Xotirani kuchaytirish usullari, sirlari, dorilar va mahsulotlar, xotira pasayishi sabablari
Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi
Download 346.79 Kb.
|
Хотирани кучайтириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Suhbatlashish, muloqot. Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi. 5. Uyqu
- 6. Hordiq Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o`xshash mashg`ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi. 7. Ko`zlar uchun mashq.
- Aqlli bo`lishning oddiy usullari Noodatiy o`qish
- Xotirani kuchaytirish uchun mashqlar va tabiiy mahsulotlar
- Xotira pasayganlik belgilari
- Ushbu maqolani ham o‘qing
Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasiMiyamizni doim ishlashga majburlasak, xotiramiz mustahkamlanadi! Ko`pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so`ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin... 1.Turli mashqlar. Krossvordlarni echish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she`r yodlash, chet tillarin o`rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi. 2. Uzum sharbati. Agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qo`shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo`lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor. 3. Jismoniy faollik. Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko`proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini ta`minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi. 4. Suhbatlashish, muloqot. Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi. 5. Uyqu Yaxshi uyqu – salomatligimiz garovi. Miriqib, xotirjam uxlaydigan odamlar uzoq umr ko`rishadi. Uyqu vaqtida organizmimiz bo`shashadi, erkin bo`ladi. Bundan tashqari, uyqu vaqtida tanada yoshartiruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tiniqib uxlaydiganlar uyqusizlikdan qiynaladiganlarga qaraganda ma`lumotlarni 2 marta ko`proq yodda saqlab qoladi. 6. Hordiq Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o`xshash mashg`ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi. 7. Ko`zlar uchun mashq. Agar har kuni ertalab ko`zlarimizni u yoqdan bu yoqqa 30 soniya davomida harakatlantirsak, xotiramiz 10 foizga yaxshilanadi. Bu tan olingan fakt. Bu usul miyamizning ikkala yarim shari bir-biri bilan uyg`unlikda ishlashiga imkoniyat yaratadi. 8. Ovqatlanish. Sog`lom va to`g`ri ovqatlanish kuchli xotiraga ega bo`lishga imkon beradi. Buning uchun antioksidantlarga boy bo`lgan brokkoli karami, ismaloq, turli yong`oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, uzum, qora olxo`ri kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilish lozim. 9. Vitaminlar. Bu borada V vitamini eng zaruri. Vitamin V12 etishmasligi natijasida xotira susayishi yoki yo`qolishi ham mumkin ekan. Tarkibida yuqoridagi vitaminlar bo`lgan baliq, go`sht, tovuq go`shti kabilarni iste`mol qilish miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. S va E vitaminlari ham xotira uchun zarur. Aterosklerozga chalinmaslik uchun turli yog`lar, margarin, sariyog`ni kamroq iste`mol qilishimiz kerak. Bir sutkalik iste`mol qilinadigan yog` miqdori 90 g.dan oshmasligi lozim. Aqlli bo`lishning oddiy usullari Noodatiy o`qish Qo`lingizga qalam va o`zingizga yoqqan matnni oling. Matnni o`qiy boshlang va ravon o`qib borgan joyingizgacha qalamni ham yurgizing. Keyingi gal yanayam tezroq o`qishga harakat qiling, tezda ko`zlaringiz bu vazifaga ko`nikadi, o`zingiz esa yanayam ko`proq ma`lumotni o`zlashtirasiz va bu miyangiz uchun ham foydali mashq. Oldindan bilib oling. Keyingi gal, biror qiziqarli maqola o`qimoqchi bo`lganingizda avvalo avtor nima haqda yozganligini o`ylab ko`ring, keyin informasiyani mutolaa qilishni boshlang. Neyrofiziologlar fikricha, bu holatda miyamiz ma`lumotlarni taqqoslash barobarida kuchli quvvat bilan ishlay boshlaydi. Xotirani kuchaytirish uchun mashqlar va tabiiy mahsulotlar Xotira – inson nerv tizimining eng muhim funksiyalaridan biridir. Xotiraning buzilishida inson hayoti davomida diskomfort sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi davom etib ketaversa, insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib keladi. Ko‘p hollarda yoshi qari insonlar xotirasining buzilishi tufayli hayot davomida oddiy yumushlarni ham bajara olishmaydi, xalq tili bilan aytganda “o‘zini o‘zi eplay olmaydi”. Qarilik bilan buzilgan xotirani odatda qaytarib bo‘lmaydi, ammo yoshlikda kuzatiladigan xotira susayishi va yo‘qolishlarini tiklasa bo‘ladi. Xotira bilan bog‘liq muammolarga hatto bolalar ham duch kelishadi. Bunday muammolarni e’tibordan chetda qoldirish kerak emas, chunki inson kelajakdagi hayotiy qobiliyatlari xotira bilan chambarchas bog‘liq. Bolalar xotirasi pasayganda o‘qishdan ortda qoladi, ta’lim olish muassasalariga borgisi kelmaydi, bola asabiy, jaxldor va yig‘loqi bo‘lib qoladi. Jarayonni o‘tkazib yuborgandan keyin qaytarish qiyin, shuning uchun erta davrlarda davo choralarini ko‘rish zarur. Hozirgi kunda xotirani tiklash uchun medikomentoz davo va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish mumkin. Agar xotira juda ham pasaygan bo‘lsa, yaxshisi shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak. Mundarija Xotira nega pasayadi? Xotira pasayganlik belgilari Xotirani kuchaytiruvchi dorilar Xotirani kuchaytirish uchun mashqlar Xalq tabobati orqali xotirani tiklash Bolalar uchun Kattalar uchun Xotirani yaxshilash uchun tabiiy mahsulotlar Xotira pasayishidan qanday saqlansa bo‘ladi? Xotira nega pasayadi? Inson xotira funksiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida o‘z funksiyasini o‘zgartirishi mumkin. Shifokorlar fikricha, xotirani pasayishiga quyidagi bir qator holatlar sabab bo‘lishi mumkin: Zo‘riqish – jismoniy va aqliy; Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash; Surunkali uyqusizlik; Surunkali stress holatlari; Kuchli bir martalik stress; Sigaret chekish; Spirtli ichimliklar ko‘p ichish; Narkotiklar qabul qilish; Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar; Insult; Bosh-chanoq suyagi travmalari (ochiq va yopiq); Qalqonsimon bez kasalliklari; Qon tomirlar kasalligi; Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi; Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish. Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganlarida yoki yuqori sinfga o‘tganlarida xotiralari susaygani seziladi, bu esa bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni urishmasliklari zarur. Xotira pasayganlik belgilari Xotira pasaygan holatlarning barchasida ham davo talab qilinavermaydi. Medikomentoz davo va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish uchun ko‘rsatma, xotiraning qisqa muddatlarda tiklanmasligi bo‘la oladi. Masalan: Biror bir narsani esda saqlab qolishga istak bo‘lsada, ularni yodda saqlab qola olmaslik; Doimiy unutib qo‘yish; Katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati yo‘qolishi. Ushbu maqolani ham o‘qing: Allergiyadan to‘liq qutilish mumkinmi? Agar insonda davomiy, eski vaqtlardagi jarayonlarni eslay olish qobiliyati buzilayotgan bo‘lsa, bu bosh miyada qandaydir bir jiddiy kasallik boshlanayotganidan dalolat beradi. Download 346.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling