partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast kabi so‘zlar) iste’moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning o‘rnida hozirgi mustaqil O‘zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o'tib qoldi. Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.
3.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining davlat tili mavqeyidagi o‘rni Hozirgi o‘zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o‘tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O‘zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko‘proq darajada o‘zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1989- yil 21 - oktabrda qabul qilingan).
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4- modda).
2. «Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri, 1995- yil 21- dekabr.
Tekshirish savollari
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursi nimani o‘rganadi?
Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan?
Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari?
Adabiy til bilan dialekt, sheva va funksional stillar o‘rtasidagi munosabatlar va tafovutlar nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |