Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


-MARUZA. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar


Download 1.8 Mb.
bet32/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

6-MARUZA. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar

REJA
1. Konsonantizm
2. Undoshlar tasnifi.
3. Undosh fonemalar tavsifi
Tayanch tushunchalar
Konsonantizm - undosh fonemalar tizimi.
Labial undoshlar- lab-lab va lab-tish undoshlari.
Til-tish undoshlari (dental va alveolyar undoshlar) tilning uchki qismi bilan tishlarning milki orasidagi to‘siqda hosil bo‘ladigan undosh­lar.
Til oldi-tanglay undoshlari - til oldi qismining qattiq tanglay tomon ko‘tarilishidan hosil bo‘lgan to‘siqda yuzaga keladigan undoshlar.
Til o‘rta undoshi - tilning o‘rta qismi bilan tanglay orasidagi to‘siqda hosil bo‘lgan «y» undoshi.
Sayoz til orqa undoshlari - k, g, r (ng) fonemalari. Ular velar (qattiq) undoshlar sanaladi. Chuqur til orqa undoshlari - q, g‘, x fonemalari. Ular uvular (kichik til ishtirokida hosil bo‘lgan) undoshlar sanaladi. Bo‘g‘iz undoshi - «h» fonemasi. U faringal undosh deb ham ataladi. Yumuq fokusli burun tovushlari (nazal tovushlar) - m, n, r sonantlari.
Kuchli pozitsiya - fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya - fonemaning asosiy ottenkasi o'zgarishiga olib keladigan pozitsiya.
Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati. Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat. Dissimilativ holat - nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat, Divergent -divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.

Konsonantizm hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir. Bu tizim 24 fonemani - b, v, g, d, j, j (dj), z, y, k, 1, m, n, q, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g\ h tovushlarini o‘z ichiga oladi20. Biroq manbalarda o‘zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22 ta (S. Otamirzayeva, Y.D. Polivanov)21, 23 ta (A.K. Borovkov, l.A. Kissen), 25 ta (A.N. Kononov, V.V. Reshetov, A. Abduazizov)22. Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo‘q. Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir- biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo‘lgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib (a’zolarga ishqalanib) o‘tishidan paydo bo‘ladi. Bunday to‘siq fonologiyada fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo‘lishi shart.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling