Xulosa chiqarishning tuzilish
Download 419.5 Kb.
|
Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi. Bevosita xulosa ch
Sillogizm figuralari va moduslari. Oddiy qat`iy sillogizmning strukturasida o`rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to`rtta figurasi farq qilinadi.
I figura II figura M P P M
S M S M
S - P S P III figura IV figura M P P M M S M S
S P S P
Nomukammal sillogizmlarni mukammal sillogizm ko’rinishiga keltirish. Aretoteldan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslarigakatta e’tobor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb,ularning xulosalarini chin ekanligini aniqlash uchun I figuraga keltirisgh zarur, deb hisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi: 1.Modusning nomida “s” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm to’liq almashtirilishi shart (conversio simplex). 2.Modusning nomida “p” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm qisman almashtiriladi (per accidens). 3.Modusning nomida “m” harfi bo’lsa, unda sillogizm asoslarining o’rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio pramissarum) zarur. 4. Moduslarning bosh harflari (Bo'ladi, C, D, F) ularni I figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, camestres va camenes moduslari I figuraning celarent modusiga keltiriladi. II figuraning darapti, Disamis moduslarini q figuraning dariii modusiga, Fresission ni 1 figuraning ferio modusiga keltiriladi. 5.Modusning nomidagi “k” harfi shu modusningI figura moduslaridan birortasi orqali alohida usul vositasida isbotlanishi bildiradi. Bu usul reductio adabsurdum deb ataladi. Endi bu qoidalarga asoslangan holda bir necha misollarni ko’rib chiqamiz: II figuraning cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko’ra II figuraning katta asosi to’liq almashtiriladi. II figura Cesare. I figura Celarent. E. hech bir P-M emas. E. Hech bir M-P emas. A. hamma S-M A. Hamma S-M _________________ ____________________ E. hech bir S-P emas. E. Hech bir S-P emas. Shakllarni taqqoslash katta asosni to’liq almashtirish orqali II figuraning I figuraga keltirilganligini ko’rsatadi. Sillogistik xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolar. I figura bo’yicha kichik asos inkor hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi. Masalan: Hamma o’qituvchilar pedagogdir. Bu ayol o’qituvchi emas. __________________________ Bu ayol pedagog emas. II figurada xulosa asoslarining har ikkalasi tasdiq hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi. Hamma o’qituvchilar pedagogdir. Bu ayol-pedagog. __________________________ Bu ayol o’qituvchi. Faqat o’qituvchilargina pedagog bo’lmaydi, shuning uchun har ikkala xulosa noaniqdir. Entimema (Qisqartirilgan qat’iy sillogizm ). Entimema deb, asoslardan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema- aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Entimemalar uch turli bo'ladi: 1.Katta asosi tushirib qoldirilgan. 2.Kichik asosi tushirib qoldirilgan. 3.Xulosasi tushirib qoldirilgan. Download 419.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling