Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


-MAVZU: Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo‘lar chiroylik


Download 4.12 Mb.
bet16/20
Sana06.10.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1693567
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

28-MAVZU: Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo‘lar chiroylik.


Dangasa odam qancha boyligi bo’lsa ham, uni sarf qlib, tugatishi mumkin, agar mehnat qilmasa.


Inson sidqidildan mehnat qilsa, boyib, baxt-saodatga erishadi. O’quvchilarga mehnat, mehnat hikmatlari haqidagi maqollarni o’rganishni vazifa qilib beraman





29-MAVZU: MAXSUS AVTOMOBIL VA MOTOTSIKLLAR HAQIDA SUHBAT;




Velosiped va aravalar harkatlanishi, shuningdek, xayvonlarni xaydab o‘tishga doir qo‘shimcha talablar bobi 9 bandni o‘z ichiga oladi:


1 -band. Velosiped va aravachalarni boshqarishni boshlang‘ich yoshi;
2- band. Velosiped, moped va aravachalarning harakatlanish joyi;
3- band. Vilosipedni jihozlanish tartibi;
4- band. Vilosiped va moped haydovchilariga taqiqlangan harakatlar;
5- band. Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped haydovchilariga majburiyat yuklaydi.
6- band. Ot aravalar haydovchilariga majburiyat yuklaydi.
7- band. Haydovchilarning hayvonlarni xaydab borish tartibi;
8- band. Xayvonlarni temir yo‘l kesishmasidan haydab o‘tish tartibi;
9- band. Hayvonlarni minib yoki haydab ketayotgan va aravani boshqarayotgan shaxslarga taqiqlangan harakatlar.

30-MAVZU: “Qahramonlik, burch va fidoiylik” (Xotira va qadrlash kuni oldidan).


Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil 2 martdagi farmoniga ko‘ra, Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, yoshlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarga hurmat-ehtirom ma’nosida har yili «9-may — Xotira va Qadrlash kuni» sifatida nishonlanmoqda.


Xotirlash — xalq manfaati uchun astoydil xizmat qilgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan kishilarni eslashdir. «Marhumlarni yod etish», «Tiriklarni shod etish» — bu an’ananing asosiy ma’nosini belgilaydi.
«Xotira va Qadrlash kuni» tadbirini o‘tkazish davomida yoshlar ajdodlarimiz tarixi, matonati, bosib o‘tgan mardonavor yo‘llari, qahramonliklari haqida bilishlari lozim. Shu aziz diyor ulardan bizga meros ekanligi, voris sifatida ularning savob ishlarini davom ettirishdek yuksak mas’uliyat yoshlarning zimmasida ekanligiga e’tibor qaratishning ahamiyati katta.
Barcha ta’lim muassasalarida «Xotira va Qadrlash kuni» alohida tayyorgarlik bilan o‘tishini ta’minlash lozim. Buning uchun ta’lim muassasalarida tashkiliy qo‘mita a’zolari tomonidan chora-tadbirlar rejasi tuziladi hamda «Xotira haftaligi» (3—9 may kunlari) e’lon qilinadi. Hafta davomida o‘quvchi-yoshlarga «Xotira va Qadrlash kuni» mohiyati va maqsadi tushuntiriladi. O‘tgan yaxshi insonlar hayoti, faoliyati haqida ma’lumotlar, esdaliklar to‘plashga bir hafta avval kirishiladi. Marhumlar oilasidan, urush qatnashchilari holidan xabar olinadi, ularga yordam beriladi. Tadbir o‘tkaziladigan joyda hashar uyushtirilib, obodonchilik ishlari olib boriladi.
T adbir doirasida «Xotirada qadr mujassam», «Inson qadri ulug‘ — xotirasi muqaddasdir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «Ajdodlar xotirasi ulug‘dir», «Siz hamisha qalbimizdasiz, aziz yurtdoshlar!», «Insonparvarlik ma’naviyat gultojidir», «Mangu o‘chmas nomingiz», «O‘tganlar yodi aziz» mavzularida mashg‘ulotlar, tarbiyaviy soatlar, adabiy va ilmiy kechalar, suhbatlar, uchrashuvlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etish, devoriy gazetalar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish mumkin.
1—4-sinflarda «Odobnoma» fani tarkibida berilgan mavzular asosida «Xotira saboqlari» rukni ostida «9 may — Xotira va Qadrlash kuni — umumxalq bayrami», «Xotira va Qadrlash — muqaddas tuyg‘u», «Xotira maydoni — muqaddas qadamjo» kabi mavzularda tadbirlar o‘tkazish, fotosuratlar, diafilmlar namoyish etish, savol-javoblar o‘tkazish, yoki debat usullaridan foydalanib, o‘quvchilar ongiga singdirish tavsiya etiladi.
5—9-sinflarda «Xotira saboqlari» mashg‘ulotlari o‘quvchining yosh psixologik xususiyatlariga qarab, turli mavzularda o‘tkaziladi. Jumladan, Xotira maydoniga ekskursiya uyushtirish orqali o‘quvchilar ongiga mutlaqo yangi tushunchalar singdiriladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida harbiy qismlarga ekskursiya uyushtirish, harbiy xizmatchilarni o‘quv muassasalariga taklif qilish, oliy o‘quv yurtlari kursantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, harbiy texnika bilan tanishtirish, urush va mehnat faxriylariga «Biz siz bilan» guruhi ko‘magida yordam ko‘rsatish, «Osmonimiz musaffo, zaminimiz tinch bo‘lsin», «Yurtimiz husni-jamoliga ko‘z tegmasin», «Xotira va Qadrlash — burchimiz» kabi mavzularda she’rxonlik tanlovini, «Hech qachon unutmaymiz» mavzusida konsert dasturi uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan «Xotira va Qadrlash kuni» tadbirlari o‘quvchilarimizda erkin fikrlash, vatanparvarlik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga daxldorlik, yorqin tariximiz, farovon bugunimiz va buyuk kelajakka ishonch va sadoqatni tarbiyalashga xizmat qilmog‘i zarur.




Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling