Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla


Download 61.5 Kb.
bet7/10
Sana25.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1231651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xosiya Axmedova sherlari

Galin salom

Baxtu taxting bilan galding o‘yinga,


Jonim qurbon sani qaddi bo‘yinga,
Ming shukurlar bo‘lsin nikoh to‘yinga,

Siza galin salom muborak bo‘lg‘oy,


Hammangiza salom muborak bo‘lg‘oy!

Qadrdonlo galin salom olaylik,


Ko‘nglingizdan chiqqan vajni sololiq,
Barmoqina tillo uzuk doqoliq,
Quloqina tillo xolqo osoliq.

O‘ynab-gulib galin salom aloli,


Murod atib galin salom ololi.

Avval boshdon Odam otog‘o salom,


Ko‘p angiling Hovo anaga salom,
Qaynmongiza jupinnan salom,
Qaynanangiza ko‘pdan ko‘p salom,
Qaynota-yu amakilarga salom.

Siza galin salom muborak bo‘lg‘ay,


Hammangiza salom muborak bo‘lg‘ay!

Osmondagi oydan kammas ammala,


Ammalara baravaring ko‘p salom.
Xolo degan onangdan hech kam bo‘lmas,
Xololora baravaring jup salom.

To‘yda hamma-hammalara ko‘p salom,


Ta’zimingiz qutlug‘ bo‘lsin yengalar.
Boshingizdan sochilsin pul,tangala,
Siza galin salom muborak bo‘lg‘oy,
Barchangiza salom muborak bo‘lg‘oy!
***
Og‘om yuzi qaymoqdin,
Labi lunji o‘ymoqdin.
Samizlikinnan ma’lum,
Manimcha shu barmoqdin.

Og‘o borsom bo‘lami,


Manga ko‘ngling urami.
Sipolosom silosom,
Uxisinon turomi.

Yigit yordan qochomi,


Borjok joy ko‘l, dochomi.
Shugun bir o‘ynab-gulsak,
Yor ko‘nglini ochomi.

Og‘oboyni sochi yo‘q,


Yomon bilan topishg‘on.
Xotini har urg‘ondo,
Ko‘proq sochdan yopishg‘on.

Shu og‘omni kadisi,


Og‘irdon nalak solg‘on.
Ulli boshdon soch tushib,
Kichchiga o‘xshab qolg‘on.

Xosiyat san aytavar,


Xech kim xafa bo‘lmidi.
To‘yda hazil-huzildan,
Hech kim sira do‘ymidi.

To‘yda o‘yin gulkidan,


Sozdan hech kim do‘ymidi.
Niyat to‘yni qizdirish,
Hazil atib guldirish,
Shioring shu Xosiyat,
Yorib-toshob, sindirish.


Hazil

Do‘stlar bir hazillashsak,


Ko‘ngligiza olmisiz.
Lekin hafa bo‘lish yo‘q,
Mani quvib solmisiz.

Og‘am dasam bo‘lmimi,


Galin biyim urmiymi.
Xotinnan na qo‘rqosiz,
Stoykada durmiymi.

Qujoqimnon do‘ymosin,


Shu og‘omnon qo‘ymosin.
Ko‘nalara yo‘liqmang,
Go‘zingizni o‘ymasin.

Shu kastyumli og‘omni,


Kissasinda puli ko‘p.
Ko‘p qizloni oldog‘on,
Mashinnik bu yo‘li ko‘p.

Chiqmog‘on qiz ardimi,


Sovchi galsa bar dimi.
Og‘o bizam yoqadi,
Ayol bo‘lib gal dimi.

Og‘om sochi gajakdin,


Ikki go‘zzi yejakdin.
Muncha yitti qorisiz,
Top qo‘ynima girjakdin.

Oxshom bilan bu og‘om,


Kimni ko‘nglini olg‘on,
Galinbiyimni aldab,
Kimni o‘yinda qolg‘on.

Inna bodom o‘ymoq yo‘q,


Yor vaslina do‘ymoq yo‘q,
Avval yaxshi adingiz,
Yeb ichuv bo, qo‘ymoq yo‘q.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling