Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish


Download 75.93 Kb.
bet4/6
Sana30.01.2024
Hajmi75.93 Kb.
#1817106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedogogika 3-topshiriq Xalilov A

Jumladan;
1. Tafakkurning dastlabki muxim xususiyati voqelikni umumlashgan xolda aks ettirish natijasida inson juda kup malumotlar va axborotlarga ega bo’lib, bu uning muvaffakiyatli takomillashuviga yordam beradi.
2. Tafakkurning ikkinchi muxim xususiyati bog’lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Ushbu xususiyat tafakkurning moddiy asoslari va mexanizmlariga bevosita tasir qilish qudratiga ega bo’lmagan atrof muxitdagi voqealarni aniqlash va tushuntirish imkonini beradi.
3. Tafakkurning uchinchi muxim xususiyati so’z orqali narsa va xodisalar o’rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iborat. Insonning fikr yuritishi bir va undan ortiq so’zlarda ifodalanuvchi tushunchalar vositasida ifodalanadi. Shuning uchun odam uylanayotganida o’z fikrini aytayotganidek, gapirayotganida esa fikr yuritayotganidek tuyiladi.
Insonning fikrlash faoliyati ijtimoiy xarakterga ega. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avvalo ovqatlanishi uchun ozuqa izlash, keyinchalik mexnat kurollari yasash, va ulardan o’z o’rnida oqilona foydalanish jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashish, tajribasi bilan o’rtoqlashish extiyoji Vujudga kelgan. Insonlarning o’zaro muloqotga kirishishi, muomala qilishi, munosabat o’rnatishi kezida fikr bildirish, gapirish uquvi yuzaga keladi. I.P.Pavlovning obrazli tabiri bilan aytganda “fikrlash tufayli inson borliqning xokimiga aylangan bo’lsa, xayvonlar tabiat qo’li bo’lib qolaveradilar. Shuning uchun tafakkur voqelikni bevosita so’z yordamida umumlashgan tarzda aks ettirish jarayoni xisoblanadi. Atrof muxitdagi xodisaning tashqi ifodasi sezgi, idrok tasavvur jarayonlarida yorqin obrazli, tarzda turli alomatlari, fazoviy joylanishi va xarakatida aks etadi. Tafakkurda esa inson ularni anglaydi. Ikkinchi signallar sistemasining paydo bo’lishi va rivojlanishi natijasida tafakkurning taraqqiyoti insonning ijtimoiy sharoitlarida namoyon buldi. Tafakkur jarayonida xar ikkala signallar sistemasi bir biri bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Ikkinchi signal sistemasi tevarak atrofdagi olamni yaxshiroq bilib olish imkoniyatini beradi. Lekin xar qanday so’zlar xam voqelikning signallari rolini bajara olmaydi. Tafakkurning normal ishlashi uchun xar ikkala signallar sistemasi aktiv ishtirok etishi shart, biroq ikkinchi signallar sistemasi bu urinda etakchi vazifani bajarishi zarur, chunki so’zlar, fikrlar signallarning signali xisoblanib, murakkab umumlashtirish va abstraksiyalash jarayonlari bilan o’zviy aloqada bo’ladi.
Xozirgi zamon psixologiyasida tafakkur muammosini atroflicha tadqiq qilinmoqda. Ana shu tadqiqotlarga ko’ra tafakkur tarifini turli psixologlar shunday tariflashadilar. Jumladan: P.I Ivanovning tarificha “tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga, insonning yanada oqilona amaliy faoliyat bilan shugullanishiga imkoniyat beradi”
M.V.Gamezo “Tafakkur voqelikni umumlashgan xolda va so’z xamda utmish tajriba vositalarida aks ettirilishi” ekanligini bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan, so’z vositasida va vositali atrof-muxit xodisalarini aks ettira olishini takidlaydi. Lekin shunga karamasdan bu tarik tafakkurni mazmunini to’la ochib bera olmaydi.
S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jixatdan urganishning asosiy predmeti-jarayon, faoliyat tarikasida namoyn bo’lishidir.Uning takidlashicha tafakkur jarayonlari, formalarini shakllantirishda –jarayon(prosess) muammoli vaziyatni xal qilishda esa – fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur taxlil qilib beradi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yo’zasidan muloxaza yuritib, tafakkurni turli kurinishlarga ajratadi. Fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi.
P.Ya.Galperinni fikriga kura, tafakkur–bu orietirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayonidir, yani orientirovka-jarayon, orientirovka-faoliyat. U psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda subektning tafakkurga orientirovka qilish jarayonini urganishdan iborat deb tushuntiradi. Olim tafakkurning boshqa jixatlarini o’zining aqliy xarakatlarini bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan xolda tushuntiradi.
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurni muxim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni oldindan aytish (prognoz qilish), oldindan payqash xususiyatlarini aloxida takidlaydi. Demak yuqoridagi psixologlar tomonidan berilgan tarixlar va muloxazalarga yakun yasab tafakkurga umumiy tarif beramiz: “Tafakkur atrof-muxitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga, uni oldindan aytib berishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir”.

Download 75.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling