Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
Unli fonemalar tasnifi O‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: 1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra: a) lablashgan unlilar (u. o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz cho‘ziladi; b) lablashmagan unlilar (i. e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi. 2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi; b) o‘rta keng unlilar (e, o‘). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o‘rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o‘rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) bo‘ladi; d) quyi keng unlilar (a, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz keng ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo‘ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko‘tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi. 3. Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiralmaydi (demak, biroz orqaga tortilgan bo‘ladi)18. Tasnifning bu turi quyidagi jadval shaklida berilishi mumkin:
O‘zbek tilshunosligida unli fonemalarning boshqacharoq tasniflari ham bor. Chunonchi, «O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (B.To‘ychiboyev) nomli qo‘llanmada vokalizm tizimining qadimgi turkiy, eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek adabiy tillaridagi holatlari diaxron (tarixiy) planda o‘rganilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham, eski o‘zbek adabiy tilida bo'‘ganidek, 9 ta unli bor, degan xulosa beriladi [29, -25]. Bu unlilarning sifat belgilari ham boshqacharoq baholanadi. Qo ‘llanmada keltirilgan quyidagi jadvalga e’tiborbering. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling