Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla
Download 61.5 Kb.
|
Xosiya Axmedova sherlari
Yurakda armon qoldi
Gulim so‘ldi ochilmasdan, Yurakda dard, alam qoldi. Yonib g‘aybona ishqingda, Yurakda armon qoldi. Osmon boshima yiqildi, Ko‘zimdan yoshim to‘kildi, Qomatim nundek bukildi, Uzoqda bulbulim qoldi. Ohlar chekdim firoqingni, To‘kdim chashmi buloqimni, Sevgilim bil tilagimni, Yuragimda dog‘im qoldi. Yetarmanmu visolinga, Zor bo‘ldim xush raftoringa, Mani bu xasta holima, Rahm ayla bu nolam qoldi. Jonimdan aziz yorimsan, Jonimdan, aziz yorimsan Mehnatda madorimsan, Bo‘stonimni yashnatgan, Yam-yashil bahorimsan. Yor ko‘nglini yor bilmasmu, Bilsa darhol kelmasmu, Yurakdagi sirlarni, Sevganiga demasmu. Mani yorim guljamol, Ko‘rganlarni aqli lol, Mehru vafo bobida, Tengi yo‘q lafzi halol. Bog‘ aylana shaftoli, Uchgan tinchlik kaptari. Aytsam ado bo‘lmaydi, Dilginamni daftari. To‘y muborak, muborak, Baxtli onlar muborak! To‘yxonamiz bezagi, Kelin oyi muborak! Kuyov bola kelinni, Bir ko‘rgan, sevib qolgan. Sevgisin qilib oshkor, Qizni ruxsatin olgan. Kuyov bola baxtini, Topganda uyin aytgan. Sovchilar tez kelinni, Javobini olib qaytgan. Hamma ishini qo‘ygan, Qassob qo‘y, ho‘kiz so‘ygan. Qilib fotiha bazmin, Hamma yeb-ichib to‘yg‘on. Bugunga to‘y belgilab, Barcha yugurgan yelgan. Uzukka qosh qo‘ygandek, Iboli kelin kelgan. To‘yimiza fayz qo‘shing, Davrada o‘ynab jo‘shing. Kelin kuyov yayrasin, Barcha raqsga tushing! ***
Ishkingizdo ming ko‘ylara solosiz, Loqqa tushsam man sizni gapingiza, Sarxush atib darrov qochib qolosiz. Man bilaman mani na dab o‘ylisiz, Ondivarib o‘z holimo qo‘ymisiz, Jonimni baraman dab yuz marta, Sevgidan siz ming lof urib so‘ylisiz. Do‘g‘risini oytin oldob nataman, Og‘o sizni go‘rsam arib getaman. Xumorim bor sizni har gun go‘risha, Qachon og‘o niyatima yetaman. Sizni yoqtirg‘onim mani gunayim, Ikkimizni qovushtirg‘oy xudoyim, Xosiyat der birga bo‘lsak, dunyodo, Boxtimo siz sog‘ bo‘lg‘oysiz iloyim. Kutaman Kelishingni kutdimu, Ketishing xohlamadim, Xoh ishon xoh ishonma, Men bugun uxlolmadim. Araz qilding bir zumda, Sensiz biron ming kunda, Jonim o‘tgan shu kunda, Men rostan uxlolmadim. Ovozing qulog‘imda, Mehring qalb bulog‘imda, Ming xil o‘y, xayolimda, Men bugun uxlolmadim. Endi nima bo‘lar deb, Nahot sevgi so‘lar deb, Yurak kimga ko‘nar deb, Men bugun uxlolmadim. Hayotimsan, xayolimsan, Ketmagin endi bir dam. Sog‘inib ketdim biram, Xosiyat seni eslab, Ishon bugun uxlolmadim. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling