Adabiy til — milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi.
Sistema — har biri alohida mustaqil (avtonom)bo‘lgan murakkab mexanizmiar (fonemalar tizimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) o'rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura — bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ularo‘rtasidagi aloqalar mexanizmi.
Norma (me’yor) — adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi- xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
Lingvistik omillar — til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalar- ning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi.
Ekstralingvistik omillar - tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o'tkazadi.
- Uzus — leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi.
Til — fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa- munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema).
Nutq — til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni.
Ierarxiya - til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarns), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yariada yuqoriroq yarns) kabi.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining obyekti, maqsadi va vazifalari
Kursning obyekti - hozirgi o‘zbek adabiy tili, lining o'zbek milliy lili tarkibidagi o'rni.
Kursning maqsadi - talabalarni «til stmkturasi — norma (mc’yor) - uzus» masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialckllar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o'zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og'zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |