Xudoyberdi Toʻxtaboyev – bolalarning romannavis adibi. Reje: Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti va ijodi


Xudoyberdi toʻxtaboyev asarlari vositasida bolalar kitobxonligining samaradorligini oshirish


Download 31.15 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi31.15 Kb.
#1191976
1   2   3
Bog'liq
Xurramov Abbos. 22 27(1)

Xudoyberdi toʻxtaboyev asarlari vositasida bolalar kitobxonligining samaradorligini oshirish
Inson komillikka yetishi uchun kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e’tiborli bo’lishlari talab etiladi. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu sohaga intilish, qiziqish, o’rganish, o’zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. O’zbek romanchiligining asoschisi buyuk adib, ma’rifatparvar, xalqparvar bobomiz Abdulla Qodiriyning mashhur “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari qahramonlari Otabek, Anvar mirzo, Kumushbibi, Ra’nolarning barchasi ham savodxon, kitobxon obrazlar edi. Bu esa Abdulla Qodiriy bobomizning kelajak avlodni, o’zbek millatini qanday tasavvur qilganlari asarlarida, qahramonlarida aks etgan. Ya’ni ziyoli, bilimdon yoshlarni orzu qilganlar. Bugun mustaqil O’zbekistonda Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy bobomiz orzu qilgan kunlar yetib keldi. Yoshlar uchun bilim olishga, barkamol avlod bo’lib yetishmoqqa har tomonlama imkoniyatlar eshigi ochildi. Barkamol avlod g’oyasi davlatimizninng yetakchi g’oyalaridan biriga aylandi. Endi Navoiy, Qodiriy bobomiz kutgan kunlar kelib, yoshlarimiz kitobga oshno bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning 2017 - yil 13-sentabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-3271-son qarori e’lon qilingandan so’ngra bu boradagi ishlar yangicha tus oldi, ya’ni kitobxonlik, aholining kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish ishlari yangi bosqichga ko’tarildi. Ushbu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib yoshlar o’rtasida kitob o’qish, kitobxonlik keng targ’ib qilindi. “Yosh kitobxon” Respublika ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. G’oliblar esa Respublika Prezidendining maxsus sovg’alari, hattoki mashinagacha taqdirlanishdi. Bu hodisalarni ko’rib yoshlariga, ayniqsa, kitobsevar yoshlariga shuncha e’tibor, e’tirof yana qaysi yurtda bor ekan deb g’ururlanasan kishi. O’zbek bolalar adabiyotining ko’zga ko’ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To’xtaboyev ijodini asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar to’plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to’plami, «Sir ochildi» (1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi. U o’zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to’g’rilik, insonlarga bo’lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» (1969) va «Sariq devning o’limi» (1973), romanlari 70-yillar o’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo’shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To’xtaboyev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir. Bolalar olamiga kirish uchun ular darajasiga pasayibroq kelish va bolalar ichki dunyosidan xabardor bo’lish kerak. Bola nimaga qiziqadi-yu nimani hazm qila oladi, nimalarni istaydi — shularni hisobga olish darkor. Hajviy asarlarda jamiyatni tubanlikka boshlagan nopok, ko’ngli so’qir odamlarning illatlari achchiq kulgi ostida fosh qilinadi. Kitobxonni bu singari salbiy kimsalarning ustidan kulishga, doim poklikka da’vat etuvchi kuch — ezgu ruhdir. Xalqimizda shunday maqol bor: «Yig’lab turib kulaman, kulib turib yig’layman». Hajvchi asar yozayotgan payt kulmaydi, balki yig’laydi. Jamiyatdagi tubanliklar, illatlar, umuman, fojiani ko’rib, qalbida armon uyg’onadi, ko’zlarida yosh qalqiydi. Kulgi bilan aytilgan gapning ta’siri kuchliroq bo’lishini, yig’i bilan aytilgani esa kitobxonni o’z dunyosi — dardu armonlariga etaklab ketishini u avvaldan anglaydi. Shuning uchun u yig’i bilan emas, kulgi bilan yozsam qanday bo’ladi, degan fikrga keladi. Shu ma’noda hajvchilarning ko’pini yig’lab yozgan ijodkorlar deb bilaman. Yozuvchining kitobxon oldidagi mas’uliyati haqida fikr bildirsak… — Iste’dod — Alloh tomonidan berilgan ne’mat. Demakki, ijodkor, avvalo, Alloh oldida mas’uliyatlidir. Yaratgan shu iste’dodni xalqingga, yurtingga xizmat qil, deb bergan ekan, demak, shu millat, xalq oldidagi ikkinchi mas’uliyatdir. Agar yozuvchi shu ikki mas’uliyatni sezmasa, asar o’z mo’ljaliga borib tegmaydi. Oqibat asar o’z o’quvchisini topolmaydi, kitobxon qalbiga singmaydi. Qalbdan aytilgan so’zgina qalbga kirib boradi. Yozuvchi yig’lab yozsa, yig’lab o’qiladi, kulib yozsa, kulib o’qiladi. Demak, yozuvchnning buyuk mas’uliyati bu ko’z oldida o’quvchisi turganini hamma vaqt his qilishi kerakligidadir. Kitob mutolaasi bu — insoniyatni kamolga etkazish omillardan biri. Fransuzlarda bir naql bor: kitob o’qish to’xtasa, tafakkur qilish xam to’xtaydi. Tafakkur insonni buyuklikka, oriflikka, komillikka olib boradigan usullardan bittasi. Ko’nglimda bir chuqur armon uyg’ongan. Bu kitobxonlikning keskin qisqarib ketishi, kitoblarning kam adadlarda nashr qilinishidan. Kitobga mehr-muhabbat uyg’onsa, deyman. Kitobxonlik rivojlansin, deyman! Ma’naviyatni shakllantirmay turib iqtisodni shakllantirsangiz yo chayqovchi, yo olg’ir, yo birovning hisobiga boyuvchilar paydo bo’ladi. Ongi-tafakkuri baland o’quvchi hamisha go’zallikni, o’ziga xoslikni istab turadi. O’qiyotgan kitobi boshqa kitobdan baland, eshitgan konserti boshqanikidan saviyaliroq bo’lishi xohlaydi. Navoiyning buyuk bo’lishiga o’sha davrda turkiy dunyoda etilgan buyuk talablar sabab bo’lgan. Abdulla Qodiriyning roman janriga qo’l urishisha o’sha davrda bizning millatimizda ham katta janrlarga ehtiyoj tug’ilgani turtki bergan. G’afur G’ulomning buyuk falsafiy she’rlari yaralishi ham ehtiyojga borib taqaladi. Ba’zan past saviyali talabgorlar ham uchraydi. Ular kitob ko’rmay, shakllanmay ulg’aygan. Hozir shularga monand yozayotganlar ko’payib ketdi. Birinchi Prezidentimizning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” kitobida shunday fikrlar bor: “Ta’bir joiz bo’lsa, odam yozuvchilik kasbini tanlamaydi, aksincha, bu kasb yozuvchini tanlaydi. Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash ham eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur”. Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to’g’risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o’z ma’naviyma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi. Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko’rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan-Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsa-da ahamiyati yo’qolmaydigan tadqiqot-u kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o’rganilishi, ular ilmiy-ma’rifiy bisotiga botbot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir. Ayni paytda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun barcha birdek mas’ul, bu borada ayniqsa biz bo’lajak pedagog-o’qituvchilar zimmasiga katta yuk tushadi. O’quvchimizgha tavsiya etadigan kitoblar orasida, albata, Xudoyberdi To’xtaboyevning asarlari alohida o’rin tutadi. Kitob o’qish barchamizning ma’naviy olamimizni boyitadi, so’zlashuv madaniyatimizni oshiradi. Ayrim hollarda muqaddas o’zbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz “xizmati” tufayli dag’allashib, kambag’allashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob o’qish lozim.


Download 31.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling