Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig


Qismlaridan biri ko‘chma, ikkinchisi o‘z maʼnosida qo‘llanilgan oksyumoronlar


Download 101.9 Kb.
bet12/19
Sana18.06.2023
Hajmi101.9 Kb.
#1581319
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
BMI Iroda 28.05.2023

1.Qismlaridan biri ko‘chma, ikkinchisi o‘z maʼnosida qo‘llanilgan oksyumoronlar: boshsiz odam, baqirgan sukunat, go‘zal yig‘lamoq;
2.Har ikki qismi o‘z maʼnosida, lekin bir-biriga zidlangan holda birgalikda ko‘chma maʼnoda: qadrdon begona, maʼyus jilmaymoq;
3.Har ikki qismi ko‘chma maʼnoda: tirik murda, qora quyosh, qora chaqmoq, olijanob mahluq
Yuqoridagi kabi oksyumoronlar qismlari chukur semantik tahlildan o‘tkazilsa, zidlanish yanada yorqinroq ko‘rinadi. “Boshsiz odam” oksyumoronini A.Qahhorning shu nomli asari asosida tahlil qilsak, “boshsiz” so‘zi ko‘chma maʼnoda qo‘llanganligini ko‘ramiz. Chunki asar qahramoni Faxriddin o‘zining
aqlsizligi tufayli biron ishni qilishdan oldin o‘ylab ko‘rmasligi, otasining aytgan gaplarini ham to‘g‘ri ayta olmasligini ko‘rsatish uchun muallif “aqlsiz”, yaʼni “boshsiz” so‘ziniqo‘llaydi. Bundan tashqari, “aqlsiz odam” va “boshsiz odam” birikmalari maʼno darajasiga ko‘ra, o‘quvchining fikrini tortishga va uni fikrlashga undashi bilan farqlanib turadi.
“Sukunat baqirig‘i” oksyumoronida ham sukunat so‘zi o‘z maʼnosida, “baqiriq so‘zi esa ko‘chma maʼnoda ishlatilgan. Chunki inson sukunatli, sokinlik, jimlik muhitiga yolg‘iz o‘zi tushib qolsa, u joydagi qo‘rqinchli holat insonning shovqinli, to‘polonli joyda turganidan ko‘ra ham vahimaliroq bo‘ladi. Ana shunday qo‘rqinchli holatni to‘la-to‘kis ifodalash uchun ijodkor oksyumorondan unumli foydalanadi.
Poyoni yuq kuz og‘ushida
Qanday go‘zal yig‘laydi uzum!
Shunday bo‘lar xaqiqiy yig‘i,
Ko‘rib suygin,
Ey, noshud ko‘zim! (Sh. Rahmon)
Yuqoridagi misolda ham shunday holatni kuzatishimiz mumkin. Go‘zal yig‘lamoq birikmasida ifoda materiali ravish+feʼldan iborat bo‘lgan hol+hollanmish qolipida shakllangan so‘z birikmasini ko‘ramiz, kismlarining semantikasiga eʼtibor qiladigan bo‘lsak,ular bir-biri bilan zidlanish munosabatidagi so‘zlar ekanligiga guvohbo‘lamiz: yig‘lamoq leksemasida g‘am-alam, og‘riq-iztirob kabilar tufayli yuzaga keladigan ruhiy holatning ko‘z yoshi yoki yig‘i tovush orqali ifodalanishini ko‘ramiz. Shunday ekan, biz yig‘lamoqni salbiy hodisa, deb hisoblaymiz. Go‘zal leksemasi esa juda ham chiroyli, husndor, xushro‘y; kishi ko‘zini quvontiradigan, kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan; zavq-shavqqaboy, serzavq, unutilmas holat maʼnolarni ifodalashga xizmat qiladi.
Mana shu maʼnolarga ko‘ra, go‘zal, yig‘lamoq so‘zlari bir-biri bilan zidlik munosabatida turadi. Aslida, go‘zal leksemasi biron-bir narsa yoki hodisaning belgisini bildirish uchun qo‘llanadi. Yuqoridagi misollarda esa harakatning belgisini bildirish uchun xizmat qilmoqda, bu, uning ko‘chma maʼnoda qo‘llanilganini ko‘rsatadi, shu bilan birga birikayotgan leksemalarning maʼnolariga ko‘ra o‘zaro nomutanosib -ligini ko‘rsatadi. Baʼzan hollarda oksyumoron usulini yuzaga chiqarayotgan leksemalarning har ikkisi ham o‘z maʼnosida qo‘llanilishi mumkin, lekin bunday oksyumoronlarni tashkil etgan
qismlar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan leksemalar bog‘lanishidan iborat bo‘ladi hamda birgalikda o‘ziga xos takrorlanmas maʼnoning shakllanishiga turtki bo‘ladi. Masalan:
U yorug‘ dunyoda
Tengi yuq inson,
Qadrdon begona,
Yovuz mehribon. (M. Yusuf)
Sheʼriy parchada qo‘llanilgan “qadrdon begona", “yovuz mehribon” kabi
oksyumoronlarning bog‘lanishiga eʼtibor qaratsak: “qadrdon”, “begona” leksemalari maʼno jihatdan biri do‘st, yaqin kishi, bir-birini juda qadrlaydigan shaxslar, yana biri o‘ziga tegishli bo‘lmagan, birovga tegishli, yaqin bo‘lmagan, notanish shaxslar maʼnosini bildirgan holda, bir-biriga qarama-qarshi munosabatdagi so‘zlar hisoblanadi, lekin bu munosabat so‘zlarning biri aniqlovchi, ikkinchisianiqlanmish sifatida, yaʼni aniqlovchi-aniqlanmish qolipida shakllanishiga to‘sqinlik qilmaydi, balki bu bog‘lanishdan yangi bir maʼnoni keltirib chiqarish uchun xizmat qiladi. Yoki quyidagi lisoniy dalilni olib ko‘raylik: Qo‘zi buronda to‘xtab , unga tikilib qoldi. Maʼyus jilmaydi. Bu jumladagi maʼyus jilmaymoq birikmasi ham o‘ziga xos maʼno-mohiyatiga egaligi bilan oddiy birikmalardan ajralib turadi. Insonda jilmayish holati qanday vaziyatda ro‘y berishi hammaga maʼlum. Jilmaymoq leksemasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan: kulimsiramoq, tabassum qilmoq. Bilamizki, inson xursand bo‘lganida, kayfiyati yaxshiligida jilmayadi, kuladi, tabassum qiladi. Maʼyus leksemasiga esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izoh beriladi: umidsizlangan, ruhi tushgan, noumid, tushkun holat; ezilgan, g‘amgin holatli; xomush. Kurinib turibdiki,keltirilgan maʼyus jilmaymoq birikmasida qismlar o‘zaro zidlik munosabatida, har ikki qism ham o‘ziga xos maʼnoga ega, lekin ularning birikishidan yangi bir, uchinchi bir yangi maʼno (hosila maʼno) yuzaga kelgan. Bundan tashqari, shunday holatlar kuzatiladiki, oksyumoronlarning hosil bo‘lishida ishtirok etayotgan qismlarning har ikkisi ham ko‘chma maʼnoda qo‘llaniladi, bunday oksyumoronlarda qismlar orqali biror narsa-hodisaga yoki harakat-holatga o‘xshatiladi. Bunday holatda qarama- qarshilik, zidlik munosabatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu tarzda reallashgan nutq ko‘rinishida o‘ziga xos betakror va tasviriy maʼno voqelangan. Masalan:
Umid ishonch tilsimin ochar,
Umid baxtga boshlaydi har dam.
Umidsizdan naqd omad sochar,
Tirik murda - umidsiz odam. (Z. Obidov)
Ushbu nutq parchasidagi tirik murda oksyumoroni qismlarining tarkibidagi leksemalarning semantikasida ham qarama-qarshilik, zidlik maʼnosi mavjud: tirik
leksemasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlanadi: o‘lmagan, hali yashab turgan; hayot, barhayot; murda leksemasi esa quyidagicha izohlanadi: o‘lgan; o‘lik, jonsiz; o‘lik kishining jasadi. Demak, o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki,
tirik hamda murda leksemalari ko‘chma maʼnoda qo‘llanib, nutqda uslubiy maʼno
ifodalashga xizmat qilgan. Quyida “Qora quyosh” dostonidagi birikmani ham tahlilga tortamiz:
Menga juda aziz
Uning siymosi,
Bir qarasam,
Yukdek sira qiyosi.
U bir bag‘ridaryo,
Bir bag‘ritoshdir,
U bir quyosh,
Ammo -
Qora quyoshdir! (M. Yusuf).
Shoir “Qora quyosh” oksyumoronida asar qahramonining salbiy qahramon ekanligini ochib berishga harakat qilgan. To‘g‘ri, qahramon quyosh kabi qudratli, lekin quyosh singari xalqparvar, insoniyatga foyda keltira oladigan ijobiy qahramon emasligini qora leksemasi yordamida ko‘rsatibbergan. Qora va quyosh leksemalari ko‘chma maʼnoda qo‘llanib, g‘ayriodatiy birikma qora quyosh oksyumoronini hosil qilgan. Ko‘rinib turibdiki, shoir quyosh rangini odatiy “sariq” emas, “qora” rangda ifodalab, qahramon xarakter- xususiyatidagi salbiy tomonlarni
ustalik bilan “Qora quyoshdir!” degan taʼkid orqali oksyumoron ifodalashga erishgan.

Download 101.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling