Xosiljonova dildoraxonningi botanika fanidan


Download 53.9 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi53.9 Kb.
#1407453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
208 Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.

Ishning amaliy ahamiyati Ko‘pchilik o‘simliklarning bargi va bargchalari aniq ko‘rinib turadigan va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan tomirli bo‘ladi. Odatda, ular bargning orqa to- monida yaxshi ko‘rinadi. Tomirlar barg bandidan bargga o‘tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo‘ladi.
Ishning xajmi. Kurs ishi 29 bet, 2 bob, kirish, xulosa, adabiyotlardan iborat
I BOB. BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI.

    1. Bargning hosil bo‘lishi va rivojlanishi

Barg yuksak yashil o‘simliklarga xos bo‘lgan vegetativ organ bo'lib, fotosintez va transpiratsiya kabi muhim funksiyalarni amalga oshiradi. Barg tashqi morfologik shakliga ko‘ra, o'simlikning turli xilda bo‘lgan organi bo‘lib, botanik olimlar tomonidan o'simlik barglarining poyada joylashishi, shakli, chekka qirraJarining morfologik ko‘rinishi, tomirlanishi va boshqa xossa-xususiyatlari, tuzilishini tavsiflash uchun yetariicha darajada ko‘p sondagi atamalardan foydalanishgan. Bundan tashqari, barg quyidagi funksiyalarni bajaradi: fotosintez, gazlar almashinuvi, suv bug'latish, zaxira oziq moddalami saqlash (karam, piyoz) va himoya vazifasi (tikanaklar), vegetativ ko‘payishga xizmat qiladi (yapon binafshasi, begoniya). Ma’lumki, o‘simlik bargining birlamcbi funksiyasi—bu quyosh yorug'ligi energiyasini o‘zlashtirish va glukoza shaklida kimyoviy bog'lar energiyasiga aylantirishdan iborat. Bu jarayon - fotosintez deb nomlanib, barg hujayralarida joylashgan xloroplastlarda (xlorofill donachalari) oddiy anorganik moddalar - ya’ni suv va karbonat angidrid gazi (CO2) ishtirokida uglevodlar biosintezlanadi. Shuningdek, fotosintez jarayoni davomida qo‘shimcha ikkilamchi mahsulot sifatida atmosferaga erkin kislorod ajraladi. K.A. Temiryazev fotosintez jarayonini har tomonlama o‘rganib, ko‘p yillik mehnati asosida «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli asarini yozadi. Bu asarda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o‘tish qonuniga amal qilishi bayon qilingan. Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo‘ lgan organik moddalar hosil bo’ladi. Olimlaming hisoblashlaricha, Yer sharidagi barcha yashil o'simliklar har yili 2 mlrd. t. azot, 6 mlrd. t. fosfomi o'zlashtirib 170 mlrd. t. uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t. suvni parlatib, 400 mlrd. t. organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t. kislorod ajratib chiqaradi. Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida hosil bo‘lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi. Transpiratsiya jarayoni natijasida o'simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida bug‘latiladi. Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o‘simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug‘latish xususiyati tufayli o’simlikda tinimsiz suv harakati ta’minlanadi. Ayrim o‘simliklar choMlarda yashashga moslashgan bo‘ladi va kam suv bug‘latadi. Suv bug‘lanish jarayoni tufayli, cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simlik tanasining harorati, havo haroratiga nisbatan 7-8° С ga past bo‘laai. Masalan, bir tup makkajo‘xori yoz bo‘yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv bug‘latadi. lgamaydondagi suli ekilganjoydan 3 000 000 kg, karam ekilgan joydan 2700 kg suv bug‘latiladi, 1000 g shimilgan suvning 990 grammi parlatilsa 10 grammi o‘simlikda saqlab qolinadi. Kunduzi lm2 barg yuzasi 50-250 gramm suv bug‘latilsa, kechasi 1-20 gramm suv bug‘latadi. Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshqalardagi barglar kiradi:
1. O‘rta yarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi.
2.Yuqori yarusdagi barglarga g‘unchani vato‘p guilami o‘rab turuvchi barglar kiradi.
Barglar o‘lchami har xil bo‘ladi. Masalan: Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa, tropik o'simliklar 10-22 metrga yetadigan barglar hosil qiladi. Masalan, palma turlaridan birida (Raphia ruffxa) barglarning uzunligi 20 metrgacha yetishi aniqlangan, volflya (Wolffia) o‘simlik turining barglari o'lchami esa - juda kichik boiib, agar bu o‘simlik turining 16 ta bargi yonma-yon joylashtirilsa, u holda umumiy uzunligi 2,5 sm ga teng bo'Iishi hisoblab chiqilgan. O‘rta Osiyoda o‘sadigan rovochning ba’zi bir turlari yirik bargga ega (o‘rtacha uzunligi bir metrgacha boradi).
Barg novdaning o'sish konusidagi meristema hujayralaridan hosil boMadi. Bargning hosil bo'lishida o‘sish nuqtasining tunika va korpus hujayralari ishtirok etib, shu nuqtadan biroz pastroqda bo‘rtmalami, bo‘rtmalar esa boshlang‘ich bargchalami hosil qiladi. Boshlang‘ich bargchalaming hosil bo‘lishi bilan barg yaprog'i, bandi hamda yon bargchalar shakllana boshlaydi. Barg morfologik tuzilishiga ko‘ra, to‘liq, to‘liqsiz hamda oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi. Barg bandi barg asosi va yaprog‘ini orasida hosil bo‘ladi. Barg bandi bargni yorug'likka qaratib, mexanik vazifani bajaradi. U ayrim o‘simliklarda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ayrimlarida bo‘lmaydi, bunday barglar o‘troq barglar deyiladi. Bunday barglar bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasi o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini hosil qilib, bo‘g‘imdan bo‘g‘imgacha masofada joylashadi. Yon bargchalar mayda bo‘lib, asosan 2 tadan bo'ladi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim o‘simliklarda ular tushib ketadi (qamish, olma, nok). Masalan, moshda, g‘o‘zada uch burchakli bo‘Isa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. To‘liq barg-yaproq (plastinka), barg bandi va yon bargchadan iborat. Oddiy barg-bitta barg yaprog‘i va bandidan iborat boiadi. Ular shakli, tomirlanishi, barg cheti, yaprog‘ining uchiga qarab turli xil boMadi. Oddiy barglarning shakliga nisbatan 200 dan ortiq xili mavjud. Oddiy barglar shakliga ko‘ra, ninasimon (qarag‘ay), nashtarsimon (tol), tuxumsimon (zumturum), qalami (oddiy qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, maysazor betagasi), cho'ziq nashtarsimon (soxta yantoq), keng nashtarsimon (suv sumbul), ovalsimon (tobulg‘i, chitir), tuxumsimon (yovvoyi xina). teskari tuxumsimon (kovul, normushuk), yuraksimon (yurakbarg jo‘ka), dumaloq (tog‘ isparagi), qalqonsimon (oq qaldirmoq), buyraksimon (griffit arg‘uvoni), rombasimon (arslonquloq, bozulbang), kuraksimon (mayda meva lapulla), yoysiinon (sutcho‘p), nayzasimon (nayzabarg, qo‘ypechak), lirasimon (yovvoyi karam, roripa) bo‘ladi. Barg chetining tuzilishiga nrsbatan yaxlit (tekisqirg‘oqli), tishsimon (normushuk), arrasimon (ko‘knori, turp), mayda tishsimon (magoniya) va boshqa ko‘rimshlarda bo‘Iadi. Tomirlanishiga ko'ra, parallel chiziqli (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi), yoysimon (lola, zubturum), patsimon (qayrag‘och, tol, terak, sambitgul), to‘rsimon (terak, olma), panjasimon (g‘o‘za, tok, gulxayri, yorongul) va dixotomik (ginko biloba) tuzilishga ega bo‘ladi. Qirqilishiga ko‘ra patsimon (qizg‘aldoq), uch bo‘lakli (qoraqiz, g‘arb chinori), panjasimonga (sharq chinori) bo‘linadi. Murakkab barglar - uch yaproqli (beda, sebarga, qulupnay, zangori maymunjon, afsonak), panjasimon (nasha, partenotsessus, soxta kashtan, g‘ozpanja), patsimon bo‘ladi. Patsimon barglaming o‘zi ham ikkiga bo‘linadi: toq patsimon (yong‘oq, tuxumak, akatsiya, atirgul) va juft patsimon (yeryong'oq, mimoza, gledichiya, totim). Barglar novdada ketma-ket (olma, o‘rik, shaftoli, nok, terak, g‘o‘za), qarama-qarshi (yalpiz, rayhon, kiyiko‘t, marmarak), halqasimon (elodiya, qirqbo‘g‘im, sambitgul) joy lashgan bo‘ladi. Bargni miqdori o‘simlik yuzasini ko‘paytirib beradi. Masalan: 1 ga maydondagi makkajo‘xori bargi 12 ga yuzaga ega bo‘lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi.

Download 53.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling