Xotira shajarasi


Operativ xotiraning ishlash prinsipi


Download 408.65 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi408.65 Kb.
#1563825
1   2
Bog'liq
4 Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish - Copy

Operativ xotiraning ishlash prinsipi. Eng kichik xotira elementi- bit yoki razryad eng kichik hajmga ega bo‘lgan ma’lumot - bitta ikkilik sanoq tizimidagi raqamni saqlashga qodir. Bit - bu juda kichik ma’lumot birligi, shuning uchun xotirada bitlar baytlarga - sakkizta bitlarga birlashadi va xotira yacheykalari deb ataladi. Barcha xotira yacheykalari raqamlangan bo‘lib, xotira adresi (manzili) deb ataladi. Yacheyka adresini bilgan holda asosiy ikkita amalni bajarish mumkin:

  1. ma’lum adresdagi yacheykadan ma’lumotni o‘qish;

  2. ma’lum adresga ma’lumotlarni baytlar ko‘rinishida yozish.

Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarish uchun, protsessordan
xotiraga yacheyka adresi ko‘rsatilishi kerak va baytlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yozish uchun protsessordan xotiraga, yoki o‘qish uchun xotiradan protsessorga uzatilishi kerak. Barcha signallar shinalarga birikkan simlar orqali uzatilishi kerak.
Manzil shinasidan xotira yacheyka adresi, ma’lumotlar shinasidan esa- uzatilayotgan ma’lumotlar uzatiladi. Odatda,, bu jarayonlar bir vaqtda amalga oshiriladi.
OXQlar ishlashi uchun 3 ta signal va mos ravishda 3 ta sim qo‘llaniladi. Birinchi signal o‘qishga ruhsat deb ataladi, agar bu signal qabul qilinsa xotiradan bayt ko‘rinishidagi ma’lumot o‘qiladi. Ikkinchi signal yozishga ruhsat deb ataladi va bu signal olingach bayt xotiraga yoziladi. Bir vaqtning o‘zida ikkala signal uzatilishi mumkin emas. Uchinchi signal - tayyorgarlik signali deb ataladi va xotira protsessorga murojaat qilib, buyruqlarni bajarishga tayyor yoki tayyor emasligini bildirish uchun ishlatiladi.
Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari. Hozirda xotira mikrosxemalari, odatda 8 ta yoki 16 tali guruxlarga birlashtirilib bitta kichikroq plataga o‘rnatilgan xolda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda (2.8-rasm). Bunday platalar xotira modullari deb ataladi.



Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim.

Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud:

  • SIMM (Single Inline Memory Module) - ulanish nuqtalari bir tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с односторонним расположением выводов);

  • DIMM (Dual Inline Memory Module - ulanish nuqtalari ikki tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с двухсторонним расположением выводов).

SIMM platalarda bir tomonda joylashtirilgan ulanish nuqtalariga (kontaktlarga) ega bo‘lib, bunday modullarda bir taktli siklda ma’lumotlarni uzatish tezligi 32 bitni tashkil qiladi.






Xotira modullari.

DIMM platalari esa ikki tomonda joylashgan, har birida 84 tadan, jami 168 ta ulanish nuqtasiga ega. Ushbu xildagi modullarda bir taktli siklda ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 bitni tashkil qiladi, ya’ni avvalgisidan ikki barobar tezkorroq.
Avvalgi SIMM va DIMM modullari tarkibida, har biri 256 Mbit (32 Mbayt) xajmga ega 8 ta mikrosxema o‘rnatilgan bo‘lar edi. Bitta xotira modulining umumiy xajmi 256 Mbayt ga teng bo‘lib, 1 Gbayt xotiraga ega bo‘lish uchun to‘rtta ana shunday modulni asosiy plataga o‘rnatish kerak bo‘lar edi. Keyinchalik esa hajmi ikki barobor katta bo‘lgan xotira modullari ham ishlab chiqarila boshlandi.
Raqamli mantiqiy sathda xotiraning tuzilishi va uni tashkil qiluvchi asosiy qismlari. 2.9 - 2.15 rasmlarda raqamli mantiqiy sathda xotiraning qanday tuzilganligini va u qanday tashkil tashkil etuvchi asosiy qismlardan iborat ekanligini ko‘rsatuvchi chizmalar keltirilgan. 2.9-rasmda tasvirlangan sxema SR-ilgak (rus tilida - защелка) deb ataladi. U ikkita kirishga ega: S (Setting - o‘rnatish) va R (Resetting - olib tashlash). Unda doimo bir-biriga teskari qiymatlarni qabul qiluvchi ikkita chiqish signallari mavjud Q va




SR-ilgak. НЕ-ИЛИ ilgagi 0 xolatda (a); НЕ-ИЛИ ilgagi 1
xolatda (б); НЕ-ИЛИ funksiyasining haqiqat jadvali (в).
D-trigger. 2.12-rasm. D-ilgaklar va D-triggerlar.





Sinxron SR va D-ilgaklar.





8-razryadli registr (mikrosxemasi).
Download 408.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling