Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig


Download 101.9 Kb.
bet10/19
Sana18.06.2023
Hajmi101.9 Kb.
#1581319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
BMI Iroda 28.05.2023

a) shakliy tasvir vositalari;
b) maʼno ko‘chishi bilan bog‘liq tasvir vositalari;
v) shakliy-mazmuniy tasvir
vositalariga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi42, hamda oksyumoron va ironiyani maʼno kuchishi bilan bog‘liq tasvir vositalarini tasnifga kiritadi.
Birinchidan, bu xodisalarni bir guruhdan joy olishi ham o‘zaro o‘xshash tomonlari mavjud ekanligidan dalolat.Ikkinchidan, oksyumoronda maʼno kuchishi birinchi urinda kuzatilmaydi, oksyumoronning asosi bir maydonda bulmagan kismlarning birikishida, shuning uchun ularning farqli xususiyati ham mavjud. Ironiya nutqdagi eng sermahsul va qo‘llanilish maydoni nuqtayi nazaridan juda kengdir. Ironiyani faqat poetik jihatidan o‘rganishning o‘zi yetarli emas, uni estetikaga bog‘liq inson ruhiyatiga taʼsiri, pragmatika bilan bog‘liq so‘z va gaplarning shakliga xos bo‘lmagan maʼno hamda mazmun tomonlarini birgalikda tadqiq qilish bilan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Shu jihatdan ironiya tasvir vositasi haqida gapirganda, S.I.Pohodnyanning quyidagi fikrlari juda o‘rinli ekanligini hisobga olish lozim: “ikkita tushunchani bir-biridan farqlash kerak: ironiya vosita, uslub, stilistik usul sifatida va ironiya natija sifatida - turli darajadagi bir qator til vositalari orqali yaratilgan kinoyali maʼno” 43. Bu jihatdan ironiya nutqda sermahsul hisoblanadi. Bu, ayniqsa, satirik asarlarda o‘zining yorqin ifodasini topadi. Xattoki, ironiya butun bir asar ruhiyatiga singdirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin”, “ Nutq”, “O‘zing shifo ber”, Neʼmat Aminovning “Yolg‘onchi farishtalar” romani va boshqalar ijodida ko‘plab uchratishimiz mumkin. Baʼzan ironiya maʼlum jumla bilan ifodalanishi mumkin. А.Qahhоrning “So‘nggi nusxalar” nomli asaridagi quyidagi jumlalarda o‘ziga xos ironik maʼno yuklanganligini ko‘ramiz: Hojar. Voy, Qori pochcham yiqilib tushdilar. Obidjon. Qori aka, deyman, shuncha devor oshib hali ham mashqini olmabsiz-da!
Yuqoridagi jumlalarda Obidjonning Netayxon va Qoriga nisbatan ironik mazmundagi fikri yoritilgan. Ironiya kontekstda so‘zning o‘z maʼnosini inkor qilishi bilan ham ifodalanishi mumkin. Bu nutqda intonatsiya yoki punktuatsion belgi bilan uzviy bog‘liq shaklda ko‘rinadi.
Masalan:
Shaxdam-shaxdam tashlaymiz odim,
Bizga aylab “shirin ” iltifot,
Sarshi olar adabiy xodim
Seni asta yonimdan olib,
Hayajon-la tutaman unga.
Sheʼrmi? - deya u qovoq solib
Ko‘zoynagin suyar burniga (E.Vohidov, Sheʼr haqida sheʼr)
Ushbu parchadagi “shirin” so‘zi ironik mazmun ifoda etayotgani, ijodkor aytmoqchi bo‘lgan fikrga qarama-qarshi bo‘lgan, teskari fikrni ifodalovchi leksemani qo‘llaydi. Ushbu o‘rinda shirin leksemasi o‘zining asl semasiga qarama-qarshi maʼnoda qo‘llanilayotganligi, avvalo, bu so‘zning qo‘shtirnoqqa olinganligidan bilinsa, ikkinchidan, kontekstda keyingi holatni ifodalayotgan qovoq solib birikmasi orqali tushuniladi. Bundan tashqari, ayni shu o‘rinda agar shirin leksemasi ironik, qarama-qarshi maʼno ifodalar ekan, “shirin” iltifot birikmasini oksyumoron sintaktik-stilistik figurasi uchun lisoniy dalil sifatida keltirish mumkin (shirin-achchiq, qo‘pol iltifot).
Ironiyada tabiatan biron xodisaning tasdig‘ini “ha” ifodalasa, inkori “yuk”ni tushunish demakdir. Yaʼni ifodalangan matn shaklini boricha tushunish xato hisoblanib, unga qarama-qarshi maʼnoda tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Shu orqali voqeaga o‘z munosabatini bildiradi. Oksyumoronda esa bunday xodisa yuz bermaydi. Oksyumoron qismlarining xususiy maʼnolarini inkor qilmaydi, ularga bog‘liq holda o‘ziga xos yangi maʼno yuzaga keladi.
Masalan: Go‘zal dard oksyumoron birikmasiga eʼtibor qilsak, bu birikmada
aniqlovchi vazifasida qo‘llanilgan go‘zal leksemasining lug‘aviy maʼnosi ijobiy xodisani nomlaydi, aniqlanmish vazifasidagi dard leksemasining lug‘aviy maʼnosi esa salbiy maʼnolarni ifodalaydi. Har ikki leksemaning ham maʼnolarini to‘liq inkor qilmagan holda, kishining jonini og‘ritgan bo‘lsa-da, unga yoqadigan tuyg‘uni bildirish uchun qarama-qarshi maʼnodagi leksemalardan foydalanilgan.
Demak, har ikki xodisada ham ifodalanilayotgan birliklar birinchi ko‘rinishdagi maʼnosidan boshqa o‘ziga xos maʼnoni yaratadi. Xuddi shu xususiyati bilan ironiya va oksyumoron bir-biriga o‘xshaydi. Matn yoki nutq davomiyligida bu hodisalar yaqqol ko‘zga tashlanadi, birinchi qarashda ularning emotsionallik darajasi yuqori bo‘ladi. Bularning farqi ironiyada nutq vaziyatida kelib chikib ironik maʼnoni tahminan sezib turish mumkin, oksyumoronda esa buni oldindan aytish qiyin.
Oksyumoron va ironiya uziga xos nutqni ifodalash vositasi sifatida har biri alohida xodisadir. Ironiya odatiy lingvistik qoidalarga bo‘ysungan nutqdan foydalangan shaklda yuzaga chiqadi. Oksyumoron odatiy lingvistik qoidalardan chekingan holda birikadi. Oksyumoronda emotsionallik yukori darajada, ironiyada istexzoli kulgu birinchi o‘rinda gavdalanadi. Oksyumoron qo‘llanilishi jihatidan ham o‘ziga xosdir.
Ijtimoiy fan sohalarida tadqiqotchilarni birday qiziqtirib kelayotgan muammolardan hiri kontrast hodisasidir. Mohiyatida narsa va predmetlarga xos bo‘lgan harakat, holat va belgilarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish orqali ularning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash aks etgan ziddiyat hodisasi keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyati bilan bogʻliq barcha san’at turlari va fanlarga aloqadordir. “Kontrast hissiy (timsollar, tasvirlar, obrazlar) va aqliy, mavhumiy (so‘z, tuhuncha, qonuniyat tariqasida) tarzda namoyon bo‘ladi hamda jismlar,hodisalar o‘rtasidagi farqlanuvchi alomatlarni mujassamlashtiradi. Bu hol inson idrokida timsolning qarama-qarshisi paydo boʻlishiga olib keladi. Agarda inson “shirin”ni idrok qilsa, unga kontrast bo‘lgan “achchiq” beixtiyor yodga tushadi. Odam “tinchlik” tushunchasini o‘z nutqida qo‘llasa, ixtiyorsiz tarzda “urush” atamasi gavdalanadi. Xaraktering fazilatlari yuzasidan mulohaza yuritilsa, albatta, illatlari ham idrok qilinadi. Kontrast insonning salohiyati, aql-zakovati, turmush tajribasi, umumiy saviyasi, tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatiga bog‘liq qonuniyat sifatida ijtimoiy hayotda vujudga kelaveradi hamda hukm suraveradi44.
Tilshunoslikka doir lug‘atlarda uning semantik, stilistik va ritmik-sintaktik kontrast kabi turlari mavjudligi qayd etiladi. Unga ko‘ra semantik kontrast deyilganda, ziddiyat hosil qiluvchi tushunchalarning oppozitsiyada ekanligi odatda birga qo‘shila olmaydigan tarzda idrok etilishiga asoslaniladi. Bu hodisaning tilning leksik sathida lug‘aviy birliklar vositasida aks etishi oksyumoron deb tushuniladi. Stilistik kontrast esa til birliklarining turli uslubiy maqsadlarda qo‘llanilishi tufayli sodir bo‘ladi. Unga ko‘ra kontrastning uslubiy vazifasi nutqda obrazli, metaforik ifodalarni hosil qilish usuli sifatida xizmat qilishida ko‘rinadi45. Ritmik-sintaktik kontrastning hosil bo‘lishi bevosita matn bilan bogʻliq boʻlib, unda ritm va sintaksis oʻrtasidagi kuchli to‘qnashuv nazarda tutiladi. Kontrastning bu turini hosil boʻlishida qatnashuvchi zidlik ifodalovchi juft komponentlar o‘ziga xos struktur-semantik belgi sifatida kontrastda struktur simmetriklikni ta’minlaydi46.
Bugungi kunda tilshunoslik ilmida ziddiyat hodisasiga nisbatan “kontrast”, “antonimiya”, “antiteza”, “antonym” singari atamalar keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, ularda harakat, holat va belgilar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish mumkin. Tilshunoslik nuqtai nazaridan mazkur hodisaning turli lingvistik sathlarga oid birliklar vositasida namoyon bo‘lishi tadqiq etilsa47, adabiyotda keng ma’noda kontrastga oid tushunchalarni umumlashtirgan hodisa sifatida tushiniladi. U “Adabiyotda inson harakterini, narsa va hodisalarning sifat va xususiyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlash usuli” sifatida talqin etilsa uslubiyatda, ifodada so‘zlarning uslubiy bo‘yoqlari o‘zaro mos kelmay qolishiga asoslangan, umumiy qonuniyatlarga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muhim birliklar sifatida qaraladi48.
Kontrast doirasida qaraluvchi oksyumoron yunoncha so‘z bo‘lib, zakiy, nodon degan ma’noni bildiradi. U leksik birliklarning ma’nosiga ko‘ra zid birikishini ifodalaydi va natijada yangi ma’noli tushuncha hosil bo‘ladi. Oksyumoronning asosiy vazifasi muallifining tasvirlanayotgan hodisaga bo‘lgan shaxsiy munosabatini ifodalashdir49. Oksyumoron kontrast doirasida qaraluvchi boshqa hodisalardan farqli ravishda mazmunan zid bo‘lgan komponentlarni biriktirgan holda yangi ma’no ifodalaydi. Ana shu xususiyatidan kelib chiqib u adabiyotshunoslikda “badiiy ko‘chim turlaridan biri bo‘lib, tarkibidagi qarama-qarshi ma’noli tushunchalar yangi bir kutilmagan ma’noni keltirib chiqaradi”. Oksyumorondagi mana shu xususiyat kuchli obrazlilik kasb etadi. Masalan:

Download 101.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling