Xrom va uning birikmalari Tabiatda uchrashi


Download 28.26 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi28.26 Kb.
#1600596
1   2   3
Bog'liq
xrom va uning birikmalari

Xrom(III) birikmalari. Terichilik sanoatida xrom tuzlaridan pishiq xromli terilar olishda ishlatiladi. Cr3+ birikmalari barqaror.
Cr2O3 – xromli oxra, yashil rangli kukun,suyuqlanish harorati 2265oS. Qiyin suyuqlanuvchan kimyoviy jihatdan inert. Suvda, kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. Kaliy pirosulfat bilan suyuqlantarilsa xromning (III) valentli birikmalariga o’tadi:
Cr2O3+3K2S2O7=Cr2(SO4)3+3K2SO4
Xrom(III) oksidni olinish usullari:
Uglerod bilan qaytarish:
3C +(Na2Cr2O7 = 3CO + Na2O + Cr2O3
Oltingugurt bilan qaytarish:
S + K2Cr2O7 = K2SO+ Cr2O3
Harorat ta’sirida parchalanish:
2Cr(OH)3 = 3H2O + Cr2O3
Dixromatlarni parchalash orqali ham oson olinadi:
(NH4)2Cr2O7 = N2 + 4H2O + Cr2O3
Xrom (III) – oksidini soda yoki ishqorlar bilan suyuqlantirish natijasida meta- va ortoxromitlar hosil bo’ladi.
CrCl3 + 3NaOH = Cr(OH)3 + 3NaCl
Cr(OH)3 + 3HCl =CrCl3 + 3H2O
Cr(OH)3 + 3NaOH =[Na3Cr(OH)6]
HCrO2 – metaxromitlar, tuzlari mavjud:
Cr2O3+ 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O
H3CrO3 – ortoxromitlar, faqat tuzlar holida olingan:
Cr2O3+ 6NaOH = 2Na3CrO3 + 3H2O
Xrom (III) gidroksidi kuchli oksidlovchilar ta’sirida ishqoriy muhitda Cr+6 birikmalariga o’tadi.
2Cr(OH)3 + KClO3+4KOH =2K2CrO4 +KCl+ 5H2O
2Na3[Cr(OH)6] + 3Br2 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 6NaBr + 8H2O
[Cr(OH)6]3- + 2OH- - 3e = CrO42- +4H2O 2
Br2 + 2e = 2Br-1  3
Na3[Cr(OH)6 o’rniga Cr(OH)3 , CrCl3, NaCrO2, Cr2(SO4)3 ni olish mumkin. Oksidlovcilar sifatida bo’lsa Cl2, I2, NaClO3, NaNO3, H2O ba boshqalar olinadi.
Xrom birikmalarida Cr+3 kationi ko’k rangli ( xrom (III) sulfat, xrom (III) nitrat, xrom (III) xlorid), xrom (III) anion holda bo’lsa (CrO2-), yashil rangli bo’ladi( natriy xromit, kaliy xromit).
Kaliy xromli achchiqtoshga oz miqdorda ishqor qo’shsak, xrom(III) gidroksid cho’kmaga tushadi. U amfoter bo’lganligi uchun kislotalarda ham ishqorlarda ham oson eriydi:
2Cr(OH)3  + 3H2SO4 = Cr2(SO4)3 + 6H2O
ko’k rang
Cr(OH)3  + KOH = KCrO2 + 2H2O
yashil rang
Xrom(III) tuzlari gidrolizga uchraydi. Jarayon kation mexanizm bo’yicha boradi:
[Cr(H2O)6]Cl3 + H2O =[CrOH(H2O)5]Cl2 + H3O++Cl-
[Cr(H2O)6]3+ + H2O =[CrOH(H2O)5]2+ + H3O+
[CrOH(H2O)5]Cl2 + H2O=[Cr(OH)2(H2O)4]Cl+H3O++Cl-
[CrOH(H2O)5]2++ H2O=[Cr(OH)2(H2O)4]++H3O+
Cr2S3 qora kristall modda, suvda erimaydi.
2CrCl3 + 2H2S = Cr2S3 + 6HCl
2Cr3+ + 3S2- = Cr2S3
Bu tuz kuchli gidrolizga uchraydi va to’la gidroliz sodir bo’ladi.
Cr2S3 + 6H2O = 2Cr(OH)3 + 3H2S
Cr3+tuzlari eritmadan kristallogidratlar holida ajraladi: CrCl3*6H2O;
K2SO4*Cr2(SO4)3*24H2O; Cr2(SO4)3*18H2O; (NH4)2SO4*Cr2(SO4)3*24H2O.
Xrom (III) birikmalarining koordinatsion soni 6 ga teng komplekslar hosil qiladi: [Cr(H2O)6]Cl6 [Cr(H2O)5Cl]Cl2 [Cr(H2O)4Cl2]Cl * H2O
ko’k binafsha rangli och yashil rangli tim yashil rangli
[Cr(NH3)6]Cl3 ; [Cr(NH3)5Cl]Cl2 K3[Cr(OH)6] K3[CrCl6]
Xrom(V1) birikmalari. Xrom (VI) oksidi, xromat kislotasining angidridi – to’q qizil rangli ignasimon kristallga ega. (suyuql. harorati 197 oS). Suvda oson eriydi. Bunda xromat kislotasi hosil bo’ladi.
K2Cr2O7+H2SO4=K2SO4+2CrO3+H2O
CrO3+H2O=H2CrO4 
Bu kislota erkin holda olinmagan. Ortacha kuchli kislota. Xromat angidridiga xromat kislota va dixromat kislota to’g’ri keladi.
2H2CrO4 = H2Cr2O7 + H2O
Suyultirish ortishi bilan muvozanat H2CrO4 tarafiga qarab suriladi.
Xrom (VI) oksidi zaharli. Natriyli yoki kaliyli xromat texnikada xromli temirtoshni soda, potash yoki ohak bilan kuydirib olinadi.
4Cr2FeO4 + 7O2 + 8Na2CO3 = 8Na2CrO4 + 2Fe2O3 + 8CO2
Na2Cr2O7 + Na2CO3 =2 Na2CrO4 + CO2
Agar xrom (III) oksidiga ishqor va oksidlovchi qo’shilsa, xromatlarga o’tadi:
Cr2O3 +3 NaNO3 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 3NaNO2 + 2H2
Agar natriy xromatga kislota qo’shilsa, muvozanat chapga suriladi. Agar ishqor qo’shilsa, muvozanat o’ngga suriladi:
2Na2CrO4 + H2SO= Na2Cr2O7 + H2O + Na2SO4
Na2Cr2O7 + 2NaOH =2Na2CrO4 + H2O
Dixromat kislota tuzlari ayniqsa kislotali muhitda juda kuchli oksidlovchidir:
3H2S + K2Cr2O7 + 4H2SO4 = S + Cr(SO4)3 + 7H2O + K2 SO4
H2S orniga KJ,Na2SO3,NaNO2 olish mumkin.
Xromatlar xromning (III) tuzlarini ishqoriy sharoitda oksidlab oson olinadi:
2CrCl3 + 3H2O2 + 10KOH = 2K2CrO4 + 6KCl + 8H2O
H2O2 o’rniga boshqa oksidlovchilar NaNO3,KClO3 ishlatish mumkin..
Bixromatlar olish uchun xrom (III) tuzlariga kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar PbO2, KMnO4, NaBiO3 ta’sir ettiriladi..
2Cr(NO3)3 + 3NaBiO3 + 6HNO3 = H2Cr2O7 + 3NaNO3 + 3Bi(NO3)3 + 2H2O
Xromning peroksid shaklidagi birikmalari ma’lum. Ular peroksikislotalar deyiladi.
4CrO3 + 2H2O2 +3 H2SO4 = H2Cr2O8 + Cr2(SO4)3 + 4H2O + 2O2
H2Cr2O12- ko’k rangli efirda barqaror. H3CrO8-qizil rangli.
efirda
K2Cr2O7+4H2O2+H2SO4=2CrO5+K2SO4+5H2O
Reaksiya paytida efir qavatining siyoh rangga bo’yalishi kuzatiladi.
Xromning birikmalaridan CrO2Cl2 qizil qo’ng’ir rangli suyuqlik( suyuq. harorati -96,5 oS, qaynash harorati 117 oS).
CrO2Cl2 +2 H2O = H2CrO4 + 2HCl
K2CrO4 kaliy xromat suvsiz kristallanadi.Suvda yaxshi eriydi (20 oS da 100 g suvda 62,9 g tuz eriydi). Na2CrOkristallari tarkibida 4, 6, 10 molekula suv ushlaydi. Uning suvda eruvchanligi yaxshi. Natriy dixromatga kaliy xlorid ta’sir ettirilib kaliy dixromat olinadi.
Suvda yomon eriydigan xromatlar qatoriga PbCrO4 va BaCrOkiradi. Ular sariq bo’yoq sifatida ishlatiladi.
CrF6- kam o’rganilgan, beqaror, sariq, limonga o’xshash rangli kukun. MoF6 va WF6 ham ma’lum.
Xrom va uning analoglari geksakarbonilli neytral komplekslar hosil qiladi [E(CO)6]. Geksakarbonilxrom [Cr(CO)6] rangsiz kristall modda. Metallarning karbonillaridan toza metallar olish ucun foydalaniladi.
MoO3 oq-sarg’ish modda (syuql.harorati 795oS), suvda kam eriydi.Bu oksid ishqorlarda erib molibdatlar hosil qiladi. Molibdatlarga nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa H2MoO4 ning ignasimon kristallari hosil bo’ladi. Tabiatda FeWO4 va MnWO4, CaWO4 volframat kislotasining tuzlari uchraydi. WF6, WO3, WCl6 sof holda barqaror moddalardir.
Qo’llanilishi. Kaliy dixromat terichilik, tekstil, lak bo’yoq va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Qo’rg’oshin xromat sariq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. Kaliy dixromatni to’yingan eritmasi hamda konsentrlangan sulfat kislota teng hajmda aralashtirilsa, xrompik deyiladi. Bu aralashma juda kuchli oksidlovchi u bilan kimyoviy idishlarni yuviladi.
Y1 B guruh elementlarining farmatsiyadagi ahamiyati. Xrom va molibden muhim biologik ahamiyatga ega elementlar qatoriga kiradi. Protein va nuklein kislotalari tarkibida xrom borligi aniqlangan. Xrom organizmda glukoza o’zlashtirilishi uchun zarur moddadir. Odam organizmida 6 g.ga yaqin xrom bor. Yurakning ishemik kasalliklarida, surunkali xolesistitda, jigar xastaligida xrom etishmasligi aniqlangan.
Molibden o’simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradi. To’qimalarda molibden azot almashinuvi jarayonlarida (ksantin va purinning sut va jigarda oksidlanishi) katalizator vazifasini bajaradi.
Mis, rux, marganes va temir bilan birga molibden ham “hayotiy metallar” deb ataladi. Molibden organizmda turli komplekslar hosil qiluvchi moddalar sifatida ishtirok etadi.
Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling