Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik transkripsiya.
- Fonematik
- KapaM
- 5-MA’RUZA. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar.
- Bo‘g‘in cho‘qqisi
Transkripsiya — fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlarning cho'ziq-qisqaligi, o‘zak va morfemalar o'rtasidagi uyg‘unlik kabi hodisalarni) yozuvda aniq ifodalash uchun qo'llanadigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og‘zaki ijodi namunalarini, o‘zga til matnlarini yozib olishda ham foydalaniladi.
Transkripsiyaning quyidagi ikki turi o‘zaro farqlanadi: Fonetik transkripsiya. Transkripsiyaning bu turi fonetik prinsip asosida tuziladi — fonemaning talaffuzdagi har bir foniga alohida harf belgilanadi. O'zbek dialektologiyasida ko'proq rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda. Bu transkripsiyada o'zbek tili unlilari uchun quyidagi belgilar olingan (jadvalga qarang):
Demak, unlilarning turli ottenkalarini berish uchun transkripsiyada 15 ta belgi olingan. Bu belgilar orqali o‘zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli fonemalarni ifodalash mumkin. Undoshlar uchun rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alfavitidagi e, e, 10, h grafemalaridan boshqa barcha harflar ishlatiladi: «e», «e», «io», «a» lar esa transkripsiyada quyidagicha ifodalanadi: E — üe, ho, he; E — ho; K) — fly, ny; 51 — hø, ha. Transkripsiyada undoshlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, «jT»(yumshoq «ji») kabi16. Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu turi faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan, unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, kir, qir(fonematik transkripsiya) - Kbr, (fonetik transkripsiya), KapaM, papaM(fonematik transkripsiya), Kdr&M, qaraM(fonetik transkripsiya). Fonematik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo‘llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko‘p bo'ladi. 5-MA’RUZA. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar. Tovush, fonema va harf tushunchasi O‘zbek adabiy tilida vokalizm Unli fonemalar tasnifi Tayanch tushunchalar Vokalizm - unli fonemalar tizimi. Fokus - talaffuzda aktiv va passiv nutq a’zolari orasida hosil qilingan to‘siq. O‘pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo‘ladi. Bo‘g‘in cho‘qqisi - bo‘g‘in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo‘g‘in cho‘qqisi sanaladi. Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki. Tilning vertikal (tik) harakati - tilning uch darajali ko‘tarilishida yuzaga keladigan belgilar. Tilning gorizontal (yotiq) harakati - fonemalar artikulatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho‘zilishi yoki orqaga tortilishi. Fonema va harf Boduen de Kurtene o‘zining 1870-yilda yozgan magistrlik dissertatsiyasida (XIVasrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida ) fonetikaning ikki vazifasi borligini va bunda tilning eng kichik (minimal) birligi haqidagi tushunchaga asos soldi. Keyinroq bu butunlik I.A.Boduen de Kurtene va uning shogirdi N.Krushevskiy tomonidan fonema deb nomlandi.17 Boduen de Kurtene “Fonema so‘zning o‘zaro qiyoslanayotgan qismlari orasida o‘zining bo‘linmasligi bilan harakterlanadi’, -deydi. Keyinroq I.A.Boduen de Kurtene fonema haqidagi fikrini o‘zgartirib, unga sof psixologik ta’rif beradi: 1984-yilda polyak tilida yozilgan “Fonetik alternatsiyalar nazariyasi yuzasidan tajriba” nomli ishida u fonemani til tovushlarining psixik ekvivalenti deb nomlaydi Shunday qilib fonemaga quyidagicha ta’rif berildi. Fonema-so‘zlar, morfemalar va Grammatik shakllarning tovush qobig‘ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlikdir. Vokalizm - o‘zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani - i, e, a, u, o‘, о tovushlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi (kirillcha) o‘zbek yozuvida bu 6 ta fonema uchun 10 ta harf (и, э, а, у, у, о, е, ё, ю, я), yangi (lotincha) o‘zbek yozuvida esa 6 ta harf (i, e, a, u, o, o‘) ishlatiladi. Fonemalar miqdori bilan harflar (grafemalar) miqdori o‘rtasidagi bunday har xillik ularning boshqa-boshqa hodisalar ekanligidan dalolat beradi. (Bu haqda darslikning «Grafika» bo‘limiga qaralsin.) Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi: a) fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo‘shimcha tonlar munosabatidan ) tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa shovqinning bo'lishi shart; b) anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to‘siq (fokus) hosil qilmaydi, bu hol o‘pkadan kelayotgan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramay o‘tishini ta’minlaydi. Undoshlar artikulatsiyasida esa albatta to‘siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to‘siqdan portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak bo‘lgan shovqinni yuzaga keltiradi; d) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so‘z va morfema tarkibida “qurilish materiali” sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so‘z yoki morfemalaming tovush qobig'ini bir-biridan farqlavdi, shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Yana: unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o‘zicha bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo‘g‘in hosil qilish xususiyati bor). Shuning uchun bo‘g‘in tarkibidagi unli shu beginning cho‘qqisi («vershina sloga») sanaladi. Bundan tashqari. unlining yolg‘iz o‘zi fonetik so‘zni yoki morfema qobig‘ini hosil qilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma’nosidagi «и» olmoshining, shuningdek «а?» so‘roq yuklamasining ifoda plani -moddiy-material asosi bir unlidan iboratligi buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo‘q. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling