Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet82/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

34- mashq. Berilgan so‘zlarni lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida ko‘chirib yozing. E, yo, yu, ya harflarining yangi alifboda yozilishiga e’tibor bering.
Abonent, avliyo, agglyutinasiya, amaliyot, arxeolog, ashyoviy, ayamoq, bayon, bag’oyat, beayb, beega, bee’tibor, boyagi, brilyant, broker, byudjet, byuro, byust, giyoh, gubernya, devon, dunyo, dyujina, dyuym, jyuri, yelvizak, yelka, yetti, yodgorlik, yorug’sevar, zeµn, ziyoda, illyuziya, kostyum, noyabr, oktyabr, sentyabr, shlyuz, shlyapa, etyud, syujet, rejissyor, suflyor.

Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi

Bb harfining imlosi: a) ba’zi so‘zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba’zi so‘zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi.
Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg‘aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi;
Nn harfining imlosi: a) so‘z o‘rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so‘z o‘rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi.
Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o‘rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo‘g‘iz undoshi o‘rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling