Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
Xitoy eksportining YaIM ga nisbatan ulushi (% da)
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terutomo Ozavaning “Uchayotgan g`ozlar” nazariyasi 27
- Yaponiya Osiyo yo`lbarslari (Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya, Gongkong) ASEAN ga a`zo davlatlar
- Osiyocha ishlab chiqarish tarmog`ining umumlashtirilgan ko`rinishi 29
- 1.2. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va uni Xitoy iqtisodiyotiga ta`siri
- 2001-2010 yillardagi Xitoy YaIM tarkibi (elementlar bo`yicha % da) Yillar Iste`mol Investitsiy a
- AQSH va Xitoyda har 1000 AQSH dollarlik YaIM uchun sarflanadigan energiya miqdori (AQSH dollarida 2005-yildagi narxlarda) Manba
- Xitoy YaIM ning strukturaviy tuzilishi (2013-yil YaIM ga nisbatan % da) Iste`mol 36.3 Davlat harajatlari
- Import 22.2
Xitoy eksportining YaIM ga nisbatan ulushi (% da)
Manba: WorldBank Xitoy iqtisodiyotidagi mavjud davlat ishtirokidagi yirik korparatsiyalar ham iqtisodiy o`sishning omillaridan biri sifatida nomoyon bo`lgan. Bu korparatsiyalar tomonidan ko`rilgan foydaning katta qismi ko`pincha davlatga tegishli bo`ladi va bu foyda davlat tomonidan ma`muriy va kredit dastaklari yordamida nazorat qilinadigan yirik loyihalarga jalb qilinadi. Bu loyihalarning aksariyat qismi foydali hisoblanishiga qaramayb ko`pincha ular boshqa iqtisodiy jihatdan o`zini oqlamaydigan loyihalar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy rivojlanish modelining konsuptual asoslari haiqda gapirganimizda Terutomo Ozavaning ―Uchayotgan g`ozlar‖
26 Бергер. Я. М. Экономическая стратегия Китая. М.: Форум, 2009. С. 3-7. 13
nazariyasi haqida to`xtalinb o`tmaslik ilmiy izlanish sifatiga jiddoy ta`sir ko`rsatadi. Mazkur nazariya nafaqat Xitoy balki Sharqiy Osiyodagi Yangi Industrial Davlatlar rivojlanish asoslarini ham izohlay oladi. Terutomo Ozavaning 1.1.3-rasmdagi nazariyasiga ko`ra rivojlangan davlatlar o`zlarida ko`proq mehnat soatlarini talab qilishni boshlagan ishlab chiqarish kuchlarini mehnat resurslariga ko`proq ega bo`lgan (bizning holatimizda Sharqiy Osiyoning aholisi ko`p bo`lgan davlatlari) mamlakatlarga eksport qila boshlaydi. Mazkur nazariya nima sababdan Xitoyga xususan Sharqiy Osiyo davlatlariga jahondagi yalpi to`g`ri investitsiyalarning katta qismini to`g`ri kelishini tushuntirib bera oladi. Bu tizimga kirish uchun qabul qilinayotgan davlat o`z mehnat fondi va ba`zi holatlarda ekologiyasini ham rivojlangan davlatlar hisobiga qurbon qilishga majbur. Nazariya bo`yicha ishlangan modelga ko`ra Xitoy tandemning eng quyi pog`onasidan joy olgan. Bu esa Xitoyni tandemning yuqori qismida joylashgan davlatlari uchun yig`uv sexiga aylantirib qo`yadi. Haqiqatdan ham Xitoyning asosiy eksport-import hamkorlari va ular o`rtasidagi tovar aylanmasi strukturasini ko`radigan bo`lsak bunga yana bir bor amin bo`lamiz. Modeldagi shtrixlangan ko`rsatkichlar nisbatan rivojlangan davlatlardan ―gala‖ ning quyi qismida joylashgan davlatlarga ishlab chiqarish kapitali oqimini ko`rsatib turadi. Yuqoriga chiquvchi ko`rsatkichlar esa ko`proq mehnat talab qiladigan tovarlarni rivojlangan davlatlarga eksportini ko`rsatib beradi. Bu model Xitoyning rivojlangan davlatlar bilan savdosidagi profitsitini ham izohlab bera oladi.
14
1.1.3-rasm Terutomo Ozavaning “Uchayotgan g`ozlar” nazariyasi 27
1.1950-1960-yillar
2.1970-yillardan 1980-yillar o`rtalarigacha
3.1980-yil o`rtalaridan 1990-yillargacha
4.1990-yillardan hozirgi vaqtgacha
Terutomo Ozavaning fikricha bu ―gala‖ ning boshida joylashgan davlatlar pastgi pog`onaga faqatgina o`zlaridagi mavjud texnologiyalar eskirgan holatda kirishiga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda texnologik rivojlanish bo`yicha ―gala‖ dagi yangi davlatlar hech qachon o`zidan oldinda turgan davlatni quvib o`ta olmaydi va kelajakdagi o`z foydasini oshirishga qaratilgan faoliyatni faqat yangi ishtirokchilar hisobiga amalga oshira oladi. Osiyodan AQSH va Yevropa bozorlariga asosan narxi ancha past bo`lgan asosiy iste`mol tovarlarini eksport qilinishi mazkur mamlakatlarda ayniqsa AQSH da iqtisodiy barqarorlik va
27 Ozawa T. The rise of Asia.The ―flying geese‖ theory of tandem growth and regional agglomeration. – Cheltenham (UK), Northampton (MA, USA): Edward Elgar, 2009, p. 79.
Yaponiya Osiyo yo`lbarslari (Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya, Gongkong) ASEAN ga a`zo davlatlar Xitoy va Vyetnam Amerika Qo`shma Shtatlari 15
infilatsiya hajmini qisqartiradi. Bu haqda iqtisod bo`yicha Nobel mukofoti lauryati Jozef Stiglits quyidagicha fikr bildirgan – ―Xitoy tomonidan butun dunyoga arzon, ba`zida esa hatto pasayuvchi narxlardagi sanoat mahsulotlarini yetkazib berilgani past narxlardagi asosiy omillardan biri bo`ldi‖. 28
1.1.3-rasm Osiyocha ishlab chiqarish tarmog`ining umumlashtirilgan ko`rinishi 29
Mazkur tizim Terutomo Ozavaning ―Uchayotgan g`ozlar‖ nazariyasining mantiqiy davomi hisoblanadi. Yuqoridagi rasm Xitoyni rivojlangan davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlarni yig`uvchi gigant sexga aylantirib qo`ydi. Bu fikrning isboti sifatida oxirgi o`n yillikda Xitoyning butlovchi qismlar eksporti Indoneziyaga 5 marta, Malayziyaga 19 marta, Taylandga 15 marta va Fillipin uchun 60 martaga ko`payganini keltira olamiz. 30 Bu faktlarga tayanib, quyidagi fikrni keltira olamiz: mintaqadagi mashinasozlik ishlab chiqarish tarmog`ida Xitoy hozirgi kunda oxirgi yig`ish bosqichi bo`yicha muhim o`rinni egallab ulgurdi. Yaponiya va yangi industrial davlatlar innovatsion rivojlanish bo`yicha o`z ahamiyatini oshirib bormoqda. Oxirgi 30 yil davomida Xitoy iqtisodiyotining
28 Stiglitz J. Freefall. America, fre markets, and the sinking of the world economy. – New York, London: W.W. Norton & Company, p. 303. 29 Palley Th. The rise and fall of export-led growth / The Levy Institute of Economics, Bard College. – WP N. 675. – 2011. – July. p. 10. 30 Haddad M.Trade Integration in East Asia: The role of China and Production Networks/ World Bank policy Research Working Paper 4160, March 2007, p.13-16. 16
o`sishi rivojlangan davlatlar, birinchi navbatda AQSh uchun arzon ishchi kuchiga asoslangan ravishda mahsulot narxlarining pastligini ta`minlab beruvchi asosiy yig`uv sexiga aylangan. 31 Xitoydagi past ish haqi sun`iy ravishda ushlab turiladi. Xitoy qurilish sohasida 80%, sanoatda 68% ishchilar ―suzuvchi aholi‖ vakillaridan hisoblanadi. 32 Bu atama ostida mintaqalararo ko`chib yuruvchi va o`z ishlayotgan joylarida ro`yxatdan o`tmagan aholi nazarda tutiladi. Ularning maqomi o`z ishlarida ro`yxatdan o`tmaganliklari bois to`liqsiz fuqarolikka teng. Bu ichki migratsiya asosan eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarish kuchlari joylashgan Sharqiy mintaqaga to`g`ri keladi. 2010-yilda qishloq aholisidan tarkib topgan ―suzuvchi aholi‖ 211 mln.ni tashkil qilgan. 33
―Suzuvchi aholi‖ nafaqa ola olmaydi, kasaba uyushmalariga birikmagan, ishsizlik nafaqasi va ish joyida tibbiy xizmatga ega emas. Bu kabi aholining mavjudligi Xitoyning asosan Sharqiy mintaqasidagi eskportga yo`naltirilgan tashkilotlar uchun zarurdir. 34 Ichki migrantlar Xitoy shaharlarini arzon, boshqariluvchan ishchi kuchi bilan ta`minlaydi. Ularni ishsiz qolishi hukumatning aholini ish bilan ta`minlovchi organlari uchun hech qanday yuk bo`lmaydi. Ular faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ular tajribasini oshirish va qayta tayyorlashda umuman qatnashmaydi. 35
Shunday qilib Xitoy iqtisodiyotida ko`p tarmoqli rivojlantirish mexanizmlari mavjud va shu bilan bu model o`ziga xoslik kasb etadi. XXR iqtisodidagi o`ziga xoslik rivojlangan davlatlardagi kabi xususiy tadbirkorlikga emas balki davlat korporatsiyalari, hukumat boshqaruviga va chet el biznesiga tayanadi.
31 Haddad M.Trade Integration in East Asia: The role of China and Production Networks/ World Bank policy Research Working Paper 4160, March 2007, p.14 32 Migrant workers in China // China labour bulletin – 2013.- 6 June 33 China [is] home to 211 million [of] floating population // China Daily. – 2010. – July 13
34
development review. 2004. – Vol. 30. – No. 3. 35 Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1 (48) июнь 2013 стр, 21. 17
1.2. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va uni Xitoy iqtisodiyotiga ta`siri 2008-yilda boshlangan butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Xitoy iqtisodiyotiga ham ezilarli ta`sir o`tkazdi. Inqiroz ta`siri iqtisodiy o`sish sur‘atlarida deyarli o`z aksini topmadi. Bunga Xitoyda amalga oshirilgan bir qancha tadbirlar sabab bo`ldi. Bu tadbirlarning samaradorlik darajasi haqida turli fikrlar berish mumkin. Inqiroz davrida Xitoyda ro`y bergan eng katta o`zgarish uni 2010-yilda YaIM hajmi bo`yicha Yaponiyani ortda qoldirishi va Xitoyni dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiga aylanishi bo`ldi. 1.2.1-rasm
Rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoy o`z valyutasini devalvatsiya qilishi natijasida sof eksport hajmini 2008-yilda katta miqdorga o`stira oldi. Albatta Xitoy hukumatining bu kabi harakati rivojlangan davlatlar, xususan AQSH tomonidan 18
jiddiy e`tirozlarga sabab bo`ldi. Chunki AQSH Xitoynining asosiy import hamkori sifatida bu devalvatsiyadan eng ko`p zarar ko`rgan davlat hisoblanadi. 2008 -yilda AQSH ning savdo balansida eng yirik manfiy saldo kuzatilgan. Bu shusiz ham ancha vaqtdan beri o`sib kelayotgan AQSH davlat qarzi hajmini yanada oshirib yubordi.
36
Dunyoning ko`plab davlatlarida stagnatsiya va iqtisodiy tushkunlik tufayli iqtisodiy o`sish templarining keskin tushib ketishi kuzatilgan bo`lsa, Xitoyda 2008- 2012 yillardagi YaIM ning o`rtacha yillik o`sish ko`rsatkichi 9-8% dan tushmagan. Bu ko`rsatkichlar dunyoning ayrim davlatlari uchun juda yaxshi natija hisoblanadi. Lekin bu ko`rsatkich qanday baho evaziga erishilganini ko`rib chiqamiz. Xitoyda ochiq eshiklar siyosati boshlangandan so`ng iqtisodiy o`sishni fetishizatsiya qilish boshlandi va bu hozirgi kunda ham davom etib kelmoqda. 37 2008-yilda Xitoyning asosiy eksport hamkorlari hisoblanmish rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida turg`unlik xolati kuzatila boshladi, bu esa o`z navbatida Xitoy iqtisodiyoti rivojining asosiy qismini hisoblanmish eksport hajmi qisqarishiga olib kelishi mumkin edi. Xitoy hukumati bu qiyin vaziyatdan chiqish maqsadida 2008 -yili o`z valyutasi tarixidagi yana bir yuanni AQSH dollariga nisbatan devalvatsiyasini amalga oshirdi. 38 Natijada Xitoy tovarlarini jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasi yana bir pog`onaga ko`tarildi, ammo Xitoyning o`zidagi ichki talab miqdori qisqardi, real ish haqi o`sishini kamaytirgan bu devalvatsiya Xitoydagi ishchilar ahvoliga ham ta`sir o`tkazdi. Lekin shunga qaramay Xitoy hukumati o`z oldiga qo`ygan asosiy maqsadiga erishdi. Mamlakatning 2008-yildagi iqtisodiy o`sish darajasi 9% ni tashkil etdi. 39
36 Nouriel Roubini. China`s bad growth bet // Project-syndicate. – 2011. – April 14, http://project-syndicate.org
37
Кульпин-Губайдуллин Э. С. Китайский вызов: пределы роста // История и современность. 2010. № 2 . C. 12-
19. 38
Луконин С. А., Михеев В. В. Китай и глобальный кризис. Тихоокеанская Азия: экономические и политические последствия глобального финансового кризиса / под ред. В. Б. Амир ова, Е. А. Канаева, В. В. Михеева. М. : ИМЭМО РАН, 2010. с. 6.
39 www.china.org.cn
19
Xitoy iqtisodida ro`y bergan o`zgarishlarning aniq mashtablarini quyidagi jadval ko`rsatib beradi;
2001 45,3 34,6
16,0 4,0
2002 44,0
36,2 15,6
4,2 2003 42,2 39,1
14,7 4,0
2004 40,6
40,5 13,9
5,1 2005 38,8 39,7
14,1 7,4
2006 36,9
39,6 13,7
9,7 2007 36,0 39,1
13,5 11,4
2008 35,1
40,7 13,3
10,9 2009 35,0 45,2
12,8 7 2010 33,8 46,2
13,6 6,4
2013* 36,3
46 13,7
3,1 Manba: Jadval ―Pettis, ―Lower Interest Rates, Higher Savings?‖ http://www.financialsense.com, October 16,2011; *China Statistical Yearbook-2013.‖ Ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Jadvaldagi ma`lumotlarga k`ora mamlakatdagi YaIM hajmmidagi iste`mol ulushi inqirozdan oldingi vaqtda tizimli ravishda kamayib borgan (oldin ham katta bo`lmagani ravishda) va 2007-yilda 2001-yildagiga qaraganda deyarli 9% ga qisqargan. Jamg`armalar hajmi bu vaqtda ancha yuqori - YaIM ning 40% ni tashkil qilgan. Davlat harajatlari ulushi esa bir qancha qisqargan. Lekin inqirozdan oldingi vaqtdagi sof eksport hajmi juda tez sur`atlarda o`sdi (2001-yildan 2007-yilgacha deyarli 3 baravar 4,0%d an 11,4% gacha). Endi esa inqiroz boshlangandan keyingi holatni ko`rib chiqamiz. YaIM dagi iste`mol ulushining pastligi saqlanib turgani holda bu ko`rsatkich o`z minimum ko`rsatkichiga 2010-yilda (Xitoydagi sanoat sohasidagi ishchilar ish haqi oshgani qaramay) yetib keldi (YaIM ning 33,8%).Bu holat iqtisodni o`z aholisi uchun yanada kamroq ishlayotganidan dalolat beradi. Bu qisqarish Xitoy sof eksporti hajmini saqlab qolish hisobiga amalga oshgan. Chunki
20
eksport bu iste`mol qilinishi mumkin bo`lgan, ammo iste`mol qilinmagan tovar va xizmatlar hisoblanadi. 40
1.2.2-rasm
Manba:Rasm www.worldenergyoutlook.org sayti ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. Rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoyning 2012-yildagi neft iste`moli hajmi 10% lik ko`rsatkich bilan dunyo davlatlari ichida 2-o`rinni egallaydi. Xitoyda ishlab mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ketadigan energiya iste`moli hajmi rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ancha yuqoriroq.
40 Словарь «Борисов А. Б. Большой экономический словарь. — М.: Книжный мир, 2003. — 895 с.» 21
1.2.3-rasm
Rasmdan ko`ra Xitoy YaIM hajmi o`sib borishi bilan uning energiya iste`moli hajmi ham to`xtovsiz o`sib borgan. Xitoy iqtisodiy o`sish darajasini saqlab turishi uchun energiya iste`moli hajmini to`xtovsiz oshirib borishi lozim. Oxirgi 15-20 yil ichida Xitoy energiya iste`molini kamaytirishga qaratilgan bir qancha choralarni ishlab chiqib hayotga tadbiq etganiga qaramasdan energiya iste`moli hajmi YaIM o`sishi bilan birga o`sib bormoqda. Xitoyda deyarli 3 mlrd tonna ko`mir qazib olinadi va iste`mol qilinadi (dunyodagi jami qazib olinadigan ko`mirning yarmi). 41
Xitoy iqtisodida nafaqat ko`mir iste`moli hajmi balki boshqa energiya iste`moli hajmi ham ortib bormoqda.
41 World coal consumption. Statistical yearbook 2013 22
1.2.4-rasm AQSH va Xitoyda har 1000 AQSH dollarlik YaIM uchun sarflanadigan energiya miqdori (AQSH dollarida 2005-yildagi narxlarda) Manba: Rasm―World Bank. Energy consumption.‖ Ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. AQSH iqtisodiga nisbatan har 1000 AQSH dollarlik YaIM uchun sarflanayotgan energiya hajmi Xitoyda deyarli 50-40% ga balandroq. YaIM hajmi bo`yicha esa Xitoy AQSH dan taxminan 30-40% ga orqada. 42 Demak Xitoyda AQSH dagiga nisbatan kamroq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilgani holda energiya sarfi ancha balandroq hisoblanadi. AQSH ning neft iste`molchi davlatlar ichida birinchilikni qo`ldan bermay kelayotganiga bir necha sabablarni ko`rsatishimiz mumkin. Xususan Xitoyda hozirgi vaqtgacha asosiy energiya manbai ko`mir bo`lib qolmoqda, bundan tashqari Xitoy ko`mir zahiralari hajmi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallaydi. Xitoyning energiya iste`molidagi bu qadar ko`p harjlik moliyaviy inqirozdan keyin jahon bozoridagi narxlar konyukturasiga ham ta`sir o`tkazdi. Iqtisodiy inqiroz tufayli rivojlangan davlatlardagi iqtisodiy o`sish sur`atlari kamaydi va bu o`z navbatida jahondagi energetika resurslariga bo`lgan talabni kamayishiga olib keldi. Xitoy ham energiya resurslarini asosiy iste`molchisi sifatida iqtisodiy o`sish templarini energiya
42 World Bank. Main GDP indicators by country. 2013 0 50 100 150
200 250
300 350
2001 2003
2005 2007
2009 AQSH
Xitoy 23
tashuvchi mahsulotlar importi qisqarishi hisobiga kamaytirmadi. Natijada Xitoy 2010-2011 yillarda ko`mir eksportyori maqomidan, ko`mir importyori davlatiga aylanib qoldi. Ishlab chiqarishda sarflanayotgan (asosan eksportga yo`naltirilgan mahsulotlar uchun) energiya hajmini balandligi va buni qisqartirish yoki eksport mahsulotlari narxini ko`tarishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirilmagani bois Xitoyning savdo balansida energiya tashuvchilar hisobiga import hajmi ortib bordi. Agarda Xitoy YaIM tarkibini strujturaviy holatda ko`radigan bo`lsak bunga yana bir bor amin bo`lamiz.
Manba: Jadval www.stats.gov.cn sayti ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. Jadvalga ko`ra Xitoyning 2013-yildagi sof eksporti hajmi YaIM ning 2.9% ni tashkil qilgan. Oxirgi 6 yilda esa bu ko`rsatkich o`rtacha 7-8% dan kam bo`lmagan edi. 43
ham ta`sir o`tkazmasdan qolmadi. 2013-yildagi YaIM o`sish hajmi 7,6% ni tashkil etdi.
43 Farzad R. China Slows, raising questions for U. S. growth // Businessweek.com, Ma rch 27, 2012, http://www.businessweek.com/articles/2012-03-27/china-slows-ra ising-questions-for-u-dot-s-dot-growth.
24
1.2.5-rasm
Xitoy YaIM o`sish dinamikasi oxirgi to`rt yilda o`rtacha 9-11% ni tashkil etgani holda, 2013-yilga kelib 7,6% ga tushishi jahon bozoridagi yalpi talab miqdorining tushgani va xom ashyo mahsulotlarining narxinni nisbatan qimmatlashgani bilan izohlanadi. 44 Butun jahon moliyaviy inqirozi Xitoy iqtisodiyotida tub o`zgarishlarni boshlash uchun turtki bo`ldi. Xususan Xitoy bundan buyon eksportga yo`naltirilgan iqtisodni keyinchalik ham rivojlantirishi muammoli bo`lib qoldi.
44 www.stats.gov.cn |
ma'muriyatiga murojaat qiling