Xristian cherkovlarining qudrati


FRANSIYADA MARKAZLASHUV JARAYONINING BOSHLANISHI


Download 36 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2023
Hajmi36 Kb.
#1460884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-7 esse

FRANSIYADA MARKAZLASHUV JARAYONINING BOSHLANISHI
Fransiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g'oyat darajada holdan ketgan edi. Bu urushning 1713-yilda tamom bo'lishi Fransiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutulish bo'ldi. Biroq darhol moliya reformalari o'tkazish zarur edi, defitsit 2,5 milliard livrga yetib sof yillik davlat daromadidan 32 barobar ortiq edi.[17] Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o'lgan vaqtda (1715 yilda) xalqning o'lgan qirolga nafrat bildirishidan qo'rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi Lyudovik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u faqat 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilgan bo'lishiga qaramasdan, Parij parlamenti Lyudovik XIVning jiyani, gersog Filipp Orleanskiyni regent deb e'lon qildi, undan Parij parlamentining ilgarigi vaqtdagi huquqlarini tiklashga va'da oldi. Filipp Orleanskiyning regentlik davri 9 yil (1715 - 1723) davom etdi. Regent parlamentning Lyudovik XIV tomonidan bekor qilingan huquqlarini tikladi. Jamiyatdagi vaziyat shunday ediki, sinf sifatidagi burjuaziyaga yon berilmaganida ham loaqal burjuaziya orasida o'z ta'sirini yo'qotmagan amaldor aristokratiya doiralariga bir muncha yon berishi kerak edi. Siyosiy umum avf e'lon etildi.
Yansenchilarni va gugenotlani ta'qib qilish to'xtatildi. Parij parlamenti misli ko'rilmagan siyosiy mavqega ega bo'ldi. Davlat apparati shunday bir tarzda qayta tashkil etildi-ki, hokimiyat parlamentga tobe bo'lgan oltita kengash; dengiz ishlari kengashi, moliya kengashi, tashqi ishlar kengashi, ichki ishlar kengashi, harbiy kegash va savdo kengashi qo'lida bo'ldi. Davlatni idora qilish ishi asosan parlament prezidentlari va maslahatchilari qo'lida bo'ldi. Ammo, 1718-yildayoq dvoryanlarning va saroy zodagonlarining tobora g'azablanib borishi ta'siri ostida, shuningdek monetani buzishga va davla bankining operatsiyalariga parlamentning qarshi harakat qilishi munosabati bilan Filipp Orleanskiy u qadar katta bo'lmagan to'ntarish o'tkazdi: qirol huzuridagi tantanali majlisda parlamentga uning, qirol farmonlariga e'tiroz bildirish huquqlaridan yana mahrum etilib, 1667-yildagi holatiga tushirilganligi e'lon qilindi .[18] Bu tadbirga qarshi qilinadigan harakatlarning oldini olish uchun Parij ko'chalarini qo'shinlar ishg'ol qildi, politsiya parlamentning bir nechta arbobini qamoqqa oldi. So'ngra kengashlar tugatilib, ularning vazifalari faqat regentgagina buysunadigan stats - sekretarlarga qaytarib berildi. Siyosiy oppozitsiyaning u qadar katta bo'lmagan xuruji 1718-yilning oxirlarida bostirildi. Regentlik tarixida asosiy siyosiy rol shu vaqtdan e'tiboran uddabron kardinal Dyubua qo'lida edi. Bu odamning Filipp Orleanskiyga ta'siri juda katta edi. Tashqi ishlar stats - sekretarligi lavozimiga tayinlangan Dyubua Fransiyani Ispaniya bilan harbiy to'qnashuvga olib keldi (1719), so'ngra Avstriya bilan Fransiya o'rtasida urush chiqayozdi. Regentlik davridan ichki siyosat sohasidagi asosiy arbob bankir Lou bo'ldi.
Jon Lou tomonidan o'tkazilgan moliya reformasining dastlabki vaqtlardagi ajoyib muvaffaqiyatlari, shak-shubhasiz, 1718-yilda Lyudovik XIV ning dvoryanlar absolyutizmini tiklashda va burjuaziyaga yangidan-yangi yon berishlardan qutulishda Filipp Orleanskiyda yordam berdi. G'oyat katta defitsitni tugatish uchun regentlik yo davlat sindi, deb e'lon qilishi kerak edi yoki qandaydir murakkab vositalar ishlatib, puldorlar bilan ora ochiq bo'lishi kerak edi. Moliya kengashiga boshchilik qilayotgan marshal Noayl davlat qarziga doir barcha majburiyatlarning sud yo'li bilan qayta ko'rilib chiqishiga urinib ko'rdi. Biroq, juda ko'p moliyachilarning qamoqqa olinishi va ta'qib qilinishiga qaramasdan, u pirovard-oqibatda qarzlarning juda oz qisminigina bekor qila oldi. Monetani buzish, davlat qarzlari uchun to'lanadigan protsentlarni kamaytirish va shu kabi tadbirlar o'tkazish yo'lidagi urinishlar ham yordam bermadi. Shu narsa tushunarlidirki, boshqa mamlakatlarda o'z loyihalarini behuda taklif qilgan xalqaro ko'lamdagi moliyachi korchalon va katta birja tavakkalchisi bo'lgan, xazinani juda ham boyitish yo'lini bilaman, deb e'lon qilgan shotland Jon Louni Fransiya saroyidagilar keng quchoq ochib qabul qildilar. Lou "sistemasi" nazariy jihatdan merkantilistlar g'oyalariga qo'shilar edi: mamlakat boylig - puldir;

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling