Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla
Download 61.5 Kb.
|
Xosiya Axmedova sherlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorimni diman
Yo‘lini ochgay
Baxtimiza to‘yu bayram bor bo‘lg‘oy, Hammangiza baxtu iqbol yor bo‘lg‘oy, Bu dunyog‘a galgan banda shod bo‘lg‘oy, Har kimni yo‘lini ochqoy yo‘lini. Har kimni ilohim, bargay so‘ngini. Cho‘p go‘rinsam o‘zingizdan past bilmang, Mo‘min bechoraning ustinan gulmang, Nomard bilan aslo do‘stu yor bo‘lmang. Siza to‘mat atsa, o‘ngu so‘lingiz, Ko‘ksingizda bo‘lsin doim qo‘lingiz, Olloh ochiq qilg‘oy yurgan yo‘lingiz. Yo‘l-izda go‘rsamam katta-kichikni, Aldinnan o‘tmadim hatto pishikni, Kimla osmon, bilmas, oji chuchukni. Niyatim shu xalqima xizmat qilsam, O‘z yo‘limda yursam, o‘zimni bilsam, Xudo bo qu mani g‘iybat gap atsam. Xosiyatxon kuylab el-yurta yoqsang, Sozu suhbat qilib e’tibor topsang, Do‘g‘ri yurib hololdan ro‘zyor boqsang. Do‘st qadri Do‘sti yo‘q, kimsalar qanotsiz qushdir, Besh kunlik dunyoda misoli tushdir, Do‘st yorlar bilan ko‘nglimiz xushdir. Do‘stlarim siz bilan baxtliman men ham, Sizlarni ko‘rganda ketar qayg‘u, g‘am, Ming shukur oqibat juda mustahkam. Sizlar bor- yo‘llarim ochiq va ravon, Sizsiz hech kimman, faqat notovon, Sizlar borsiz shodliklarim bir jahon. Bir- birimizdan bo‘laylik ogoh, Yo‘qotib qo‘ymaylik qilib ohu voh, Uzoq umr bersin barchaga ollox Bir kam dunyo deydilar azaldan bir kam, Olloximni uzi bizlarga hakam, Sizlar azizimsiz, dardimga malham. Olloh panohida omon bo‘laylik, Do‘stlar bilan birga yayrab yuraylik, Do‘stlikni mustahkam saqlay bilaylik! Yorimni diman Mani ham tinglagil oh ila zolim, Ko‘nglim seni didi sevgili yorim, Ikki dil birlashsa ko‘ngil xotirjam, Qalbimda o‘zingsan sen yo‘qu borim. Ko‘zing qorog‘da ko‘zim nurlari, Sevishing bilaman, ayol sirlari, Sendan o‘zga yorni ko‘nglim xushlamas, Yo‘liqqan bo‘lsada qamar, surlari. Muhabbat o‘tida yonib hayronman, Sevgi dardi qaynab qalbi vayronman. Dardu hasrat chekib yillar sarsonman, Ishq ko‘yida giryon, bag‘rim biyronman. Hidlaring sog‘inib izlab yurarman, Nogoh uchrasa deb javlon urarman. Xosiyat so‘zlashib suhbat qurarman, Sening bilan jonim baxtli bo‘larman. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling