“Firdavs ul-iqbol” asarini tugatganidan keyin Ogahiy 5 ta mustaqil tarixiy asarlarini yaratgan: “Riyoz ud-davla” (“Saodat bo‘stonlari”) – Olloqulixon hukmronligi davri ... N.Komilov nafaqat nomzodlik, balki doktorlik dissertatsiyasini ham hazrat Ogahiy ijodiga bag‘ishlagan ustod hisoblanadi. Sa’diyning “Guliston” asari tarjimasi xususida to‘xtalib, shunday yozadi: “Tasvirlanishicha, bir dono odam bir pahlavon yigitni uchratadiki, u nihoyatda g‘azablanib, qo‘liga tosh olib turibdi. Mavzu:Ogahiy ijodida Navoiy an’analari. Ogahiy hazratlari an’analarga sodiq qolgan holda, Navoiy bobomizdan tafovutli fikrlaydi. Birinchi baytda Alisher Navoiy lirik qahramon tarafidan ma’shuqaga shart qo‘yadi. Ya’ni ma’shuqa «Zulfu ruxsor ila» oshiqni «komiga» yetkazishi kerak, shundan keyingina u duoyi xayrini ma’shuqasiga ravo ko‘radi. To‘g‘ri, hazrat Navoiy bu ishni badiiy ijod maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiradi. Zulfu yuzni Laylatul-qadr oqshomiga, Navro‘zga qiyoslash uchun ana shu shartni g‘azalga aralashtiradi. Ogahiyda esa bu shart yo‘q, ya’ni oshiqning tilagi mutlaqo xolis. Ikkinchi baytda esa, Ogahiy hazratlari she’rga «chashmi jallod» obrazini qo‘shadi. «Ustina» radifi ham Alisher Navoiy merosida mavjuddir. Jallod bilan «Sod»larning qofiya qilib tanlanishi Ogahiyning taqlidchi emasligini, balki Alisher Navoiy ta’sirida original g‘azal yaratganligini ko‘rsatadi. Har ikkala g‘azalda Ogahiyning Navoiy baytlaridan mutlaqo farqli bir tarzda fikr rivojiga erishganligi fikrimizni yana ham tasdiqlaydi... Ogahiyning o‘zigacha bo‘lgan turkiy she’riyatdan, ayniqsa, Navoiy she’riyatidan bahravarligi xususida shu va shunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu, takror aytaman, alohida bir ilmiy mavzu. Bunday misollar Ogahiyni kamsitib qo‘ymaydi. Chunki, ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘z navbatida Navoiy hazratlari ham, shuningdek, har bir shoir ham o‘z salaflaridan ana shu tarzda ne’matlanganlar va ne’matlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |