Xulosa chiqarishning tuzilish


Download 419.5 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi419.5 Kb.
#1762765
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi. Bevosita xulosa ch

Modus

Nomi

Xulosasi

1
2

modus ponens
modus tollens

Asosni tasdiqlovchi natijani inkor etuvchi

Aniq (chin)

3
4




Natijani tasdiqlovchi asosni inkor etuvchi

Noaniq (xato)

Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslardan biri ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi sillogizmning formulasi quyidagicha:

ayiruvchi qat’iy xulosa chiqarishda xulosa asoslaridan biri ayiruvchi hukm bo’lsa, boshqasi oddiy qat’iy hukm bo'ladi. Bunday xulosa chiqarishning ikki modusi bor:
1.Tasdiqlab-inkor etuvchi modus ponendo tollens

2.Inkor etib tasdiqlovchi modus tollendo ponens


1.Ayiruvchi hukm tarkibidagi oddiy hukmlar bir-birini inkor
qilishi, hajmiga ko’ra, kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bo'ladi.
2. ayiruvchi hukmda bir-birini inkor etuvchi muqobillar to’liq ko’rsatilgan bo’lishi shart.
Xulosaning xato bo’lishiga sabab, ayiruvchi hukmdagi muqobillar to’liq ko’rsatilmagan, ya’ni to’g’ri burchakning mavjudligi e’tibordan chetda qolgan.
Ayiruvchi sillogizmlardan ko’proq bir necha yechimga ega bo’lgan masalalarni yechishda, ya’ni muqobil holatlardan birini to’g’ri tanlab olishda foydalaniladi.
Shartli-ayiruvchi-lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish deb, asoslardan biri ikki yoki undan ortiq shartli hukmlardan, ikkinchisi esa ayiruvchi hukmdan iborat bo’lgan sillogizmga aytiladi.Ayiruvchi asosdagi a’zolarning soniga ko’ra, bunday xulosalar dilemma (ayiruvchi asos ikki a’zodan iborat bo’lgan), trilemma (ayiruvchi asos uch a’zodan iborat bo’lgan) va polilemma (ayiruvchi asos to’rt va undan ortiq a’zodan iborat bo’lgan) deb ataladi.
Dilemma oddiy yoki murakkab bo'ladi. Oddiy dilemmaning shartli asosidagi hukmlar yo shartiga, yo natijasiga ko’ra o’xshash bo'ladi. Murakkab dilemmaning shartli asosidagi hukmlar ham shartiga, ham natijasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Dilemmalar konstruktiv (tuzuvchi) yoki destruktiv (buzuvchi) turlarga bo’linadi. Demak, dilemmalar to’rt xil bo'ladi: 1.Oddiy konstruktivdilemma. 2.Oddiy destruktiv dilemma. 3. Murakkab konstruktiv dilemma. 4. Murakkab destruktiv dilemma.
Oddiy konstruktiv Oddiy destruktiv
dilemmaning formulasi: dilemmaning formulasi
, ,

___________________ _____________________
c
Murakkab konstruktiv Murakkab destruktiv
dilemmaning formulasi: dilemmaning formulasi
, ,

___________________ _____________________

Diallimalarni to’g’ri tuzish va hal qilish uchun ko’rilayotgan masalarning barcha yechimlarini aniqlash zarur.Dilemmani ba’zan unga qarama-qarshi mazmunda boshqa bir dilemma orqali rad etish mumkin.
Trilemmada berilgan masalaning uch xil yechimi haqida taxminlab fikr yuritiladi. Trilemma ham to’rt turga bo’linadi:
Oddiy konstruktiv Oddiy destruktiv
trilemma trilemma
, , ,

___________________ _____________________
d
Murakkab konstruktiv Murakkab destruktiv
trilemma trilemma
, , , ,

___________________ _____________________



Induktiv xulosa chiqarish. Biz avvalgi mavzuda zaruruiy xulosa chiqarish bilan (diduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o’rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, enduktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshirishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat-xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan. Juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish induksiya shaklida sodir bo'ladi (lotincha-inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishni kuzatish asosida shu belgining maskur sinfga tigishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induktiv asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo'ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarish yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to’liq va to’liqsiz induksiyalar farq qilinadi.
To’liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub, har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
To’liq induktiv predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol ko’zga tashlanib turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda ishlatiladi.
To’liq induksiyada muhokamaning qurilish shakli quyidagi ko’rinishga ega:
S1 predmeti P belgiga ega.
S2 predmet P belgiga ega.
… … … … … … … … … … … … … …
Sn predmeti P belgiga ega.
Faqat S1, S2,…, Sn largina C
__________________________________
sinfini tashkil etadi.
C sinfining har bir predmeti P belgiga ega.
Simvolik ifodasi esa quyidagicha:
P(x1)
P(x2)
… … …
___________________________________
P(xn)
1, x2,…, xn>

Predmetlarning yopiq to’plamini o’rganish empirik tadqiqotning aniq bir sinfni bilish bilan chegaralanganligini bildiradi. Ana shuning uchun ham asoslardagi har bir predmet haqidagi ma’lumot qayd etilgan belgini sinf predmetlarining barchasiga yoyish, ularga tegishli, deb aytish uchun mantiqiy asos bo’la oladi.
To’liq induksiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda berilgan sinfga mansub barcha predmetlar birma-bir o’rganilib chiqilishi, ular haqida yakka hukmlar hosil qilinishi va asoslar sifatida qabul qilinishi zarur.
To’liq induksiyaning yana bir muhim xususiyati bor: uning asoslari ham, xulosasi ham aniq, tekshirilgan, ehtimoldan xoli fikrlarni aks ettirgani uchun ular qat’iy hukmlar orqali ifodalanadi.
To’liq induksiyaning asoslari va xulosasini ularning tarkibi jihatidan olib tahlil qilsak, quyidagi holni kuzatish mumkin. Asos bo’lib kelayotgan hukmlar sub’ektlari mantiqiy sinfning alohida elementlarini ifoda etadi. Xulosaning sub’ekti esa bir butun mantiqiy sinfni aks ettiradi. Asoslar va xul;osa predikatlari predmetlar belgisini ifoda qiladi. U asoslarda sinfning alohida olingan har bir elementiga tegishli belgi sifatida fikr qilinadi. Xulosada esa u belgi butun sinfga ko’chirilib, unga tegishli umumiy belgi sifatida qayd etiladi.
To’liq induksiyagaxos bo’lgan yana bir xususiyatni ko’rsatishmumkin. Bu uning asoslarda va xulosada ko’rsatilgan predmetlardan boshqa predmetlar haqida bilim bermasligidan iborat.
Nihoyat, to’liq induktiv xulosaninmg aniq va chin bo’lishi bilan deduktiv xulosa chiqarishga o’xshab ketishini qayd etish zarur.
To’liq induksiya tahliliga yakun yasab, uning xulosasining aniq, qat’iy bo’lishini, predmetlarning kichik sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo’li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi ekanligini alohida qayd etsa bo'ladi.
Ob’ektiv olamdagi predmet va hodisalarning katta sinflarini, ularning amalda cheksiz bo’lgan xossalarini tajriba va kuzatishda to’laligicha qamrab olib bo’lmaydi. Ana shuning uchun ham to’liq induksiyaning bilish jarayonidagi imkoniyatlari o’z chegarasiga ega, deb hisoblanadi.
To’liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligini) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To’liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to’liq induksiyadagidek, juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko’proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, to’liq induksiyadan farqli o’laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o’rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo'ladi. To’liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir.
To’liqsiz induksiyada fikrimiz quyidagi shaklda quriladi:
S1 predmeti P belgiga ega.
S2 predmet P belgiga ega.
… … … … … … … … … … … … … …
Sn predmeti P belgiga ega.
S1, S2,…, Sn predmetlari C sinfiga tegishli.
__________________________________
Ehtimol, C sinfining har bir predmeti P belgiga egadir.
Bushaklni simvolik ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin:
P(x1)
P(x2)
… … …
P(xn)
x1, x2,…, xn
______________________

To’liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to’liq aniqlanmagan, ana shuning uchun ham undagiamalga oshirilgan umumlashtirish to’liqsiz bo'ladi. Xususan, unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S dan Sn gacha bo’lgan qismigina o’rganiladi, xolos.Ana shu o’rganilgan predmetlarga birorta P belgining xosligi (xos emasligi) kuzatilsa, uning o’rganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida ehtimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi. Bu xulosa ixtiyoriy ravishda hosil qilinmaydi va tasodifiy tavsifga ega emas, albatta. Juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka o’tish, ya’ni sinfga tegishli ayrim predmetlar haqidagi bilimdan sinfga sinfga tegishli barcha predmetlar haqidagi bilimga o’tish mantiqan asoslangan.
Predmetlar sinfining bir qismidan ikkinchisiga ko’chirilayotgan belgining zaruriyligi, umumiyligi uning tajribada muayyan holatdan mavjud bo’lganda bir jinsli faktlarda takrorlanib turishining turg’unligiga o’zifodasini topadi,ya’ni u empirik asos yordamida tasdiqlanadi.
Zaruriy aloqalarning bir vaqtning o’zida umumiy aloqalardan iborat bo’lishi, ularning esa, o’z navbatida, yakka, ayrim predmetlarda namoyon bo’lishi, ya’ni ularning xususiyatlari sifatida yuzaga chiqishi ilmiy bilish va amaliy muhokoma yuritishda birorta mantiqiy sinf haqida unga mansub predmetlarning ayrimlarini o’rganish asosida fikr bildirish mumkinligini angladi.
To'liqsiz induksiya bo’yicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishning kuchsiz bo’lishidir.
To'liqsiz induksiya uchun xarakterlibo’lgan bu kamchilikni “Tuzatish” uchun bir qancha metodologik talablarga rioya qilish zarur. Bu ma’lum bir darajada xulosaning chin bo’lishi ehtimolining ortishiga imkoniyat yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
1.Ekstensiv metoddan foydalanish, ya’ni o’rganilayotgan predmetlar sonini oshirish. Bu bir oz bo’lsa ham xulosaning chin bo’lishi ehtimolini orttiradi. Lekin bu yerda bir narsani hisobga olish zarur. Tajriba tugal bo’lmagan, ya’ni sinfning barcha predmetlari emas, faqat bir nechtasi o’rganiladigan bir sharoitda keyingi o’tkaziladigan tajribalardan birida avvalgi tajribalar natijalariga zid bo’lgan holni kuzatish ehtimoldan xoli emas. Bunda o’rganilayotgan hodisalar sonini ko’paytirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishihsga o’rinish ham samara beradi. Tajribani tugal qilishga erishib bo’lmaydi, chunki bilish ob’ekti ko’predmet hollarda ochiq tizmdan-hodisalar va holatlar soni amalda cheksiz bo’lgan ob’ektdan iborat bo'ladi.
2.tajriba natijalarining sifat jihatidan xilma-xil bo’lishiga erishish, ya’ni bir xil sharoitda takrorlanadigan belgilarnigina emas, balki turli xil sohalar, holatlarda takorlanadigan o’xshash belgilarni ham qayd etish muhimdir.
3.Shuningdek, tajriba natijalarining kuchli bo’lishi, “bexosdan” aniqlanishi omilllari ham muhim ahamiyatga ega.
4.Keyingi ikkita metodologik talab to'liqsiz induksiyada empirik materiallarning tanlab olishni taqoza etadi.
Dastlabki empirik materiallarning kuzatish va tajriba natijalarining talab olish usuliga ko’ra to'liqsiz induksiyaning ikkita turi: sanash orqali to'liqsiz induksiya va istisno qilish orqali to'liqsiz induksiya ajratilishi mumkin.
Sanash orqali to'liqsiz induksiya yoki ommabop induksiya induktiv yo’l bilan umumlashtirilgan shunday turiki, unda bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida birorta belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi.
Sanash orqali to'liqsiz induksiyaning ob’ektiv asosini insonlarning ko’predmet yillik hayotiy faoliyati, avloddan avlodga o’tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi.
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holning yo’qligiga ishonch hosil qilishdir. Ya’ni bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishi qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo’lgan holning yo’qligi ham aniqlanadi.
Ommabop induksiya asoslanadigan belgilarning takrorlanishi haqiqatdan ham ko’predmet hollarda, induktiv xulosa chiqarishning boshqa turlarida bo’lgani singari, hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shuning uchun ham bu usul bilan olingan xulosaning chin bo’lishi ehtimoli o’z faoliyati yo’nalishlarini, amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydilar.
Ommabop induksiya bo’yicha xato xulosa kuzatilayotgan hollarga zid bo’lgan holni hisobga olmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. U ko’predmet uchragan faktlarni tahlil qilishga berilib ketib, boshqa holatlarning mavjud bo’lishini unutgan hollarda tez-tez uchrab turadi.
Shuningdek, ommabop induksiya zid holatlar haqidagi faktlarni qasddan yashirin yokifaktlarni avvaldan o’ylab topib qo’ygan xulosa uchun to’plagan hollarda xato natijalarni beradi.
Turli xil g’aroyib narsalarga ishonish oqibatida hosil qilinadigan induktiv umumlashmalar, masalan, “Ko’z tegish”, “Yo’lni mushukkesib o’tsa, ishningyurishmasligi”, “Tushda go’sht ko’rinsa, yaqin kishilardan birining kasal bo’lib qolganligi” haqidagi xulosalar ham ko’pincha haqiqatga mos kelmaydi.
Shunday qilib, ommabop induksiya bo’yicha olinadigan xulosa ehtimoliy tavsifga ega bo'ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to’g’ri muhokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi.
Ilmiy induksiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi haqida ham ma’lumot mujassamlashgan bo'ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o’z aksini topadi.
Ommabop induksiyadan farqli o’laroq, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’lish, uning mavjud bo’lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo’lgan alqalari, xususan, sababiy bog’lanishlari o’rganiladi. Ana shuninguchun ham, ya’ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uch7un ham to'liqsiz induksiyaning bu turini ilmiy induksiya deb ataladi.
Ma’lumki, ilmiy bilish fanning bosh maqsadi o’rganilayotgan ob’ektni tavsiflaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob’ektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishdan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bo’lish sababini aniqlashni taqozo etadi.
Shuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o’rtasidagi umumiy bog’lanishlarning boshqa turlari kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o’rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan ko’rish yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Ilmiy induktsiya metodlari. Bu metodlar bilish jarayonidagi hodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat bog’lanishlarini aniqlashda qo’llaniladi. Ular ilmiy induktsiyaning turidan biri hisoblanadi.
Bu yerda metodologiya sababiyat printsipi qoidasi hisoblanadi. Bu metodlarni qo’llashda sabab deganda nima tushuniladi? Ma'lumki, sabab – hodisa bo’lib ma'lum bir sharoitda oqibat deb ataluvchi boshqa hodisani keltirib chiqaradi. Oqibat – bu sababning natijasidir.
Metodlarni bayon qilishda sabab deb, ma'lum bir holatga qo’shilishi natijasida, mavjud holatdan sababni – o’zida mavjud predmet, predmetdagi o’zgarish, predmetda yangi xususiyatni paydo bo’lishi va boshqalarni ifodalagan hodisani keltirib chiqargan holatga aytiladi. Ta'kidlab o’tish kerakki, bu metodlar har qanday sabab – oqibat bog’lanishlarni emas, balki ulardan oddiyroqlarini aniqlash imkonini beradi.
Sabab aloqalarini aniqlashda bu metodlarni qo’llashda sababiyat printsipining qo’yidagi qoidalari hisobga olinadi:
1.Sabab – oqibat aloqasi ob'ektivdir;
2.bu aloqa zaruriydir; ma'lum bir sabab o’z oqibatiga ega;
3.Bu aloqa umumiydir; borliqda sababsiz hodisa mavjud emas;
4.Sabab vaqtiga ko’ra oqibatdan oldin keladi.
1. O’xshatish metodi. Unda o’rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu xodisa bir qancha hollarini solishtirish, ularning o’xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi.
O’xshatish metodining sxemasi:

AVS - d
ADE - d


AFK - d
_______________________

extimol A d ning sababidir.


Kuzatilayotgan uch holatning natijasi d dir. holatlar guruhida faqat A o’zgarmasdan takrorlanib kelayapti. Demak, d hodisaning ehtimoiy sababi A holatdir deb olindi. Misol keltiramiz, korxona omboridan bir oy mobaynida uch marta buyum o’g’irlandi. Tergovda aniqlanishicha shu davrda omborxonada A,V,S,D,E,F,K shaxslar qorovullik qilishgan. Uch marta sodir etilgan o’g’irlik davrida ham A fuqaro qorovullikda bo’lgan. Tergovda A fuqaro o’g’irlikka aloqasi bor deb taxmin qilindi. Bu xulosa ehtimoliydir. Chunki o’g’irlik sodir etilgan kun bilan fuqaro A ning navbatchilik kuni tasodifiydir. Balki o’g’irlik fuqaro A ning ehtiyotkorsizligi oqibatida sodir etilgandir. Shu sababli o’g’irlik bilan A ning navbatchilik kuni o’rtasidagi sabab – oqibat aloqasi keyingi tergov jarayonida aniqlanishi lozim. qanday qilib o’xshatish metodida xulosaning ehtimollik darajasini kamaytirish mumkin?


Birinchidan, iloji boricha A bilan d ning o’xshashligini ko’rsatuvchi va boshqalari turli hil bo’luvchi holatlarni iloji boricha ko’p ko’rib chiqish kerak. Keltirilgan misolda – shunga o’xshash o’g’irlik boshqa oylarda sodir etilmadi, agar sodir etilgan bo’lsa qorovullar tarkibi qanday bo’lgan.
Ikkinchidan, natijani keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarni ko’proq miqdorda o’rganib chiqish lozim (yuqoridagi holatda balki qarovullikda ko’proq kishi ishtirok etgandir).
Tafovut metodi. hodisa vujudga kelayotgan va vujudga kelmayotgan hollar avval kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, qolganlarida o’xshash bo’lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan hodisaning sababidir.
Tafovut metodi sxemasi:

1. AVS – d


2. – VS - -
_______________________
Ehtimol A d ning sababidir.

Ikki holat ko’rib chiqilmokda. Birinchi holatda AVS d ni keltirib chiqardi. Ikkinchi holatda A hodisa ishtirok etmadi, natija d xodisa ham o’z navbatida yo’q. Demak A hodisa d xodisaning sababi deb xulosa qilinadi. Yuqoridagi misol yordamida tafovut metodini ham ko’rib chiqamiz. 1 – xolatda AVS fuqarolar qorovullik qilishgan va unda o’g’irlik sodir etilgan. 2 – xolatda faqat VS fuqarolar qorovullik qilishgan va o’g’irlik sodir etilmagan. Demak, xulosa qilamizki ehtimol A fuqaro o’g’irlikka aloqadordir. Bu metodga fanda kuzatilgan qo’yidagi tajribani misol qilib keltirish mumkin. XIX asrda ba'zi olimlar hayvonlar hayoti uchun oqsil va tuz yetarli deb hisoblashgan. Bu fikrni 1880 yil rus olimi N.I.Lunin rad etdi. U qo’yidagi tajribani o’tkazgan. Bir gurux kalamushlarni oddiy ovqat bilan oziqlantirdi, ikkinchi guruxini esa tanlangan oqsil (V) va tuz (S) bilan. Ikkinchi guruh kalashmushlar bir qancha vaqtdan so’ng nobud bo’ldi. Lunin xulosa qildiki hayvonlar uchun oqsil va tuzdan tashqari yana nimadir zarur. Keyinchalik bu vitaminlar (A) ekanligi aniqlandi.


Tafovut metodi eksprimental tadqiqot metodi sifatida qo’llanilishi mumkin. Tabiatshunoslikda u o’xshatish metodiga nisbatan aniqroq xulosa beradi. Biroq ijtimoiy bilishda undan ehtiyotkorlik bilan qo’llanishadi, chunki ijtimoiy xodisalarni o’rganishda vujudga kelayotgan holatdan avval kelayotgan holatlarni ajratib ko’rsatish ancha mushkul.
3. O’xshatish va tafovut qo’shma metodi.
Bu metoda yuqoridagi ikki metod bir – biriga qo’shiladi. Bu metodda tekshirilayotgan ikki yoki undan ortiq xodisalar uchun o’tgan xolatlardan faqat biri umumiy bo’lib, qolgan ikki va undan ortiq holatlar esa o’tgan xodisalarda ko’rinmasligi umumiy va faqat shu orqali ikki qator xodisalar bir – birlari bilan ajraladigan bo’lsalar bu holat tekshirilayotgan xodisa sababi bo’ladi.

O’xshatish va tafovut qo’shma metodi sxemasi:


AVS - d
ADE - d
AFK - d
- BC - -
- DE - -
- FK - -
_______________________
Ehtimol A d ning sababidir.
4. Yo’ldosh o’zgarish metodi. Bir holatning o’zgarishi hodisaning o’zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o’zgarishining sababidir.
Yuldosh o’zgarish metodi sxemasi:
A1VS - d1
A2VS - d2
A3 VS - d3
_______________________
Ehtimol A d ning sababidir.
Misol. Onalarning yoshi qancha katta bo’lsa. (Bir hil turmush tarzi, kasb va x.k), yangi to’g’ilgan bolalarning o’rtaga og’irligi shuncha yuqori bo’lgan. Uzoq vaqt bu ikki hodisa o’rtasida sabab – oqibat bog’lanishi mavjud deb hisoblangan. Biroq bolalarning tug’ilish tartibi hisobga olinmagan. Keyinchalik ma'lum bo’lishicha bolaning og’irligi onaning yoshi bilan emas, balki tug’ilish tartibi bilan bog’liq ekan. Bir onaning 4 va 5 – bolalari 1,2,3 – bolalariga nisbatan o’rtacha og’irligi yuqori bo’lgan. Yo’ldosh o’zgarish metodi bo’yicha analiz qiladigan bo’lsak: Onaning yoshi (V) uning kasbi (S) bolaning tug’ilish tartibi (A), chaqoloqning og’irligi (d).
Demak onaning yoshi (V) va kasbi (S) ning o’zgarishi yangi tug’ilgan bolaning og’irligiga ta'sir o’tkazmadi, bir ona tug’gan 5 bola orasidan dastlabkilariga nisbatan keyingilarining og’irligi katta bo’ldi.
5. qoldiqlar metodi. Agar o’rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi bir qancha oddiy hodisalarning bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo’lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning sababi bo’lishi mumkin. Uning qisqacha qoidasi: qoldiq sabab – qoldiq oqibatning sababidir.
qoldiqlar metodi sxemasi:
AVS - avs
A - a
V - v
_______________________
Ehtimol S s ning sababidir.

Ushbu metod yordamida Neptun planetasi topilgan.


Misol. Avtomobil o’g’irlagan ikki kishi qo’lga olindi. Biroq bu ikki kishi ham avtomobil boshqarishni bilmaydi. Shunda ularni yana boshqa sherigi bor bo’lishi kerak degan tahmin ilgari surildi. Keyinchalik avtomobil o’g’irligida ishtirok etgan uchinchi shaxs ham qo’lga olindi. Aniqlanishicha avtomobilni o’g’irlashda aynan mana shu uchinchi shaxs uni boshqargan ekan.
Bu metodni ijtimoiy bilishda qo’llash uchun qo’yidagi holatlarga rioya qilish lozim:
Natija holatni keltirib chiqargan barcha sabab holatlar va shu sabab holatlardan faqat mana shu natija holat kelib chiqganligi aniq bo’lishi kerak;
sabab holatlar alohida – alohida olinganda ulardan har biri ma'lum bir natija holatni keltirib chiqarishi lozim.

Ilmiy induktsiyaning sabab – oqibat bog’lanishini aniqlash metodlari ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda keng foydalaniladi. Nafaqat o’xshatish metodi va tafovut metodida qo’shib, balki boshqa metodlardan ham qo’shib foydalaniladi. Sabab bog’lanishlari xususiyatlariga asoslanib induktiv metodlar umumiy qoida (har qanday sabab ma'lum oqibatni vujudga keltiradi, har qanday oqibat o’z sababiga ega) ga tayanadi va shu orqali induktiv mulohazalar deduktiv mulohazalar bilan bog’lanadi.


Analogiya


Analogiya tushunchasi. Tafakkurda deduktiv va induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda analogiya (yunoncha analogia - muvofiq, o’xshash) shaklida xulosa chiqarishdan ham keng foydalaniladi.
Predmetlarning bir o’xshash belgilariga qarab ularning boshqa belgilari ham o’xshash deb xulosa chiqarish analogiya deyiladi.
Agar A predmet a,v,s, d belgilariga, V predmet esa a,v,s belgilarga ega bo’lsa, ularning a,v,s belgilari o’xshashligiga qarab ehtimol V predmet ham d belgiga egadir deb xulosa chiqaramiz.
Analogiya shaklida xulosa chiqarish predmet xususiyatlarining o’zaro aloqadorligiga asoslanadi. Xususiyatlar bir – biridan mustaqil ravishda mavjud bo’lmaydi, ular yaxlitlikda bo’ladi va predmetning sifatini shakllantiradi. Masalan, predmetlar o’z xajmiga egaligi ularning shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini ham keltirib chiqaradi. Xususiyatlarning o’zaro bog’liqligi analogiya shaklida xulosa chiqarishning mantiqiy asosidir.
Analogiyaning turlari. Analogiyaning qo’yidagi turlari farqlanadi. Predmetning mavjud belgisini xarakteriga ko’ra:
Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasi;
Munosabatlar analogiyasi

Predmetlar belgilarining aloqasi xarakteriga ko’ra:


qat'iy;
qat'iy emas;
1. Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasida ikki predmet (xodisa, voqea) taqqoslanadi, hamda ko’chma belgi ulardan birining xususiyati hisoblanadi.
Taqqoslanayotgan ob'ektlar alohida predmetlar hamda predmetlarning tizimi va tartibsiz ko’pligi bo’lishi mumkin.
Misol.
Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasi sxemasi:

A predmet a,v,s, d xususiyatlarga ega


V predmet a,v,s xususiyatlarga ega
______________________________________________
Ehtimol V predmet ham d belgiga ega

2. Munosabatlar analogiyasida predmetlar emas, balki predmetlar o’rtasidagi munosabatlari taqqoslanadi va ko’chma belgi munosabatlar xususiyati hisoblanadi.


Misol.
3. Qat'iy analogiya ko’chma belgi va o’xshashlik belgilarining zaruriy o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. U yuqori darajadagi ishonchli xulosa beradi va aniq yoki ilmiy analogiya deb ataladi. Modellashtirish modeli qat'iy analogiyaga asoslanadi.
Masalan, samolyot modeli (A) samolyot (V) kabi o’z shakli (a), qanotlari tekisligi bilan og’irligi munosabati (v), burun qismi va fyuzelyajning qolgan qismi og’irligi o’rtasidagi munosabatga (s) ega.
Samolyot modelini aerodinamik trubada sinab ko’rilganda, u chidam bermadi. Shundan xulosa chiqarish mumkinki shu model asosida yasalgan samolyot ham sinovdan o’tmaydi. qat'iy analogiyaga asoslangan modellashtirish turli texnik qurilmalar – samolyot, kema, plotinalar konstruktsiyasida keng foydalaniladi. Chunki bu qurilmalarni tabiiy sharoitda sinab ko’rish imkoniyati cheklangan. Model real ob'ektlarga xususiyat va funktsiyalariga ko’ra o’xshash bo’lishi kerak.

4. Qat'iy emas analogiyada o’xshash va ko’chma belgilar o’rtasidagi aloqa zaruriy bo’lmaydi. Xulosa ehtimoiy bo’ladi. Masalan, ikkita o’g’irlikning o’xshash belgilari – uyga kirish usuli, vaqti, sodir etilgan hududi, o’g’irlangan buyumlarga qarab biz ikkala o’g’irlik ham bir kishi tomonidan sodir etilgan bo’lishi kerak deb xulosa chiqaramiz.


Analogiya shaklida xulosa chiqarishning ehtimollik darajasini kamaytirish shartlari.
Qat'iy analogiyadan tashqari analogiyaning barcha turlari ehtimoiy xulosa beradi. Shu sababli ba'zi hollarda ularda xatoga yo’l qo’yiladi. Yolg’on analogiyaga ko’pgina tuhmatga o’xshash yomon illatlar asoslanadi. Bekorga “taqqoslash isbotlash emas” deb aytilmaydi. Biroq analogiyadagi xatoliklar undan voz kechish uchun asos bo’la olmaydi. Ma'lumki analogiya asosida ko’pgina ilmiy ixtirolar qilingan. Xususan samolyotning qanoti qushlar qanotiga o’xshash qilib yaratilgan. Bionika fani turli asbob va mexanizmlarni yaratish uchun tirik organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatini o’rganadi.
Analogiyada xatolarni bartaraf etish maqsadida qo’yidagi qoidalarga rioya qilinadi.
Taqqoslanayotgan predmetlar muhim belgilariga ko’ra o’xshash bo’lishi kerak. Nomuhim belgilariga ko’ra o’xshashlik xato xulosa beradi.
Umumiy muhim belgilar iloji boricha ko’p bo’lishi kerak.
Ko’chirilayotgan belgi o’xshash belgilari bilan bog’liq bo’lishi kerak.
O’xshash bo’lmagan belgilar nomuhim bo’lish kerak.
Agar predmet ko’chirilayotgan belgi bilan sig’ishmaydigan belgiga ega bo’lsa analogiya shaklida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, yer bilan Merkuriy o’rtasida ko’plab o’xshash belgilar mavjud. Biroq Merkuriydagi yuqori harorat u yerda tirik hayot mavjud deb xulosa chiqarishga imkoniyat bermaydi.
Analogiyaning asosiy funktsiyalari:

Evristik – analogiya yangi faktlarni ochishga imkon beradi;


Tushuntirish – analogyai xodisalarni tushuntirish vositasidir;
Isbotlash – qat'iy analogiya isbot vazifasini, hech bo’lmaganda argumentatsiya vazifasini bajaradi;
Gnoseologik – analogiya bilish vositasi hisoblanadi.
Download 419.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling