Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


  -mahlumot almashinuvini;  8


Download 497.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana08.01.2022
Hajmi497.95 Kb.
#252936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari

-mahlumot almashinuvini; 




 

 



-javobgarlikni taqsimlashni; 

-xatti-harakatlarning kelishishni oladi. 

Raqobatustunligining  determinantlari.har  bir  tarmoq  doimo  yangilanib  va 

zamonaviylashtirib  ko’riladi. Bu  jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi  mamlakat 

muhim  o’rin  tutadi.  Asoslanuvchi  mamlakat  bu  asosiy  mahsulot  va  texnologiya 

strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud 

mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt xususiyatni 

ko’rsatdi,  bunda  xalqaro  muvaffaqiyatga  ta’sir  qiladigan  mahalliy  firmalar 

raqobatlashadi. 

1.2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotning rivojlanishida tutgan 

o„rni va ahamiyati 

Singapurning  Xitoyga  bo„lgan  diplomatik  munosabatlari  quyidagi  nazariy 

savolni yuzaga chiqardi, ya’ni qanday qilib va nima uchun shunday kichik bir davlat 

o„z  oldiga  mana  shunday  buyuk  ishlarni  amalga  oshirishni  maqsad  qilib,  Sharqiy 

Osiyoda  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishga,  demokratik  va  ko„p  millatli  xalq  sifatida 

kuchli  davlatga  aylanish  kabi  masalalarda  kuch  topa  oldi.  Uning  tashqi  siyosati 

natijalari  bo„shliq  kabi  shakllanishi  mumkin  emas,  shuning  uchun  Singapur 

davlatining Xitoyga qaratilgan tashqi siyosati quyidagi asosiy dastur va 

Л 

tamoyillar asosida tahlil va imtihon qilinishi lozim . 



Singapur davlatining istiqboli nuqtai nazaridan quyidagicha: 

Birinchidan  asosiy  tamoyil  sifatida  iqtisodiy  rivojlanish  negizida  hayot 

kechirish,  demokratik  va  ko„p  millatli  davlat  sifatida  xavfsizlikni  ta’minlash 

hisoblanardi. Shunday ekan, Singapur davlatining Xitoyga qaratilgan siyosatining eng 

asosiy  maqsadlaridan  biri,  bu  Singapurliklarning  munosib  hayot  kechirishlari  va 

iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishlarini qo„llab-quvvatlashdir. 

Ikkinchidan, Singapur tashqi siyosati muayyan bir qat’iy belgilangan g„oyaga 

asoslanmagan. Singapur o„z milliy ichki dunyo qarashlariga mos keladigan, turli xil 

siyosiy qarashlar va g„oyalar xilma-xilligini hurmat qiladigan har qanday davlat bilan 

diplomatik aloqalarni o„rnatish tarafdoridir. 




 

Uchinchidan, Singapur erkin savdoga ishonadi va o„zaro ishonchga asoslangan 



har qanday davlat bilan erkin savdo aloqalarini amalga oshirishi mumkin. 

To‘rtinchidan, Singapur o„z qo„shni davlatlari bilan o„zaro tinchlik tamoyiliga 

asoslangan munosabatlarni qurishga ishonadi va ASEAN qobig„ida faoliyat yuritadi. 

Geografik  joylashuv  nuqtai  nazaridan  Malayziya  va  Indoneziya  davlatlari 

Singapur  tashqi  siyosatida  ustuvor  ahamiyat  kasb  etadi.  Singapurning  kelajagi 

Malayziya  va  Indoneziyaning  kelajagiga  juda  yaqin  bog„liqdir.  Geo-strategik 

yondoshuvlar  Singapur-Xitoy  munosabatlarida  e’tiborga  molik  jihatdir,  ayniqsa 

Singapur mustaqilligining ilk davrlarida muhim ahamiyat kasb etardi. Hayot kechirish 

(tirikchilik)  eng  birinchi  darajali  masala  edi,  Singapurning  Xitoy  bo„yicha  siyosati 

ham ichki, ham tashqi ehtiyojlar uchun funksionallik ahamiyat kasb etardi. 

Beshinchidan,  Singapur  Janubi-Sharqiy  Osiyo  davlatlari  bilan  xalqaro  siyosiy 

aloqalarda  o„zaro  tenglik  tamoyiliga  ishonadi.  Shuning  uchun  Singapur  barcha 

qonuniy  manfaatlarni  (qiziqishlarni)  qo„llab-quvvatlaydi  va  ushbu  hududda  Xitoy, 

Yaponiya, AQSH va Rossiya kabi davlatlarning bo„lishini e’tirof etadi. 

Oltinchidan,  Singapur  jahon  tinchligiga  ishonadi  va  u  BMT  Nizomining 

tinchlik masalalarini qo„llab-quvvatlaydi va unga chorlaydi. 

1965  yildan  beri  boshlangan  Singapur-Xitoy  munosabatlarining  tamal-toshi 

sifatida  “iqtisodiy  chorlov”  qiyosini  keltirish  mumkin.  1965-1975  yillar  davomida, 

ayniqsa  Xitoydagi  Madaniy  Inqilob  (keyingi  o„rinlarda  MI)  davrida  ya’ni  barcha 

g„oyaviy bahs-munozaralar, o„zaro gumon va adovatlar avj olgan vaqtlarda, hatto 

1969  yildagi  Xitoy  Banki  inqirozi  davrlarida  ham  iqtisodiy  manfaatlar  eng 

muhim yondoshuv hisoblangan. 

1970  Xitoyning  Singapur  bo„yicha  siyosatini  shakllantirishda  iqtisodiy 

ratsionallik  yondoshuvi  muhim  omil  hisoblangan  va  bu  tarixan  Xitoyning  Janubiy-

Sharqiy  Osiyoda  o„ziga  xos  mavqega  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu  fikr  15 

asrning  boshlarida  yashab  o„tgan  Zen  Xi  (1405-1433)ning  Janubi-Sharqiy  Osiyoga 

etti kunlik sayohati asari bilan qo„llab-quvvatlanishi mumkin. Shuningdek, 19 asrda 

yuz  bergan  “Qoradori  Urushi”  (1840-1842)  davridan  keyin  hamda  Gong  Kongning 

Britaniya qaramligi ostida tashkil topishi Singapurni Xitoy uchun Janubi-SHarqiy 

-5 



10 

 

 



Osiyodagi asosiy markaz sifatida rivojlantirishga turtki berdi . 

Singapur  istiqboli  uchun  bu  tarixan  biror  bir  tabiy  resurslarga  ega  bo„lmagan 

shunchaki  shahar  sifatida  emas,  balki  barcha  davlatlar  uchun,  shu  jumladan  Xitoy 

uchun  ham  savdo-sotiq  munosabatlarini  amalga  oshirishda  markaziy  o„rin 

egallaydigan  shahar  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etardi.  Uning  strategik  va  qulay 

geografik  joylashuvga  ega  ekanligi  Malayziyadan  Xitoyga  savdo  eksportini  amalga 

oshirish,  Xitoydan  esa  butun  Janubiy-Sharqiy  Osiyoga  tovarlarni  etkazib  beruvchi 

markaz sifatidagi o„rnini istiqbollaydi

2



Singapur  iqtisodiyotining  Xitoy  iqtisodiyotini  modernizatsiyalashdagi  o„rnini 



uning  savdo  va  investitsiya  munosabatlarida  Pekinning  10ta  eng  yirik  iqtisodiy 

hamkori sifatida tan olinishi bilan izohlash mumkin. Shu bilan bir qatorda, Singapur 

Xitoy uchun yirik tashqi mehnat resurslariga ega bo„lgan hamda ikkinchi yirik tashqi 

shartnomaviy muhandislik bozori sifatida muhim ahamiyatga ega. 

O’z  navbatida  Xitoyning  Singapurga  bo„lgan  maxsus  qiziqishini  quyidagicha 

izohlash mumkin. 

Birinchi  eng  muhim  omil  bu  Singapurning  qulay  strategik  joylashuvi  va 

infrastrukturasi.  Xitoy  Singapurni  o„zining  Janubiy-Sharqiy  Osiyodagi  eng  qulay 

xalqaro  savdo  sherik  sifatida  ko„radi.  Misol  uchun,  Singapur  neftni  qayta  ishlovchi 

markaz  sifatida  Texasdagi  Xyustondan  keyingi  dunyodagi  ikkinchi  markaz 

hisoblandi. 1970 yillardagi neft konlarining ochilishi Xitoyni Singapur orqali xalqaro 

bozordagi neft mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish imkonini berdi. Singapur 

o„zining  nafis  texnologiyasi,  bilim,  mehnat  resurslari  va  sanoat  boshqaruvidagi 

tajribalarini Xitoy bilan o„rtoqlashdi. Sujou Sanoat Zonasi (SSZ) loyihasi Singapurni 

o„z zamonaviy boshqaruv tajribalarini Xitoy uchun namoyon eta oldi. 

Xitoy  Singapurni  Janubiy-Sharqiy  Osiyoda  (530  million  aholi)  birinchi 

qadamni qo„yishdagi asosiy hududiy  markaz sifatida e’tirof  etdi. Buni  juda ko„plab 

Xitoy  kompaniyalarining  Singapurda  faoliyat  ko„rsatayotganliklaridan  ham  ko„rish 

mumkin.  Singapur  Xitoy  uchun  yirik  bozorlar  va  investitsiyalarni  jalb  qiluvchi 

                     




Download 497.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling