Xronologiyaning fan sifatidagi òrni Tarixiy va astronomik xronologiya
Download 50.5 Kb.
|
xranalogiya
Mirzo Ulug`bek. Mirzo Ulug`bek «Ziji Ko`ragoniy» asarida vaktni hisoblash masalalariga to`xtalib o`tgan. Olim yil kitobining sharq halqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, «yunon, malikiy, xitoy va uyg`ur eralari» xamda ular orasidagi fark, mazkur eralardagi bayram kunlari to`g`risida batafsil ma`lumot beradi. Hijriy-kamariy kalendardagi arab davriyligi, yil boshi va oy madhallarini anikdash jadvallarini va formulalarini ko`rsatib o`tadi. Yevropada Mirzo Ulug`bek va Nasridsin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648 yilda Oksford universiteti astronomi Jon Grivas tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650 yilda Mirzo Ulug`bek asarlarining xronologiyaga oid ma`lumotlari, Sharq xalqlarida yil xisobi, kalendarlarga doir kismlari nashr etiladi. Mirzo Ulu! "gkning yulduzlar katalogi 1665 yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi. 1853 yivda Mirzo Ulug`bekning bu jadvallarga bergan to`liq muqaddimasini Sedillot tarjimasi bilan nashr etilgan.
Xronologiya kalendarlarning rivojlanishi va o`zgarishi bilan chambarchas bog`likdir. Kalendar so`zi lotincha «kalendarium» so`zidan olingan bo`lib, qarz kitobi ma`nosini anglatadi. Bu so`z shu narsa bilan bog`likki, qadimgi Rimda qarzdorlar kam qarz foizlarini oyning birinchi kunida to`laganlar. Hozirgi paytda kalendar bu turli mamlakatlarda vakt hisobi sistemasi bo`lib, uning asosida tabiatning davriy hodisalari, osmon jismlari harakatlari, vaqt oraliqlarining hisobi olib boriladi. Kalendarni o`rganish tarix fanining vazifasiga kiradi. Tarix fani esa bu o`rinda xronologiya faniga murojaat kiladi. Xronologiya turli hodisalar va xujjat sanalarini tuzishdan iborat vazifani bajaradi. Xronologiyada kalendar turlari, ularning paydo bo`lishi bilan bog`liq jarayonlar, va miqdoriy ko`rinishlaridan; Qadimgi Sharq davlatlariga xos kalendarlar; ularning ham shakllanish taraqqiyot bosqichlari va shular bilan birga Qadimgi Yunoniston hamda Rimga xos kalendarlar tarixi ularning o`zlariga xos xususiyatlari o`rganiladi. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling