Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va kamchiliklari
- Xitoy iqtisodiyotidagi mavjud muammlolar.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI I. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari va qarorlari
- II. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari va ma‟ruzalari
- III. Kitoblar, monografiyalar, ilmiy maqolalar
- IV. Ingliz tildagi adabiyotlar
- V. Internet saytlari
63 Гринин. Л. Е. Китайская модель и перспективы лидерства Китая в мире. Век глобализации. Выпуск №2(10).2012. с. 35. 41
2.3. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va kamchiliklari
Xitoy tomonidan amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar o`ziga yarasha ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Iqtisodiy islohotlar asosan chet el bozorlarini to`ldirishga va ichki bozor ehtiyojlarini kam hisobga olingani holda o`tkazilgan. Islohotlar asosan iqtisodiy rivojlanishni fetishizatsiyaga aylantirilishi natijasida hozirgi vaqtda Xitoy chuqur ekologik va energetic muammolar oldida turibdi. Bir tomondan Xitoy energiya resurslarini yangi, toza turlarini ishlab chiqarish va uni iste`mol qilishga katta mablag` ajratishni rejalashtirgan bo`lsa, ikkinchi tarafdan hatto rivojlangan davlatlarda bu kabi texnik-texnologik yutuqlarga erishilmagan. Bundan tashqari Xitoyning asosiy energiya manbai ko`mir hisoblanadi va mamlakat ko`mir zahiralari bo`yicha jahonda yetakchilik qiladi. Ammo energiya tashuvchilarning bu turi ekologiyaga boshqalariga qaraganda ko`proq zarar qiladi. Ko`mirdan sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanishdan voz kechilishi mamlakatdagi iqtisodiy o`sish sur`atlariga yomon ta`sir qilishi mumkin. 2.3.1-rasm
Manba: Rasm www.stats.gov.cn sayti ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 42
Rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoy YaIM sohalar bo`yicha taqsimotida hozirgi vaqtgacha sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ulushi baland. Bu ko`rsatkichlar bilan Xitor rivojlangan davlatlardan hali ortda qolmoqda. 2000-yillardan boshlab
islohatlar boshlanishi paytidagi kabi
invistetsiyalarning daromad keltirishi darajasi kamaya boshladiva ayrim yillarda va sohalarda hatto manfiy
ko`rsatkichni ham
ko`rsatgan. Yildan
yilga investitsiyalardan olinadigan daromad hajmi o`zgarib tursa ham davlat tomonidan kiritilayotgan investitsiyalardan foyda olish darajasi chet el investitsiyalaridan ko`rapastroq va ulardan tushadigan daromad 2009-yilda 1 yuanga YaIM dagi 0,17 yuan o`sishga to`g`ri kelgan (1994-yilda esa 1 yuanga YaIM dagi 0,74 yuan to`g`ri kelgan). Boshqacha aytganda davlat 1 yuan foyda olishi uchun 6 yuan investitsiya kiritishi kerak. Xitoy hukumati mavjud modeldagi kamchiliklar haqida biladi va uni bartaraf etish uchun model transformatsiyasini amalga oshirmoqda (xususan AKT sohasida amalga oshirilgan o`zgarishlar e`tiborga molik). Faqat bu o`zgarishlar va transformatsiya o`sish sur`atlariga ta`sir etmaydigan sohalarda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Natijada iqtisodiy modelning faqatgina ayrim sohalari o`zgarishlarga uchrab modelning umumiy tuzilishi o`zgarishsiz qolmoqda, bu esa mavjud muammolarni yanada chuqurlashuviga sabab bo`lmoqda (ayniqsa ekologiya va atrof muhit muxofazasi sohasidagi muammolar). 2012-yildan boshlab Xitoy iqtisodiyotining o`sish dinamikasi pasayib bormoqda. Bu holat Xitoy iqtisodiyoti uchun yaxshi hisoblanadi, chunki aholining ichki iste`moli hajmi ko`payib, ko`p harjli va ekologik jihatdan zarar ko`rib ishlayotgan firmalardagi ishlab chiqarish hajmini qisqarishi va yangitdan zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinishi iqtisodiyotni rivojlanishning yangi bosqichiga ko`taradi. 64
64 Explorer Global Think Tank. China `s Economy is Slowly Becoming More Normal. Pieter Bottelier. Article / july 26, 2012. 43
2.3.2-rasm
Manba: Rasm www.stats.gov.cn sayti ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Rasmda Xitoy YaIM ni ishlab chiqarilishi uchun band bo`lgan aholi soni berilgan bo`lib, Xitoy iqtisodiyotidagi sohalarda mehnat unumdorligi darajasini ko`rsatib bera oladi. Grafikga ko`ra Xitoy sanoat sohasidagi mehnat unumdorligi darajasi boshqa sohalarnikidan ancha yuqori. Eng past mehnat unumdorligi qishloq xo`jaligi sohasiga to`g`ri keladi (YaIM ning 9,7% ni berganida mehnatga layoqatli aholining 37,8% ni band qilgan, rivojlangan davlatlarda bu ko`rsatkichi 1,5% dan 4% gacha). Xitoy iqtisodiy taraqqiyot modeli 2013-yilda hokimiyatga kelgan yangi hukumat uchun bir qancha muammolarni yaratib berdi. Xitoyda hozirgi kunda 1 mlrd tonnadan ko`proq temir rudasi qazib olinadi (dunyoda qazib olinadigan temir rudasining 40%), 600 mln tonnadan ko`proq po`lat eritiladi va uning atiga 10/1 qismi eksport qilinadi (dunyodagi eritilgan po`latning 45% dan ko`prog`i), yiliga 1,9 mlrd tonna sement ishlab chiqariladi va uning barchasi XXR o`zida ishlatiladi (dunyodagi jami ishlab chiqariladigan sementning 55%). Shu bilan bir qatorda turli xil mineral xom ashyolarni qazib olinishi hajmi ham yildan yilga ko`payib bormoqda. Bir necha yil oldin Xitoy ko`mirni eksport qilgan hozir esa uni
44
importyoriga aylanib ulgurdi. Neftni ham eksportyori bo`lgan Xitoy hozirgi vaqtga kelib neft importyorlari qatorida 2-o`rinda turibdi. 65
Xitoy yiliga 500 mln tonna temir rudasini import qiladi. Xitoy iqtisodiyotini bu darajadagi serxarjligi hukumat va Xitoylik biznes vakillarini butun dunyo bo`ylab xom ashyo manbalarini qidirishiga va uni importini diversifikatsiyasiga ko`proq ahamiyat berishiga olib kelmoqda. Bu omil Xitoyning Afrika va Lotin Amerikasidagi faolligini asoslay oladi. Xitoy iqtisodini juda serxarjligi quyidagi misolda yaqqol ko`zga tashlanadi; AQSH da amalga oshiriladigan qurilish ishlari Xitoydagi bilan taxminan bir xil hajmga ega bo`lgani holida yiliga 100 mln tonna sement ishlab chiqaradi va 30 mln tonnadan kamrog`ini import qiladi (2007-yil). Xitoy esa 1,9 mlrd (2007-yil) tonna. Agar Xitoyda sementni qurilish va boshqa maqsadlarda AQSH dagidan ko`ra ko`proq foydalanishini va qurilish jarayonida uning bir qismi yo`qotilishini hisobga olsak ham Xitoy AQSH dan ko`ra taxminan 15-16 baravar ko`proq sement iste`mol qiladi. Mavjud kamchiliklar ko`pincha rejali iqtisodiyotlar uchun xos bo`lgan iqtisodiy o`sish sur`atlariga har qanday holda ham erishishga intilish ya`ni rivojlanishni fetishizatsiya qilish oqibatida kelib chiqqan. Shu sababli Xitoyning hozirgi hukumati iqtisodiy o`sish sur`atlarini kamaytirishni o`z oldilariga maqsad qilib olishgan. Lekin mazkur maqsadni realizatsiya qilinishi haqiqatdan ham bo`lishi muammoli. Chunki 2011-yil 28-fevralda XXR Davlat Kengashi raisi Ven Tszyaobao 2011-yildagi iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi 8% qilib belgilangani va 2012-2015 yillarda esa 7% lik ko`rsatkich asosiy maqsad qilib belgilandi. Amalda esa 2012-yildagi iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi yuqoridagidan balandroq bo`lgan. Bu ko`rsatkichga erishish infilatsiya va jamiyat deformatsiyasi kabi xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan shartlar ostidagi tadbirlar b ilan erishildi (ichki talabni kredit foizlarini tushirish orqali erishga qaratilgan choralar).
65 World Bank. World energy consumption report. 2013 45
2.3.3-rasm Xitoy iqtisodiyotidagi mavjud muammlolar.
Manba: rasm www.worldbank.org/ru/news/press -release/2014/06/06/china-growth-moderates-with-continued- transformation asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 2.3.3-rasmdan ko`rinib turibdiki XXR tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar Xitoy iqtisodining rivojlanish modelini isloh qilinishini talab qiladi. Xitoy hukumatining ichki iste`mol hajmini oshirishga qaratilgan siyosatini hayotga taqbiq qilinishi yanada qiyinlashishi mumkin. Chunki hozirgi kunda Xitoyning sharqiy mintaqasida joylashgan shaharlaridagi birinchi iste`mol tovarlarining narxi Gongkongdagi narxlar darajasiga tenglashib, ayrim xollarda undan oshib ketmoqda. 66 Xarajatning foydaga nisbatan bu kabi o`sib ketishi mamlakatdagi o`rta qatlamni noroziligini uyg`otib yuborishi mumkin.
66 Марк Завадский ―Три проблемы Китая‖ ―Эксперт‖ №43 (776) 2011. С. 6. 46
2.3.4-rasm
2.3.4-rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoy uchun mavjud iqtisodiy muammolarni yechimi yo`llari uning oxirgi 30 yil ichidagi yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlab bergan modeldan voz kechishni talab qiladi. Bu kabi sharoitda Xitoy hukumati oldida hozirgi egallangan marralarni saqlab qolish va jahon davlatlari ichida rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishdek ma‘sulyatli vazifa turibdi. Mazkur maqsadga erishish uchun oxirgi 30 yil mobaynida Xitoy iqtisodiyotini tez rivojlanish darajalarida ushlab tura olgan iqtisodiy model o`rniga butunlay boshqa, Xitoy uchun ko`proq mamlakat aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni o`tkazish asosiy vazifa qilib belgilab olingan bo`lishi lozim.
XULOSA 47
Jahonda hozirgi vaqtda golobalizatsiya va xalqaro iqtisodiy integratisiya jarayonlari ta‘siri ostida alohida milliy xo‗jaliklarning ahamiyati toboro kamayib integratsion tashkilotlar va boshqa xalqaro uyushmalarning ahamiyati toboro kengayib bormoqda. Jahon bozoridagi narxlar dinamikasi ham kam
o‗zgaruvchanlik xususiyatini yo‗qota boshlagan. Bu esa milliy xo‗jaliklarga o‗z iqtisodiyotini tez sur‘artlarda diversifikatsiya qilishini va jahon bozoridagi o‗zgarishlarga tayyor turishini taqozo etmoqda. Yuqoridagi omillar natijasida Xitoyda hozir chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni talab qiluvchi holat shakllangan. Ushbu holatga ko‗ra Xitoy o‗zidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarga keng
imkoniyatlar yaratib
berishi, globalizatsiya va jahon
bozoriga integratsiyalashuv jarayonlarini yanada chuqurlashishiga, o‗z eksport hajmini faqatgina boshqa davlatlar hisobiga kengaytirish yo‗lidan asta-sekin voz kechgani holda ichki bozorini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Xitoy hozirgi vaqtda dunyoning birinchi raqamli eksportyor davlati emas balki ekologik muammolar va u tufayli yerni, atrof muhitni zararlash bo‗yicha ham sayyorada yetakchilik maqomida. Xitoy ekologik muammolar tufayli kasallanishga uchragan insonlar soni bo‗yicha ham dunyoning barcha davlatlaridan oldinda. Hukumat tomonidan ekologiyani yanada zararlanishini oldini olishga qaratilgan dasturlar hozircha o‗z vazifasini to‗liq ravishda bajargani yo‗q. Hukumat tomonidan energiya iste‘moli uchun tariflarni sun‘iy ravishda past narxlarda ushlab turilishi energiya ishlab chiqaruvchilar va undan foydalanuvchilar uchun yoqilg‗ining yangi manbalarini yaratishga rag‗batni kuchsizlantirmoqda. Xitoy o‗zidagi ishchi kuchi arzonligi va ekologik talablarni boshqa rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha yumshoq bo‗lganligi bilan investorlarni o‗ziga jalb qiladi. Xitoy eksport hajmini yuqori ko‗rsatkichlarda ushlab turishi uchun mamlakatdaga boshqa valyuta taklifi oqibatida yuan kursini qimmatlashishini oldini olish maqsadida eksport orqali kirib kelgan katta miqdordagi valyutani AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar iqtisodiga qayta investitsiya qiladi. Bu esa ayrim iqtisodchi olimlarda 2008 -yilda boshlangan butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining sabablaridan biri bo‗ldi 48
degan farazlarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Chunki 2000-yillardan boshlab Xitoy AQSH ning yirik kredetorlaridan biriga aylandi. 2001-yil ―.com‖ axborot texnologiyalari bozori aksiyalari narxlari keskin tushib ketgach Xitoy AQSH ning ipoteka bozoriga katta miqdordagi investits iyalarni kirita boshladi, natija 2008- yilda ro‗y bergan butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. Albatta bu holat yuzasidan Xitoyni to‗g‗ridan to‗g‗ri ayblay olmaymiz. Balki Xitoy uchun bu vaqtda eksportdan tushgan katta miqdordagi valyutani o‗z iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga sarfalagani yuqoridagi holatdan ko‗ra ancha yaxshi bo‗lar edi deb ayta olamiz. O‗zbekiston o‗z taraqqiyot yo‗nalishini belgilab olishda Xitoy tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan keng foydalandi. Bunga 2013-yilda ochilgan bir qncha maxsus iqtisodiy hududlarni misol qilib keltira olamiz. O‗zbekiston Xitoy tomonidan yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni aniq anglab olgani holda ko‗proq ichki bozor talablarini qondirishga qaratilgan yuqori texnologik va ilmtalab maxsulotlarni ishlab chiqarishga mo‗lajallangan korxonalarni o‗z hududiga olib kiryapti. Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ―o‗zbek modeli‖ amalda o‗zining yuksak samaralarini bermoqda. Ushbu modelning ishlab chiqilishida jahon qolaversa Xitoy tajribasidan O‗zbekistondagi o‗ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda foydalanilgan. Xitoyning yana bir muammolaridan biri bo‗lgan yomon qarzlari O‗zbekistonda kuzatilmaydi. Prezidentimiz tomonidan 2010-yil 26 noyabrda qabul qilingan ―2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‗rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi qarori bank kapitali sifat jihatdan yaxshilashga qaratilgan bo‗lib, mazkur qaoror O‗zbekistonda Xitoydagi kabi holatni takrorlanishidan saqlab qoldi. Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 24,2 foizni tashkil qilib, xalqaro bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi tomonidan qabul qilingan talabga (8 foizga) nisbatan 3 barobar yuqori. Bank barqarorligini
49
baholash omillaridan biri bo‗lgan bank tizimining joriy likvidlik darajasi bir necha yildan buyon 65 foizdan yuqori bo‗lib, belgilangan minimal darajadan (30 foizdan) 2 barobar ko‗pdir. Bu ko‗rsatkichlar banklarda hali realizatsiya qilinishini kutib yotgan mablag‗ hajmini anchagina ekanligini ko‗rsatadi. Kelajakda O‗zbekiston mazkur mablag‗larni iqtisodiy faollik darajasini ko‗tarishda foydalanishi mumkin. Xitoy tajribasidan kelib chiqqan xolda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning to‗lov qobiliyatini doimo oshirib borish hamda banklarni mamlakat iqtisodiyotining lokomotiviga aylantirish va bunda tashqi qarzlarni oqilona jalb qilish bank tizim ini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarining asosiy yo‗nalishi etib belgilangan. Xitoydagi yomon qarzlar ya‘ni norentabil bo`lgan tashkilotlarni davlat tomonidan moliyalashtirilishini to`xtatilishi kelajakda hukumat tomonidan rejalashtirilgan birinchi galdagi vazifalardan biri hisblanadi. Xitoy goloballashuv va integratsion jarayonlarning yangi bosqichida turibdi. Bu vaziyatda u o`z iqtisodiyotini kam xarj, aholi iste`moli va xarajatlarini ta`minlashga qaratgan xolda rivojlantirib borishi lozim. Yuqoridagi vazifalarni bajarishi uchun Xitoyga birinchi galada o`z iqtisodiyotida tubdan islohotlar o`tkazilishi talab qilinadi. Hozirgi vaqtga kelib Xitoy bu kabi islohotlarni boshlab yuborgan, ammo mamlakatda kvazifiskal opoeratsiyalar tufayli markaziy va mahalliy byudjetdagi yomon qarzlar miqdori yanada ko`payib ketmoda. Mamlakatning sharqiy mintaqalaridagi iste`moli narxlari aholining daromadlaridan ko`ra ancha tez oshyapti. Bu kabi iqtisodiy muammolar Xitoy hukumatini kelajakdagi asosiy shug`ullanadigan vazaifasidir. O`rta Osiyo borasida ham Xitoy bu mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlikning yangi bosqichiga ko`tarilishni rejalashtirgan. Bu hamkorlik yo`nalishlari asosan xom-ashyo va energetik resurslar doirasida kengayishi kutilmoqda. Xitoyni mintaqada erkin savdo hududini tashkil qilish to`g`risidagi
50
rejalari ham yo`q emas. 2013-yilda hokimiyat tepisiga kelgan Xitoyning yangi hukumati bu haqda o`z boshqaruvining boshidan ma`lum qilgan edi. Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari ko`proq ekologik toza ishlab chiqarish, aholi farovonligini oshirish, aholini kambag`al va boy qismi o`rtasidagi farqni kamaytirish va hozirda Xitoyni jahon bozoridagi pozitsiyalarini o`z iqtisodiyoti uchun zararli bo`lmagan sharoitlarda saqlab qolishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI I. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari va qarorlari 1.1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ- 1024-sonli qarori. 1.2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 29-dekabrda ―O‗zbekiston Respublikasining 2011-yilga mo‗ljallangan investision dasturi to‗g‗risida‖gi 1455-sonli Qarori.
2.1. Karimov I. A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir./ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi.// Xalq so‗zi 2005 yil, 29 yanvar. 2.2. Karimov I. A. 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi. // Xalq so‗zi 2006 yil, 13 fevral. 2.3. Karimov I. A. 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi. // Xalq so‗zi 2008 yil, 9 fevral. 2.4. Karimov I.A. 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi. // Xalq so‗zi 2007 yil, 13 fevral. 2.5. Karimov I. A. ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va choralari‖. – T:. O‗zbekiston, 2009. 2.6. Kаrimov I.А. 2012 yil vаtаnimiz tаrаqqiyotini yangi bosqichgа ko‗tаrilаdigаn yil bo‗lаdi O‗zbekiston Respublikаsi I.А.Kаrimovning 2011 yilning
52
аsosiy yakunlаri vа 2012 yildа O‗zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlаntirishning ustuvor yo‗nаlishlаrigа bаg‗ishlаngаn Vаzirlаr Mаxkаmаsining mаjlisidаgi mа‘ruzаsi// Xаlq so‗zi, 2012 yil 20 yanvаr, № 14 (5434). 2.7. Kаrimov I.А. Bizning yo‗limiz – demokrаtik islohotlаrni chuqurlаshtirish vа modernizаsiya jаrаyonlаrini izchil dаvom ettirish yo‗lidir. Prezident Islom Kаrimovning O‗zbekiston Respublikаsi Konstitusiyasining 19 yilligigа bаg‗ishlаngаn tаntаnаli mаrosimdаgi mа‘ruzаsi. // Xаlq so‗zi, 2011 yil 8 dekаbr. 2.8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Mamlakatni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi, 18.01.2014 y. III. Kitoblar, monografiyalar, ilmiy maqolalar 3.1. B.D.Sadibekova ―Xitoy iqtisodiyoti, o‘quv qo‘llanma, TDShI, 2013 y. 3.2. MelibayevaG.A., GaziyevF.Sh.. ―Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi‖. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 201. 3.3. A.V.Vaxobov. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellari va ulardan O‘zbekistonda ijodiy foydalanish yo‘nalishlari, Resp.ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2012 y.25 aprel. 3.4. Maxmudov E.A. ―O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida AKT sohasi‖ o‘quv qo‘llanma. Toshkent.: 2010 y 3.5. N.T.To‘xliyev.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, o`quv qo`llanma,T- 1998. 3.6. Ван Пей. Экспортный сектор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис. … канд. экон. наук. М., 2010. 3.7. Ли Цзин Вэнь. Анализ и прогнозирование основных проблем экономики современного Китая // Прогнозирование развития КНР: экономика, информатика, внешняя политика и безопасность. /РАН ИДВ.-М., 2000, вып. 9. 3.8. Селищев А.С., Селищев Н.А. Китайская экономика в XXI веке.- СПб.: Издательство «Питер». 2004.
53
3.9. O‗zbekiston Respublikаsi iqtisodiyoti (O`quv qo`llanma) / Tuzuvchi: prof. N.T.To`xliyev. – T.,1998. 3.10. Лю Гогуан. Проблемы урегулирования экономической структуры Китая.// Проблемы ДВ,- 2001, № 6, с. 64-70. 3.11. Sadibekova B. Dj. Xitoy iqtisodiyoti, 1-qism. O`quv qo`llanma – T.,2010 3.12. Ван Мэнкуй и др. Экономика Китая, Изд-во межконтинентального Китая, Пекин, февраль 2005 г. с. 114. 3.13. Kитай: фундамент успехов XXI века. Аналит.обзор. /Инст. ДВ РАН, 2002, 200-с. 3.14. «Китай: факты и цыфры, 2012», Пекин, 2013 г. 3.15. Китайская Народная Республика: политика, экономика, культура. Под ред.акад. Tитаренко M.Л., М., 2008г. 3.16. Котляров H.H. Важнейшие аспекты взаимодействия КНР с ВТО//Мировое и национальное хозяйство.-2007.-№3 3.17.
"Социально-гуманитарные знания 2006". Дополнительный выпуск -М., 2006 3.18.Островский А.В. Китайская модель перехода к рыночной экономике. М.,ИДВ РАН, 2007.-208 с. 3.19. Основные тенденции развития Китайской экономики в ХХI веке, Шенян, 2004. с. 86. 3.20. Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1 (48) июнь 2013
3.21.Жуджунь Д., Ковалев М.М., Новик В. В. ―Феномен Экономического Развития Китая‖ Мн.: Издательский центр БГУ, 2008. – 446 с. 3.22. Селищев А.С., Селищев Н.А. Китайская экономика в XXI веке.- СПб.: Издательство «Питер». 2004. – 15 п.л. 3.23. Гельбрас. В. Г. Китай: ―У пчелы спина полосатая, но тигром ее не назавеш‖ // Вопросы экономики. 2003ю №2 с. 61-75.
54
3.24. Доклад о стратегии устойчивого развития Китая-2004 (2004 Чжунго кэ чисюй фачжанъ чжанълюэ баогао). — Пекин. Кэсюэ чубанъшэ. 2004. С. 104. 3.25. Материалы из гос. архивов ЦК КПК 3.26. XXR tashqi iqtisodiy faoliyatini taribga solish bo`yicha qonun va normativ aktlar.
4.1. Economic and Social Survey of Asia and the Pacific. - New York, 2004.- 299p. 4.2. Ozawa T. The rise of Asia.The ―flying geese‖ theory of tandem growth and regional agglomeration. – Cheltenham (UK), Northampton (MA, USA): Edward Elgar, 2009. 4.2. Hands across the Strait. Shameen Assif. Bus. Week. Eur. Ed. 2004, №6 - 13 Sept., p.41. 4.3. Explorer Global Think Tank. China `s Economy is Slowly Becoming More Normal. Pieter Bottelier. Article / july 26, 2012.
August.- 106p. 4.4. Koo R. The Holy Grail of macroeconomics: lessons from Japan`s great recession. – Singapore: John Wiley & Sons (Asia) Pte. Ltd., 2008. 4.5. Jaganathan R., Kapoor M., and E. Schaumburg, 2009, Why are We in a Recession? The Financial Crisis is a Symptom, not the Disease!, NBER WP 15404, Cambridge, MA. 4.6.
Zai L. & M. Zhongdong. China`s floating population: new evidence from the 2000 census // Population and development review. – 2004. – 2004. – vol. 30. No. 3, p. 468. 4.7. Lubman S. Working conditions: the persistence of problems in China`s factories // The Wall Street Journal. – 2012. – 25 September 4.8. China Statistical Yearbook 2008. Beijing: China Statistics Press, 2008. 4.9. China Statistic Yearbook 2009, China Knowledge 55
4.10. World Bank. Global economic prospects 2014. Washinton 2013 4.11. World Bank. Unternational trade indecators. 2013.
5.1.www.World-bank.Org 5.2.www.chinabusinessreview.com 5.3.http://www.aph.gov.au 5.4. http://www.imf.com 5.5. http://www.xinhua.cn 5.6. http://www.stats.gov.cn 5.7.http://www.china.org.cn 5.8.http://www.chinalist.ru/ 5.9.http://www.chinalaw.ru/ 5.10.http://www.kitairu.ru/ 5.11.http://www.china-reports.net/ 5.12.http://www.chinanews.ru/ 5.13.http://www.chinatoday.com/ 5.14.http://mirec.ru/index.php?option=com_content&task=view&id=101 5.15.http://Russian.cpc.people.com.cn Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling