Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig


Oksyumoron-lingvopoetik vosita sifatida


Download 101.9 Kb.
bet4/19
Sana18.06.2023
Hajmi101.9 Kb.
#1581319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI Iroda 28.05.2023

1.2. Oksyumoron-lingvopoetik vosita sifatida
Morfemalar o‘rtasidagi g‘ayriodatiy birikishlarni okkazional hodisa deb o‘rgansak, sintaksisda esa bu kabi birikishlarni g‘ayriodatiy, nomantiqiy, noodatiy bog‘lanish sifatida tadqiq qilinadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, oksyumoron asosiy mantiqiy va emotsional ma’nolarning munosabatiga asoslangan stilistik vositalardan biridir. Oksyumoron usulida shakllangan birikmalarda til birligi bo‘lgan leksemalarning mazmuniy ketma-ketligi mosligidan ham ko‘ra, hosil bo‘lgan nutq ko‘rinishidagi umumiy modal ma’no muhimdir. Oksyumoron deganda, birinchidan, mazmunan zid, qarama-qarshi bo‘lgan, ya’ni g‘ayriodatiy konstruksiyali birikmalarni tushunar ekanmiz, bu konstruksiyada aniqlovchining ma’nosi mantiqiy-mazmun jihatdan aniqlanmishning ma’nosini yoki, uni aksi o‘laroq, aniqlanmishning ma’nosi aniqlovchini semantik jihatdan inkor qiladi25.
Birinchi bobning ikkinchi faslida oksyumoronning boshqa barcha stilistik vositalar singari narsa, hodisa va voqelikni taʻsirchan ifodalashdagi sintaktik usul turlaridan biri sanalishi, oksyumoron shaklidagi so‘z birikmalari yoki gap ko‘rinishlari tarkibidagi qarama-qarshi tushunchalarni birlashtirib, yangi bir kutilmagan maʻno keltirib chiqarish xususiyati nutqda kuchli emotsionallikni yuzaga keltirishi lisoniy dalillar bilan asoslandi:
Oksyumoron badiiy nutqda har qanday ijodkor tomonidan ham qo‘llanavermaydi, bu uning badiiy tasvir vositasi sifatida qanchalik darajada murakkab hodisa ekanligini belgilaydi. Oksyumoronda ba’zan birinchi komponentning, asosiy, lug‘aviy ma’nosi ikkinchi komponent ma’nosi tomonidan inkor etiladi. Masalan: ishbilarmon dangasa, achchiq sog‘inch, achchiq kulgi, yosh qarilik, pichirlab baqirmoq kabilar.


Ma’yus shodlik o‘rtaydi meni,
O‘tmishlarga yetaklar xayol,
Sen-chi,
Tanho o‘ylaysan neni,
Ey men sevib, sevmagan ayol? (Tursun Ali)
Bu nutq parchasidagi “ma’yus shodlik” birikmasida ishlatilgan ikkinchi so‘z o‘zining asosiy lug‘aviy ma’nosini qisman yo‘qotgan: endi u tom ma’nodagi, tegishli darajadagi “shodlik” emas, balki emotsional-ekspressiv ma’noda ishlatilgan, muallifning tasvirlanayotgan narsaga nisbatan subyektiv munosabatini ifodalovchi vositaga aylangan. Bunday g‘ayriodatiy birikmalarda so‘zlar muallifning voqea-hodisaga ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Oksyumoron boshqa barcha stilistik vositalar singari narsa, hodisa va voqelikni ta’sirchan ifodalashdagi sintaktik figura turlaridan biri sanaladi. Oksyumoron shaklidagi so‘z birikmalari yoki gap ko‘rinishlari tarkibidagi qarama-qarshi ma’noli tushunchalarni birlashtirib, yangi bir kutilmagan ma’no keltirib chiqarish xususiyati nutqda kuchli emotsionallikni yuzaga keltiradi.
Badiiy asar tilini mukammal, taʻsirchan qilish, turli obraz va voqea- hodisalar ifodasidagi serjilolik va o‘ziga xos bo‘yoqdorlikni oshirishda tasviriy vositalarning ahamiyati beqiyosdir. Ikki leksik birlik o‘rtasida g‘ayriodatiy bog‘lanishning yuzaga kelishi lingvistik stilistika muammolaridan hisoblanadi.
Oksyumoron alohida bir sintaktik-stilistik hodisa sifatida o‘zaro mantiqan zid tushunchalarning birikishi natijasida hosil bo‘luvchi lingvopoetik vosita hisoblanadi. Oksyumoron, asosan, semantik ziddiyat asosiga quriladi va yangi o‘ziga xos maʻnolarni ochish, gap yoki jumlani, yaʻni fikrni taʻsirli ifodalanishini taʻminlaydi. Lekin barcha zid maʻnoli so‘zlarning birikishidan ham oksyumoron hosil bo‘lavermaydi. Bunda so‘zlovchi yoki ijodkorning badiiy tafakkuri asosiy o‘rin egallaydi. Shoir yoki yozuvchi o‘z maqsadini ifodalashda, bir qaraganda, leksemalarning bir- biri bilan bog‘lanishi mantiqsizdek tuyulgan hodisaga badiiy-estetik jihatdan yondashadi, natijada oksyumoron yuzaga keladi. Masalan,


Sokinlik shovqini uyg‘otdi,
O‘zimni otdim kun qa'riga,
Hayqirib yugurdi ko‘zlar sеn tomon.


Yurtim bo‘ylab uyg‘ongan bahor,
Yuragimda yoshargan sеvgi.
Tog‘larda ham erimoqda qor,
Ko‘zlarimda yam-yashil kulgi.


Yuragimda yoshargan sеvgi!
O‘z yo‘limdan boraman tanho,
Manzilim ham ko‘rinar elas.
Yiroqlardan unsiz bir sado
Chaqiradi,
Undar har nafas.


Sеning ma’yus tabassuming
ko‘lankasida
Uzoq o‘ltirdim tanholik aro. (Tursun Ali)
Yuqoridagi misralardagi: unsiz bir sado // sokinlik shovqini // kabi birikmalardan ko‘rinib turibdiki, birikmalarning qismlarini o‘z maʻnosida tushunadigan bo‘lsak, ular orasida mantiqan yoki odatiy bog‘liqlikni ko‘rmaymiz. Masalan, sokinlik so‘zi tinchlik jimjitlik ma’nosida; shovqini ovozli, tinch emas ma’nosida bir-biri bilan bog‘lanishi noodatiy bog‘lanish, ya’ni oksyumorondir.
Oksyumoron–hodisani aniqlashda keskin qarama-qarshi, ichki qarama-qarshi ma’no belgilarining birikmasidan iborat nutq burilishi.
– haqiqiy yolg‘on
achchiq quvonch
jarangdor jimlik
baqirgan sukunat
issiq muz
shirin og‘riq
haqiqiy yolg‘on
samimiy yolg‘onchi
qichqirayotgan jimlik
uzoq lahza,
asl nusxa
Yuqoridagi misollarda ma’no jihatdan qarama-qarshi bo‘lgan hodisalarning ta’riflari yoki xossalari o‘zida mujassamlashgan bo‘lib, buning natijasida yangi semantik sifat yuzaga keladi, bu esa ifodali badiiy obrazni yaratishga yordam beradi.
Oksyumoron, antiteza kabi, qarama-qarshiliklar ustiga qurilgan, ammo bu stilistik figurada ular qarama-qarshi emas, balki bir butunga birlashtirilgan. Qarama-qarshiliklar yangi obraz yaratadi va hayot hodisalarining qarama-qarshiligini aks ettiradi. Voqelik hodisalariga berilgan bunday ta’riflar o‘z mohiyatiga ko‘ra paradoksal bo‘lsa-da, ular obrazli qilib aytganda, tinch-totuv “birgalikda yashab”, so‘z san’atkori o‘z o‘quvchilariga yetkazmoqchi bo‘lgan yorqin ifodali obrazni yaratadi.
Oksyumoron juda emotsional adabiy matnlarda qo‘llaniladi. Ushbu stilistik figura yordamida rus va jahon adabiyotining klassikasi A. S. Pushkin “Yevgeniy Onegin” she’rida oltin kuzning yorqin, ko‘rinadigan qiyofasini yaratadi:Shoir A.A.Fet insoniy tuyg‘u va ehtiroslar jaziramasi qaynab turgan “Musa”(hayol, ilhom parisi) she’rida Oksyumoron ishlatgan:
Qayerda azob-uqubatning porloq nurlari
Badiiy uslub o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Badiiy matnda individuallik yuqori darajaga ko‘tariladi. Ijodkor o‘z asarida tinglovchi va o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir qilishi, uni o‘ylashga undashi, tasavvur doirasini kengaytirishi, nutqning emotsional ta’sirchanligini oshirish uchun o‘zgacha uslublardan, ko‘chim turlaridan foydalanadi. Bunday nutqning o‘ziga xos maqsad-vazifalari bor:

  • tinglovchi e’tiborini tortish;

  • tinglovchi qiziqishini orttirish;

  • nutqda lisoniy dalillar, isbotlarning aniqligini ta’minlash;

  • fikrni obrazli bayon qilishda noodatiy sintaktik qurilmalardan foydalanish;

  • nutqning ta’sirchanligini oshirish;

  • g‘ayriodatiy semantikani ataylab, maqsadli yaratish va ekspressivlikka, ta’sirchanlikka erishish;

  • g‘ayriodatiy semantik holat yaratish orqali muallifning o‘ziga xos

uslubini namoyish qilish;

  • adresantning oksyumoronda ifodalangan semantikani adresatning tushunib yeta olishdek layoqatiga ega ekanligini hisobga olish kabilar.

Badiiy matnda individullikni ifodalovchi sintaktik-stilistik vositalardan biri – bu, oksyumorondir. Badiiy matnning ta’sirchanligini oshiruvchi bu uslubiy vosita, mantiqiy zid tushunchalarning birikishi natijasida hosil bo‘lgan sintaktik konstruksiya hisoblanadi. Masalan:
Tongda ot yetaklab o‘tib borar kim,

Download 101.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling