Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtisodiy taraqqiyot
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. ZAMONAVIY XITOY IQTISODIY RIVOJLANISH MODELINING XUSUSIYATLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
- Dasturlar nomlanishi Yillar 1-besh yillik
- 8-besh yillik
- 2.2. Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o`ziga xos jihatlari
1.3. Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi yo`nalishlari Globallashuvning yangi bosqichida jahon xo`jaligi tizimidagi o`zgarishlar Xitoy iqtisodiyotiy rivojlanish tizimida ham tubdan o`zgarishlarni amalga oshirishni talab qila boshladi. 1.3.1-rasm
Rasmdagi ma`lumotlarga asosan 2013-yilda butun jahon savdo aylanmasi hajmi 3.1% ga o`sgan. Bu o`sish asosan Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotidagi eksport hajmini yuqori darajada saqalanib turishi hisobiga erishilgan. 45 Bundan
tashqari Xitoy va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga tez rivojlanayotgan davlatlarda yalpi iste`mol hajmi o`sishi evaziga ularga rivojlangan davlatlardan kirib kelayotgan import hajmi ham ko`paygan. Bu haqda Xitoydagi qimmatbaho tovarlarni iste`moli hajmi ham bizga ma`lumot bera oladi.
45 World Bank. International trade indicators 2013 26
1.3.2-rasm Manba: Ras m―McKinsey Insights China-Wealthy consumer Studies (2008, 2010)‖ ma`lu motlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. Xitoyda kuzatilayotgan iqtisodiy o`sish aholi farovonligi darajasiga q isman bo`lsada ta`sir o`tkazmoqda. 2008-yildan 2010-yilgacha bo`lgan vaqt oralig`ida qimmatbaho buyumlar iste`moli hajmi 2008-yildagi ko`rsatkichga nisbatan deyarli 50% ga o`sgan. Bu ko`rsatkich 2015-yilga borib, 2010-yildagiga qaraganda 105% dan ham oshishi kutilmoqda. Albatta bu ko`rsatkichning Xitoy aholisini umumiy farovonlik darajasiga ta`siri katta miqdordagi ―Suzib yuruvchi‖ 46 ishchilar guruhining borligi va aholini ijtimoiy va mehnat qilish jaroayonlarini yaxshi himoyalanmaganligi hisobiga kam bo`lishi aniq. 47
bozoridagi raqobatbardoshligiga jiddiy putur yetkazadi. 48
46 Zai L. & M. Zhongdong. China`s floating population: new evidence from the 2000 census // Population and development review. – 2004. – 2004. – vol. 30. No. 3, p. 468.
47 Lubman S. Working conditions: the persistence of problems in China`s factories // The Wall Street Journal. – 2012. – 25 September.
48 Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1 (48) июнь 2013 стр. 21
27
1.3.3-rasm
Shunga qaramay nafaqat Xitoyda balki butun Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasidagi barcha davlatlarda YaIM dagi iste`mol ulushining davlat sektori iste`moli hisobiga ko`payishi bashorat qilingan (1.3.3-rasm). Bashoratga Sharqiy Osiyo, xususan Xitoydagi iqtisodiy faoliyatga davlat aralashuvini kamayishi va ichki iste`mol hajmini ko`paytirishga qaratilgan islohatlarni amalga oshirilishi rejalari asos qilib olingan. Xitoy moliyaviy inqiroz ta`sirini kamaytirishga qaratilgan bir qancha chora tadbirlarni ishlab chiqqan bo`lib ular quyidagilar: - Iqtisodiy o`sish darajasi kamaygan (yillik 6-7% dan) holatda Xitoy hukumati soliqlar hajmini kamaytirib, ijtimoiy xarajtlarni ko`paytiradi - Mamlakatdagi kredit massasi hajmini YaIM ga nisbatan 10% dan oshishiga yo`l qo`ymaslik (hozirda bu ko`rsatkich 14%) 49
49 www.stats.gov.cn 28
- Agarda kredit massasi nominal YaIM o`sishiga nisbatan tezroq ko`paysa, uni ko`chmas mulk bozoriga kirib kelayotgan kreditlar hajmini qisqartirish orqali normallashtirish rejalashtirilgan, bu holatda investitsion va iste`mol kreditlari hajmi o`zgarishga uchramaydi - Ichki iste`mol bozorini rag`batlantirish (bunga yuan kursini boshqa valyutaga nisbatan oshirish va eksport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlarni bekor qilish yoki qisqartitrish orqali erishish mumkin) 50
Bu choralar rag`batlantiruvchi byudjet siyosati deb yuritilib, asosan iqtisodiy o`sish sur`atlari pasaygan rivojlangan davlatlar iqtisodiga nisbatan qo`llaniladi. Iqtisoddagi yalpi talab miqdorini oshirishga qaratilgan bu choralar Xitoy uchun obyektiv zaruratga aylanib ulgurgan. Chunki Xitoyning oxirgi 30 yil davomidagi eksport hajmini o`sishi rivojlangan davlatlarning to`lov blanslarida anchagina defitsitni kelib chiqishiga o`z hissasini qo`shib ulgurdi. Ma`lumki bir davlat iqtisodiyoti boshqa davlatga faqatgina eksport hajmini oshirish orqali rivojlantira olmaydi. Xitoy o`z to`lov balansining uzoq yillar mobaynidagi musbat saldosi natijasida mamlakatda yig`ilib qolgan oltin valyuta zahirasini 2000-yillardan buyon AQSH iqtisodiyotiga sarmoya sifatida kiritgan. Bu borada ayrim iqtisodchilar 2008-yilda boshlangan butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi aybdori AQSH emas balki XXR va boshqa AQSH ning asosiy kreditorlari deb hisoblashadi. 51
1.3.4-rasm
50
51
Jaganathan R., Kapoor M., and E. Schaumburg, 2009, Why are We in a Recession? The Financial Crisis is a Symptom, not the Disease!, NBER WP 15404, Cambridge, MA. 29
1.3.4-rasmdagi eksport-import hajmi dinamikasi Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasidagi davlatlarda 2014-2015 yillarga kelib tenglashadi. Bu kabi o`zgarishlar nazkur mintaqadagi iste`mol hajmini ortib borishi va mamlakatlardagi aholi farovonligini oshishidan darak beradi. Aholi farovonligining oshishi esa o`z navbatida mamlakatdagi ishchilarni yanada ko`proq tajriba, bilim va ko`nikmalarni egallab borishiga turtki bo`ladi. Xitoy iqtisodiyoti o`sishining pasayishi jahon bozoridagi xom ashyo resurslari narxlariga to`g`ridan to`gri ta`sir ko`rsatishini ko`pchilik mutaxasislar aniqlab ulgurgan. Xususan bu kabi xolat 2011-2013 yillarda energiya tashuvchi manbalarning narxlarini Xitoy tomonidan talab yuqori bo`lganligi tufayli oshganini ko`rishimiz mumkin. 52
bo`yicha Janubiy Sharqiy Osiyoda joylashgan boshqa davlatlardagi iqtisodiy modellar bilan ko`plab o`xshashliklarga ega bo`lishi bilan bir qatorda ulardan
52 ―World Bank‖Global economic prospects. 2014. P. 8. 30
farqli jihatlari ham mavjud. Xususan mintaqadagi yuqorida nomi keltirilgan davlatlar iqtisodiyoti Xitoyniki singari yirik emas va shu sababli bu mamlakatlar eksport qilib chiqargan mahsulotlarning jahon bozoridagi narxi deyarli o`zgarmadi, yoki doimiy ravishda oshib bordi. Shu sababli bu mamlakatlar ichki bozori tezda anchagina hajmni tashkil qila boshladi. Bu omil Osiyo yo`lbarsalarini jahon xo`jalik tizimiga tezda integratsiyalashuviga olib keldi. Xitoy tomonidan o`tkazilgan islohotlar asosan eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lib, Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishida birinchi navbatda o`z ichki bozoridagi talab miqdorini ta`minlash vazifasi yotganini ko`ramiz. Bu kabi siyosat ayniqsa 1970-yillar oxirida ro`y bergan energetika sohasidagi inqirozdan so`ng ancha kamxarj bo`lgan yapon sanoati mahsulotlarini AQSH bozorlariga oqib kirishiga olib kelgan edi. 53 Endilikda Xitoy hukumati 2001-yil JST ga a`z obo`lganidan keyin o`z ichki bozoridagi talab miqdorini oshirishga iqtisodiy rivojlanish muqobilligini ta`minlovchi asosiy vosita sifatida qaramoqda. Albatta hozirgi kunda Xitoy iqtisodiyotining asosiy iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasida kuchli raqobat shakllanib ulgurgan (Ayrim sohalardagi davlat monopoliyasidan tashqari). Mazkur raqobatning mavjudligi mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni innovatsiyalar, yangiliklar qilishga, ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishga va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga rag`bat beradi.
53 Koo R. The Holy Grail of macroeconomics: lessons from Japan`s great recession. – Singapore: John Wiley & Sons (Asia) Pte. Ltd., 2008. p. 132-147. 31
II BOB. ZAMONAVIY XITOY IQTISODIY RIVOJLANISH MODELINING XUSUSIYATLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI 2.1.Xitoyda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo`nalishlari va istiqbollari 1978 yil aprel oyi plenumidan keyin, Den Syaopin boshchiligida olib borilgan iqtisodiy islohotlar va ―Ochiq eshiklar‖ siyosati iqtisodiyot rivojlanishida tub burilishlar yasadi. O‗tgan yillar davomida yo‗l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan saboq oliinib, bilim va tajribalarga asoslangan holda hamda iqtisodiy islohatlar olib borilishi natijasida, Xitoy so‗nggi 10 yilliklarda barqaror iqtisodiy o‗sishga erishdi. Xitoy o‗zining rivojlanish yo‗lini tanlashda g‗arb mamlakatlari, Sobiq Ittifoq, Yaponiya, Tayvan va Janubiy Koreya davlatlarining rivojlanish modellariga asoslandi. Mamlakat aholisining ko`pligi, uning madaniy, ilmiy-texnikaviy darajasining pastligi, ekin maydoni, chuchuk suv va energiya resurslarining taqchilligi hamda tabiiy muhitning buzilishi kabi muammolar iqtisodiy rivojlanishda bir qancha iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi. Syangan (Gonkong) va Aomen (Makao) larning ―alohida ma‘muriy rayon‖ sifatida Xitoy hududiga qaytarilishi mamlakat davlat tuzimini o‗zgartirdi, ya‘ni totalitar davlatdan demokratik davlat qurish sari qadam qo‗yildi. 2000-yilda birinchi marotaba Xitoyning yuqori organlari yig‗ilishida mamlakatni federativ davlatga aylantirish masalasi muhokama qilindi va Butun Xitoy Xalq Vakillari Kengashi doirasida bu jarayon hozirgi kungacha davom ettirilmoqda. 1978-yilning oxirida XKP MK 3 Plenum 11-chaqirig`idan so‗ng, Xitoy ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshira borib, sekin-asta ―Xitoy spetsifikali‖ sotsialistik modernizatsiya (yangilanish) yo‘li tanlab olindi va bu borada qator ishlar amalga oshirila boshlandi. 54 Amalga oshirilgan chora tadbirlar besh yillik davlat dasturlarini doirasida amalga oshirilgan.
54
32
2.1.1-jadval Dasturlar nomlanishi Yillar 1-besh yillik 1956-1960 2-besh yillik 1961-1965 3-besh yillik 1966-1970 4-besh yillik 1971-1975 5-besh yillik 1976-1980 6-besh yillik 1981-1985 7-besh yillik 1986-1990 8-besh yillik 1991-1995 9-besh yillik 1996-2000 10-besh yillik 2001-2005 11-besh yillik 2006-2010 12-besh yillik 2010-2015 Manba: Jadval ―Sadibekova. B. Dj. Xitoy iqtisodiyoti I qism. Toshkent 2010. 9-bet‖ ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. Xitoydagi iqtisodiy islohotlar jarayoni asosiy ikki davrni o‗z ichiga olib, ular quyidagilardan iboratdir: 1 davr – 1979-1991 yillardan iborat bo‗lib, bu yillarda sanoat ishlab chiqarishi miqyosini o‗stirishni davom ettirish va uni boshqarishni isloh etishda birinchi qadamlar qo‗yildi. Mamlakatning qishloq joylaridagi agrosanoat qurilishlari shu davrga xos bo‗lgan hodisalardan biri edi. Boshqarishdagi o‗zgarishlar «quyi qatlamga huquq berish» konsepsiyasi asosida olib borildi. Asosan, mazkur xarakatlar mamlakat territoriyasining janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida amalga oshirila boshlandi. 1984 yildan boshlab, eksperiment (tajriba) tariqasida, turli xildagi yangi mulk shakllari joriy etila boshladi, ya‘ni: oilaviy pudrat, ijara, hissadorlik, pay kabilar. 1987 yildan boshlab esa, sekin-asta deyarli hamma o‗rta va yirik davlat korxonalari yuqori tashkilot bilan o‘zlarining aniq ishlab chiqarish hajmi va davlat byudjetiga muayyan mablag‗ ajratish to‗g‗risida bitimlar tuzib – xo‗jalik yuritishning pudrat turiga o‗tqazildi.
33
1988 yilda davlat sektorini isloh etishni faollashtirish bo‗yicha bir qator tadbirlar olib borish bilan kechdi. Ushbu yilda korxonalar to‗g‗risida qonun qabul qilindi, hissadorlik bo‗yicha tajribalar amalga oshirilib, mamlakatda Davlat mulk qo‗mitasi tashkil etildi. Xitoyda yangi tizimiy siyosat shakllana borib, u qishloq xo‗jaligi, og‗ir va yengil sanoat orasidagi mutanosiblikni hamda infrastrukturaviy ta‘minotni yaxshilashga yo‗naltirildi. 1980 yillar o‗rtalariga kelib, yengil sanoatdagi sezilarli orqada qolish bartaraf etildi. Yengil sanoat shu yilda o‘zining o‗sish sur‘ati bo‗yicha 11,7% ni tashkil etdi, og‗ir sanoat esa, atigi 6,6% dan iborat bo‗ldi. Yengil sanoatning umumiy sanoat o‗sishiga qo‗shgan hissasi 59,2% ni tashkil etdi. 1985-1990 yillarda og‗ir sanoatning o‗sish sur‘atlari yanayam ko‗tarildi va u qayta ishlab chiqarish tarmog‗i foydasiga hal bo‗ldi. Agar, 1978 yilda xom asheviy va qayta ishlovchi sohalar nisbati 1: 0,96 ga teng bo‗lgan bo‗lsa, 1988 yilga kelib, ularning nisbati 1:1,67 ni tashkil etdi. Bu yo‗nalishda yuqori texnologik soha ortda qola boshladi. Yengil sanoat ichida qishloq xo‗jalik xom ashyosida ishlaydigan tarmoqlar juda ham tez sur‘atlarda o‗sib bordi, natijada ushbu tarmoqlar, nisbatan past sur‘atlarda rivojlanayotgan qishloq xo‗jaligiga qarama-qarshi turib, unda raqobat muhitini keltirib chiqardi. 55
II davr – bu 1992-1998 yillar hisoblanib, unda islohotlarning birinchi 10 yili natijalaridan iborat bo‗lgan o‗tish davri xo‗jalik mexanizmi bozor qonunlari va direktiv rejalashtirish tamoyillari birligiga asoslandi. Uning natijasida korxonalar ikki, bir-biriga o‗xshamagan manbalar yordamida boshqarila boshladi, ya‘ni, ma‘muriy boshqaruv va bozor orqali. Davlat reglamentatsiya va dotatsiyalariga (pul mablag‗lari yordami) o‗rganib qolgan va amalda zarar emas, balki faqatgina daromad (foyda) olish uchun javobgar bo‗lgan korxonalar «bozor sharoitiga» uncha xush bermasdan kira boshladilar yoki kirsalar ham, qisqa muddatli maqsadlarni ko‗zlagan holda unga qatnashdilar.
55 Sadibekova. B. Dj. Xitoy iqtisodiyoti I qism. Toshkent 2010. 33-35 b .
34
Mavjud gorizontal aloqalarning va makroiqtisodiy nazoratning bo‗shligi natijasida, turli darajadagi xo‗jalik boshqaruvidagi korxonalaruchun vazifalarni taqsimlash markaz darajasida amalga oshirilar edi. Bunda eng katta yutuqqa quyi tashkilotlar emas, balki ular orasidagi mintaqaviy boshqaruv tashkilotlari erishdilar. XXR sidagi mintaqaviy bo‗linish uning 7- besh yillik (1986-1990y) rejasini tuzish bilan bevosita bog‗lik bo‗ldi. U siyosiy ma‘noga ega bo‗lib, mintaqaviy siyosat tamayillaridan va yangi vazifalardan kelib chiqdi. Bu yerda gap iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi maqsadlariga yaqinlashish to‗g‗risida, XXRsini faol ravishda jahon xo‗jaligi aloqalari tizimiga qo‗shilishiga va bu jarayonga Xitoyni ichki rayonlarini sekin-asta qo‗shilishi to‗grisidadir. Shunday qilib, g‗arbiy hududlarni keng miqyosli o‗zlashtirilishi natijasida, iqtisodiy qurilish markazini sharqiy rayonlardan g‗arbiy rayonlarga olib o‘tish ko‗zda tutildi Xitoy iqtisodiyotida oxirgi yillarda kuzatilayotgan investitsion, innovatsion yutuqlarga qaramay rivojlanish baribir chet eldan kiradigan ko`p miqdordagi investitsiyalar asosida rivojlanayotgan eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishga bog`liq bo`lib qolgan 56 va o`zida ko`proq ekstensiv taraqqiyot xususiyatlarini kasb etadi. Shu bilan birga Xitoy iqtisodiyoti ishlab chiqarishda rivojlangan davlatlarga nisbatan anchagina ko`p energiya va xom ashyo resurslarini sarflaydi (1.2.3 va 1.2.4-rasmlar), ekologiya bilan bog`liq muammolar ham aynan ishlab chiqarishning o`sishi va iqtisodiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan.
56
№1 (48) июнь 2013. c. 23. 35
2.1.1-rasm
Xitoy iqtisodida amalga oshirilgan islohotlar mamlakat YaIM tarkibidagi investitsiyalar ulushini baland bo`lishi bilan birga davom ettirilgan edi. Shu sababli mamlakatning iste`mol quvvati uning potensilidan kam bo`lib kelgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Xitoy uchun o`z ichki bozorining ahamiyatini oshirib yubordi va natijada Xitoy YaIM tarkibidagi investitsiyalar ulushi YaIM ga nisbatan iste`mol hisobiga kamayishni boshladi. Xitoyda iqtisodiy faollik darajasini biroz tushirish, ishlab chiqarish kuchlariga ekologik va ijtimoiy talablarni ko`paytirish kabi choralarni amalga oshirishda kredit tizimining tadbirkorlar uchun ajratiladigan hajmini qisqartitirishga qaratilgan chorlar ichida iste`mol krediti hajmini qisqartirilishi nazarda tutilmagan. 57 Bu orqali Xitoy hukumati ikki maqsadga erishishni ko`zlagan, ularning birinchisi ichki iste`mol hajmini ko`paytirib borish, ikkinchisi tadbirkorlar uchun o`z ishlab chiqarish vositalarini yangilash va ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan faoliyat bilan shug`ullanishga rag`bat berish.
57 ―Credit Sights‖ China financial growth prospects in 2014. p. 23. 36
2.2. Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o`ziga xos jihatlari Xitoy tashqi isqtisodiy siyosatining vujudga kelishi asosiy olti bosqichga bo`linadi: - Tashqi savdoning paydo bo`lishi va taraqqiyoti (1949-yil) - Xalq xo`jaligining tiklanishi va sotsializm qurilishining boshlanishi (1950- 1957 yillar) - ―Katta sakrash‖ davri (1958-1965 yillar) - ―Madaniy inqilob‖ davri (1966-1976 yillar) - Islohotlar boshlanishi davri ―Gayge Kayfan‖ (1978-1990 yillar) - Xitoy iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish davri (1991-yildan hozirgi kungacha) XXR o`z mavjudligidan boshlab nisbatan tinch va do`stona xarakterga ega tashqi siyosat yo`nalishidan borgan. Tashqi iqtisodiy a`loqalar darajasi 1978- yilgacha juda past darajada rivojlangan. Iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan. XXR ning tashqi siyosat yo`nalishi ham tubdan o`zgara boshladi. Shunga qaramay XXR 1978-yilgacha belgilab olgan asosiy tashqi faoliyat tamoyillaridan voz kechmagan holda islohotlarga kirib bordi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va a`loqalarni rivojlantirish, xalqaro bozorga integratsiyalashuvni yanada tezlashtirish uchun Xitoy 1978-yildan tashqi siyosat borasida yangi qonunlar va mavjudlariga o`zgartirishlar kirita boshladi. 1949-yildayoq XXR tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy prinsiplari ishlab chiqilgan edi. Mamlakating bu boradagi siyosatiga quyidagi prinsiplar asos bo`lib xizmat qiladi; 1.
Tashqi savdini davlat tomonidan nazorat qilinishi. 2.
Har tomonlama foydalilik va teng huquqlilik. 3.
O`z kuchiga tayanishlik. 4.
Tashqi iqtisodiy faoliyat – o`z ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish asosida yotadi. 5. Ichki va tashqi savdoni yaxlit rejalashtirilishi va nazorati. 37
Hozirgi kunda amalda bo`lgan Xitoy tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonuni 1994-yil 12-mayda qabul qilingan va 2004-yil 6-aprelda unga o`zgartirishlar kiritilgan. Bu qonundan tashqari Xitoyda 2000-yildan so`ng tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq yana bir qator hujjatlar imzolangan bo`lib, ular Xitoyda amalga oshirilgan ochiqli siyosati natijasidagi zarurat tufayli vujudga kelgan. 58
Xitoy qonunchiligiga muvofiq import va eksport tovarlarining bir qismi davlat nazoratiga olingan. Davlat buyurtmalarini bajarish operatsiyalari faqatgina hukumat tomonidan qonunchilikga muvofiq ruxsat berilgan tashkilotlar tomonidan amlaga oshiriladi.XXR davlat kengashining tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi bo`limi
mazkur tovarlar katologi va
eksport-import operatsiyalarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar ro`yxatini e`lon qiladi. Bu ro`yxatda mavjud bo`lmagan tovarlar va tashkilotlar davlat bojxona nazorati tomonidan mamlakat hududiga qo`yilmaydi yoki chiqarilmaydi. XXR da texnologiyalar importi va eksporti erkinlashtirilgan bo`lib faqatgina hukumat tomonidan ta`qiqlanagan ayrim sohalargina bundan mustasno. XXR qonunchiligiga ko`ra hukumat quyidagi holatlarda texnologiya va tovarlar import-eksportini cheklay oladi: 1) Davlat xavfsizligini ta`minlash maqsadida. 2) Inson va atrof muxit himoyasi maqsadlarida, unga zarar keltiradigan texnologiya va tovarlar eksport-importini cheklash 3)
Oltin va kumush bilan bog`liq eskport-import munosabatlar 4)
Davlat tabiiy boyliklari himoyasi sohasida 5)
Mintaqaviy yoki davlat ahamiyatidagi bozorlarda muvozanatni saqlash maqsadida 6) Eksport operatsiyalarida jiddiy tartibsizliklar sodir bo`lganda 7) Ma`lum sohalar himoyasi va ular taraqqiyotini ta`minlash maqsadida
58 A`zam S. E. Xitoy eksport siyosati strategiyasining zamonaviy tamo yillari va o`ziga xos jihatlari: Diss. i. f. n. – T., 2010. B. 11. 38
8)
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini importini cheklash orqali ichki bozorni himoya qilish maqsadida 9) Davlatni jahondagi moliyaviy ahvolini yaxshilash munosabati bilan 10) Qonunchilikda belgilangan tovarlar eksport-importini cheklash munosabati bilan 11)
Xalqaro shartnomalar doirasidagi talablarga rioya qilinishi munosabati bilan (bu kabi shartnnomalar ikki yoki undan ortiq xalqaro qonunchilik subyektlari bilan imzolangan bo`lishi mumkin) 59
Yuqoridagi nazoratni amalga oshirishda Xitoy litsenziyalash, kvotalash va nazoratning boshqa ko`rinishlaridan foydalanadi. Bu turdagi kvota va litsenziyalar XXR Davlat Kengashi tomonidan belgilangan muassasa tomonidan beriladi. XXR qonunchiliga ko`ra davlat tomonidan xizmatlar eksport-importi nazorati quyidagi holatlarda nazorat qilinadi: 1)
Davlat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2)
Inson salomatligi va atrof muxit ximoyasi borasida 3)
Ichki bozordagi ma`lum xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida 4)
Valyutadagi foyda-zarar balnsini ta`minlash maqsadida 5)
Qonunchilikda belgilangan boshqa cheklov yoki ta`qiqlar ijrosini ta`minlash maqsadida 6) Xalqaro shartnomalardagi shart va kelishuvlar asosida Qonunchilikga muvofiq davlat intelektual boylik himoyasini ham amalga oshiradi. Agarda eksport-import operatsiyalari inteluktual boylik himoyasiga a`loqador qonunlarni buzsa XXR Davlat Kengashi ma`lum vaqt doavomida bu turdagi tovar va xizmatlar eksport-import operatsiyalarini cheklashi yoki ta`qiqlashi mumkin. 60
Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy isohotlar boshlanishi bilan tashqi yordamsiz katta iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlariga erisha olmasligini yoki ijtimoiy sohani muqobilligini uzoq vaqt saqlab tura olmasligiga tushunib yetgani holda
59
60
“Tashqi savdo to`g`risida‖ gi XXR qonuni 26-modda. 39
Xitoy Komunistik Partiyasining 1978-yil 11-chaqiriq, 3-syezdida 61 Xitoy hududida faoliyat olib boradigan qo`shma korxonalar uchun g`arb davlatlaridagi soliqlardan ancha past soliq stavkalari va boshqa turdagi imtiyozlarni joriy qilinishi kelishib olingan edi. 1992-yil oktyabr oyidagi XKP MQ ning XIV syezdida jahon komunistik tizimi qulaganligi, yangi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tartibini shakllanayotgani hisobga olingani holda Xitoy YaIM hajmi o`sish darajasini yillik 6% dan 8-9% gacha ko`tarish rejalashtirildi. Aynan shu syezdda ―Davlat bozorni nazorat qiladi, bozor esa tashkilotlarni‖ shiori qabul qilindi. 62
2001-yilda Xitoy JST ning 143-a`zosiga aylandi. Shu vaqtdan boshlab Xitoyning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq huquqiy normativ baza o`zgartirila boshlandi va bu o`zgarishlar hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda. Mazkur o`zgarishlar ko`proq Xitoy bozorini jahonning boshqa tovar va xizmatlari uchun ochilishiga, Xitoyning tashqi investitsion siyosatini yanada rag`batlantishga qaratilmoqda. Xitoyning JST ga a`zo bo`lib kirishi uning hududida amal qilayotgan MIH uchun bir qancha muammolarni yaratishi mumkin. Chunki JST shartlariga ko`ra a`zo mamlakat hududida barcha uchun teng bo`lgan imtiyozlar va sharoitlar amal qilishi kerak. Yuqoridagilardan tashqari Xitoy tashqi iqtisodiy faoliyat qonunchiligi yana boshqa tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarini qamrab oladi. Xitoy tomonidan oxirgi o`ttiz yil mobaynida amalga oshirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat o`z samarasini ko`rsatdi. Mamlakatning jahon bozori bilan integratsiyalashuvi jarayonlari tezlashdi, Xitoyning eksport salohiyati katta tezlikda o`sib bordi.
61 Материалы третьего съезда 11-го созыва ЦК КПК (www.russian.cpc.people.com.cn) 62 Материалы XIV съезда ЦК КПК (www.russian.cpc.people.com.cn)
40
2.2.2-rasm
Manba: Rasm www.stats.gov.cn ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan Oxirgi yillarda Xitoyning ko`p xarjli iqtisodiyoti uni tashqi siyosatiga ham o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqda. Xitoy o`zining yirik ishlab chiqarish bazasi uchun yangi yoqilg`i manbalarini qidirmoqda. Bu Xitoyning oxirgi yillarda Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridagi investitsion faolligini ham izohlaydi. Bundan tashqari Xitoyning O`rta Osiyodagi faolligi ham ayniqsa mazkur sohada ancha jadallashgan. 63
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling