Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI XITOY IQTISODIYOTI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
- Ilmiy rahbar
- I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTING JAHON XO„JALIGIDA TUTGAN O„RNI VA AHAMIYATI
- XULOSA
- Mavzuning dolzarbligi.
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari
- Bitiruv malakaviy ishining yangiligi.
- Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishining obyekti
- Bitiruv malakaviy ishi tarkiban
- I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTINING JAHON XO`JALIGIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI “XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA MAMLAKATSHUNOSLIK” FAKULTETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI XITOY IQTISODIYOTI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Bajardi: 5341000-―Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik‖ ta‘lim yo‗nalishining bitiruvchisi Jumanov Xushnud O‗rol o‗g‗li ______________
______________
2
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTING JAHON XO„JALIGIDA TUTGAN O„RNI VA AHAMIYATI………………..8 1.1. Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari…………………8 1.2. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va uni Xitoy iqtisodiyotiga ta‘siri……………………………………………………………….18 1.3. Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtis odiy taraqqiyot strategiyasi yo‗nalishlari.........................................................................................26 II BOB. ZAMONAVIY XITOY IQTISODIY RIVOJLANISH MODELINING XUSUSIYATLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI…………………………………………………………………32 2.1. Xitoyda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo‗nalishlari va istiqbollari…………………….…………………………………………………...32 2.2. Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o‗ziga xos jihatlari….………………...37 2.3. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va kamchiliklari…………………………………………………….……………...…42
3
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Globalizatsiya va butun jahon moliyviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yuzaga kelgan retsessiya jarayoni davom etayotgan bir vaqtda, hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot hajmi bo‗yicha dunyo davlatlari ichida ikkinchi o‗rinni band qilgan, dunyoning eng yirik eksportyori Xitoyning oxirgi o‗ttiz yildagi erishgan iqtisodiy yutuqlari ko‗plab iqtisodchi, siyosatchi va boshqa sohadagi olimlarni asosiy o‗rganadigan predmetiga aylanib ulgurgan. Mazkur yutuqlarga erishishning iqtisodiy ahamiyati, uning sabablari, Xitoy uchun yuqori iqtisodiy yutuqlarga erishishda amalga oshirgan chora-tadbirlarning mohiyati, ularni Xitoy aholisi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta‘sirini o‗rganish, ularni O‗zbekiston sharoitida milliy iqtisodiyotning o‗ziga xosligini hisobga olingani holda tadbiq etishni chuqur tahlil qilish va butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida XXR hukumati tomonidan inqirozga qarshi ishlab chiqilgan chora- tadbirlarni o‗rganish, globalizatsiya jarayonini Xitoy iqtisodiyotiga ta‘sirini o‗rganish, kelajakda O‗zbekiston uchun Xitoy tajribasidan foydalanish istiqbollarini tahlil qilish, mazkur iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuqlaridan tashqari kamchiliklariga alohida e`tiborga olgan holda o`rganish muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston uchun Xitoy hozirgi kunda iqtisodiy, iqtisodiy va madaniy sohada asosiy hamkorlardan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek: ―Xitoy va O‗zbekiston o‗rtasidagi do‗stlik va hamkorlik to‗g‗risida‖ gi shartnomani hayotga astoydil tatbiq qilish maqsadidan chekinmaymiz, chunki O‗zbekiston uchun O‗zbekiston-Xitoy munosabatlarini mustahkamlash o‗ta muhim ahamiyatga ega‖. 1 Shu sababdan ham Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini o‗rganish O‗zbekiston uchun asosiy hamkorlardan biriga ayalanib borayotgan davlat iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tanlangan yo‗lni bilish ahamiyatini ham oshiradi. XXR hukumatining globalizatsiya va jahonda retsessiya jarayoni davom etayotgan bir vaqtda amalga oshiradigan asosiy iqtisodiy tadbirlarining ahamiyati
1 Каримов И. А. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – Т: Ўзбекистон, 2010. 4
nafaqat O‗zbekiston uchun balki jahondagi deyarli barcha davlatlar uchun ham ahamiyatlidir. Xitoydagi iqtisodiy o‗zgarishlarni butun jahon iqtisodiyotiga ta‘sir qilishi shubxasiz. Shu sababli O‗zbekiston uchun Xitoy iqtisodiyoti rivojlanish yo‗lidagi ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni bilib borish, bu o‗zgarishlar natijasini milliy iqtisodiyotimizga o‗tkazadigan ta‘sirini tadqiq qilish mavzuning dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Xitoy o‗z iqtisodiyotini jahondagi raqobatga avval tayyorlab oldi, so`ngra esa JST shartlari asosida o`z bozorini jahon bozori uchun ocha boshladi. Bu kabi islohotlarni mantiqiy ketma ketligi va unig davomi rivojlanayotgan davlatlar uchun yaxshigina tajriba vazifasini o‗tay oladi. Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish tebdensiyalari, amalga oshirilgan islohotlari bilan ko`pgina Xitoy iqtisodchi olimlari shug`ullanib kelishgan. Jumladan, ular qatoriga Xitoy iqtisodiy islohotlari bosh arxitektori Den Syaopinni, Go Kesoni, Xao Szyanxen, Lu Yunsyan, Chjou Veydi, Chjao Xuashen, Van Pey, 2 Zai Li, 3 Su Fenlin, Li Szin Ven, 4 Lyu Goguan 5 ,
Li Ke, 6 va boshqalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga, ular qatorida ushbu muammoni turli qirralarini o‗z asarlarida yoritib kelayotgan Rossiya iqtisodchi-xitoyshunos olimlaridan Ya. M. Berger, 7 R.
S. Dzrasov, 8 A.V.Ostrovskiy, 9 E.F. Avdokushi, 10 Ye. P. Bajenov, 11 Z. A.
Muromseva, 12 A.S. Selishev, 13 va boshqalarni nomlarini atab o‗tish lozimdir.
2 Ван Пей. Экспортный сектор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис. … канд. экон. наук. М., 2010. 3 Zai Li. & Zhongdong. China`s floating population: new evidence from the 2000 census // Population and development review. 2004. – Vol. 30.
4 Ли Цзин Вэнь. Анализ и прогнозирование основных проблем экономики современного Китая // Прогнозирование развития КНР: экономика, информатика, внешняя поли тика и безопасность. /РАН ИДВ.- М., 2000, вып. 9., с.9-29. 5 Лю Гогуан. Проблемы урегулирования экономической структуры Китая.// Проблемы ДВ, - 2001, № 6, с. 64- 70. 6 Ли Ке Допустимые диспропорции и системная оптимизация региона льной экономики Китая.// Пробле мы теории и практики управления. 2002, № 1. 7 Бергер. Я. М. Экономическая стратегия Китая. М.: Форум, 2009 8 Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1 (48) июнь 2013 9 Ос тровский А.В. « Сосотояние и перспе ктивы с троительства экономики КНР», КНР: по литика , экономика, культура, 2007г. Под ред.Титаренко М.Л., М. 10 Е.Ф. Авдокушин. Международные экономические отношения, учебник, Юность, М., 2004 г. с.368. 11 Баженов Е.П. «Китай и внешний мир» M, 2000 г. 12 Муромцева 3.А. Китайская Народная Республика: пу ть к индустриализации ново го типа . М.: ИДВ РАН, 2009. 5
Undan tashqari, ushbu sohaning nazariy jihatlarini turlicha yondashuvlar orqali O‗zbekistonlik iqtisodchi olimlar ham o‗zlarining bir qator ilmiy monografiya va maqolalarida yoritganlar. Ular jumlasiga: N. T. To‘xliyev, 14 A.V. Vaxobovlarni, 15 iqtisod fanlari nomzodlari E. A. Maxmudov, 16 B. D. Sadibekova, 17
18 kiritish mumkindir. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Xitoy Xalq Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning davomiyligi, asosiy yo‗nalishlarini, amalga oshirilgan islohotlar, ularning asosiy bosqichlari va xususiyatlarini tahlil etish va ushbu asosda kerakli tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqot ishi oldiga quyidagi vazifalari qo`yildi: - Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari - Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va u ni Xitoy iqtisodiyotiga ta‘siri - Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtis odiy taraqqiyot strategiyasi yo‗nalishlari - Xitoyda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo‗nalishlari va istiqbollari - Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o‗ziga xos jihatlari - Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va kamchiliklarini o‗rganib chiqishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari bo‗lib Xitoy, AQSH, Yaponiya, Rossiya va O`zbekiston iqtisodchi olimlarining ushbu soha bo`yicha ilmiy izlanishlari, Xitoy hukumatining iqtisodiy islohotlar o‗tkazish va modernizatsiyalash bo‗yicha qabul qilgan turli qonuniy va normativ aktlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hisoblanadi. Tadqiqot
13 Селищев А.С., Селищев Н.А. Китайская экономика в XXI веке.- СПб.: Издательство «Питер». 2004. 14 N.T.To‘xliyev.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, o`qu v qo`llanma,T-1998. 15 A.V.Va xobov. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellari va ulardan O‘zbekistonda ijodiy foydalanish yo‘nalishlari, Resp.ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2012 y.25 aprel. 16 Maxmudov E.A. ―O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida AKT sohasi‖ o‘quv qo‘llanma. Toshkent.: 2010 y 17 B.D.Sadibekova ―Xitoy iqtisodiyoti, o‘quv qo‘llanma, TDShI, 2013 y. 18 MelibayevaG.A., GaziyevF.Sh.. ―Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi‖. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2011. 6
jarayonida guruhlash, tizimli yondashuv, iqtisodiy va statistik tahlil, taqqoslash tahlili va boshqa usullardan foydalanildi. Tadqiqotning axborot manbai bo‗lib, XXR ning turli statistik ma`lumotlari, jumladan: Chjungo tunszi nyanszyan; Chjungo gune szinszi tunszi szilyao; Chjungo tunszi chjayno axborotnomalari, xalqaro reyting agentliklari nashrlari va O‗zbekiston Respublikasining makroiqtisodiyot va statistika vazirligining ma‘lumotlari xizmat qildi. Ishda qiyosiy tahlil, analiz va sintez usullaridan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. XXR ning globalizatsiya va jahon davlatlarida davom etib kelayotga retsessiya jaroyonlarida modernizatsiyalash va islohotlarni davom ettirish jarayonlarini amalga oshirishidagi unga to‗sqinlik qilayotgan sabablar o‗rganib chiqildi va Xitoy iqtisodiyotining globalizatsiya va integratsiyalashuvi xususiyatlari tahlil qilinib, soha oldida yechimini kutayotgan muammolar aniqlandi va
uning ayrim
jihatlaridan O`zbekistondagi modernizatsiyalash jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari aniqlandi.
zamonaviy rivojlanishining yo‗nalishlari, islohotlar va
zamonaviy modernizatsiyalashning usullarini o‗rganish bizning iqtisodiyotimizda tajriba sifatida foydalanish imkonini beradi. Undan tashqari, ishdagi iqtisodiy taraqqiot yo‗nalishidagi islohotlarni amajga oshirish bo‗yicha qilingan ba‘zi bir tahlillar va tavsiyalar shu soha mutaxassislari uchun kerakli ozuqa bo‗lishi mumkin. Mazkur ishdan iqtisodiy yo‗nalishdagi Oliy o‗quv yurtlarida o‗qitiladigan maxsus kurslarda va Xitoy iqtisodiyoti fanini o‗qitishda ma‘ruza sifatida bevosita foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy xususiyatlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti – Xitoy iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi belgilanayotgan taraqqiyot yo ‗nalishlarining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish hisoblanadi.
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. 7
I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTINING JAHON XO`JALIGIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI 1.1. Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari Yildan yilga Xitoyning dunyodagi ham iqtisodiy ham siyosiy ahamiyati oshib bormoqda.Butun jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining cho`zilib ketishi ham Yevropa va AQSH ning dunyo iqtisodidagi o`rniga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. OAV va jahonning ko`plab ilmiy nashrlarida oxirgi paytlarda Xitoy iqtisodiyoti va uning jahondagi o`rni haqida ko`plab maqolalar chop etilmoqda. Ularning ayrimlari Yevrpa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning tashqi qarzlari ko`payib ketgani va xali hanuz davom etib kelayotga moliyaviy inqiroz sharoitida yaqin vaqtda Xitoyning jahon iqtisodida yetakchilik qilishini bashorat qilsalar, ayrimlar uning Xitoyning jahon xo`jaligida yetakchilik qilishiga bir qancha to`siqlar borligini va bu hodisa yaqin yillarda ro`y bermasligini ta`kidlaydil. 19 Bu maqolalarda Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni to`g`risida har xil fikrlar bayon etilgan. Xitoy iqtisodiyoti hozirgi vaqtdagidek iqtisodiy o`sish sur`atlarini ushlab tura olsa u dunyodagi birinchi raqamli iqtisod hisoblanmish AQSHni ham tez orada quvib o`tishi va dunyoda iqtisodiy yetakchi sifatida nomoyon bo`lishi ham mumkin degan fikrga ko`pchilik iqtisodchilar qo`shiladilar. Lekin Xitoy iqtisodiyotini rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini tadqiq qilar ekanmiz bu fikr unchalik ham to`g`ri emasligiga ishonch hosil qilamiz. Chunki zamonaviy jahon xo`jaligi tizimida ayrim davlatlar emas balki iqtisodiy integratsion tashkilotlarning ahamiyati oshib borayotganiga guvoh bo`lamiz. Bundan tashqari Xitoy iqtisodiyoting jadal sur`atlarda o`sishini ta`minlab bergan omillar ham bu xo`jalik tizimida hali anchagina kamchiliklar va yechimi topilmagan muammolar borligini ko`rsatadi. Xitoy o`zida va jahon bozorida vujudga kelgan sharoitlardan kelib chiqqan holda iqtisodiy rivojlanish tezligini biroz pasaytirishi u uchun foydali
19 Гринин Л. Е. приведет ли глобальный кризис к глобальным изменениям? // Век глобализации. 2009.№2. С. 117-140
8
bo`lgan bo`lar edi. Xitoy va jahon iqtisodiyotidagi sharoitlar kelajakda Xitoyning iqtisodiy o`sishini yuqori templarda hukumat xohlagan taqdirda ham saqlab tura olmasligini ko`rsatadi. Chunki hozirda Xitoy iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodlardan biri bo`libgina qolmasdan balki eng yirik iste`molchiga ham aylanmoda.
Manba: Rasm―World Bank. Global Economic Prospects 2014‖ ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. Rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoyning jahon davlatlari orasidagi iste`molchi sifatidagi o`rni 2013-yilga kelib ancha oshgan. Bu omildan tashqari Xitoy iqtisodiyotining yuqori templardagi o`sishi eksportga bo`gliq (Xitoyning asosiy eksport hamkorlari Gong Kong 17,4%, AQSH 16,7%, Yaponiya 6,8%, Koreya Respublikasi 4,1% 2013-yil ma`lumotlariga asosan) 20
tufayli iqtisodninng o`sish sur`atlari pasaygan. Bu yuqoridagi davlatlarga qilinadigan eksport hajmini kamayishiga olib keladi, Xitoy hukumatining yuan kursini sun`iy rasvishda past ushlab turishi orqali eksport hajmini saqlab turishi ko`plab rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi va AQSH ning e`tiroziga sabab bo`lmoqda.
20 http://www.stats.gov.cn/ 9
Dunyoda davom etayotgan moliyaviy inqiroz faqatgina Xitoyning iqtisodiy pozitsiyalarini mustahkamlab qolmasdan (Xitoyning yirik iste`molchiga aylangani munosabati bilan jahon bozoridagi yetarlicha talab miqdori saqlanib turdi) balki boshqa iqtisodiy integratsion tashkilotlarning ham ahamiyatini oshirdi. Endilikda davlatlar iqtisodiy integratsion tashkilotlarga birikgan holda o`z qiziqishlarini himoya qilmoqdalar. Xitoy YaIM ning o`sish templari saqlanib turganda yaqin o`n yilda Xitoy YaIM hajmi bo`yicha AQSH ni ortda qoldiradi va aholi jon boshiga to`g`ri keladigan YaIM bo`yicha rivojlangan davlatlarga yetib olishi mumkin. Ammo Xitoy iqtisodiyotining bu darajada tez o`sishiga olib kelgan omillarni ko`rib chiqsak, Xitoyning yaqin kelajakda ham oldingi yillardagidek o`sish sur`atlarini saqlab tura olishi shubha ostida qoladi. Iqtisodiy o`sishning Xitoycha modeli: Xitoy iqtisodiyoti modelining o`ziga xos jihatlari Osiyoning boshqa shu tartibda rivojlangan davlatlarida (Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan) ham mavjud bo`lgan. Iqtisodiy taraqqiyotning Osiyocha modeli asoslari; a) Iqtisodni, xususan sanoatni eksportga yo`naltirilganligi b) Arzon ishchi kuchidan foydalanish c) Chet el investitsiyalarini faol jalb qilishga sharoit yartatib berish va texnologiyalar importi d)
YaIM dagi investitsiyalar ulushining juda yuqoriligi (30-40% bazi vaqtlarda 50% ham) e) Davlatni iqtisodiy o`sishdagi faol va har xil sohalar bo`yicha ishtiroki f) Avtoritarlik boshqaruv tartibi, (Yaponiya va Tayvanda ham iqtisodiy islohatlar boshlangan paytda bir partiya hukumatda uzoq muddat turgan) bu o`z navbatida mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi Taraqqiyotning osiyocha modeli asosida rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o`sish sur`atlari chet el investitsiyalari va texnologiyalar olib kirilishi hisobiga tez va uzoq muddatli bo`ladi. Lekin mamlakatdagi ichki iste`mol va aholi jon boshiga to`g`ri keladigan YaIM hajmi pastligi saqlanib qoladi. YaIM ning aholi jon 10
boshiga to`g`ri kelishi osha boshlasa (10 ming AQSH dollaridan ortsa. Xitoyda 2013-yil xarid qobilyati pariteti bo`yicha hisoblanganda YaIM ning aholi jon boshiga to`g`ri kelishi 9800 AQSH dollarini tashkil qilgan) 21 mamlakatning iqtisodiy o`sish sur`atlari pasaya boshlanishi uchun signal bo`ladi 22
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi Xitoyda mavjud. Biz Xitoy iqtisodiy modelining aynan o`zini yaratib olishimiz uchun yuqoridagilarga yana bir necha xususiyatlarni qo`shishimizga to`g`ri keladi; 1)
Aholi va hududning ko`pligi 2)
Davlatning iqtisodga aralashuvi qobilyatining juda yuqoriligi, aynan shu xususiyat Xitoyda iqtsodiy islohatlar olib borilishi imkonini bergan 3) Qishloq aholisining haq huquqlarini chegaralangani (yerga nisbatan mulk huquqining yo`qligi natijasida qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi juda past 2013-yilda YaIM dagi qishloq xo`jalik mahsulotlari ulushi 9.7% bo`lib sohadagi band aholi ulushi 34,8% bo`lgan) 23 qishloq resurslarini butun bir davlat iqtisodiy o`sishida foydalanish imkonini bergan 4)
Etnik xitoyliklardan keladigan investitsiyalar. Bu xitoyliklarsiz Xitoy iqtisodiga kirib kelayotgan investitsiyalr hajmi hozirgidan ko`ra ancha kam bo`lar edi. 24
Xitoy iqtisodiy modelining rivojlanish omillari hisoblanmish bu xususiyatlar bilan iqtisodiy islohatlar yana o`ziga xos boshqa xususiyatlarni payd o bo`lishiga olib keldi. Yuqoridagi xususiyatlar ta`siri ostida Xitoydagi mavjud sharoitlar bilan qo`shilgan holda quyidagi omillar vujudga keldi: - Arzon ekologiya (atrof muhit muxofazining yetarlicha ta`minlanmaganligi)
21 http://www.stats.gov.cn/ 22 АндерсонДж. Лекция. Экономический рост и государство в Китае [Электронный ресурс]: полит.ру, 2008. URL: http://www.polit.ru/article/2008/ 07/ 17/china/. 23 http://www.stats.gov.cn/ 24 Ван Пей. Экспортный се ктор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис …канд.экон.наук. М., 2010. С. 11.
11
- Arzon ijtimoiy siyosat, nafaqa bilan aholining katta qismi ta`minlanmagan, ishchilar ishlayotgan sharoitlarda xavfsizlik choralari yetarlicha ishlab chiqilmagan va h.k
- Tug`ilishni nazorat qilish siyosati (oxirgi vaqtda qayta ko`rib chiqilmoqda) yosh avlod uchun davlat tomonidan qilinadigan sarflar miqdorini kamaytiradi - Yuanning past kursi. Past kurs Xitoyni 1997-yil Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlarida ro`y bergan inqirozdan ham saqlab qoldi - YaIM dagi investitsiyalar ulushining juda yuqoriligi (faqatgina iqtisodiyotga davlat aralashuvining juda yuqori darajada bo`lganidagina erishish mumkin) - Davlatning xom ashyo va energiya manbalaridan foydalanish uchun maqsadli ravishda tariflarni pasaytirishi, infrastrukturadan foydalanish va yaratish mehnat unumdorligini oshirishga qaratilga ishlar uchun harajatlarni qoplanishi, innovatsiyalarni qo`llab quvvatlash Yuqoridagilardan eng oxirgi omil doirasida chet el investitsiyalarini qo`llab quvvatlash va mamlakatni investitsiyalar uchun ochiqlik darajasini yanada yaxshilash uchun XXR hukumati bu siyosatni asta-sekin kengaytirib bordi (bu siyosat maxalliy biznesni qo`llab quvvatlash yoki ichki talab miqdorini oshirish siyosatidan ko`ra izchillroq olib borilgan). Yuqorida keltirilgan barcha omillar natijasi o`laroq Xitoyning eksport hajmi uning iqtisodiy o`sis hidan ancha tezroq o`sdi va yildan yilga ko`payib bordi. Islohatlar davrida Xitoy tomonidan jalb qilingan chet el to`g`ridan to`g`ri investitsiyalari juda yuqori templarda o`sdi. 25
yilga o`sib borishi bu davlatga investitsiyalar oqib kelishiga sabab bo`ldi. Lekin bu omillar hozirgi vaqtda va kelajakda Xitoy iqtisodiy rivojlanish yo`lida to`siq bo`lishi mumkin. Xitoy iqtisodiyotida ishlab chiqarishni kengaytirish va investitsiyalash borasida chet el kompaniyalarining ahamiyati katta bo`lib xususiy tadbirkorlarning ahamiyati haqida bunday deyolmaymiz (Rivojlangan davlatlarda iqtisoddagi o`sish aynan xususiy tadbirkorlar faoliyati bilan bog`liq). Xitoy iqtisodiyoti o`sishida
25 http://www.stats.gov.cn/FDIindex/China/ 12
investitsiyalardan ko`ra kam ahamiyatli bo`lmagan davlat boshqaruvi ham o`ziga hos. Davlat idoralari eng yuqori pog`onalardan tortib eng quyi uyezd darajasigacha bo`lgan kesimda investitsiyalar taqsimotini o`tkazadi. Bunda markaziy boshqaruv iqtisodiy taraqqiyot yo`nalishlarini belgilab beradi, qimmatroq va uzoq muddat davom etadigan loyihalar provinsiya boshqaruv apparatiga topshiriladi shu bilan birga provinsiyalar o`rtasida investitsiyalar va iqtisodiy o`sish sur`atlari uchun ichki raqobat shakllangan. 26 Sidneylik iqtisodchi Jon Li hisoblariga ko`ra ichki investitsiyalar iqtisodiy o`sishning 40% ni, to`g`ridan to`g`ri chet el investitsiyalari esa eksport sektorining 30% o`sish ko`rsatkichini beradi. 1.1.2-rasm Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling