Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet27/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Ottenkalar tasnifi
Ottenkalar tilshunoslikda majburiy va individual turlarga ajratiladi.

  1. Majburiy ottenkalar fonemaning so'z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta’sirida yoki ma’lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‘zgargan ko‘rinishlaridir. Ular o‘z navbatida kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bo'linadi:

  1. kombinator ottenkalar so‘z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli «z» fonemasi mazlcurso'zi tarkibida jarangsiz «k» undoshi ta’siriga uchraydi va jarangsiz «s» tarzida (maskur deb) talaffliz qilinadi;

  2. pozitsion ottenkalarundosh fonemalarning so'z oxirida kelgan, unli fonemalarning urg'uli yoki urg'usiz, ochiq yoki yopiq bo'g'inlarda qoilangan ko'rinishlaridir. Masalan, jarangli «b» va «d» fonemalari so'z oxirida jarangsiz «p» va «t» tarzida talaffuz qilinadi: tartib>tartip, omad>omatkabi. Bundagi «p» va «t» tovushlari jarangli «b» va «d» fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi, «i» unlisi bilan so‘zida qisqa va kuchsiz (urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun), o‘rik so‘zida kuchliroq (urg'uli bo'g'inda bo'lganligi uchun), bir so‘zida tor (to‘la yopiq bo'g'inda bo‘lganligi uchun), endi so‘zida esa biroz kengaygan holatda — ende shaklida (so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‘rinishlarning barchasi bitta «i» fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;

  1. fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba’zan kombinator va pozitsion omillar birga qatnashadi, natijada fonemaning kombinator- pozitsion ottenkasi(aralash ko'rinishi) shakllanadi. Masalan, old qator «i» fonemasi qilich so’zining birinchi bo‘g‘inida «q» ning ta’siriga duch kelib, «bi» ga moyil talaffuz etiladi(kombinator ottenka), ayni paytda urg‘usiz bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka).

Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning allofonlarideb ham yuritiladi.
Har bir fonema nutq oqimida o‘zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon bo‘ladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik bo‘ladi — kam o‘zgaradi yoki butunlay o‘zgarmaydi: fonema­larning kuchli pozitsiyadagi ko‘rinishlari bunga misol bo‘ladi. Masalan, daraxt so‘zi boshida yoki bodom so‘zi o‘rtasida qo‘llangan «d» fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) 46 olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‘rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominant deb qaraladi. Qolgan barcha ko‘rinishlar esa asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‘proq darajada qaram boiadi;

  1. majburiy ottenkalarning adabiy so‘zlashuvga va jonli so‘zlashuvga xoslangan uslubiy ottenkalariham uchraydi: ko‘ylak(«1» — adabiy so‘zlashuvga xos) >ko‘ynak(«n» — jonli so‘zlashuvga xos), qarmoq(«r» — adabiy so‘zlashuvga xos) >qalmoq(«1» — jonli so‘zlashuvga xos) kabi.

Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda foydalaniladi.
So‘zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi «o‘rnashib qolgan» bo‘ladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning o‘zgargan ottenkasi qo‘llanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi: fonemaning lingvistik-funksional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup so‘zlari oxiridagi «b» va «p» fonemalari bir xil talaffuz etiladi: tup(1) va tup(2) kabi, ammo inson bu ikki so‘zning ma’nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki tub so‘zining oxiridagi fonemaning aslida «p» emas, «b» ekanligi uning xotirasida mustahkam o‘rnashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi funksiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik-funksional belgilari muhim rol o‘ynaydi. Bularni o‘rganish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.

  1. Individual ottenkalar ayrim kishilarning talafïuzidagi o‘ziga xosliklar (masalan, erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a’zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan tovush ko‘rinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati yo‘q, shunga ko‘ra ular tilshunoslikda o'rganilmaydi.

  2. Fakultativ variantlar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko‘rinishidir. Chunonchi, shohi so‘zidagi «h» shu pozitsiyada (intervokal holatda) «y» ko‘rinishida ham, «h» ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi; shohishoyi, Tohir — Toyir kabi. Shuningdek, sirg‘aluvchi «s» fonemasi jonli so‘zlashuvda so‘z boshida «ch» ko‘rinishida ham qo‘llanadi: soch — choch, sochiq — chochiq, sachratmoq — chachratmoq kabi.

Ottenka, variant va variatsiya

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling