Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 101.9 Kb.
bet2/19
Sana18.06.2023
Hajmi101.9 Kb.
#1581319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI Iroda 28.05.2023

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Badiiy adabiyot tilini o‘rganishga bag‘ishlangan kuzatishlarning maʼlum qismi alohida olingan shoir va yozuvchilarning tili tadqiqiga bag‘ishlanganligi bilan eʼtiborga molikdir. Bu tadqiqotlarda ikki yo‘nalish kuzatiladi. O‘zbek tilshunosligi tadqiqotlarning bir yo‘nalishida maʼlum davr tilining tarixini o‘rganish maqsadida badiiy matnlardan faktik material sifatida foydalanish borasida, ikkinchi yo‘nalishida maʼlum davrning yoki turli zamonlarda yashagan shoir va yozuvchilarning tili va uslubini
tadqiq etish borasida keyingi yillarda muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritdi2.
Keyingi yillarda o‘zvek matni muammolariga, xususan, uning lingvopoetikasi masalalariga bag‘ishlangan bir nechta dissertatsiyalari himoya qilindi. Monografiyalar nashr qilindi. Jumladan, I.Mirzayev, S.Karimov, M.Yoqubbekova, M.Yo‘ldoshevlarning doktorlik dissertatsiyalari, M.Yo‘ldoshev, G.Muhammadjonova, D.Shodiyeva, Sh.Haydarov, D.Jamoliddinova, F.Ibragimovalarning nomzodlik dissertatsiyalari, M.Muhiddinov, S.Karimov hamda B.Yo‘ldoshev, Z.Shodiyevlarning monografiyalari shular jumlasidandir3. Ammo o‘zbek tilshunosligida bu kabi monografik kuzatishlar Tursun Ali ijodiy materiali asosida hali olib borilgan emas.
Tadqiqotning maqsadi. Tursun Ali sheʼriy asarlari tilini lingvopoetik tahlil
etish orqali uning individual ijodiy manerasiga xos xususiyatlarni belgilash va shoir poetik asarlari matnida konnotativ vazifa bajarayotgan til elementlarining uslubiy imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
– o‘zbek tilshunosligida lingvopoetika sohasining tadrijiy taraqqiyotini aniqlash;
– Tursun Ali sheʼriyati misolida lingvopoetik tahlil turlarini aniqlash;
– Tursun Ali sheʼriyati lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash;
– shoir poetik asarlarining elektron versiyasini – matnini yaratish;
– shoir qo‘llagan so‘z va frazalarning, matndagi sintaktik qurilmalarning hozirgi o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
– Tursun Alining badiiy ijod jarayonida tildan foydalanishdagi individualligini aniqlash hamda o‘zbek tilining leksik-stilistik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini asoslash.

Download 101.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling