Xujjatlarni arxivga tayyorlash va saqlash tartibi


Download 83.1 Kb.
bet3/6
Sana26.01.2023
Hajmi83.1 Kb.
#1125279
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7. Xujjatlarni arxivga tayyorlash va saqlash tartibi (1)

Tashkilotlarda ish yuritish jarayonida to’plangan hujjatlar keyinchalik yo uzoq muddatda arxivda saqlab qolinadi, yoki qisqa muddat saqlanib, keyin yo’q qilib tashlanadi. Tashkilotlar ularning faoliyatida va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida vujudga keladigan, doimiy saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o’z vaqtida davlat saqloviga berishni ta’minlaydilar.

  • Tashkilotlarda ish yuritish jarayonida to’plangan hujjatlar keyinchalik yo uzoq muddatda arxivda saqlab qolinadi, yoki qisqa muddat saqlanib, keyin yo’q qilib tashlanadi. Tashkilotlar ularning faoliyatida va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida vujudga keladigan, doimiy saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o’z vaqtida davlat saqloviga berishni ta’minlaydilar.
  • Doimiy va uzoq vaqt (10 yildan ko’proq) saqlanadigan hujjatlarni saqlash uchun tashkilotlarda idoraviy arxivlar tashkil etiladi yoki ularning vazifalari boshqa tarkibiy bo’linma (maxsus ajratilgan mansabdor shaxslar)ga yuklanadi.

Hujjatlarni idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • hujjatlarning muhimlik qiymati ekspertizasini o’tkazish;
  • hujjatlar yig’majildlarini rasmiylashtirish;
  • hujjatlar yig’majildlarining ro’yxatini tuzish;
  • hujjatlarni yo’q qilishga ajratish to’g’risida dalolatnomalar tuzish.

Muqovadagi sana hujjatlar yig’majildining yuritila boshlangan va tugallangan yiliga muvofiq kelishi kerak, hujjatlar yig’majildi yuritila boshlaganidan ancha oldingi yillarga oid hujjatlar mavjud bo’lgan hujjatlar yig’majildida sana ostida “...yillarga doir hujjatlar mavjud” deb yozib qo’yiladi.

  • Muqovadagi sana hujjatlar yig’majildining yuritila boshlangan va tugallangan yiliga muvofiq kelishi kerak, hujjatlar yig’majildi yuritila boshlaganidan ancha oldingi yillarga oid hujjatlar mavjud bo’lgan hujjatlar yig’majildida sana ostida “...yillarga doir hujjatlar mavjud” deb yozib qo’yiladi.
  • Bir necha jildlar (qismlar)dan iborat bo’lgan hujjatlar yig’majildlari muqovalariga har qaysi jild (qism) hujjatlarining oxirgi sanasi qo’yib chiqiladi. Aniq kalendar sanasi belgilanganda, yil, kun, oy ko’rsatiladi. Yil va kun arab raqamlarida belgilanadi, oy nomi so’z bilan yoziladi. Tashkilot (uning tarkibiy bo’linmasi) nomi hujjatlar qamrab oladigan davr davomida o’zgarganda yoki hujjatlar yig’majildi boshqa tashkilot(tarkibiy bo’linma)ga berilganda, muqovaga ushbu tashkilot (tarkibiy bo’linma)ning yangi nomi yozib qo’yiladi.

Download 83.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling