Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.08.2020
Hajmi1.13 Mb.
#128162
  1   2   3   4
Bog'liq
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 

VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 

 

“XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA 

MAMLAKATSHUNOSLIK” FAKULTETI 

 

 



 

 

 

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISHI 

 

 XITOY IQTISODIYOTI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY 

TENDENSIYALARI 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

Bajardi: 5341000-―Xorijiy  mamlakatlar   

iqtisodiyoti  va mamlakatshunoslik‖  ta‘lim   

yo‗nalishining  bitiruvchisi   

Jumanov Xushnud O‗rol o‗g‗li 

______________ 

 

Ilmiy rahbar:  i.f.n. Alimov  A. M. 

______________ 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent-2014 



 

       

 



MUNDARIJA 

KIRISH…………………………………………………………………………….3 

I  BOB.  GLOBALLASHUV  SHAROITIDA  XITOY  IQTISODIYOTING 

JAHON XO„JALIGIDA TUTGAN O„RNI VA AHAMIYATI………………..8 

1.1.  Xitoy iqtisodiy rivojlanish  modelining  konseptual asoslari…………………8 

1.2.  Jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishining  zamonaviy  tendensiyalari  va  uni  Xitoy 

iqtisodiyotiga  ta‘siri……………………………………………………………….18 

1.3.  Globallashuvning  yangi  bosqichida  Xitoyning  yangi  iqtis odiy  taraqqiyot 

strategiyasi  yo‗nalishlari.........................................................................................26 



II 

BOB. 

ZAMONAVIY 

XITOY 

IQTISODIY 

RIVOJLANISH 

MODELINING 

XUSUSIYATLARI, 

MUAMMOLARI 

VA 

ISTIQBOLLARI…………………………………………………………………32 

2.1.  Xitoyda  amalga  oshirilgan 

islohatlarning  asosiy  yo‗nalishlari  va 

istiqbollari…………………….…………………………………………………...32 

2.2.  Xitoy tashqi iqtisodiy  siyosatining  o‗ziga xos jihatlari….………………...37 

2.3.  Xitoy  tomonidan  tanlangan  iqtisodiy  taraqqiyot  modelining  yutuq  va 

kamchiliklari…………………………………………………….……………...…42 

XULOSA ………………………………………………………………………...48 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………....51 

 

 

 

 

 


       

 



KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Globalizatsiya  va  butun  jahon  moliyviy-iqtisodiy 

inqirozi  sharoitida  yuzaga  kelgan  retsessiya  jarayoni  davom  etayotgan  bir  vaqtda, 

hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot hajmi bo‗yicha dunyo davlatlari  ichida ikkinchi 

o‗rinni  band  qilgan,  dunyoning  eng  yirik  eksportyori  Xitoyning  oxirgi  o‗ttiz 

yildagi  erishgan  iqtisodiy  yutuqlari  ko‗plab  iqtisodchi,  siyosatchi  va  boshqa 

sohadagi  olimlarni  asosiy  o‗rganadigan  predmetiga  aylanib  ulgurgan.  Mazkur 

yutuqlarga  erishishning  iqtisodiy  ahamiyati,  uning  sabablari,  Xitoy  uchun  yuqori 

iqtisodiy  yutuqlarga  erishishda  amalga  oshirgan  chora-tadbirlarning  mohiyati, 

ularni  Xitoy  aholisi  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotiga  ta‘sirini  o‗rganish,  ularni 

O‗zbekiston  sharoitida  milliy  iqtisodiyotning  o‗ziga  xosligini  hisobga  olingani 

holda tadbiq etishni chuqur tahlil qilish va butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 

sharoitida  XXR  hukumati  tomonidan  inqirozga  qarshi  ishlab  chiqilgan  chora-

tadbirlarni  o‗rganish,  globalizatsiya  jarayonini  Xitoy  iqtisodiyotiga  ta‘sirini 

o‗rganish,  kelajakda  O‗zbekiston  uchun  Xitoy  tajribasidan  foydalanish 

istiqbollarini  tahlil  qilish,  mazkur  iqtisodiy  taraqqiyot  modelining  yutuqlaridan 

tashqari  kamchiliklariga  alohida  e`tiborga  olgan  holda  o`rganish  muhim 

ahamiyatga  ega.  O‗zbekiston  uchun  Xitoy  hozirgi  kunda  iqtisodiy,  iqtisodiy  va 

madaniy sohada asosiy hamkorlardan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz I. A. 

Karimov ta‘kidlaganidek: ―Xitoy va O‗zbekiston o‗rtasidagi do‗stlik va hamkorlik 

to‗g‗risida‖  gi  shartnomani  hayotga  astoydil  tatbiq  qilish  maqsadidan 

chekinmaymiz,  chunki  O‗zbekiston  uchun  O‗zbekiston-Xitoy  munosabatlarini 

mustahkamlash  o‗ta  muhim  ahamiyatga  ega‖.

1

 Shu  sababdan  ham  Xitoy 



iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini o‗rganish O‗zbekiston uchun 

asosiy  hamkorlardan  biriga  ayalanib  borayotgan  davlat  iqtisodiy  rivojlanishidagi 

asosiy tanlangan  yo‗lni bilish  ahamiyatini  ham oshiradi. 

XXR  hukumatining  globalizatsiya  va  jahonda  retsessiya  jarayoni  davom 

etayotgan  bir  vaqtda  amalga  oshiradigan  asosiy  iqtisodiy  tadbirlarining  ahamiyati 

                                                                 

1

 Каримов И. А. Асосий вазифамиз – ватанимиз  тараққиѐти  ва халқимиз  фаровонлигини янада 



юксалтиришдир.  – Т: Ўзбекистон,  2010. 

       

 



nafaqat  O‗zbekiston  uchun  balki  jahondagi  deyarli  barcha  davlatlar  uchun  ham 

ahamiyatlidir.   

Xitoydagi  iqtisodiy  o‗zgarishlarni  butun  jahon  iqtisodiyotiga  ta‘sir  qilishi 

shubxasiz.  Shu  sababli  O‗zbekiston  uchun  Xitoy  iqtisodiyoti  rivojlanish  yo‗lidagi 

ro‗y  berishi  mumkin  bo‗lgan  o‗zgarishlarni  bilib  borish, bu o‗zgarishlar  natijasini 

milliy  iqtisodiyotimizga  o‗tkazadigan  ta‘sirini  tadqiq  qilish  mavzuning 

dolzarbligini  yana  bir  bor  oshiradi.    Xitoy  o‗z  iqtisodiyotini  jahondagi  raqobatga 

avval  tayyorlab  oldi,  so`ngra  esa  JST  shartlari  asosida  o`z  bozorini  jahon  bozori 

uchun  ocha boshladi.  Bu  kabi  islohotlarni  mantiqiy  ketma  ketligi  va  unig  davomi 

rivojlanayotgan  davlatlar  uchun yaxshigina  tajriba  vazifasini  o‗tay oladi.   



Mavzuning  o`rganilganlik  darajasi.  Xitoy  iqtisodiyotining  rivojlanish 

tebdensiyalari,  amalga  oshirilgan  islohotlari  bilan  ko`pgina  Xitoy  iqtisodchi 

olimlari shug`ullanib kelishgan. Jumladan, ular qatoriga  Xitoy iqtisodiy islohotlari 

bosh  arxitektori  Den  Syaopinni,  Go  Kesoni,  Xao  Szyanxen,  Lu  Yunsyan,  Chjou 

Veydi, Chjao Xuashen, Van Pey,

2

 Zai Li,



3

 Su Fenlin, Li Szin Ven,

4

 Lyu Goguan



5

,  


Li Ke,

6

 va boshqalarni kiritish  mumkin.    



 Shu bilan birga, ular qatorida ushbu muammoni turli qirralarini o‗z asarlarida 

yoritib  kelayotgan  Rossiya  iqtisodchi-xitoyshunos  olimlaridan  Ya.  M.  Berger,

7

 R. 


S.  Dzrasov,

8

   A.V.Ostrovskiy,



9

 E.F.  Avdokushi,

10

 Ye.  P.  Bajenov,



11

 Z.  A. 


Muromseva,

12

 A.S. Selishev,



13

  va boshqalarni nomlarini   atab o‗tish lozimdir. 

                                                                 

2

 Ван  Пей. Экспортный сектор в модели экономического развития  КНР:  автореф. Дис. …  канд.  экон. наук. 



М., 2010.   

3

 Zai Li.  & Zhongdong. China`s floating  population: new evidence from  the 2000  census // Population and 



development review.  2004.  – Vol.  30.

 

4



Ли  Цзин  Вэнь.  Анализ  и  прогнозирование  основных  проблем  экономики  современного  Китая  // 

Прогнозирование развития  КНР: экономика, информатика, внешняя поли тика  и безопасность. /РАН ИДВ.-

М., 2000,  вып. 9.,  с.9-29. 

5

 Лю Гогуан. Проблемы урегулирования экономической структуры Китая.// Проблемы ДВ, - 2001, № 6, с. 64-



70. 

6

 Ли  Ке  Допустимые  диспропорции  и  системная  оптимизация  региона льной  экономики  Китая.// Пробле мы 



теории и практики  управления.  2002,  № 1. 

7

 Бергер. Я. М. Экономическая стратегия  Китая.  М.: Форум, 2009 



8

 Возможен ли национально ориентированный капитализм?  Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1 

(48)  июнь 2013   

9

 Ос тровский А.В. « Сосотояние и перспе ктивы с троительства экономики КНР», КНР: по литика , экономика, 



культура,  2007г.  Под  ред.Титаренко  М.Л., М.  

10

Е.Ф.  Авдокушин. Международные экономические отношения, учебник, Юность, М., 2004  г. с.368. 



11

 Баженов Е.П.  «Китай  и внешний мир» M, 2000  г. 

12

 Муромцева 3.А.  Китайская  Народная  Республика: пу ть к индустриализации  ново го  типа . М.: ИДВ  РАН, 



2009.   

       

 



Undan  tashqari,  ushbu  sohaning  nazariy  jihatlarini  turlicha  yondashuvlar 

orqali  O‗zbekistonlik  iqtisodchi  olimlar  ham  o‗zlarining  bir  qator  ilmiy 

monografiya  va  maqolalarida  yoritganlar.  Ular  jumlasiga:  N.  T. To‘xliyev,

14

 A.V. 



Vaxobovlarni,

15

 iqtisod fanlari nomzodlari E. A. Maxmudov,



16

 B. D. Sadibekova,

17

 

G. A. Melibayevalarni



18

  kiritish  mumkindir. 

   Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishining  maqsadi  Xitoy  Xalq  Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarning  davomiyligi,  asosiy  yo‗nalishlarini,  amalga  oshirilgan  islohotlar, 

ularning  asosiy  bosqichlari  va  xususiyatlarini  tahlil  etish  va  ushbu  asosda  kerakli 

tavsiyalar  ishlab  chiqish hisoblanadi.   

Mazkur  maqsadga  erishish  uchun  tadqiqot  ishi  oldiga  quyidagi  vazifalari 

qo`yildi: 

- Xitoy iqtisodiy rivojlanish  modelining  konseptual asoslari 

- Jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishining  zamonaviy  tendensiyalari  va  u ni  Xitoy 

iqtisodiyotiga  ta‘siri 

- Globallashuvning  yangi  bosqichida  Xitoyning  yangi  iqtis odiy  taraqqiyot 

strategiyasi  yo‗nalishlari 

- Xitoyda amalga  oshirilgan  islohatlarning  asosiy yo‗nalishlari  va istiqbollari 

- Xitoy tashqi iqtisodiy  siyosatining  o‗ziga xos jihatlari 

- Xitoy  tomonidan  tanlangan  iqtisodiy  taraqqiyot  modelining  yutuq  va 

kamchiliklarini  o‗rganib chiqishdan iboratdir. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  asoslari  bo‗lib  Xitoy,  AQSH, 

Yaponiya,  Rossiya  va  O`zbekiston  iqtisodchi  olimlarining  ushbu  soha  bo`yicha 

ilmiy  izlanishlari,  Xitoy  hukumatining  iqtisodiy  islohotlar  o‗tkazish  va 

modernizatsiyalash  bo‗yicha  qabul  qilgan  turli  qonuniy  va  normativ  aktlari, 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari  hisoblanadi.  Tadqiqot 

                                                                                                                                                                                                                 

13

 Селищев  А.С.,  Селищев  Н.А. Китайская  экономика в XXI  веке.- СПб.:  Издательство  «Питер».  2004.   



14

 N.T.To‘xliyev.O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyoti, o`qu v qo`llanma,T-1998. 

15

 A.V.Va xobov.  Milliy  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  modellari  va  ulardan  O‘zbekistonda  ijodiy  foydalanish 



yo‘nalishlari,  Resp.ilmiy-amaliy  konferensiya materiallari,  2012  y.25 aprel. 

16

 Maxmudov  E.A.  ―O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida  AKT sohasi‖ o‘quv qo‘llanma.  Toshkent.: 2010  y  



17

 B.D.Sadibekova  ―Xitoy iqtisodiyoti, o‘quv qo‘llanma,  TDShI,  2013  y. 

18

 MelibayevaG.A.,  GaziyevF.Sh..  ―Xitoyning Markaziy  Osiyo mamlakatlari  bilan iqtisodiy hamkorligi‖.  O‘quv 



qo‘llanma.  Toshkent 2011. 

       

 



jarayonida  guruhlash,  tizimli  yondashuv,  iqtisodiy    va  statistik  tahlil,  taqqoslash 

tahlili  va  boshqa  usullardan  foydalanildi.  Tadqiqotning  axborot  manbai  bo‗lib, 

XXR  ning  turli  statistik  ma`lumotlari,  jumladan:  Chjungo  tunszi  nyanszyan; 

Chjungo  gune  szinszi  tunszi  szilyao;  Chjungo  tunszi  chjayno  axborotnomalari, 

xalqaro  reyting  agentliklari  nashrlari 

va  O‗zbekiston  Respublikasining 

makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligining  ma‘lumotlari  xizmat  qildi.  Ishda 

qiyosiy tahlil,  analiz  va sintez usullaridan  foydalanilgan. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  yangiligi.  XXR  ning  globalizatsiya  va  jahon 

davlatlarida  davom  etib  kelayotga  retsessiya  jaroyonlarida  modernizatsiyalash  va 

islohotlarni  davom  ettirish  jarayonlarini  amalga  oshirishidagi  unga  to‗sqinlik 

qilayotgan  sabablar  o‗rganib  chiqildi  va  Xitoy  iqtisodiyotining  globalizatsiya  va 

integratsiyalashuvi    xususiyatlari  tahlil  qilinib,  soha  oldida  yechimini  kutayotgan 

muammolar 

aniqlandi 

va 


uning 

ayrim 


jihatlaridan 

O`zbekistondagi 

modernizatsiyalash  jarayonlarida  foydalanish  imkoniyatlari   aniqlandi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati  –  Xitoy  iqtisodiy  tizimi 

zamonaviy 

rivojlanishining 

yo‗nalishlari, 

islohotlar 

va 


zamonaviy 

modernizatsiyalashning  usullarini  o‗rganish  bizning  iqtisodiyotimizda  tajriba 

sifatida  foydalanish  imkonini  beradi.  Undan  tashqari,  ishdagi  iqtisodiy  taraqqiot 

yo‗nalishidagi  islohotlarni  amajga  oshirish  bo‗yicha  qilingan  ba‘zi  bir  tahlillar  va 

tavsiyalar  shu  soha  mutaxassislari  uchun  kerakli  ozuqa  bo‗lishi  mumkin.  Mazkur 

ishdan iqtisodiy yo‗nalishdagi Oliy o‗quv yurtlarida o‗qitiladigan maxsus kurslarda 

va  Xitoy  iqtisodiyoti  fanini  o‗qitishda  ma‘ruza  sifatida  bevosita  foydalanish 

mumkin. 


Bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  –  Xitoy  iqtisodiyoti  rivojlanishining 

zamonaviy  xususiyatlari  hisoblanadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti  –  Xitoy  iqtisodiyotida  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  va  yangi  belgilanayotgan  taraqqiyot  yo ‗nalishlarining 

bosqichlari va xususiyatlarini  tahlil  qilish  hisoblanadi.   

Bitiruv  malakaviy  ishi  tarkiban, kirish,  ikkita bob, oltita bo‗lim, xulosa va 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yxatidan iborat. 



       

 



I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTINING 

JAHON XO`JALIGIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI 

 

1.1.  Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari 

 

Yildan yilga Xitoyning dunyodagi ham iqtisodiy ham siyosiy ahamiyati oshib 

bormoqda.Butun  jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozining  cho`zilib  ketishi  ham 

Yevropa va AQSH ning dunyo  iqtisodidagi o`rniga sezilarli ta`sir  ko`rsatdi.  OAV 

va jahonning ko`plab ilmiy nashrlarida oxirgi paytlarda Xitoy iqtisodiyoti va uning 

jahondagi  o`rni  haqida  ko`plab  maqolalar  chop  etilmoqda.  Ularning  ayrimlari 

Yevrpa  Ittifoqi,  AQSH,  Yaponiya  kabi  davlatlarning  tashqi  qarzlari  ko`payib 

ketgani  va  xali  hanuz  davom  etib  kelayotga  moliyaviy  inqiroz  sharoitida  yaqin 

vaqtda  Xitoyning  jahon  iqtisodida  yetakchilik  qilishini  bashorat  qilsalar,  ayrimlar 

uning  Xitoyning  jahon  xo`jaligida  yetakchilik  qilishiga  bir  qancha  to`siqlar 

borligini  va  bu  hodisa  yaqin  yillarda  ro`y  bermasligini  ta`kidlaydil.

19

 Bu 



maqolalarda Xitoyning  jahon iqtisodiyotidagi o`rni to`g`risida har xil fikrlar bayon 

etilgan. 

Xitoy iqtisodiyoti hozirgi  vaqtdagidek iqtisodiy o`sish sur`atlarini ushlab tura 

olsa  u  dunyodagi  birinchi  raqamli  iqtisod  hisoblanmish  AQSHni  ham  tez  orada 

quvib  o`tishi  va  dunyoda  iqtisodiy  yetakchi  sifatida  nomoyon  bo`lishi  ham 

mumkin  degan  fikrga  ko`pchilik  iqtisodchilar  qo`shiladilar.  Lekin  Xitoy 

iqtisodiyotini rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini tadqiq qilar ekanmiz bu 

fikr  unchalik  ham  to`g`ri  emasligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Chunki  zamonaviy 

jahon  xo`jaligi  tizimida  ayrim  davlatlar  emas  balki  iqtisodiy  integratsion 

tashkilotlarning  ahamiyati  oshib  borayotganiga  guvoh  bo`lamiz.  Bundan  tashqari 

Xitoy  iqtisodiyoting  jadal  sur`atlarda  o`sishini  ta`minlab  bergan  omillar  ham  bu 

xo`jalik  tizimida  hali  anchagina  kamchiliklar  va  yechimi  topilmagan  muammolar 

borligini  ko`rsatadi.  Xitoy  o`zida  va  jahon  bozorida  vujudga  kelgan  sharoitlardan 

kelib chiqqan holda iqtisodiy rivojlanish tezligini biroz pasaytirishi u uchun foydali 

                                                                 

19

 Гринин Л. Е.  приведет  ли глобальный  кризис к глобальным изменениям?  // Век  глобализации.  2009.№2.  С. 



117-140

 


       

 



bo`lgan  bo`lar  edi.  Xitoy  va  jahon  iqtisodiyotidagi  sharoitlar  kelajakda  Xitoyning 

iqtisodiy  o`sishini  yuqori  templarda  hukumat  xohlagan  taqdirda  ham  saqlab  tura 

olmasligini  ko`rsatadi.  Chunki  hozirda  Xitoy  iqtisodiyoti  dunyodagi  eng  yirik 

iqtisodlardan  biri  bo`libgina  qolmasdan  balki  eng  yirik  iste`molchiga  ham 

aylanmoda. 

1.1.1-rasm 

Manba: Rasm―World  Bank.  Global  Economic  Prospects 2014‖  ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan 

tayyorlangan. 

Rasmdan  ko`rinib  turibdiki  Xitoyning  jahon  davlatlari  orasidagi  iste`molchi 

sifatidagi  o`rni 2013-yilga  kelib  ancha oshgan. 

Bu  omildan  tashqari  Xitoy  iqtisodiyotining  yuqori  templardagi  o`sishi 

eksportga bo`gliq (Xitoyning asosiy eksport hamkorlari Gong Kong 17,4%, AQSH 

16,7%,  Yaponiya  6,8%,  Koreya  Respublikasi  4,1%  2013-yil  ma`lumotlariga 

asosan)

20

Xitoyning  asosiy  eksport  hamkorlari  iqtisodida  esa  moliyaviy  inqiroz 



tufayli  iqtisodninng  o`sish  sur`atlari  pasaygan.  Bu  yuqoridagi  davlatlarga 

qilinadigan  eksport  hajmini  kamayishiga  olib  keladi,  Xitoy  hukumatining  yuan  

kursini  sun`iy  rasvishda  past  ushlab  turishi  orqali  eksport  hajmini  saqlab  turishi 

ko`plab  rivojlangan  davlatlar,  xususan  Yevropa  Ittifoqi  va  AQSH  ning  e`tiroziga 

sabab bo`lmoqda. 

                                                                 

20

 http://www.stats.gov.cn/



 

       

 



Dunyoda  davom  etayotgan  moliyaviy  inqiroz  faqatgina  Xitoyning  iqtisodiy 

pozitsiyalarini mustahkamlab qolmasdan (Xitoyning yirik  iste`molchiga  aylangani 

munosabati  bilan  jahon  bozoridagi  yetarlicha  talab  miqdori  saqlanib  turdi)  balki 

boshqa  iqtisodiy  integratsion  tashkilotlarning  ham  ahamiyatini  oshirdi.  Endilikda 

davlatlar  iqtisodiy  integratsion  tashkilotlarga  birikgan  holda  o`z  qiziqishlarini 

himoya qilmoqdalar. Xitoy YaIM ning o`sish templari saqlanib turganda yaqin o`n 

yilda  Xitoy  YaIM  hajmi  bo`yicha  AQSH  ni  ortda  qoldiradi  va  aholi  jon  boshiga 

to`g`ri  keladigan  YaIM  bo`yicha  rivojlangan  davlatlarga  yetib  olishi  mumkin. 

Ammo Xitoy iqtisodiyotining bu darajada tez o`sishiga olib kelgan omillarni ko`rib 

chiqsak,  Xitoyning  yaqin  kelajakda  ham  oldingi  yillardagidek  o`sish  sur`atlarini 

saqlab tura olishi  shubha ostida qoladi.  

Iqtisodiy o`sishning  Xitoycha modeli: 

Xitoy  iqtisodiyoti  modelining  o`ziga  xos  jihatlari  Osiyoning  boshqa  shu 

tartibda rivojlangan davlatlarida (Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan) ham mavjud 

bo`lgan. 

Iqtisodiy taraqqiyotning  Osiyocha modeli asoslari; 

a) 

Iqtisodni, xususan sanoatni eksportga yo`naltirilganligi 



b) 

Arzon ishchi  kuchidan foydalanish 

c) 

Chet  el  investitsiyalarini  faol  jalb  qilishga  sharoit  yartatib  berish  va 



texnologiyalar  importi 

d) 


YaIM  dagi  investitsiyalar  ulushining  juda  yuqoriligi  (30-40%  bazi 

vaqtlarda 50% ham) 

e) 

Davlatni  iqtisodiy o`sishdagi faol va har xil  sohalar bo`yicha ishtiroki 



f) 

Avtoritarlik  boshqaruv  tartibi,  (Yaponiya  va  Tayvanda  ham  iqtisodiy 

islohatlar  boshlangan  paytda  bir  partiya  hukumatda  uzoq  muddat  turgan)  bu  o`z 

navbatida mamlakatning  investitsion  jozibadorligini  oshiradi 

Taraqqiyotning  osiyocha  modeli  asosida  rivojlangan  davlatlarda  iqtisodiy 

o`sish sur`atlari chet el  investitsiyalari  va texnologiyalar olib kirilishi hisobiga tez 

va uzoq muddatli bo`ladi. Lekin mamlakatdagi  ichki  iste`mol va aholi  jon boshiga 

to`g`ri  keladigan  YaIM  hajmi  pastligi  saqlanib  qoladi.  YaIM  ning  aholi  jon 



       

10 


 

boshiga  to`g`ri  kelishi  osha  boshlasa  (10  ming  AQSH  dollaridan  ortsa.  Xitoyda 

2013-yil  xarid  qobilyati  pariteti  bo`yicha  hisoblanganda  YaIM  ning  aholi  jon 

boshiga  to`g`ri  kelishi  9800  AQSH  dollarini  tashkil  qilgan)

21

 mamlakatning 



iqtisodiy o`sish sur`atlari  pasaya boshlanishi  uchun signal  bo`ladi

22

 



Yuqoridagi  xususiyatlarning  barchasi  Xitoyda  mavjud.  Biz  Xitoy  iqtisodiy 

modelining  aynan  o`zini  yaratib  olishimiz  uchun  yuqoridagilarga  yana  bir  necha 

xususiyatlarni  qo`shishimizga  to`g`ri  keladi; 

1) 


Aholi  va hududning ko`pligi 

2) 


Davlatning  iqtisodga  aralashuvi  qobilyatining  juda  yuqoriligi,  aynan 

shu xususiyat Xitoyda iqtsodiy islohatlar  olib borilishi  imkonini  bergan 

3) 

Qishloq  aholisining  haq  huquqlarini  chegaralangani  (yerga  nisbatan 



mulk  huquqining  yo`qligi  natijasida  qishloq  xo`jaligida  mehnat  unumdorligi  juda 

past  2013-yilda  YaIM  dagi  qishloq  xo`jalik  mahsulotlari  ulushi  9.7%  bo`lib 

sohadagi  band  aholi  ulushi  34,8%  bo`lgan)

23

 qishloq  resurslarini  butun  bir  davlat 



iqtisodiy o`sishida foydalanish  imkonini  bergan 

4) 


Etnik  xitoyliklardan  keladigan  investitsiyalar.  Bu  xitoyliklarsiz  Xitoy 

iqtisodiga kirib kelayotgan  investitsiyalr hajmi  hozirgidan ko`ra ancha  kam bo`lar 

edi.

24

 



Xitoy  iqtisodiy  modelining  rivojlanish  omillari  hisoblanmish  bu  xususiyatlar 

bilan  iqtisodiy  islohatlar  yana  o`ziga  xos  boshqa  xususiyatlarni  payd o  bo`lishiga 

olib keldi.  

Yuqoridagi  xususiyatlar  ta`siri  ostida  Xitoydagi  mavjud  sharoitlar  bilan 

qo`shilgan  holda quyidagi  omillar  vujudga  keldi: 

- Arzon ekologiya  (atrof muhit  muxofazining  yetarlicha  ta`minlanmaganligi) 

                                                                 

21

 http://www.stats.gov.cn/ 



22

 АндерсонДж. Лекция.  Экономический рост и государство в Китае  [Электронный  ресурс]: полит.ру,  2008. 

URL:  http://www.polit.ru/article/2008/ 07/ 17/china/. 

23

 http://www.stats.gov.cn/ 



24

 Ван Пей. Экспортный се ктор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис …канд.экон.наук. М.,  

2010.  С.  11.

 


       

11 


 

- Arzon  ijtimoiy  siyosat,  nafaqa  bilan  aholining  katta  qismi  ta`minlanmagan, 

ishchilar ishlayotgan sharoitlarda xavfsizlik choralari yetarlicha ishlab chiqilmagan 

va h.k 


- Tug`ilishni  nazorat  qilish  siyosati  (oxirgi  vaqtda  qayta  ko`rib  chiqilmoqda) 

yosh avlod uchun davlat  tomonidan qilinadigan  sarflar miqdorini  kamaytiradi 

- Yuanning  past  kursi.  Past  kurs  Xitoyni  1997-yil  Janubiy  Sharqiy  Osiyo 

davlatlarida  ro`y bergan inqirozdan  ham saqlab qoldi 

- YaIM dagi  investitsiyalar ulushining  juda yuqoriligi (faqatgina iqtisodiyotga 

davlat aralashuvining  juda yuqori darajada bo`lganidagina  erishish  mumkin) 

- Davlatning  xom  ashyo  va  energiya  manbalaridan  foydalanish  uchun 

maqsadli  ravishda  tariflarni  pasaytirishi,  infrastrukturadan  foydalanish  va  yaratish 

mehnat  unumdorligini  oshirishga  qaratilga  ishlar  uchun  harajatlarni  qoplanishi, 

innovatsiyalarni  qo`llab quvvatlash 

Yuqoridagilardan  eng  oxirgi  omil  doirasida  chet  el  investitsiyalarini  qo`llab 

quvvatlash  va  mamlakatni  investitsiyalar  uchun  ochiqlik  darajasini  yanada 

yaxshilash  uchun  XXR  hukumati  bu  siyosatni  asta-sekin  kengaytirib  bordi  (bu 

siyosat  maxalliy  biznesni  qo`llab  quvvatlash  yoki  ichki  talab  miqdorini  oshirish 

siyosatidan  ko`ra  izchillroq  olib  borilgan).    Yuqorida  keltirilgan  barcha  omillar 

natijasi  o`laroq  Xitoyning  eksport  hajmi  uning  iqtisodiy  o`sis hidan  ancha  tezroq 

o`sdi  va  yildan  yilga  ko`payib  bordi.  Islohatlar  davrida  Xitoy  tomonidan  jalb 

qilingan  chet  el  to`g`ridan  to`g`ri  investitsiyalari  juda  yuqori  templarda  o`sdi. 

25

 

Xitoyda  o`z  biznesini  yo`lga  qo`yish  istagida  bo`lganlarning  sonini  ham  yildan 



yilga  o`sib borishi bu davlatga  investitsiyalar  oqib kelishiga  sabab bo`ldi. 

Lekin  bu  omillar  hozirgi  vaqtda  va  kelajakda  Xitoy  iqtisodiy  rivojlanish 

yo`lida  to`siq bo`lishi  mumkin. 

Xitoy  iqtisodiyotida  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  investitsiyalash 

borasida chet el kompaniyalarining ahamiyati katta bo`lib xususiy tadbirkorlarning 

ahamiyati haqida bunday deyolmaymiz (Rivojlangan davlatlarda iqtisoddagi o`sish 

aynan  xususiy  tadbirkorlar  faoliyati  bilan  bog`liq).  Xitoy  iqtisodiyoti  o`sishida 

                                                                 

25

 http://www.stats.gov.cn/FDIindex/China/



 

       

12 


 

investitsiyalardan  ko`ra  kam  ahamiyatli  bo`lmagan  davlat  boshqaruvi  ham  o`ziga 

hos. Davlat idoralari eng yuqori pog`onalardan tortib eng quyi uyezd darajasigacha 

bo`lgan kesimda  investitsiyalar taqsimotini o`tkazadi.  Bunda markaziy boshqaruv 

iqtisodiy  taraqqiyot  yo`nalishlarini  belgilab  beradi,  qimmatroq  va  uzoq  muddat 

davom  etadigan  loyihalar  provinsiya  boshqaruv  apparatiga  topshiriladi  shu  bilan 

birga  provinsiyalar  o`rtasida  investitsiyalar  va  iqtisodiy  o`sish  sur`atlari  uchun 

ichki  raqobat  shakllangan.

26

 Sidneylik  iqtisodchi  Jon  Li  hisoblariga  ko`ra  ichki 



investitsiyalar iqtisodiy o`sishning  40% ni, to`g`ridan to`g`ri chet el investitsiyalari 

esa eksport sektorining  30% o`sish ko`rsatkichini  beradi. 



1.1.2-rasm 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling