Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish
Tafakkurni diagnostika qilish metodlari
Download 75.93 Kb.
|
Pedogogika 3-topshiriq Xalilov A
Tafakkurni diagnostika qilish metodlari.
Tayanch so’z iboralar: Tafakkur, nutq tafakkur xususiyatlari, turlari, operatsiyalari. Psixologiyada tafakkur tushunchasining tarifi. Tafakkur inson aqliy faoliyatining, akl zakovatining, ongli xatti xarakatining yuksak shakli xisoblanadi. Tafakkur tevarak atrofni, ijtimoiy muxitni voqelikni bilish kuroli, shuningdek insonning keng ko’lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.Tafakkur jarayonida insonda fikr, muloxaza, goya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ongda tushunchalar, xukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.Tafakkur til va nutq bilan chambarchas boglik ravishda namoyon bo’ladi. Inson o’zining tafakkuri, nutqi xamda ongli xatti xarakati tufayli boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. Ana shu boisdan boshqa bilish jarayonlariga nisbatan tafakkur insonning aqliy va jismoniy faoliyatida aloxida axamiyat kasb etadi.Inson fikr yuritish faoliyatida o’zi aks ettirgan, sezgan idrok kilgan tasavvur etgan narsa va xodisalarning to’g‘riligi, aniqligi, xaqiqiyligi yoki ularning voqelikka mos tushishini aniqlaydi. Bilish jarayonida xosil kilingan xukmlar, tushunchalar, farazlar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Tafakkur sezgi, idok tasavvurlarga qaraganda voqelikni to’la aniq va xaqiqiy aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Ana shu boisdan tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib bevosita aks ettiradi. Narsa va xodisalar o’rtasidagi eng muxim bog‘lanishlar munosabatlar, xossalar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan konun va koidalarga asoslangan xolda ijtimoiy xodisa va voqealarni vujudga kelishi, rivojlanish xamda okibatni oldindan ko’ra bilish imkoniyatiga egadir. Xozirgi zamon kishisining bilish va amaliy faoliyatini oqilona tashqil qilish jarayonida uning aqliy faoliyati rivojlanib bormokda. Ma’lumki tafakkur ko’pgina fan soxalarining tadqiqot obekti bo’lib xizmat qiladi. Jumladan falsafa fani materiya bilan tafakkkurni o’zaro munosabatini, shuningdek tafakkur yordami bilan olamni bilish yo’llari va imkoniyatlarini urganadi.Tafakkurning ijtimoiy aspektida uning jamiyatni turli formasiyalari ijtimoiy to’zilishiga boglik ravishda tarixiy tarakkiyot jarayonida taxlil kilinada. Fiziologiya fanida tafakkurni vujudga keltiruvchi miya mexanizmlari tadkik etiladi. Kibernetika fanida esa EXM larda insonning fikrlash faoliyati axborotli jarayon tarikasida umumiy va xususiy jixatlari yoritilib beriladi. Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xarakteriga, Obektning subekt uchun yangiligi, shaxsning aktivlik kursatish darajasiga kura bir nechta turlaga ajratilib tadkik kilinadi. Tafakkur fikrlash faoliyati sifatida olib karalganda, inson tomonidan biron bir topshirikni yechish yoki shu topshirik ustida fikr yuritish nazarda tutiladi. Bu borada masala shartlari va subekt oldiga kuyiladigan shartlar, shaxsga berilgan topshirik moxiyatining anglanilishi shuningdek mazkur shart va talablarning bajarilishi inson tomonidan sinchkovlik bilan ko’zatiladi.Bundan tashkari topshirikni yechish shaxsniextiyoji va motivlari bilan boglik ravishda olib karaladi. Fikr yuritish faoliyatida muammo yechimini qidirishni boshqarishda insonning xissiy kechinmalari aloxida rol uynaydi. Ijtimoiy xayotda, talim jarayoni va ishlab chikarishda odamlar o’rtasida obektiv tarzda yuzaga keladigan aloka va subektiv munosabatlarda xam tafakkur namoyon bo’ladi.Individual tafakkur xamkorlikdagi aqliy va jismoniy mexnat jarayonida, shaxslarning o’zaro muloqotga kirishishi jarayonida kollektiv tafakkurga usib o’tadi.Jamoada tankidiy karash, o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish, jamoaviy uylash, guruxiy muloxaza yuritishdan iborat tafakkur sifatlari Vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi xam o’zviy alokador bo’lgan jarayondir.Notanish shaxsning ruxiy xolatini aniqlash, taxminiy faraz qilish, eng zarur alomat va belgilarni aniqlash va tuplash ba’vosita insonning fikr yuritish faoliyatiga bog’liqdir.Mazkur murakkab bosqichli bilish jarayoni subektdan irodaviy zo’r berishni, aqliy jiddiylikni talab qiladi. Bir vaqtning o’zida idrok va tafakkurning namoyon bo’lishi natijasida u yoki bu qaror qabul qilinadi. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionaliza torlik takliflari xam tafakkurning maxsuli xisoblanadi. Amaliy va nazariy axamiyatga moilik bo’lgan gipotezalar, g’oyalar xam tafakkur maxsulidir. O’zining jismoniy va aqliy qobiliyatlari xatti- xarakatlari va uning motivlari, tashqi olamga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini anglash xam fikr yuritish faoliyati orqali vujudga keladi. Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va xodisalarni sezish va idrok etishdan boshlanadi, so’ngra asta-sekin tafakkurga aylanadi, fikr yuritishni aqliy yo’l bilan aks ettirishga o’tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan yuqori darajadagi bilish jarayoni–tafakkur xam xissiy bilish organlarining maxsuli, yani sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga asoslangan xolda namoyon bo’ladi. Tafakkur o’zi uchun zarur materialllarni xissiy obektlardan oladi, shu bilan birga u fikr yuritishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Tafakkur sezgi, idrok va tasavvur yordamida atrof muxit bilan bevosita boglanadi, so’ngra voqelikdagi narsa va xodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy faoliyatida, tabiatni urganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida tekshirilib borilidi. Ong va aql-idrok yordamida o’zluksiz ravishda nazorat qilinib boriladi. Fikr yuritish yordamida atrof muxitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va xodisalar o’rtasida mavjud bo’lgan o’zaro munosabatlar, bog’lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namoyon bo’ladi. Inson oldida muammo bo’lmas ekan, u xolda tafakkur jarayoni xosil bo’lishi mumkin emas. Tafakkur jarayonida inson xissiy bilish kobigidan tashqariga chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo’lmagan murakkab xolatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur o’zaro o’zliksiz ravishda bir-birini boyitib turadi. Inson o’zining sezgisi, idroki va tasavvurlari orqali anglay olmagan narsa va xodisalarni yoki ularning, eng muxim ichki boglanishlarini tafakkur yordamida bilib oladi. ”Odam ko’zining aloxida suratda to’zilganligi odamning olamni bilish imkoniyati uchun mutloq chegara emas, bizning ko’zimizga boshqa sezgilargina qo’shilib qolmay, balki shu bilan birga, tafakkurimizning faolligi xam qo’shiladi” – deganida mutloq xaq edi buyuk faylasuflardan biri bo’lgan F.Engels. Tafakkur shunday murakkab jarayon bo’lishiga qaramay voqelikni xamisha xam bir tekisda aks ettira olmaydi. Bazan chiqarilgan xukm va xulosalar yanglish ekanligi amaliyotda ko’zga tashlanadi. Bilish jarayoni qanchalik murakkab bo’lmasin, agar ular voqelikni bevosita idrok qilish maxsuliga tayanib ish ko’rmasa, obektiv aks ettirish xususiyatini yo’qotadi. Shuning uchun nazariya va amaliyot o’rtasida o’zviy bog’liklik mavjud bo’lishi kerak. Barcha psixik jarayonlar kabi tafakkur xam o’ziga xos xususiyatlariga ega. Download 75.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling