Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


  Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtisodiy taraqqiyot


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.08.2020
Hajmi1.13 Mb.
#128162
1   2   3   4
Bog'liq
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari


1.3.  Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtisodiy taraqqiyot 

strategiyasi yo`nalishlari 

Globallashuvning  yangi  bosqichida  jahon  xo`jaligi  tizimidagi  o`zgarishlar 

Xitoy  iqtisodiyotiy  rivojlanish  tizimida  ham  tubdan  o`zgarishlarni  amalga 

oshirishni  talab qila  boshladi.  



1.3.1-rasm 

 

Rasmdagi  ma`lumotlarga  asosan  2013-yilda  butun  jahon  savdo  aylanmasi 



hajmi  3.1%  ga  o`sgan.  Bu  o`sish  asosan  Sharqiy  Osiyo davlatlari  iqtisodiyotidagi 

eksport  hajmini  yuqori  darajada  saqalanib  turishi  hisobiga  erishilgan.

45

 Bundan 


tashqari  Xitoy  va  mintaqadagi  boshqa  mamlakatlarga  tez  rivojlanayotgan 

davlatlarda  yalpi  iste`mol  hajmi  o`sishi  evaziga  ularga  rivojlangan  davlatlardan 

kirib  kelayotgan  import hajmi  ham ko`paygan.  

Bu  haqda  Xitoydagi  qimmatbaho  tovarlarni  iste`moli  hajmi  ham  bizga 

ma`lumot  bera oladi. 

 

 

                                                                 

45

 World Bank.  International trade indicators 2013



 

       

26 


 

1.3.2-rasm 

Manba:  Ras m―McKinsey  Insights  China-Wealthy  consumer  Studies  (2008,  2010)‖  ma`lu motlari  asosida  muallif 

tomonidan tayyorlangan. 

Xitoyda  kuzatilayotgan  iqtisodiy  o`sish  aholi  farovonligi  darajasiga  q isman 

bo`lsada  ta`sir  o`tkazmoqda.  2008-yildan  2010-yilgacha  bo`lgan  vaqt  oralig`ida 

qimmatbaho buyumlar  iste`moli hajmi 2008-yildagi ko`rsatkichga nisbatan deyarli 

50% ga o`sgan. Bu ko`rsatkich 2015-yilga borib, 2010-yildagiga qaraganda 105% 

dan  ham  oshishi  kutilmoqda.  Albatta  bu  ko`rsatkichning  Xitoy  aholisini  umumiy 

farovonlik  darajasiga  ta`siri  katta  miqdordagi  ―Suzib  yuruvchi‖

46

 ishchilar 



guruhining  borligi  va  aholini  ijtimoiy  va  mehnat  qilish  jaroayonlarini  yaxshi 

himoyalanmaganligi  hisobiga kam bo`lishi  aniq.

47

 

Xitoydagi  ishchilarning  ish  haqini  oshirish  esa  Xitoy  tovarlarini  jahon 



bozoridagi raqobatbardoshligiga  jiddiy  putur yetkazadi.

48

 



 

 

                                                                 

46

 Zai L.  & M. Zhongdong. China`s floating population: new evidence from  the 2000  census // Population and 



development review.  – 2004.  – 2004.  – vol. 30.  No. 3, p. 468. 

  

 



47

 Lubman  S. Working conditions: the persistence of problems in China`s factories // The Wall Street Journal.  – 

2012.  – 25  September.

 

 



48

 Возможен ли национально ориентированный капитализм?  Журнал Экономика мегаполисов и регионов 

№1  (48)  июнь 2013  стр. 21 


       

27 


 

1.3.3-rasm 

 

Shunga qaramay nafaqat Xitoyda balki butun Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani 



mintaqasidagi  barcha  davlatlarda  YaIM  dagi  iste`mol  ulushining  davlat  sektori 

iste`moli  hisobiga  ko`payishi  bashorat  qilingan  (1.3.3-rasm).  Bashoratga  Sharqiy 

Osiyo,  xususan  Xitoydagi  iqtisodiy  faoliyatga  davlat  aralashuvini  kamayishi  va 

ichki  iste`mol  hajmini  ko`paytirishga  qaratilgan  islohatlarni  amalga  oshirilishi 

rejalari  asos qilib olingan.   

Xitoy    moliyaviy  inqiroz  ta`sirini  kamaytirishga  qaratilgan  bir  qancha  chora 

tadbirlarni  ishlab  chiqqan bo`lib ular  quyidagilar: 

- Iqtisodiy o`sish darajasi kamaygan (yillik 6-7% dan) holatda Xitoy hukumati 

soliqlar  hajmini  kamaytirib,  ijtimoiy  xarajtlarni  ko`paytiradi 

- Mamlakatdagi kredit  massasi hajmini YaIM ga nisbatan 10% dan oshishiga 

yo`l qo`ymaslik (hozirda bu ko`rsatkich 14%)

49

 

                                                                 

49

 www.stats.gov.cn 



       

28 


 

- Agarda kredit massasi nominal YaIM o`sishiga nisbatan tezroq ko`paysa, uni 

ko`chmas  mulk  bozoriga  kirib  kelayotgan  kreditlar  hajmini  qisqartirish  orqali 

normallashtirish  rejalashtirilgan,  bu  holatda  investitsion  va  iste`mol  kreditlari 

hajmi  o`zgarishga  uchramaydi 

- Ichki  iste`mol  bozorini  rag`batlantirish  (bunga  yuan  kursini  boshqa 

valyutaga nisbatan oshirish va   eksport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik 

subyektlari  uchun  imtiyozlarni  bekor  qilish  yoki  qisqartitrish  orqali  erishish 

mumkin)

50

 



Bu choralar  rag`batlantiruvchi byudjet siyosati deb yuritilib, asosan iqtisodiy 

o`sish  sur`atlari  pasaygan  rivojlangan  davlatlar  iqtisodiga  nisbatan  qo`llaniladi. 

Iqtisoddagi  yalpi  talab  miqdorini  oshirishga  qaratilgan  bu  choralar  Xitoy  uchun 

obyektiv  zaruratga  aylanib  ulgurgan.  Chunki  Xitoyning  oxirgi  30  yil  davomidagi 

eksport  hajmini  o`sishi  rivojlangan  davlatlarning  to`lov  blanslarida  anchagina 

defitsitni  kelib  chiqishiga  o`z  hissasini  qo`shib  ulgurdi.  Ma`lumki  bir  davlat 

iqtisodiyoti  boshqa davlatga  faqatgina  eksport  hajmini  oshirish  orqali  rivojlantira 

olmaydi.   

Xitoy  o`z  to`lov  balansining  uzoq  yillar  mobaynidagi  musbat  saldosi 

natijasida  mamlakatda  yig`ilib  qolgan  oltin  valyuta  zahirasini  2000-yillardan 

buyon  AQSH  iqtisodiyotiga  sarmoya  sifatida  kiritgan.  Bu  borada  ayrim 

iqtisodchilar  2008-yilda  boshlangan  butun  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi 

aybdori  AQSH  emas  balki  XXR  va  boshqa  AQSH  ning  asosiy  kreditorlari  deb 

hisoblashadi.

51

 

 



 

1.3.4-rasm 

                                                                 

50

 

www.russian.news.cn



 

51 


Jaganathan R.,  Kapoor M., and E.  Schaumburg, 2009,  Why are We in a Recession? The Financial  Crisis is a 

Symptom,  not the Disease!, NBER  WP 15404,  Cambridge,  MA. 



       

29 


 

 

1.3.4-rasmdagi  eksport-import  hajmi  dinamikasi  Sharqiy  Osiyo  va  Tinch 

Okeani  mintaqasidagi  davlatlarda  2014-2015  yillarga  kelib  tenglashadi.  Bu  kabi 

o`zgarishlar nazkur mintaqadagi  iste`mol hajmini ortib borishi va mamlakatlardagi 

aholi  farovonligini  oshishidan  darak  beradi.  Aholi  farovonligining  oshishi  esa o`z 

navbatida mamlakatdagi ishchilarni yanada ko`proq tajriba, bilim va ko`nikmalarni 

egallab  borishiga turtki  bo`ladi.  

Xitoy iqtisodiyoti o`sishining pasayishi jahon bozoridagi xom ashyo resurslari 

narxlariga  to`g`ridan  to`gri  ta`sir  ko`rsatishini  ko`pchilik  mutaxasislar  aniqlab 

ulgurgan.  Xususan  bu  kabi  xolat  2011-2013  yillarda  energiya  tashuvchi 

manbalarning narxlarini Xitoy tomonidan talab yuqori bo`lganligi tufayli oshganini 

ko`rishimiz  mumkin.

52

 

Xitoy  Xalq  Respublikasida  amalga  oshirilgan  islohotlar  asosiy  yo`nalishlari 



bo`yicha  Janubiy  Sharqiy  Osiyoda  joylashgan  boshqa  davlatlardagi  iqtisodiy 

modellar  bilan  ko`plab  o`xshashliklarga  ega  bo`lishi  bilan  bir  qatorda  ulardan 

                                                                 

52

 ―World Bank‖Global  economic  prospects. 2014.  P. 8.   



       

30 


 

farqli  jihatlari  ham  mavjud.  Xususan  mintaqadagi  yuqorida  nomi  keltirilgan 

davlatlar  iqtisodiyoti  Xitoyniki  singari  yirik  emas  va  shu  sababli  bu  mamlakatlar 

eksport qilib chiqargan mahsulotlarning jahon bozoridagi narxi deyarli o`zgarmadi, 

yoki  doimiy  ravishda  oshib bordi.  Shu sababli  bu  mamlakatlar  ichki  bozori  tezda 

anchagina  hajmni  tashkil  qila  boshladi.  Bu  omil  Osiyo  yo`lbarsalarini  jahon 

xo`jalik  tizimiga  tezda  integratsiyalashuviga  olib  keldi.  Xitoy  tomonidan 

o`tkazilgan  islohotlar asosan eksportga yo`naltirilgan  ishlab chiqarishga qaratilgan 

bo`lib,  Yaponiyaning  iqtisodiy  rivojlanishida  birinchi  navbatda  o`z  ichki 

bozoridagi talab miqdorini ta`minlash  vazifasi yotganini ko`ramiz. Bu kabi siyosat 

ayniqsa  1970-yillar  oxirida  ro`y  bergan  energetika  sohasidagi  inqirozdan  so`ng 

ancha  kamxarj  bo`lgan  yapon  sanoati  mahsulotlarini  AQSH  bozorlariga  oqib 

kirishiga  olib  kelgan  edi.

53

 Endilikda  Xitoy  hukumati  2001-yil  JST  ga  a`z 



obo`lganidan  keyin  o`z  ichki  bozoridagi  talab  miqdorini  oshirishga  iqtisodiy 

rivojlanish  muqobilligini  ta`minlovchi  asosiy  vosita  sifatida  qaramoqda.  Albatta 

hozirgi  kunda  Xitoy  iqtisodiyotining  asosiy  iste`mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish 

sohasida  kuchli  raqobat  shakllanib  ulgurgan  (Ayrim  sohalardagi  davlat 

monopoliyasidan  tashqari).  Mazkur  raqobatning  mavjudligi  mamlakatdagi  ishlab 

chiqaruvchilarni  innovatsiyalar,  yangiliklar  qilishga,  ilmtalab  mahsulotlar  ishlab 

chiqarishga  va ishlab chiqarish xarajatlarini  kamaytirishga  rag`bat beradi.  

 

 

 

 

 

 

 

                                                                 

53

 Koo R. The Holy Grail  of macroeconomics:  lessons  from Japan`s great recession. – Singapore: John Wiley & 



Sons (Asia) Pte. Ltd., 2008.  p. 132-147. 

       

31 


 

II BOB. ZAMONAVIY XITOY IQTISODIY RIVOJLANISH 

MODELINING XUSUSIYATLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI 

 

2.1.Xitoyda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo`nalishlari va 

istiqbollari 

 

1978 yil aprel oyi plenumidan keyin, Den Syaopin boshchiligida olib borilgan 

iqtisodiy  islohotlar  va  ―Ochiq  eshiklar‖  siyosati  iqtisodiyot  rivojlanishida  tub 

burilishlar  yasadi.  O‗tgan  yillar  davomida  yo‗l  qo‘yilgan  xato  va  kamchiliklardan 

saboq oliinib, bilim va tajribalarga asoslangan holda hamda iqtisodiy islohatlar olib 

borilishi natijasida, Xitoy so‗nggi 10 yilliklarda barqaror iqtisodiy o‗sishga erishdi. 

Xitoy  o‗zining  rivojlanish  yo‗lini  tanlashda  g‗arb  mamlakatlari,  Sobiq  Ittifoq, 

Yaponiya,  Tayvan  va  Janubiy  Koreya  davlatlarining  rivojlanish  modellariga 

asoslandi.  Mamlakat  aholisining  ko`pligi,  uning  madaniy,  ilmiy-texnikaviy 

darajasining  pastligi,  ekin  maydoni,  chuchuk  suv  va  energiya  resurslarining 

taqchilligi  hamda  tabiiy  muhitning  buzilishi  kabi  muammolar  iqtisodiy 

rivojlanishda  bir qancha iqtisodiy qiyinchiliklarga  olib keldi. 

Syangan  (Gonkong)  va  Aomen  (Makao)  larning  ―alohida  ma‘muriy  rayon‖ 

sifatida  Xitoy  hududiga  qaytarilishi  mamlakat  davlat  tuzimini  o‗zgartirdi,  ya‘ni 

totalitar  davlatdan demokratik  davlat qurish sari qadam qo‗yildi.   

2000-yilda  birinchi  marotaba  Xitoyning  yuqori  organlari  yig‗ilishida 

mamlakatni  federativ  davlatga  aylantirish  masalasi  muhokama  qilindi  va  Butun 

Xitoy  Xalq  Vakillari  Kengashi  doirasida  bu  jarayon  hozirgi  kungacha  davom 

ettirilmoqda. 

1978-yilning  oxirida  XKP  MK  3  Plenum  11-chaqirig`idan  so‗ng,  Xitoy 

ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshira borib, sekin-asta ―Xitoy spetsifikali‖ 

sotsialistik  modernizatsiya  (yangilanish)  yo‘li  tanlab  olindi  va  bu  borada  qator 

ishlar  amalga  oshirila  boshlandi.

54

 Amalga  oshirilgan  chora  tadbirlar  besh  yillik 



davlat dasturlarini  doirasida amalga  oshirilgan. 

                                                                 

54

 

Sadibekova.  B. Dj. Xitoy iqtisodiyoti I qism. Toshkent 2010. 13-14 b.



  

       

32 


 

2.1.1-jadval 

Dasturlar  nomlanishi 

Yillar   

1-besh yillik 

1956-1960 



2-besh yillik 

1961-1965 



3-besh yillik 

1966-1970 



4-besh yillik 

1971-1975 



5-besh yillik 

1976-1980 



6-besh yillik 

1981-1985 



7-besh yillik 

1986-1990 



8-besh yillik 

1991-1995 



9-besh yillik 

1996-2000 



10-besh yillik 

2001-2005 



11-besh yillik 

2006-2010 



12-besh yillik 

2010-2015  

Manba: Jadval ―Sadibekova. B.  Dj.  Xitoy iqtisodiyoti I qism. Toshkent 2010.  9-bet‖ ma`lumotlari  asosida muallif 

tomonidan tayyorlangan. 

Xitoydagi  iqtisodiy  islohotlar  jarayoni  asosiy  ikki davrni o‗z ichiga olib, ular 

quyidagilardan  iboratdir: 

1 davr – 1979-1991 yillardan iborat bo‗lib, bu yillarda sanoat ishlab chiqarishi 

miqyosini  o‗stirishni  davom  ettirish  va  uni  boshqarishni  isloh  etishda  birinchi 

qadamlar  qo‗yildi.  Mamlakatning  qishloq  joylaridagi  agrosanoat  qurilishlari  shu 

davrga  xos  bo‗lgan  hodisalardan  biri  edi.  Boshqarishdagi  o‗zgarishlar  «quyi 

qatlamga  huquq  berish»  konsepsiyasi  asosida  olib  borildi.  Asosan,  mazkur 

xarakatlar  mamlakat  territoriyasining  janubiy-sharqiy  va  markaziy  hududlarida 

amalga  oshirila  boshlandi. 

1984 yildan boshlab, eksperiment (tajriba) tariqasida, turli xildagi yangi mulk 

shakllari  joriy  etila  boshladi,  ya‘ni:  oilaviy  pudrat,  ijara,  hissadorlik,  pay  kabilar. 

1987 yildan boshlab esa, sekin-asta deyarli hamma o‗rta va yirik davlat korxonalari 

yuqori  tashkilot  bilan  o‘zlarining  aniq  ishlab chiqarish  hajmi  va  davlat  byudjetiga 

muayyan  mablag‗  ajratish  to‗g‗risida  bitimlar  tuzib  –  xo‗jalik  yuritishning  pudrat 

turiga  o‗tqazildi. 


       

33 


 

1988  yilda  davlat  sektorini  isloh  etishni  faollashtirish  bo‗yicha  bir  qator 

tadbirlar olib borish bilan  kechdi. Ushbu yilda korxonalar to‗g‗risida qonun qabul 

qilindi,  hissadorlik  bo‗yicha  tajribalar  amalga  oshirilib,  mamlakatda  Davlat  mulk 

qo‗mitasi tashkil  etildi. 

Xitoyda  yangi  tizimiy  siyosat  shakllana  borib,  u  qishloq  xo‗jaligi,  og‗ir  va 

yengil  sanoat  orasidagi  mutanosiblikni  hamda  infrastrukturaviy  ta‘minotni 

yaxshilashga  yo‗naltirildi.  1980  yillar  o‗rtalariga  kelib,  yengil  sanoatdagi  sezilarli 

orqada  qolish  bartaraf  etildi.  Yengil  sanoat  shu  yilda  o‘zining  o‗sish  sur‘ati 

bo‗yicha  11,7%  ni  tashkil  etdi,  og‗ir  sanoat  esa,  atigi  6,6%  dan  iborat  bo‗ldi. 

Yengil  sanoatning  umumiy  sanoat o‗sishiga qo‗shgan hissasi 59,2% ni tashkil  etdi. 

1985-1990 yillarda og‗ir sanoatning o‗sish sur‘atlari yanayam  ko‗tarildi va u 

qayta ishlab chiqarish tarmog‗i foydasiga hal bo‗ldi. Agar, 1978 yilda xom asheviy 

va qayta ishlovchi sohalar nisbati 1: 0,96 ga teng bo‗lgan bo‗lsa, 1988 yilga kelib, 

ularning nisbati 1:1,67 ni tashkil etdi. Bu yo‗nalishda yuqori texnologik soha ortda 

qola  boshladi.  Yengil  sanoat  ichida  qishloq  xo‗jalik  xom  ashyosida  ishlaydigan 

tarmoqlar  juda ham tez sur‘atlarda o‗sib bordi, natijada ushbu tarmoqlar, nisbatan 

past  sur‘atlarda  rivojlanayotgan  qishloq  xo‗jaligiga  qarama-qarshi  turib,  unda 

raqobat muhitini  keltirib  chiqardi.

55

 



II  davr – bu  1992-1998  yillar  hisoblanib,  unda  islohotlarning  birinchi  10  yili 

natijalaridan  iborat  bo‗lgan  o‗tish  davri  xo‗jalik  mexanizmi  bozor  qonunlari  va 

direktiv  rejalashtirish  tamoyillari  birligiga  asoslandi.  Uning  natijasida  korxonalar 

ikki,  bir-biriga  o‗xshamagan  manbalar  yordamida  boshqarila  boshladi,  ya‘ni, 

ma‘muriy  boshqaruv va bozor orqali.  

Davlat reglamentatsiya  va dotatsiyalariga (pul  mablag‗lari  yordami) o‗rganib 

qolgan  va  amalda  zarar  emas,  balki  faqatgina  daromad  (foyda)  olish  uchun 

javobgar  bo‗lgan  korxonalar  «bozor  sharoitiga»  uncha  xush  bermasdan  kira 

boshladilar  yoki  kirsalar  ham,  qisqa  muddatli  maqsadlarni  ko‗zlagan  holda  unga 

qatnashdilar.   

                                                                 

55

 Sadibekova. B.  Dj.  Xitoy iqtisodiyoti I qism.  Toshkent 2010.  33-35  b



.

 


       

34 


 

Mavjud  gorizontal  aloqalarning  va  makroiqtisodiy  nazoratning  bo‗shligi 

natijasida,  turli  darajadagi  xo‗jalik  boshqaruvidagi  korxonalaruchun  vazifalarni 

taqsimlash  markaz  darajasida  amalga  oshirilar  edi.  Bunda  eng  katta  yutuqqa  quyi 

tashkilotlar emas, balki ular orasidagi mintaqaviy boshqaruv tashkilotlari erishdilar.  

XXR  sidagi  mintaqaviy  bo‗linish  uning  7-  besh  yillik  (1986-1990y)  rejasini 

tuzish  bilan  bevosita  bog‗lik  bo‗ldi.  U  siyosiy  ma‘noga  ega  bo‗lib,  mintaqaviy 

siyosat  tamayillaridan  va  yangi  vazifalardan  kelib  chiqdi.  Bu  yerda  gap  iqtisodiy 

islohotlarning  yangi  bosqichi  maqsadlariga  yaqinlashish  to‗g‗risida,  XXRsini  faol 

ravishda  jahon  xo‗jaligi  aloqalari  tizimiga  qo‗shilishiga  va  bu  jarayonga  Xitoyni 

ichki  rayonlarini  sekin-asta  qo‗shilishi  to‗grisidadir.  Shunday  qilib,  g‗arbiy 

hududlarni  keng  miqyosli  o‗zlashtirilishi  natijasida,  iqtisodiy  qurilish  markazini 

sharqiy rayonlardan  g‗arbiy rayonlarga  olib o‘tish ko‗zda tutildi 

Xitoy  iqtisodiyotida  oxirgi  yillarda  kuzatilayotgan  investitsion,  innovatsion 

yutuqlarga  qaramay  rivojlanish  baribir  chet  eldan  kiradigan  ko`p  miqdordagi 

investitsiyalar  asosida  rivojlanayotgan  eksportga  yo`naltirilgan  ishlab  chiqarishga 

bog`liq bo`lib qolgan

56

 va o`zida ko`proq ekstensiv taraqqiyot xususiyatlarini kasb 



etadi. Shu bilan birga Xitoy iqtisodiyoti  ishlab chiqarishda rivojlangan davlatlarga 

nisbatan  anchagina  ko`p  energiya  va  xom  ashyo  resurslarini  sarflaydi  (1.2.3  va 

1.2.4-rasmlar),  ekologiya  bilan  bog`liq  muammolar  ham  aynan  ishlab 

chiqarishning  o`sishi va iqtisodiy taraqqiyot natijasida  yuzaga kelgan. 



 

 

 

 

 

 

                                                                 

56

 

Возможен ли национально ориентированный капитализм?  Журнал Экономика мегаполисов и регионов 



№1  (48)  июнь 2013.  c. 23.   

       

35 


 

2.1.1-rasm 

 

Xitoy  iqtisodida  amalga  oshirilgan  islohotlar  mamlakat  YaIM  tarkibidagi 



investitsiyalar ulushini baland bo`lishi bilan birga davom ettirilgan edi. Shu sababli 

mamlakatning  iste`mol  quvvati  uning  potensilidan  kam  bo`lib  kelgan.  Jahon 

moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  Xitoy uchun o`z  ichki bozorining ahamiyatini oshirib 

yubordi  va  natijada  Xitoy  YaIM  tarkibidagi  investitsiyalar  ulushi  YaIM  ga 

nisbatan  iste`mol  hisobiga  kamayishni  boshladi.  Xitoyda  iqtisodiy  faollik 

darajasini  biroz  tushirish,  ishlab  chiqarish  kuchlariga  ekologik  va  ijtimoiy 

talablarni  ko`paytirish  kabi  choralarni  amalga  oshirishda  kredit  tizimining 

tadbirkorlar  uchun  ajratiladigan  hajmini  qisqartitirishga  qaratilgan  chorlar  ichida 

iste`mol  krediti  hajmini  qisqartirilishi  nazarda  tutilmagan.

57

 Bu  orqali  Xitoy 



hukumati  ikki  maqsadga  erishishni  ko`zlagan,  ularning  birinchisi  ichki  iste`mol 

hajmini  ko`paytirib  borish,  ikkinchisi  tadbirkorlar  uchun  o`z  ishlab  chiqarish 

vositalarini  yangilash  va  ishchilari  malakasini  oshirishga  qaratilgan  faoliyat  bilan 

shug`ullanishga  rag`bat berish. 



 

                                                                 

57

 ―Credit  Sights‖ China financial  growth prospects in 2014.  p. 23.    



       

36 


 

2.2.  Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o`ziga xos jihatlari 

 

Xitoy  tashqi  isqtisodiy  siyosatining  vujudga  kelishi  asosiy  olti  bosqichga 

bo`linadi: 

- Tashqi savdoning paydo bo`lishi  va taraqqiyoti  (1949-yil) 

- Xalq  xo`jaligining  tiklanishi  va  sotsializm  qurilishining  boshlanishi  (1950-

1957 yillar) 

- ―Katta sakrash‖ davri (1958-1965  yillar) 

- ―Madaniy inqilob‖  davri (1966-1976  yillar) 

- Islohotlar boshlanishi  davri ―Gayge Kayfan‖  (1978-1990  yillar) 

- Xitoy  iqtisodiy  islohotlarini  chuqurlashtirish  davri  (1991-yildan  hozirgi 

kungacha) 

XXR  o`z  mavjudligidan  boshlab  nisbatan  tinch  va  do`stona  xarakterga  ega 

tashqi  siyosat  yo`nalishidan  borgan.  Tashqi  iqtisodiy  a`loqalar  darajasi  1978-

yilgacha juda past darajada rivojlangan. Iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan. XXR 

ning tashqi siyosat yo`nalishi ham tubdan o`zgara boshladi. Shunga qaramay XXR 

1978-yilgacha belgilab olgan asosiy tashqi faoliyat tamoyillaridan  voz kechmagan 

holda islohotlarga kirib bordi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va a`loqalarni rivojlantirish, 

xalqaro bozorga integratsiyalashuvni yanada tezlashtirish uchun Xitoy 1978-yildan 

tashqi  siyosat  borasida  yangi  qonunlar  va  mavjudlariga  o`zgartirishlar  kirita 

boshladi.   

1949-yildayoq  XXR  tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  asosiy  prinsiplari  ishlab 

chiqilgan edi.  Mamlakating bu boradagi siyosatiga quyidagi  prinsiplar asos bo`lib 

xizmat  qiladi; 

1. 


Tashqi savdini  davlat tomonidan nazorat qilinishi. 

2. 


Har tomonlama foydalilik  va teng huquqlilik. 

3. 


O`z kuchiga tayanishlik. 

4. 


Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  –  o`z  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini 

kengaytirish  asosida yotadi. 

5. 

Ichki va tashqi savdoni yaxlit  rejalashtirilishi  va nazorati. 



       

37 


 

Hozirgi  kunda  amalda  bo`lgan  Xitoy  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to`g`risidagi 

qonuni  1994-yil  12-mayda  qabul  qilingan  va  2004-yil  6-aprelda  unga 

o`zgartirishlar  kiritilgan.  Bu  qonundan  tashqari  Xitoyda  2000-yildan  so`ng  tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  bilan  bog`liq  yana  bir  qator  hujjatlar  imzolangan  bo`lib,  ular 

Xitoyda  amalga  oshirilgan  ochiqli  siyosati  natijasidagi  zarurat  tufayli  vujudga 

kelgan.

58

 



Xitoy  qonunchiligiga  muvofiq  import  va  eksport  tovarlarining  bir  qismi 

davlat  nazoratiga  olingan.  Davlat  buyurtmalarini  bajarish  operatsiyalari  faqatgina 

hukumat tomonidan qonunchilikga muvofiq ruxsat berilgan tashkilotlar tomonidan 

amlaga  oshiriladi.XXR  davlat  kengashining  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bilan 

shug`ullanuvchi 

bo`limi 


mazkur 

tovarlar 

katologi 

va 


eksport-import 

operatsiyalarini  bajarish  huquqiga  ega  tashkilotlar  ro`yxatini  e`lon  qiladi.  Bu 

ro`yxatda  mavjud  bo`lmagan  tovarlar  va  tashkilotlar  davlat  bojxona  nazorati 

tomonidan mamlakat  hududiga qo`yilmaydi  yoki chiqarilmaydi.   

XXR  da  texnologiyalar  importi  va  eksporti  erkinlashtirilgan  bo`lib  faqatgina 

hukumat  tomonidan ta`qiqlanagan  ayrim  sohalargina  bundan mustasno.  

XXR  qonunchiligiga  ko`ra  hukumat  quyidagi  holatlarda  texnologiya  va 

tovarlar  import-eksportini  cheklay  oladi: 

1) 

Davlat  xavfsizligini  ta`minlash  maqsadida. 



2) 

Inson  va  atrof  muxit  himoyasi  maqsadlarida,  unga  zarar  keltiradigan 

texnologiya  va tovarlar  eksport-importini  cheklash 

3) 


Oltin  va kumush bilan  bog`liq eskport-import munosabatlar 

4) 


Davlat  tabiiy  boyliklari  himoyasi  sohasida 

5) 


Mintaqaviy  yoki  davlat  ahamiyatidagi  bozorlarda  muvozanatni 

saqlash maqsadida 

6) 

Eksport operatsiyalarida  jiddiy  tartibsizliklar  sodir bo`lganda 



7) 

Ma`lum  sohalar himoyasi  va ular  taraqqiyotini  ta`minlash  maqsadida 

                                                                 

58

 A`zam  S. E.  Xitoy eksport siyosati strategiyasining zamonaviy  tamo yillari  va o`ziga xos jihatlari:  Diss. i.  f. n. – 



T., 2010.  B. 11.   

       

38 


 

8) 


Qishloq  xo`jaligi  mahsulotlarini  importini  cheklash  orqali  ichki 

bozorni himoya qilish  maqsadida 

9) 

Davlatni  jahondagi  moliyaviy  ahvolini  yaxshilash  munosabati bilan 



10) 

Qonunchilikda  belgilangan  tovarlar  eksport-importini  cheklash 

munosabati bilan 

11) 


Xalqaro shartnomalar doirasidagi talablarga rioya qilinishi munosabati 

bilan (bu kabi shartnnomalar ikki yoki undan ortiq xalqaro qonunchilik subyektlari 

bilan  imzolangan  bo`lishi  mumkin)

59

 



Yuqoridagi  nazoratni  amalga  oshirishda  Xitoy  litsenziyalash,  kvotalash  va 

nazoratning boshqa ko`rinishlaridan foydalanadi. Bu turdagi kvota va  litsenziyalar 

XXR Davlat  Kengashi  tomonidan belgilangan  muassasa tomonidan beriladi. 

XXR qonunchiliga ko`ra davlat tomonidan xizmatlar eksport-importi nazorati 

quyidagi  holatlarda  nazorat qilinadi: 

1) 


Davlat  xavfsizligini  ta`minlash  maqsadida 

2) 


Inson salomatligi  va atrof muxit  ximoyasi  borasida 

3) 


Ichki bozordagi ma`lum  xizmatlar  sohasini rivojlantirish  maqsadida 

4) 


Valyutadagi  foyda-zarar balnsini  ta`minlash  maqsadida 

5) 


Qonunchilikda  belgilangan  boshqa  cheklov  yoki  ta`qiqlar  ijrosini 

ta`minlash  maqsadida 

6) 

Xalqaro shartnomalardagi  shart va kelishuvlar  asosida 



Qonunchilikga  muvofiq  davlat  intelektual  boylik  himoyasini  ham  amalga 

oshiradi.  Agarda  eksport-import  operatsiyalari  inteluktual  boylik  himoyasiga 

a`loqador  qonunlarni  buzsa  XXR  Davlat  Kengashi  ma`lum  vaqt  doavomida  bu 

turdagi  tovar  va  xizmatlar  eksport-import  operatsiyalarini  cheklashi  yoki 

ta`qiqlashi  mumkin. 

60

 



Xitoy  Xalq  Respublikasi  iqtisodiy  isohotlar  boshlanishi  bilan  tashqi 

yordamsiz  katta  iqtisodiy  o`sish  ko`rsatkichlariga  erisha  olmasligini  yoki  ijtimoiy 

sohani  muqobilligini  uzoq  vaqt  saqlab  tura  olmasligiga  tushunib  yetgani  holda 

                                                                 

59

 

“Tashqi savdo to`g`risida‖ gi XXR  qonuni 16-modda. 



60

 

“Tashqi savdo to`g`risida‖ gi XXR  qonuni 26-modda. 



       

39 


 

Xitoy Komunistik Partiyasining 1978-yil 11-chaqiriq, 3-syezdida

61

 Xitoy hududida 



faoliyat olib boradigan qo`shma korxonalar uchun g`arb davlatlaridagi soliqlardan 

ancha  past  soliq  stavkalari  va  boshqa  turdagi  imtiyozlarni  joriy  qilinishi  kelishib 

olingan  edi.  

1992-yil  oktyabr  oyidagi  XKP  MQ  ning  XIV  syezdida  jahon  komunistik 

tizimi qulaganligi,  yangi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tartibini shakllanayotgani 

hisobga  olingani  holda  Xitoy  YaIM  hajmi  o`sish  darajasini  yillik  6%  dan  8-9% 

gacha  ko`tarish  rejalashtirildi.  Aynan  shu  syezdda ―Davlat  bozorni  nazorat  qiladi, 

bozor esa tashkilotlarni‖  shiori qabul qilindi.

62

    


2001-yilda  Xitoy  JST  ning  143-a`zosiga  aylandi.  Shu  vaqtdan  boshlab 

Xitoyning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq huquqiy normativ baza o`zgartirila 

boshlandi  va  bu  o`zgarishlar  hozirgi  vaqtgacha  davom  etib  kelmoqda.  Mazkur 

o`zgarishlar  ko`proq  Xitoy  bozorini  jahonning  boshqa  tovar  va  xizmatlari  uchun 

ochilishiga,  Xitoyning  tashqi  investitsion  siyosatini  yanada  rag`batlantishga 

qaratilmoqda. Xitoyning JST ga a`zo bo`lib kirishi uning hududida amal qilayotgan 

MIH  uchun  bir  qancha  muammolarni  yaratishi  mumkin.  Chunki  JST  shartlariga 

ko`ra a`zo mamlakat hududida barcha uchun teng bo`lgan  imtiyozlar va sharoitlar 

amal  qilishi  kerak.  

Yuqoridagilardan  tashqari  Xitoy  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  qonunchiligi  yana 

boshqa tashqi iqtisodiy faoliyat  sohalarini  qamrab oladi.  

Xitoy  tomonidan  oxirgi  o`ttiz  yil  mobaynida  amalga  oshirilgan  tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  o`z  samarasini  ko`rsatdi.  Mamlakatning  jahon  bozori  bilan 

integratsiyalashuvi  jarayonlari  tezlashdi,  Xitoyning  eksport  salohiyati  katta 

tezlikda  o`sib bordi. 

 

 

 

                                                                 

61

 Материалы  третьего съезда 11-го  созыва ЦК  КПК  (www.russian.cpc.people.com.cn) 



62

 Материалы  XIV  съезда ЦК  КПК  (www.russian.cpc.people.com.cn) 

 


       

40 


 

2.2.2-rasm 

 

Manba: Rasm  www.stats.gov.cn ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan tayyorlangan  



 

Oxirgi yillarda Xitoyning ko`p xarjli iqtisodiyoti uni tashqi siyosatiga ham o`z 

ta`sirini  o`tkazib  kelmoqda.  Xitoy  o`zining  yirik  ishlab  chiqarish  bazasi  uchun 

yangi yoqilg`i manbalarini qidirmoqda.  Bu Xitoyning oxirgi yillarda Yaqin Sharq 

va  Afrika  davlatlaridagi  investitsion  faolligini  ham  izohlaydi.  Bundan  tashqari 

Xitoyning  O`rta  Osiyodagi  faolligi  ham  ayniqsa  mazkur  sohada  ancha 

jadallashgan.

63

 



 

  

  



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling