Xosiljonova dildoraxonningi botanika fanidan


Barg yaprog’ining morfologik tuzilishi. Oddiy va murakkab, butun va bo’laklangan barglar


Download 53.9 Kb.
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi53.9 Kb.
#1407453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
208 Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.

2.2 Barg yaprog’ining morfologik tuzilishi. Oddiy va murakkab, butun va bo’laklangan barglar.
O‘simliklarda barglar katta sathni tashkil etadi. Yashil barg sathining asosiy vazifasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug‘lab havoga chiqarish)dan iboratdir.
Barg sathiga tushgan yorug‘lik nurlarining energiyasi organik moddalarning hosil bo‘lishiga sarf etiladi. Barg orqali havodan olinadigan karbonat angidridi va ildiz sistemasi orqali poyaga o‘tib turuvchi suv hisobiga organik modda hosil bo‘ladi. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko‘tarilib turadi. Natijada o‘simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgor holati saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya jarayoni o‘simliklarni qizib ketiщdan asraydi. Barg sathining o‘sishi yorug‘likni tutishga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug‘latishga bo‘lgan moslashishdir. Bu moslashish uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida o‘simliklarni muhitga moslashishi natijasida vujudga kelgan. Bargning plastinkasi yassi, uning ikki tomoni bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun bunday barglar bifatsial (lot. b i -ikki; fatsio - tomon, yuz) yoki ikki tomonli barg deb ataladi. Barg o‘zi joylashgan o‘qqa (poyaga) qaragan tomoni jihatidan har xil: uning ustki qismi adaksial (lot. ad - “ga”; aksis - o‘q), yon yoki ostki qismi abaksial (lot. a b ud a n) deb ataladi. Bargning ustki va ostki qismi anatomik tuzilishi, tomirlanishi va rangi bilan farq qiladi. Tipik barg uch qismdan: barg plastinkasi, barg bandi va barg asosi (tagi) dan iborat. Ko‘zga ko‘rinadigan tipik barg plastinkaning eng e’tiborli tomoni shundaki, u yassi shaklda, dorsoventral tuzilishda bo‘lib, o‘sishi cheklangan. Bargning katga- kichikligi har xil: eng yirik barg rafiya deb atalgan, patsimon bargli xurmo daraxtlarida 15-20 m, Janubiy Amerikaning tropik qismida, ayniqsa, Amazonka daryosi havzalarida ko‘p tarqalgan Viktoriya regi bargining diametri 2 m gacha. Eng kichik barg esa bir necha sm gacha bo‘ladi. Bargning asosiy vazifasi fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinuvidan iborat. Barg plastinkasi bilan barg asosi o‘rtasida barg bandi joylashgan. Uning shakli silindrsimon, yassi, uzun (yong‘oqsa) yoki qisqa (tolda) bo‘lishi mumkin. Bandi bor barglar bandli barglar deb, bandi yo‘q barglar bandsiz barglar deb ataladi. Barg bandlari barglarni poyaga yashil yorug‘ tegadigan bo‘lib joy olishiga, mustahkamlik, o‘tkazuvchanlik va interkalyar o‘sishga imkon beradi. Bargning asosi yoki tagi har xil: ba’zi o‘simliklarda novda va shoxcha bilan birlashadigan eri bo‘rtma shaklida, ko‘pgina o‘simliklarda esa bargning asosi tarnovga o‘xshab kengaygan bo‘lib, poyaning bir qismini o‘rab oladi va barg novi yoki barg g‘ilofi deyiladi. Barg g‘ilofi bir pallali (g‘alladoshlarda) va ba’zan ikki pallali (soyabonguldoshlarda) uchraydi. Barg g‘ilofi tiniq (shaffof) parda (po‘st)li yoki qo‘ng‘ir, kulrang bo‘lishi mumkin. Ba’zan barg g‘ilofining hujayrasi yashil rangda bo‘lib, fotosintezda qatnashish xususiyatiga ega. Barg g‘ilofi barg qo‘ltig‘ida joylashgan kurtak va poyani interkalyar meristemani himoya etadi. Ko‘pgina o‘simliklarda barg bilan poyaning qo‘shiladigan joyida, ya’ni barg bandining asosida (tagida) bir juft alohida o‘simtalar chiqadi, bularga yonbargchalar deb ataladi. Yonbargchalarning shakli pardaga, qobiqqa, mayda- mayda bargchalarga qiltanoq va ba’zan haqiqiy barglarga o‘xshaydi. Yiriklashgan yonbargchalar fotosintez vazifasini bajaradi (masalan, no‘xat, murakkabguldoshlarning ko‘pchilik vakillarida). Ontogenezda yonbargchalar, barg plastinkasiga nisbatan oldin rivojlanadi va kurtakdagi barglarni himoya etadi, chunki barg plastinkasi nisbatan yirikroq bo‘ladi. Kurtak ochilgandan so‘ng yonbargchalar tushib ketadi (olma, nok, oq qayin, eman-jo‘ka va boshqalarda). Ba’zi o‘simliklarda (yo‘ng‘ichqa, qulupnay va boshqalarda) barg hosil bo‘lgandan keyin, yonbargchalar quriydi, lekin tushmasdan uzoqsaqlanadi. Tikanga o‘xshagan yonbargchalar himoya vazifasini bajaradi. Ba’zan barg asosi (tagi) dagi yonbargchalar qo‘shilib o‘sib yupqa pardachali naychaga aylanadi, bunga rastrub deyiladi. U ko‘pincha otquloqsoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda uchraydi (masalan, rovoch, otquloq, suv qalampiri, taran va boshqalar).

Download 53.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling