Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Сингапур ва Малайзиянинг Хитой билан савдо алокалари буйича батафсил маълумотга эга булиш учун
Download 497.95 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari
2
Сингапур ва Малайзиянинг Хитой билан савдо алокалари буйича батафсил маълумотга эга булиш учун Жон Вонгнинг Хитойнинг Жануби-Шаркий Осиё давлатларига булган иктисодий сиёсатининг узгаришлари номли асарига каранг (Лондон: Макмиллан нашриёти, 1984), 65-91 бетлар. 10 11
o„rtakash davlat yoki uning hududiy vakili sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, Xitoy Singapurni ilg„or texnologiyalar bilan ta’minlangan Trans Milliy Korporatsiyalar tajribalarini ulashadigan joy sifatida foydalanardi. Ikkinchidan, 1985-1986 yillardagi retsessiya davri va 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqiroz davrlarini inobatga olmaganda Singapurning 30 yildan oshiq davrda barqaror iqtisodiy o„sishga erishib kelganligi Xitoyni ajablantirmasdan qolmadi. Kichik “Uchar ajdaho” modeli katta “Uchar ajdaho” modelini ruhlantiradigan va tajriba almashadigan darajada taajublantirdi. Uchinchidan, Singapur va Xitoy o„rtasidagi etnik va madaniy bog„lanishlar ham ushbu davlatlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada yaqinlashuvchiga zamin yaratdi. Singapurlik Xitoy biznes vakillari mandarin tilida so„zlasha olmaydigan Malayziya va Indoneziya davlatlariga nisbatan Xitoylik biznes vakillari bilan Mandarin tilida so„zlashish va bilim va tajribalarini almashish (“kuanxi”) hamda Xitoyda erkin biznes qilish imkoniyatlariga ega edilar. Xitoyliklar uchun Xitoy tilini bilmaydigan chet ellik investorlardan ko„ra Xitoy tilini biladigan Singapurliklar bilan muloqot qilish ancha maqbul edi. To‘rtinchidan, Singapur Xitoyning iqtisodiy jihatdan modernizatsiyalashuvida xalqaro moliyaviy fondlarni shakllantirish bo„yicha ham foydali makon hisoblanardi. Bunga 2004 yilda Singapur Fond Birjasi ro„yxatidan 46ta Xitoy kompaniyalarining joy olganligi yaqqol misoldir 3 . Beshinchidan, Singapurning siyosiy barqarorligi ham Xitoyni Orol respublikasi bilan biznes qilishga jalb eta oldi. Bunga bir biriga mos keladigan 1978 va 1981 yillardagi Deng Siopengning ikki marta Singapurga tashrif buyurishi yaqqol dalildir. Bunga farqli ravishda ba’zi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridagi ichki siyosiy qarama-qarshiliklar, guruhlar tomonidan qilingan bosimlar Singapurning Xitoy bo„yicha siyosatiga ta’sir o„tkaza olmadi. Masalan, 1965 yilda Indoneziyadagi kommunistik birlashuvning muvaffaqiyatsizligi natijasida uning Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalariga dars ketdi va bu hol 1985 yilda iyul oyigacha, ya’ni Indoneziya Kelishuv Memorandumini imzolangan kungacha davom etdi. Ichki
Download 497.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling