Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig
Download 101.9 Kb.
|
BMI Iroda 28.05.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Tadqiqotning obyekti sifatida Tursun Ali sheʼriyatining muayyan qismini qamrab olgan “Ma’yus shodlik” (2020), “Oy yaprog‘i”(2008), “Saylanma” (2012)
to‘plamlari matni tanlangan. Tadqiqotning predmetini Tursun Ali sheʼriyatida o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlari voqelanishining lingvopoetik xususiyatlari tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Stilistik va lingvopoetik stratifikatsiya metodlari yordamida shoir sheʼriyati namunalari qiyosiy tahlil etilgan va ularning ifodadagi farqli va o‘xshash jihatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: o‘zbek poetik nutqi fondining tarkibiy qismi sanaladigan Tursun Ali sheʼriyati matni lingvopoetik tahlilida uning ijodiga xos bo‘lgan individual jihatlar asoslangan; poetik sintaktis elementlarning funksional-stilistik o‘ziga xosliklari hamda o‘zbek tilidagi gap qurilishining anʼanaviy tamoyillaridan ko‘ra ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlari dalillangan; Tursun Ali poetik tafakkuri va individual manerasini belgilaydigan, adabiy til meʼyori uchun g‘ayriodatiy bo‘lgan sintaktik qurilmalarning mantiqiy va grammatik aloqasi, gapda, frazada, umuman matnda so‘zlarning, sintaktik qurilmalarning g‘ayriodatiy o‘rinlashishi isbotlangan; Tursun Ali sheʼriyatining ritmik sintaksisi va ritorikasini vujudga keltirgan stilistik figuralar o‘zbek xalq dostonchiligida mavjud bo‘lgan ohang, bayon usuli bilan taqqoslanib, shoirning individual uslubi ochib berilgan. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy hajmi sahifadan ibora I.BOB. TILSHUNOSLIKDA OKSYUMORON TALQINI 1.1.Oksyumoron va uning o‘rganilishi Jahon tilshunoslari doimo inson ongining ifodalanishi bilan qiziqib kelganlar. Inson his qilgan ichki ruhiy holat, o‘zi ko‘rgan hodisaning verballashuv jarayoni (lisoniy vositalar yordamida voqelashuvi) natijasida lingvistik, sintaktik-stilistik, ekspressiv hamda tasviriylik xususiyatlarini yaqqol namoyon etuvchi ifoda vositalarini tushunish harakatida bo‘ladi. Tilshunoslikda ma’lum bir kashf qilinmagan hodisani tadqiq etish jarayonida, uning uslubiy vazifalarini tahlil etishda, uning tildagi boshqa turli hodisalar doirasida tutgan o‘rnini aniqlashda lingvostilistik usulning xususiy tomonlariga e’tibor berishning o‘zi bilangina mazkur hodisani to‘liq yoritib bo‘lmaydi. Shuning uchun tildagi umumiy xulosalarga, qiyosiy manbalarga, rivojlanish tarixiga tayangan holda, biron-bir aniq xulosaga kelish mumkin. Ma’lumki, til dunyoni anglash vositasi sifatida inson va olam o‘rtasidagi ma’lum bir vazifani bajaruvchi, deb qarash doimo hukmronlik qilib keladi. Inson uchun borliqni, o‘z ichki olamini, ruhiy holatini, voqelikka munosabati kabilarni til orqali eng munosib darajada, ya’ni insonlarning o‘ziga torta olishi, ularga tushunarli bo‘lishi hamda takrorlanmas holda, qiziqarli va ta’sirchan ifodalash asosiy o‘rinda turadi. Bu holatga, qadimgi davrlarda ham insonlar, ayniqsa, ijodkorlar ko‘proq e’tibor qaratgan. Aristotel o‘zining “Poetika” asarida hamma uchun tushunarli bo‘lgan nutqni qo‘llash o‘rinli ekanligini ta’kidlaydi, ammo har doim bir xil shaklda ifodalash nutqning zerikarli bo‘lishiga olib keladi hamda ta’sir kuchini kamaytiradi, uning jozibasini yo‘qotadi, deya quyidagi fikrlarni bildiradi: “tuban bo‘lmagan, tushunarli nutq qimmatli nutqdir. Eng tushunarlisi hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir. Ammo bunday nutq tuban bo‘ladi”4. Aristotel nutqni o‘ziga xos ifodalash, turli yangi so‘zlardan, iboralardan, o‘xshatishlardan foydalanish to‘g‘risida ko‘plab fikrlarni bildiradi: “Munosib va ko‘p ishlatilmagan ifoda kutilmagan, g‘alati so‘zlardan foydalanish orqali kelib chiqadi. Men ko‘p qo‘llaniladigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob so‘zlar; metafora, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni g‘alati deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni shunday asosda tuzsa, yo topishmoq, yo varvarizm kelib chiqadi. Ko‘chma so‘zlar, metaforalardan tashkil topsa, – topishmoq, noyob so‘zlardan tashkil topsa, – varvarizm yuzaga keladi. Shunday ekan, bu ifodalarni qanday bo‘lmasin, qorishtirish lozim: bir tomondan noyob, ko‘chma ma’nodagi, bezak va boshqa qayd qilingan so‘zlar nutqni siyqa va tuban bo‘lishdan saqlasa, boshqa tomondan ko‘p qo‘llanadigan so‘zlar (unga) aniqlik beradi. Ifodaning butunlay aniq va ajoyib bo‘lishini ta’minlashda uzaygan, qisqargan va o‘zgargan so‘zlar ham samarali ta’sir qiladi. Bunday so‘zlar, ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar, nisbatan, odatdagidan o‘zgacharoq bo‘lib, boshqacharoq eshitiladi va shuning uchun nutqni siyqalashtirmaydi, odatdagi so‘zlar bilan mushtarak bo‘lgani uchun, unga aniqlik kiritadi”5. Haqiqatan, til inson ongining in’ikosi hisoblanadi va u ongdagi barcha ko‘rinishlarni qayta ishlab, o‘zining tajribasini tinglovchiga yetkazadi. Bu o‘rinda insonlarning har biri tildan turli darajada foydalanadi hamda shunga monand o‘z nutqini shakllantiradi. Shuni hisobga olish kerakki, til imkoniyatlaridan hamma ham birdek foydalana olmaydi, bundan tashqari, ba’zi bir tuyg‘ularni, “oraliq” (modal) ma’nolarni ifodalash uchun tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay qoladi. Mana shunday vaziyatlarni yoritishda, albatta, g‘ayriodatiy so‘zlar va g‘ayriodatiy birikmalar doimo inson ichki tuyg‘ularini to‘liq yuzaga chiqarishning asosiy quroli sifatida qo‘llaniladi. Bu esa nutqning jozibali tarzda namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Aristotelning “Poetika” asarida shunday fikr keltirilgan: “Esxilda ham, Yevripidda ham yambda (yamb – gr. jambos – frakiyaliklarning muzika asbobini anglatuvchi “jambike” so‘zidan6) bitilgan bir xil she’rlar bor. Ammo shu she’rdagi birgina ko‘p qo‘llaniladigan so‘z o‘rniga noyob so‘z almashtirib qo‘yilsa, bir shoirning she’ri go‘zal, boshqasiniki dag‘al ko‘rinadi7. Demak, g‘ayriodatiy ifodalardan o‘rinli foydalanishgina nutqning emotsionalligini oshiradi, aks holda, tushunarsiz holatni keltirib chiqaradi. Albatta, ijodkor mumkin bo‘lmagan, bir-biriga zid keladigan, birlashishi aqlga sig‘maydigan hodisalarni bir ifoda orqali yetkazmoqchi bo‘lsa, bu mantiqan xatodek; ammo u shu jumla orqali o‘zi ifodalamoqchi bo‘lgan ma’noning nozikliklarini ifodalay olsa, nutqning mazmun-mohiyatini yoritishga yordam bersa, bu xato hisoblanmaydi aksincha, falsafiy-emotsionallikni yuzaga chiqaradi. Bugungi globallashuv jarayonida ommaviy madaniyat, g‘oyaviy kurash, inson ongiga ta’sir qilish orqali davlatlar o‘z maqsadlarini singdirish va o‘quvchi va tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga jalb qilishga bor kuchi bilan kurashmoqda. Insonlar anglashi qiyin bo‘lgan oraliq tushunchalar, yangi ma’nolarni yetkazish uchun oksyumoron usuli orqali shakllangan sintaktik qurilmalar barchani ajablantirishi va qiziqish uyg‘otishi bilan badiiy asarlarda, kitob nomlarida, televidyeniyada, ayniqsa, reklama sarlavhalarida o‘ziga xos manba bo‘lib hizmat qilmoqda. Masalan, asar sarlavhalari: Ayriliq quvonchi (Zulfiya Qurolboy qizi), Yonar daryo (Hakim Nazir), Ma’yus shodlik (Tursun Ali); she’r sarlavhasi: Qora Quyosh (M.Yusuf), Sukunat tovushi (Tursun Ali); kinofilm nomi: Ta’ziyadagi to‘y, Tikansiz tipratikanlar; ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalar sarlavhasi: Eron yutdi, ammo biz yengilmadik kabilarni dalil sifatida ko‘rsatib o‘tish mumkin8. Bundan tashqari, oksyumoron nafaqat poetikada, balki tasviriy va amaliy san’at hamda boshqa sohalarda ham qo‘llanilib, o‘ziga xos ifodani yuzaga chiqaradi. Shu boisdan, oksyumoron doimo tadqiqotchilarning e’tiborida bo‘lgan hamda ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan. Tilshunoslikda hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan poetik sintaksis masalalarini, uning doirasiga kiruvchi uslubiy figuralarni o‘rganish tilshunos olimlar o‘rtasida ommalashib kelayotgani lingvopoetikaning yanada rivojlanishiga turtki bo‘lishi, lingvopoetika sohasi, badiiy tasvir vositalari, sintaktik figuralar, troplar xususida jahon tilshunosligida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgani va davom ettirilayotganligi xususida fikrlar bildirilgan. Oksyumoron atamasi badiiy tasvir vositalarining tarkibidagi qadimiy sintaktik-stilistik vositalardan biri sifatida dastlab taxminan eramizdanavvalgi 400-yilda yashagan Rim olimi Maurus Servius Honoratus asarida9 keltirilgan. Asarda oksyumoron “grekcha – oxymoron” so‘zidan olingan, tarjima qilinganda, “aqlli ahmoq”, “zakiy nodon” degan maʻnolarni anglatadi. A.Hojievning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da “Oksyumoron (yun. oxymoron – farosat bilan, lekin bema’ni) mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tushunchaning (maʻnosi bir-biriga zid ikki so‘zning) o‘zaro qo‘shilishidan iborat uslubiy figura”10, deb ta’riflangan. Oksyumoron haqidagi qarashlarning asosini uning anomal (yun. Anomalia – notekislik; me’yordan chetlashish)hodisa ekanligi e’tirof etilib, uning inson ongi va dunyoqarashining ifodalashdagi roliga e’tibor qaratiladi. L.A.Vvedenskayaning “Стилистические фигуры, основанные на антонимах” (“Antonimlarga asoslangan stilistik figuralar”) maqolasida dastlabki namunalarga duch kelamiz. Ushbu maqolada L.A.Vvedenskaya oksyumoronni nafaqat antonimlarga asoslangan sintaktik-stilistik figura, balki uni “mantiqiy nuqtayi nazardan bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalarni ifodalovchi so‘z birikmalarining o‘ziga xos badiiy ko‘rinishlaridan biri”11, deb ataydi. L.A.Vvedenskaya maqolada o‘z diqqatini oksyumoronning lingvistik tabiatiga qaratadi. Oksyumoronning qismlari o‘zaro zid ta’sir qiluvchi so‘zlar sifatida, ya’ni antonimlik xususiyatiga ega ikki so‘zning juft holda qo‘llanilishiga qaratadi. Shuningdek, bunday yondashuv asosida oksyumoron antonim juftliklarning o‘zaro bir-biri bilan kesishgan birikmaning natijasi yoki so‘zlarning kombinatsiyasi – antonimlar sifatida paydo bo‘ladi. Birinchi holatda “bitta antonimik juftlikning so‘zlari o‘rin almashishi ikkinchi antonimik juftlik so‘zlariga asos bo‘ladi”12: faqir boy va boy faqir. Ikkinchi holatda, “qarama-qarshi tushunchalar bitta obyekt yoki hodisaga tegishli, deb qaraladi”13: tirik murda. Umuman olganda, oksyumoronning tarkibiy qismi o‘rtasidagi munosabatning mohiyati haddan tashqari umumlashtirilgan: mantiqiy qarashlarga mos kelmaydigan tushunchalar tarzida ifodalanadi. Shuningdek, oksyumoronning stilistik vazifasi ham umumiy ma’noda aniqlanadi, sintaktik figuraga oid o‘ziga xoslik va hissiyotning alohida bir maxsus ifodasi sifatidagi ekspressiv xususiyatlari o‘zbek tilshunosligida to‘laqonli yoritilmagan. Oksyumoron usulida namoyon bo‘luvchi sintaktik qurilmalarning lingvistik tabiatini tadqiq qilgan E.A.Atayeva uning lisoniy mohiyati va uslubiy funksiyasi haqida muhim ma’lumotlar beradi. Oksyumoron ham aniq shakldagi stilistik vositalarning bir turi, deb izohlaydi. Uning asosiy vazifasi subyektiv-mantiqiy va emotsional mazmunning o‘zaro ta’siriga asoslanadi. Tuzilishi bo‘yicha oksyumoronni atributiv ibora, qurilish materialini esa, asosan, sifat va ot tashkil qiladi, oksyumoronda mos kelmaydigan qarama-qarshi va zid tushunchalar taqqoslanadi. Tadqiqotchi oksyumoronni tabiati jihatidan epitetga yaqin hodisa deb qaraydi. Shuningdek, “oksyumoron tasvirlanayotgan obyekt yoki hodisaning ayrim xususiyatlarini alohida ko‘rsatadi hamda muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydi”14, – deb ta’kidlaydi. Ko‘rsatilgan o‘xshash jihatlariga qaramasdan, tadqiqotchi oksyumoron va epitetning farqlarini yoritib, uni alohida stilistik figura sifatida ajratib, shunday fikr bildiradi: “epitet qoidaga ko‘ra, bir so‘z bilan ifodalanadi, oksyumoron esa doim atributiv xususiyatga ega, epitetdan farqli tarzda oksyumoron nafaqat obyekt yoki hodisaning belgisini nomlaydi, balki obyekt haqidagi g‘oyani aniqlashtiradi va individuallashtiradi, obyektiv haqiqat hodisalarining nomuvofiqligini ham ko‘rsatadi”15. Epitetlar qoidaga ko‘ra ma’lum narsa-hodisani aniqlash va sifatlash uchun qo‘llaniladi hamda birinchi qism ikkinchi qismning obrazli tasvirlashidan yuzaga keladi, lekin oksyumoron epitetlar singari faqat atributiv aloqada emas, relyativ, obyektli va predikativ munosabatlarda kuzatiladi va birikayotgan komponentlarning o‘zaro ta’siri natijasida reallashadi. Badiiy matnda oksyumoron tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqa vositasi sifatida qarama-qarshilik va zidliklarga bo‘linishi mavjud bo‘lib, sof lingvistik tamoyil asosida davom etayotgan bo‘lsa-da, ularni belgilashda yetarlicha aniqlik yo‘qligi alohida qayd etiladi. Oksyumoron, asosan, ikki va undan ortiq qismlardan tashkil topadi, bu qismlar mantiqan qarama-qarshi ma’noli tushunchalarni ifoda etadi. M.I.Fomina yuqoridagilardan farqli o‘laroq, oksyumoronni ma’lum bir kontekstda antonimik tushunchalarni taqqoslashga asoslangan stilistik qurilma, deb qaraydi va quyidagicha fikr bildiradi: “u mantiqiy jihatidan keskin zid bo‘lgan va o‘zaro bir-birini mantiqan istisno qiladigan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar birikmasidan iborat”16. Bundan tashqari, M.I.Fomina oksyumoron hodisasini antiteza, okkazionalizm (individul antonim), semantik antonim kabi sintaktik figuralar qatorida tahlil qiladi. I.B.Golub esa oksyumoron asosida antonimlik xususiyati yotishini hamda u aniqlovchi-aniqlanmish zidlanishidan yuzaga chiqishini ta’kidlaydi17. Shuningdek, asarning boshqa joyida oksyumoronni epitetning bir turi sifatida izohlaydi hamda tirik murda, quvonchli qayg‘u18 lisoniy dalillarini beradi. Bizningcha, bu fikr o‘zini unchalik oqlamaydi, chunki epitetda aniqlanmishni obrazli tarzda izohlash orqali tasviriylikka, obrazlilikka erishilsa, oksyumoronda qismlar bir-birini aniqlashi emas, balki o‘zaro birikkan holda oraliq-modal munosabat ma’nosini yuzaga chiqaradi. Ijodkor ana shu maqsad bilan tildan yangi-yangi imkoniyatlar izlaydi. Bunday imkoniyatlardan biri nutqda o‘zaro bog‘lanishi chegaralangan so‘zlarni biriktirish orqali turli maʻno nozikliklari, ekspressivlik, emosionallik va shu kabilarni yuzaga chiqarishdir. Badiiy nutqdagi bunday birikmalarni shartli ravishda g‘ayriodatiy birikmalar deb ataymiz”19. Gʻayriodatiy birikmalar badiiy nutqda ekspressivlikni oshiruvchi, har bir ijodkor o‘zining mutlaqo xususiy fikrlarni individual tarzda ifodalash uchun qo‘llaniladigan usuldir. “Ma’nolari bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan so‘zlarni o‘zaro bog‘lash bilan g‘ayriodatiy birikmalar hosil qilinadi. Bunda birikma juda yuqori ekspressivlik va emotsionallik kasb etadi, kuchli emfatik intonasiyaga ega bo‘ladi. Adabiyotshunoslikda bu Oksyumoron nomi bilan yuritiladi”20. Demak, mualliflar yuqoridagi fikrlari bilan o‘z-o‘zidan oksyumoronni g‘ayriodatiy birikmalarning bir turi sifatida qaraydilar. Badiiy matnda oksyumoron tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqa vositasi sifatida qarama-qarshilik va zidliklarga bo‘linishi mavjud bo‘lib, sof lingvistik tamoyil asosida davom etayotgan bo‘lsa-da, ularni belgilashda etarlicha aniqlik yo‘qligi alohida qayd etiladi. Haqiqatan, oksyumoron doimo ikki va undan ortiq qismdan tashkil topadi, bu qismlar qarama-qarshi tushunchalarni ifoda etadi. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida, aynan oksyumoron tadqiqiga bag‘ishlanmagan bo‘lsa-da, lingvopoetika sohasi, badiiy tasvir vositalari, sintaktik figuralar, troplar xususida bir qator amalga oshirilgan ishlar sifatida I.Mirzayev, M.Yo‘ldoshev, M.Yoqubbekova, S.Karimovlar, M.Abdupattoyevning doktorlik21, D.Zayniddinova, G.Muhammadjonova, M.Yo‘ldoshev, E.Ibragimova, O.Mamaziyayev, D.Jamoliddinova, D.Shodiyeva, S.Umirova, O.Tursunovalarning nomzodlik dissertatsiya22larini, bundan tashqari, oksyumoron hodisasi haqida X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, A.Mamajonov, A.Nurmonov, U.Mahmudov, M.Abdupattoyev, M.Yo‘ldoshev, M.Qurbonovalarning monografiya, darslik va o‘quv-qo‘llanmalarida23, A.Mamajonov, A.Nurmonov, G.Roziqova, D.O‘rayeva, V.Kamoliddinova, H.Do‘smatov, N.Bazarbayeva N.Sadinova, U.Nosirova, J.Matnazarovlarning ilmiy maqolalarida24 ayrim umumiy ma’lumotlar berilgan. Mazkur ilmiy tadqiqotlarda, asosan, aynan oksyumoron birikmasi emas, umumiy g‘ayriodatiy bog‘lanishlar haqida ba’zi fikr-mulohazalar bildiriladi. Oksyumoron ham g‘ayriodatiy hamda allofronik birikmalarning bir turi sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, ba’zi tilshunoslar g‘ayriodatiy birikishni umumiy, har qanday til qoidalariga nisbatan anomal holatdagi birikma sifatida anglab, uni g‘ayriodatiy birikmalarning bir turi sifatida baholaydilar, yana bir qator tilshunoslar esa g‘ayriodatiy birikma deganda, aynan oksyumoronni nazarda tutadilar. Til imkoniyatlaridan hamma ham birdek foydalana olmaydi, baʻzi bir tuyg‘ularni, “oraliq” (modal) maʻnolarni ifodalash uchun tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay qoladi. Mana shunday vaziyatlarni yoritishda, albatta, g‘ayriodatiy so‘zlar va g‘ayriodatiy birikmalar doimo inson ichki tuyg‘ularini to‘liq yuzaga chiqarishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, stilistik figuralar to‘g‘risida juda ko‘plab lug‘atlarda fikrlar bildirilgan, ular bir-biriga yaqin bo‘lishsa-da, lekin aynan bir xil takrorlangan ta’riflar kam uchraydi. Oksyumoron haqidagi bildirilgan fikrlarning xilma-xilligiga qaramay, ushbu tendensiyalar oksyumoron mohiyatini quyidagi jihatlari bilan umumiylashtirgan: birinchidan, asosiy e’tibor oksyumoronni shakliy-mantiqiy jihatdan tushunishga qaratilgan. Bundan tashqari, mantiqiy muvofiqlikning buzilishi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi: barqaror, bog‘lanuvchi tushunchalar nomuvofiqlik, zidlik, qarama-qarshilik uning lingvistik ifodasida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, ba’zan uni o‘ziga xos alohida sintaktik figura sifatida, ba’zan unda o‘zaro ta’sir qiluvchi hodisalarning vositalari, ishlash usullari haqida aytiladi. Bog‘lanishi haqida: “qo‘shish”, “birlashish”, “qasddan, ataylab yaqinlashtirish va kombinatsiya”, “birlashma”. Ikkinchidan, oksyumoronning lug‘at-ensiklopedik ta’riflarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita (ta’rifning o‘zida yoki izohlarda berilgan) uning chambarchas bog‘liq hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rnatishga harakat qilinadi. U o‘zaro ta’sirning turi va tabiati orqali yoki oksyumoron tarkibiy qismlarining semantik tabiati orqali o‘tadi. Uchinchidan, oksyumoron mohiyatini badiiy vosita sifatida aniqlash tendensiyasi keng yoritilgan. To‘g‘ri, lug‘atlarda oksyumoronni trop, uslubiy figura, uslubiy qurilma va uslubiy xato sifatida baholangan fikrlar ham bor. Demak, oksyumoron g‘ayriodatiy semantik munosabatlarni ifodalovchi, odatda qo‘shma so‘z (leksema), so‘z birikmasi, sodda gap, qo‘shma gap, frazeologik birikma, paremiologik birlik (maqol) orqali ifodalangan lingvopoetik vositadir. Shuning uchun oksyumoron qismlari o‘zaro ziddiyatli bog‘lanish asosida shakllansa ham, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qilishini e’tiborga olib, nomantiqiy emas, balki mantiqiy bog‘lanishdagi birikma sifatida baholash maqsadga muvofiqdir. Download 101.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling