4.Zamon va makon semasi bilan bog‘liq oksyumoronlar:
Ko‘ksimdagi qiyomat
Bu tun
Ko‘ksimga sanchding pichoq,
Ey, olisdagi yaqinim.
5.Hid-ta’m bilan bog‘liq oksyumoronlar:
Qarg‘alar keldi,
qanotlaridan
qor hidi ufurar.
Cho‘ziq tovushlaridan
achchiq qor yog‘a boshlar.
Yomg‘ir, shamol turar, barglar chirpirak,
Sevgilim, borasan yomg‘ir ostida.
Mening-chi, panohda jonimdir halak,
Sochlaring to‘zg‘iydi yel qanotida.
Yomg‘ir kuchayadi, sovuq o‘rtanar,
Sen yelib borarsan ust-boshing yupun.
Meni shirin og‘u lazzati qiynar,
Baribir, sen tomon ketaman beun.
Erk yo‘li
ulug‘ yo‘l
Namxush
sovuq shamollarga
qora bo‘ronlarga
Qilich nigohlarga
tutib
ko‘ksimni
achchiq yomg‘irlarda
boryapman mardona
6.Rang bilan bog‘liq oksyumoronlar
Yop-yorug‘ olamga cho‘kar qora tun,
Cho‘kar yuragimga qop-qora tuman.
Bo‘m-bo‘sh qo‘llarimga maʼyus boqaman,
Ko‘zlarim yig‘laydi, yig‘laydi beun.
Yozning qaynoq kunlarida men seni yo‘qotdim.
Quyoshga qarayman-u,
Yonayotgan Quyosh qarshisida junjikib ketaman.
Quyoshga qarayman,
Ko‘zlarim kosasi limmo-lim iltijo ila.
Quyosh bo‘lsa yonmoqda oq alanga sochib dunyoga.
Ruhim kenliklariga esa qor yog‘moqda.
Buncha sovuq bo‘lmasa kunlar?
Yurtim bo‘ylab uyg‘ongan bahor,
Yuragimda yoshargan sevgi.
Tog‘larda ham erimoqda qor,
Ko‘zlarimda yam-yashil kulgi.
Ayoz...
Yomg‘ir...
Kezinar kuchuk yetaklagan ayol.
Ayol beparvo...
Mening botinimga esa beto‘xtov
yog‘ayotir qip-qizil yomg‘ir
Do'stlaringiz bilan baham: |