosida yaratiladigan tovar va xizmatlar zarur. O„z navbatida, Singapur uchun Xitoydan resurs boyliklar hisoblanadigan tovarlar, jumladan elektr energiyasi, sanoat va qishloq xo„jaligi kabi resurs xom ashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari kerak. Xitoyning Singapurdan oladigan asosiy import mahsulotlari elektronika ehtiyot qismlari, plastik rezinalar, kompyuter, kompyuter qurilmalari va boshqa sanoat mahsulotlaridir. Demak, savdo strukturasidan ko„rinib turibdiki, bu erda har ikki tomon iqtisodiyoti uchun bir birini to„ldiruvchi jihatlar bor. Har ikki davlatdagi qiyosiy qulaylik va xalqaro ixtisoslashuv kuchli iqtisodiy hamkorlikni qo„llab quvvatlaydi. Singapurning istiqboli nuqtai nazaridan, Xitoy Singapur iqtisodiyotining globallashuv va regionallashuviga “ikkinchi qanot” sifatida ko„mak beradigan 1,3 mlrd.ga yaqin aholidan iborat yirik bozor sifatida jozibador edi. Xitoy Singapur uchun Sharqiy Osiyoda erkin savdo hududiga ko„mak beradigan muhim hamkordir. Singapur 21 asrning “katta ajdaho”lari bilan bir safda ucha oladigan, o„zining kelajagini oldindan ko„ra oladigan davlat sifatida strategiyasini tashkil etdi. Singapur o„z iqtisodiyotini modernizatsiyalashda zamonaviy davlatchilik va boshqaruv tajribalarini Xitoy bilan o„rtoqlasha oladigan “kichik ajdaho”dan “katta ajdaho” aylandi. Singapur nafaqat Xitoy bilan, shu bilan birga Osiyo va Tinch okeaniya hududida ham o„zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantira oladigan etakchi sifatida o„z mavqeiga ega bo„ldi. Bunga Singapur va Xitoy o„rtasida erkin savdo kelishuvining imzolanishi barcha munosabatlarga yana bir karra yakun yasadi. Xitoynning 70 yillar oxiridan boshlab ochilishi Xitoylik Singapur ishbilarmon 13
vakillari (Mandarin tilida so„zlasha oladigan) Xitoyda biznes qilish imkoniyatlarini kengaytirdi. 1970 yillar va 1980 yillarning boshlarida Deng Xiapong Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiyalashga katta e’tibor qaratayotgan davrda Singapur Nanyang Universitetining xitoy tilida so„zlasha oladigan bitiruvchilari birinchi etnik Xitoyliklar singari Xitoyga biznes qilish imkoniyatlarini izlab ketdilar. Osiyo mamlakatlari guruhi orasida Singapur Xitoyga kiritgan eng yirik to„g„ridan to„g„ri investor sifatida e’tirof etiladi. Kiritilgan investitsiyalarning sakson foizidan ortig„i kuchmas mulk, turizm va sanoat sohalaridadi r. Eng yirik loyihalar sifatida Vyuksi sanoat zonasi, Shanxay Sanlin Ko„chmas mulk inshoati, Pekin Xidjin bog„i, Dalin konteyner terminali kabi loyihalarni qayd etib o„tish mumkin. Investitsiyalarning asosiy qismi Xitoyning janubiy viloyatlariga, jumladan Fujian va Guangdong viloyatlari hissasiga to„g„ri keladi 4 . Birgina 1996 yilda Singapurlik Xitoy ishbilarmonlari tomonidan 418 mln. AQSH dollari miqdorida Guangdong viloyatiga (bu jami Xitoyga kiritilgan to„g„ridan to„g„ri investitsiyalarning 3%), 529 mln. AQSH dollari miqdorida esa Fujian viloyatiga (bu jami Xitoyga kiritilgan to„g„ridan to„g„ri investitsiyalarning 3,8%) investitsiyalar yo„naltirildi . AQSH dollari miqdoridagi jami 3834ta loyihani investitsiya qilishga muvaffaq bo„ldi. 1997 yilning oxiriga kelib esa jami investitsiya hajmi 8,78 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. 1999 yilning oxiriga kelib esa investitsiyalarning shartnomaviy qiymati 34,3 mlrd. AQSH dollarini, xaqiqatdagi qiymati 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi 5 .
uchinchi yirik investor sifatida, 2000 yilda esa butun Xitoy bo„yicha to„rtinchi o„rindagi tashqi investor sifatida nom qozondi. 2000 yil mart oyi oxiriga kelib Singapur Xitoyning ettinchi Xitoy esa Singapurning oltinchi yirik savdo hamkori sifatida e’tirof etildi.
Download 497.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling