Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mazvuning dolzarbligi


Kurs ishining maqsad va vzifasi


Download 409 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi409 Kb.
#1537516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Den Syaopin

Kurs ishining maqsad va vzifasi: Uch karra Xitoy islohotlari otasi bulgan buyuk islohotchini Xitoy Kompartiyasidagi yuqori lavozim- lardan olib tashlayotganlarida har safar hammasi tugagandek tuyulardi. Biroq u uch safar ham qaytadan partiya Olimpiga ko'tarildi — bu Xitoy Kompartiyasi tarixida oʻziga xos bir voqea edi.Hech kim mazkur asrda shunchalik qisqa muddatda oʻz xalqining turmush tarzini bu qadar yaxshilay olmagan edi. Islohotlar boshlanganida, xalqaro standartda muvofiq 250 million xitoylik qashshoqlikda hayot kechirar edi. 10 yil ichida bu mashʼum raqam bir qancha mamlakatlar aholisiga teng boʻlgan 150 mln ga qisqardi. Birgina shuning o'zi Den Syaopinga jahon miqyosidagi yirik arboblar guruhidan joy taʼminladi. Shunga qaramay, u hayotiy muhim boʻlgan manfaatlar himoyasi uchun kuch ishlatishda hech ikkilanmas edi. Jaxonda Xitoyning manfaatlarini qattiq himoya qildi, u Xitoyga xorijiy banklardagi seyflarni, uyushmalardagi laboratoriyalarni ochishga, iqtisodiyotini jahon xoʻjaligining ajralmas qismiga aylantirishga imkon bergan hamkorlik uchun zaruriy sharoitlar yaratishni asosiy ish deb bilar edi.


Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.Den Syaopin hayoti va faoliyatining asosiy bosqichlari
Den Syaopin 1904-yil 22-avgustda Sichuan provinsiyasi Guanan uyezdi Sesin viloyati Payfan qishlogʻida tavallud topgan. 1909-yilda xususiy uy maktabiga (1949-yilga qadar oddiy fuqarolar uchun Xitoyda taʼlim olish mushkul boʻlgan) oʻqishga qabul qilingan, maktabda uni Den Syanshen deb chaqirishar edi.Den Syanshen 1910-yilda Sesin viloyatining boshlangʻich birinchi bosqich maktabiga oʻqishga kiradi. 1915-yilda Guanan uyezdining ikkinchi bosqich boshlangʻich maktabida tahsil olgan. 1919-yilning kuzida keyinchalik Fransiyaga oʻqishga ketishi uchun Chunsin shahridagi tayyorlov maktabida taʼlim oladi va u 1920-yilning oktyabr oyida Fransiyaga taʼlim olish uchun keladi. Tez orada Normandiyadagi oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga qabul qilinadi.1921-yilning aprelida Normandiyadagi metallurgiya zavodiga poʻlatni ijaraga beruvchi sifatida ishga joylashadi. Shu yilning oktyabridan Parijda yashay boshlaydi. Chemberlenning zavodida ishlaydi. U 1922-yilning fevralidan Xatchinsonning kauchuk zavodida ishlaydi. Yozda Yevropaga yuborilgan “Yosh xitoyliklar ligasi”ga aʼzo boʻladi.1923-yilda bu tashkilot Yevropaga yoʻnaltirilgan Xitoy yoshlarining ittifoqi deya qayta nomlanadi. Yana boshqa bir nomi - Xitoy yoshlari sotsialistik ittifoqining Yevropa boʻlimi (XYOSI). Shu yilning yozidan Xitoy yoshlari sotsialistik ittifoqining Yevropa boʻlimi faoliyatida ishtirok eta boshlaydi, bir yoʻla professional mustaqil hayotini ham boshlab yuboradi.Den Syaopin 1924-yilda XYOSI Yevropa boʻlimining nashri hisoblangan “Chiguan” jurnalida muharrirlik qilgan. Iyul oyida XYOSI Yevropa boʻlimi ijro qoʻmitasi kotibiyatining aʼzosi etib saylangan. Tez orada Xitoy Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan.1925-yilning bahorida XYOSI Yevropa boʻlimining Lion Filiali komissari etib tayinlangan. 1925-yilning iyulidan- sentyabrigacha Xitoydagi “30-may harakati”ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fransiyada yashayotgan xitoyliklar tomonidan uyushtirilgan yirik miqyosdagi manifest va mitinglarda ishtirok etgan. Keyinchalik esa Den Syaopin “Reno” avtomobil zavodida chilangar boʻlib ishlay boshlagan1.
Den Syaopin oʻzining mehnati va faolligi evaziga 1926-yilning yanvarida Moskvadagi Sun Yatsen (Zamonaviy Xitoyning otasi, yirik davlat arbobi) nomli universitetda tahsil olish uchun Sobiq Ittifoqga yoʻllangan hamda 1927-yilning bahorida Xitoyga qaytgan. Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisining qaroriga binoan, Den Syaopin siyosiy boʻlim boshligʻi va Fen Yuysyan “milliy armiyasi”ning Sun Yatsen nomli Sian Harbiy institutida partiya tashkiloti kotibi lavozimiga tayinlanadi.1927-yilning iyul oyida Den Syaopin Uxan shahriga keladi va Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisi kotibi lavozimida ish boshlab, Den Syaopin nomini oladi va shu yilning dekabrida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining kotibi etib tayinlandi.Den Syaopin 1928-yilda Chjan Siyuan xonim bilan turmush qurdi (Chjan Siyuan xonim kasallik tufayli 1930-yilda vafot etgan).Syaopin taxallusini 1927-yilda, Xitoy Kompartiyasida rasmiy faoliyat yurita boshlagan davrida olgan.1929-yilning yozida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisining vakili sifatida partiya ishlarini boshqarish va qurollangan qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrish uchun Guansiga yoʻl oldi (u yerda Den Syaopin Bin nomida yurdi). Oktyabr oyida Guansi provinsiyasidagi Xitoy Kompartiyasi front qoʻmitasining kotibi boʻlib tayinlandi. Dekabrda Chjan Yuni va Vey Basyunlar bilan birga Boseda qoʻzgʻolon koʻtardi va Qizil armiyaning 7-chi korpusiga asos soldi hamda u front qoʻmitasining komissari va kotibi boʻlib tayinlangan.
1930-yilning fevralida Li Minjuy va Yuy Szoyuy bilan Lunchjouda isyon koʻtardi va 8-chi korpusni tuzdi. Li Minjuy 7 va 8-korpuslarning bosh qoʻmondoni vazifasini bajarar edi.
1931-yilning fevral oyida Li Minjuy bilan birga Qizil armiyaning 7 korpusiga rahbarligida Szyan Szeminsi provinsiyasidagi Chunʼiga yetib keladi. Front qoʻmitasining koʻrsatmasiga binoan, Den Syaopin Shanxayga Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisiga maʼlumot berish uchun yoʻl oladi. Aprel oyida Shanxayda “Qizil armiyaning 7-korpusi ishlari haqidagi maʼlumot”ni taqdim etadi. Unda 7- va 8-korpuslarning harbiy faoliyatlarini batafsil bayon qilingan edi. Avgustda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Szyan Szeminsi provinsiyasidagi inqilobiy tayanch bazasi keldi va Juyszin uyezdida partiya qoʻmitasining kotibi etib tayinlandi.1932-yilning iyulida Xueychan uyezdi partiya qoʻmitasining kotibi etib tayinlandi. Gomindancha “jazolovchi yurishlarni” qaytarishga yoʻnaltirilgan Mao Szedun strategiyasi va uslubini qoʻllab-quvvatladi, agrar siyosatini maʼqulladi va “soʻl siyosiy kurs”ga qarshi chiqdi.1933-yilning bahorida Szyan Szeminsi provinsiyasi partiya qoʻmitasining targʻibot boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. May oyida “soʻllarga oid hujumkor siyosat” tashabbuskorlari — Den Syaopin, Lo Min va boshqalarga qarshi kurash eʼlon qildilar. Den Syaopin lavozimidan ozod qilindi. “Oxirgi jiddiy xayfsan va ogohlan- tirishni” olib, Leyan uyezdining Nansun qishlogʻiga nazoratchi qilib joʻnatildi. Tez orada u Qizil armiyaning Bosh siyosiy boshqarmasi kotibi boʻldi. Avgust oyida Bosh siyosiy boshqarmaning nashri hisoblangan “Qizil yulduz” gazetasi muharriri lavozimida ishladi. 1934 yilning oktyabr oyidan Qizil armiyaning Ulugʻ yurishida qatnashdi. Yil oxirida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Kotibiyati masʼul kotibi lavozimiga tayinlandi.
1935-yilning yanvarida Guychjou provinsiyasida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisi Siyosiy idorasining kengaytirilgan majlisi ishida qatnashadi. Majlis Markaziy Qoʻmitaning Mao Sze-dun boshchiligidagi yangi chaqirigʻi yoʻlini tasdiqladi. Iyun oyida Qizil armiya 1-korpusi Siyosiy boʻlimi tashviqot boʻlimi boshligʻi, 1936 yilning may oyidan boshliq oʻrinbosari, qizil armiyaning 1-korpusi siyosiy boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtkazildi.1937-yil 7-iyulda Pekin yaqinidagi Lugousyao koʻprigida toʻqnashuv yuz berdi. Yapon bosqinchilariga qarshi milliy- ozodlik urushi boshlandi. Buning ketidan yagona aksilyapon milliy fronti (Gomindan va Xitoy Kompartiyasining “Ikkinchi hamkorligi”) tuzildi. Avgust oyida Chjou Enlay, Chju De va Ye Szyan Szemininlar bilan birga Den Syaopin Gomindan hukumati bilan mudofaa masalalari boʻyicha oʻtkazilgan majlisda ishtirok etdi. 25-avgustda Qizil armiya Sakkizinchi armiyaga oʻzgartirildi. Den Syaopin armiya siyosiy boʻlimining boshliq oʻrinbosari etib tayinlandi.1938-yilning yanvaridan Den Syaopin 8 armiyaning 129-chi diviziyasi komissari etib tayinlandi. Diviziya qoʻmondoni Lyu Bochen bilan birga Shansi, Xenan va Xebey provinsiyalari chorraxasidagi Tayxan tumanida aksilyapon kurashining tayanch bazasini yaratdi. Sentyabrdan noyabr oyigacha Yananda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisining 6 chaqiriq 6 kengaytirilgan plenumi ishlarida ishtirok etdi. Plenumda yagona milliy aksilyapon frontini mustahkamlash va kengaytirish yoʻli, shuningdek, yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushini avj oldirishdagi Xitoy Kompartiyasining yoʻnalishi tasdiqladi.1939-yilning 3-iyulida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Yanandagi Siyosiy byuroning kengaytirilgan majlisi ishida qatnashdi. Den Syaopin shu yilning sentyabr oyida Chjo Lin xonim bilan oila qurdi hamda rafiqasi bilan Tayxanshan togʻli tumaniga yoʻl oldi.
1940-yilning avgustidan dekabr oyigacha Xuabey tumanida (Markaziy Xitoyning shimoliy qismi) Sakkizinchi armiyaning ilk keng koʻlamli strategik xujumkor urushi — “Yuzta boʻlim” jangini boshqardi.1941-yil 15-aprelda “Partiya va aksilyapon demokratik hokimyat” nomli maqolasini nashr qildi. Unda aksilyapon demokratik hokimiyat tashkil etish ishida Kompartiyaning nazariy va siyosiy dasturini ishlab chiqdi.1942-yilning sentyabrida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisining Shimoliy byurosi va Tayxan byurosi kotibi etib tayinlandi2.
Den Syaopin 1943-yilning 26-yanvarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Tayxan byurosi oliy rahbar xodimlari majlisida besh yillik kurash natijalariga yakun yasadi va keyingi vazifalarni belgilab berdi. Xitoy va Yaponiya oʻrtasidagi ziddiyatlarning mohiyatini anglash va yagona milliy aksilyapon frontini kengaytirish, siyosiy yoʻlning boshlangʻich nuqtasi boʻlib xizmat qilishi kerakligini taʼkidlagan holda, u harbiy harakatlarni dushmanni orqa tomonida olib borish yoʻli bilan vaziyatni oʻzgartirishga chorladi. 1943-yilning 2-iyulida Den Syaopin “Tayxan tumanidagi iqtisodiy qurilish” maqolasini eʼlon qildi. Maqolada u har qanday ishlab chiqarishning markaziy boʻgʻini, yaʼni oʻz-oʻzini taʼminlaydigan, dehqonchilik va hunarmandchilik sanoatini rivojlantiradigan tamoyil boʻyicha ish koʻruvchi iqtisodiy modelni shakllantirish dushman qamalini yorib oʻtishning asosi boʻlishini taʼkidladi. Shu yilning 6-oktyabrida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Shimoliy byuro va Tayxan byurosi birlashtirildi. Den Syaopin Shimoliy byuroning kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U Shansi, Xebey, Shandun va Xenan provinsiyalarida partiya, siyosiy va armiya ishlarini nazorat qilar edi.
1945-yilning iyun oyida Xitoy Kompartiyasining VII Umumxitoy Qurultoyida Markaziy Qoʻmitaning aʼzosi etib saylandi. Shu yilning avgustida Yaponiya taslim boʻlishini eʼlon qildi. Bu paytda Den Syaopin va Lyu Bochen boshchilIK qilgan tayanch qoʻshini toʻrtta tumanni Tayxan, Tayyuye, Xebey, Shandun va Xenan provinsiyalarining birikish joyi hamda Xebey provinsiyasining janubiy qismini oʻz ichiga olar edi. 1945-yilning oʻrtalarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Markaziy byuroni tashkil etish haqida qaror qabul qildi. (Shansi, Xebey, Shandun va Xenan provinsiyalari, Shansi, Xebey, Shandun va Xenan harbiy okruglari). Den Syaopin esa Markaziy byuroning kotibi va harbiy okrugning komissari etib tayinlandi. Mana shu yilning sentyabridan oktyabrigacha Lyu Bochen bilan birga Shandan va Xandandagi harbiy yurishlarga qoʻmondonlik qilgan.1946-yilning iyunida Chan Kayshi Markaziy tekislikning Ozod qilingan hududiga katta hujumni amalga oshirdi. Umumiy fuqarolar urushi boshlandi. 1946-yilning avgustidan 1947-yilning yanvariga qadar Lunxay, Dintao, Szyuanchen, Xuasyan, Szyuye-Szintay-Yuysyan urushlari va boshqalarga Lyu Bochen bilan birga galma galdan boshchilik qilgan3.
1947-yilning may oyidagi ozodlik uchun urushda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Chjunyuan byurosi kotibi etib tayinlangan. 30-iyunda Lyu Bochen bilan birga Shansi, Xebey, Shandun va Xenan provinsiyalaridagi boʻlinmalarga qoʻmondonlik qilgan. Xuanxeni bosib oʻtish va Shandun provinsiyasining janubi-gʻarbidagi jangovar harakatlarda ishtirok etdi. Mazkur davrni tarixchilar Xitoy milliy ozodlik armiyasi (XMOA)ning butun front boʻylab strategik hujumlari debochasi deb atadilar. Den Syaopin armiya boʻlinmalariga rahbarlik qilib, 1947-yilning avgustida Dabeshan togʻli hududiga yoʻl oldi. Gomindanchilarning shafqatsiz hujumlari ostida u mazkur hududdagi jang harakatlarini boshqardi. Muvaffaqiyatli jangovar harakatlar natijasida front yoʻli Yanszining shimoliy qirgʻogʻiga koʻchirildi.1948-yilning 9-mayida Den Syaopinni Xitoy Kom- partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Chjunyuan byurosi birinchi kotibi, Markaziy tekislikda joylashtirilgan Chjunyuan harbiy okrugi va dala armiyasining komissari etib tayinlaydilar. May oyida Lyu Bochen bilan birga Vandun jangiga qoʻmondonlik qilgan. Shu yilning iyulida Lyu Bochen bilan birga Den Syaopin Syanfan jangiga boshchilik qilgan. Sentyabrdan keyingi yilning yanvarigacha XMOA 3 ta keng koʻlamdagi Lyaoshen, Xuayxay va Pinszin operatsiyalarni oʻtkazdi. Yurish davomida Chan Kayshi reaksiyasiga tayanch boʻlgan asosiy harbiy kuchlarni safdan chiqardt. 16-noyabrda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Harbiy Kengashi Yetakchi frontning Bosh qoʻmitasini tashkil qilish haqida qaror qabul qildi. Qoʻmita tarkibiga Lyu Bochen, Chen I, Den Syaopin, Su Yuy va Tan Chjenlinlar kirdilar. Den Syaopin Xuauyxay jangovar harakatini nazorat qiluvchi kotib etib tayinlandi. Xuayxay jangi davomida bir yarim milliondan ortiq gomindanchilarga qarshi kurash olib borildi
1949-yilning aprelida Lyu Bochen bilan birga Yanszi daryosini kechib oʻtish jangovar harakatida qatnashdi. 5-fevraldan dala armiyasining Ikkinchi korpusi komissari etib tayinlandi. Mart oyida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining VII chaqiriq 2-plenumi ishida ishtirok etdi, keyinchalik Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Sharqiy Xitoy byurosi birinchi kotibi etib tayinlandi. 31-martda Nankin-Shanxay-Xanchjou operatsiyalarini oʻtkazish borasidagi tezislari bilan maʼruza qildi. Apreldan may oyiga qadar Lyu Bochen va Chen I bilan birga Yanszi daryosini kechib oʻtib, Nankin, Shanxay va Szyan Szeminsu provinsiyasining katta qismi, Anxoy, Chjeszyan Szemin va Fuszyan Szeminlarni ozod qilish jangovar harakatiga rahbarlik qildi. 30-sentyabr Xitoy xalq-siyosiy maslahat Kengashining Umumxitoy Qoʻmitasi birinchi sessiyasida Den Syaopin Markaziy xalq hukumatining aʼzosi etib saylandi.Den Syaopin haqli ravishda 1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasini eʼlon qilish tantanali marosimida ishtirok etdi. 19-oktyabrda Xalq inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi etib saylandi. Oktyabrdan dekabr oyiga qadar Lyu Bochen bilan birga Sichuan, Yunnan, Guychjou va boshqa provinsiyalarni ozod qilish jangovar harakatlarini boshqardi. 23-noyabrdan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Janubi-sharqiy byurosi birinchi kotibi etib tayinlandi. 2-dekabrda esa Janubi-sharqiy Xitoy Harbiy-siyosiy qoʻmitasining raisi oʻrinbosari etib saylandi.1950-yilning 22-fevralidan Den Syaopin Janubi- sharqiy harbiy okrugining komissari etib tayinlandi. Janubi-sharqiy hududda agrar islohotlari, bosqinchilarga qarshi kurash jangovar harakatlari, maʼmuriy qurilish, ishlab chiqarishni qayta tiklash va rivojlantirish ishlariga boshchilik qilgan. Den Syaopin 1951-yilda Tibetni tinchlik yoʻli bilan ozod qilish ishlarini boshqargan
Den Syaopin 1952-yilning iyul oyidan boshlab, Maʼmuriy kengashning bosh vazir oʻrinbosari, oʻrindoshlik asosida iqtisodiy-moliyaviy qoʻmita boshligʻi, keyinchalik transport ishlari boʻyicha Devonxona boshligʻi va moliya ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan.1953-yilning oktyabrida don masalasi boʻyicha Umumxitoy ishchi kengashida qatnashib, markazlashtirilgan don sotib olish va sotilish muammosi boʻyicha maʼruza qilgan holda Xitoy Xalq Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kerakligi toʻgʻrisida aniq fikrlar bergan.1954-yilning yanvarida moliyaviy boshqarmalar boshliqlarining Umumxitoy kengashida davlat mablagʻlarining doimiy, ishonchli va barqaror asosini yaratish va mablagʻlarni idora qilish boʻyicha yagona konsepsiyani joriy qilish zarurligi haqida nutq soʻzladi. Den Syaopin oʻzining davlat boshqaruvidagi teran fikrlari bilan boshqa hukumat aʼzolaridan ajralib turardi. Uning fikrlari sekin-astalik bilan xalq orasida qoʻllab-quvvatlana boshlangan. Shu yilning aprel oyidan janob Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi kotibiyatining boshligʻi lavozimiga koʻtarildi.1955-yilning aprel oyida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining VII chaqiriq 5 plenumida Markaziy Koʻmita Siyosiy byurosi aʼzoligiga kiritilgan.Den Syaopin 1956-yilda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi VIII chaqiriq 1 plenumida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Bosh kotibi etib saylangan. Xitoy Kompartiyasining 15 dan 27-sentyabrgacha boʻlib oʻtgan VIII Umumxitoy Qurultoyi ishida “Partiya nizomidagi oʻzgarishlar haqida”gi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Syezdda Markaziy Qoʻmitaning aʼzosi, Markaziy Qoʻmitaning 1 plenumida esa, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Doimiy qoʻmitasi aʼzosi etib saylandi
1957-yilning martidan apreligacha Xitoy Kompartiyasining VIII Umumxitoy Kurultoyi qarorlarini targ'ibot va amaliyotga tatbiq qilish maqsadida Den Syaopin Shansi, Shensi va Gansu provinsiyalarida boʻldi. 15-mayda Xitoy yoshlari yangi demokratik ittifoqining III Umumxitoy Qurultoyida tabrik nutqi bilan chiqdi. Noyabr oyida Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy partiya-hukumat delegatsiya tarkibida Sobiq Ittifoqiga tashrif buyurdi.1958-yilning avgustida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Beydayxedagi Siyosiy byurosining kengaytirilgan majlisi ishida ishtirok etdi. Majlisda “Qishloqda xalq kommunalarini tashkil etish haqidagi qaror” qabul qilindi. Sentyabr-noyabr oylarida Xeylunszyan Szemin, Szilin, Lyaonin provinsiyalari, Guansi-Chjuan avtonom tumani, Yunnan, Guychjou va Sichuan provinsiyalarini borib koʻrdi. Noyabr-dekabr oylarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Uxandagi VIII chaqiriq 6 plenumi ishida ishtirok etdi. Plenumda “Xalq kommunalarining baʼzi bir muammolari haqidagi qarorga” tushuntirishlar berdi.Janob Den 1959-yilning yanvarida provinsiyalar, avtonom tumanlar va markazga boʻysinuvchi shaharlar partkomlari sekretarlari majlisiga raislik qildi, maʼruza va yakunlovchi nutq bilan chiqish qildi. Majlisda sanoat va qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvini rivoj- lantirish, bozor uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shu yilning aprel oyida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining VIIIchaqiriq 7-plenumida iqtisodiy va kadr ishlari haqidagi izohlari bilan chiqish qildi. Sentyabrdan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Harbiy kengashi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi.1960-yilning yanvarida Den Syaopin Guanchjouda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Harbiy kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ishtirok etdi. Majlisda armiya va mudofaa qurilishi masalalari muhokama qilindi. Fevral oyida Xenan, Anxoy provinsiyalari va Tyanszin shahridagi vaziyatlarni oʻrgandi. 25-martda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Tyanszinda boʻlib oʻtgan majlisida Mao Szedun gʻoyalarini toʻgʻri tashviq qilish ishlarini olib borish zarurligiga eʼtibor qaratib, nutq soʻzladi. Noyabrdan dekabrgacha Xitoy partiya-hukumat delegatsiyasi boshida Lyu Shaotsi bilan birga Oktyabr inqilobining 43 yilligi munosabati bilan Moskvada boʻlib oʻtgan tadbirlarda hamda kommunistik va ishchi partiyalar vakillari Kengashida ishtirok etdi.1961-yilning martida Guanchjou shahrida oʻtkazilgan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining ishchi majlisida “asossiz tenglashtirish”ga qarshi nutq soʻzladi. Majlisda Qishloq xalq kommunalari faoliyati haqidagi holatlar loyihasi (qisqartirilganda “Qishloq xoʻjaligiga oid 60 band”) qabul qilindi. Majlis ishi yakunida Guandun provinsiyasi boʻylab nazorat sayrini uyushtirdi. Apreldan maygacha “Qishloq xoʻjaligiga oid 60 band”ni tarqatib boʻlgach Pen Chjen bilan birga, joylardagi ahvolni oʻrganish uchun Shuni va Xuayjou uyezdlariga yoʻl oldi. Tekshiruvdan soʻng Mao Szedunga davlat taʼminoti tizimi, don sotib olish va ijtimoiy oziqlanish masalalari boʻyicha oʻz fikrlari bayon qilingan maktubni yoʻlladi. Shu yilning avgustidan sentyabrigacha Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining ishchi majlisida ishtirok etdi. Unda Davlat sanoat korxonalaridagi faoliyat haqidagi holatlar loyihasi (“Sanoatga oid 70 band”) va Mao Szedun maorif vazirligiga bevosita qarashli boʻlgan Oliy oʻquv yurtlaridagi faoliyat haqidagi vaqtinchalik holatlar loyihasi (“oliy taʼlim masalalariga oid 60 band”) qabul qilindi.Den Syaopin 1962-yilning 6-fevralida Markaziy Qoʻmitaning kengaytirilgan ishchi majlisida (“7000 kishilik majlis”) nutq soʻzladi va partiyaning inqilobiy anʼanalarini mustahkamlash va demokratik markazlashtirishni kuchaytirish zaruriyatini taʼkidlab oʻtdi. Shu yilning 7-iyulida esa Markaziy Qoʻmita Yoshlar ittifoqining 3-chaqiriq uchinchi plenumida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tiklash va ishlab chiqarishga oid munosabatlarda moslashuvchan yondashuv zarurligini qayd qilgan holda, nutq soʻzladi.1963-yilning iyulida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi delegatsiyasiga boshchilik qilib Moskvaga yoʻl oldi. Xitoy Kommunistik partiyasining mustaqilligini himoya qilib, Sobiq Ittifoq rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.1964-yilning 19-iyunida Xitoy yoshlari ittifoqining (XYOI) ІX Umumxitoy Qurultoyida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi nomidan siyosiy maʼruza bilan chiqdi. Iyul oyida nazorat safari bilan Szilin va Xeylunszyan provinsiyalarida boʻldi.1965-yil noyabrdan dekabrgacha nazorat safari bilan Xitoyning shimoli-gʻarbiy hududidagi Sichuan, Guychjou va Yunnan provinsiyalarida boʻldi. Shu yilning may oyida “Madaniy inqilob” boshlandi. Buning natijasida asossiz tanqidga uchrab, barcha egallab turgan lavozimlaridan mahrum qilingan. 1969-yilning oktyabrida Szyan Szeminsi provinsiyasining Sinszyan Szemin uyezdiga surgun qilinib, u yerdagi traktor zavodida ishlagan4.
1972-yilning 3-avgustida Den Syaopin partiya va davlat uchun xizmatini davom ettirish istagini bildirib Mao Szedunga maktub yoʻlladi. Mao Szedun Den Syaopinning xizmatlarini ijobiy baholadi hamda u 1973-yilning 10-martida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Koʻmitasi Den Syaopinning partiyaga aʼzoligini hamda Davlat kengashining bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tiklash haqidagi qarorni qabul qildi.
1974-yilning aprelida Den Syaopin BMT Bosh assambleyasining navbatdan tashqari oʻtkazilgan yigʻilishida ishtirok etdi. Avgustda Xitoy Kompartiyasining X Umumxitoy Kurultoyida Markaziy Qoʻmita aʼzosi etib saylandi. Dekabrda Xitoy Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi va Markaziy harbiy Kengashning aʼzosi etib saylandi.1974-yilning aprelida Xitoy delegatsiyasiga boshchilik kilib, Mao Szedunning xalqaro hamjamiyatni “uch olamga” boʻlish haqidagi nazariyasini ifodalab BMTda soʻzga chiqdi.Den Syaopin 1975-yilning yanvarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining Siyosiy byurosi aʼzoligiga tasdiqlandi, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Markaziy Qoʻmitaning Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasiga aʼzo etib saylandi hamda Davlat Kengashining bosh vazir oʻrinbosari, Markaziy harbiy kengashning raisi oʻrinbosari va XMOA Bosh shtabi boshligʻi etib tayinlandi. “Madaniy inqilob”ning xatolarini toʻgʻrilash va har tomonlama tartibga keltirish ishiga kirishdi. Yanvardan oktyabrga qadar partiya majlislarida armiya, mudofaa, metallurgiyani rivojlantirish muammolari, fan va texnika, qishloq xoʻjaligi va boshqa masalalar boʻyicha nutq soʻzladi. Chiqishlarida partiya faoliyatini tartibga keltirishga alohida urgʻu berdi. May oyida rasmiy tashrif bilan Fransiyada boʻldi. Yilning oxirida “Den Syaopin oʻnglarning tanqid qilishi va ularning tajovuzlarini qaytarish” kompaniyasi harakati bilan yana g'ayriqonuniy hukmga uchradi.1976-yilning aprel oyida Pekinda “Tyananmen maydonidagi voqealar” fuqarolarning Chjou Enlay va Den Syaopinni qoʻllab-quvvatlashda oʻz oʻrniga ega edi. Den Syaopin Szyan Szemin Sinning aksilinqilobiy guruhi (“toʻrtlik”) tomonidan barcha lavozimlardan olib tashlandi.
Den Syaopin “Madaniy inqilob” yakun topganidan soʻng, 1977-yilning 10-aprelida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasiga Mao Szedunning gʻoyalarini bir butun yaxlitlik sifatida toʻgʻri tushunish kerakligini aytib, maktub yoʻlladi. Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Den Syaopinning mulohazalarini qabul qildi. 24-mayda Markaziy Qoʻmitaning ikkita rahbari bilan boʻlgan suhbatda “ikkita absolyut” (“Biz rahbar Mao Szedunning barcha qarorlarini qatʼiy himoya qilmogʻimiz lozim”. “Biz rahbar Mao Szedunning barcha koʻrsatmalariga oʻzgartirmay amal qilmogʻimiz lozim”) nazariyasi haqidagi taklif asl g'oyaga muvofiq kelmasligiga ishora qildi. Muhimi, kadrlar bilimi va tajribasiga asosli yondashuvni tavsiflaydigan partiya ichki muhitini yaratish lozim, deb taʼkidladi Den Syaopin.Keyinchalik boʻlib oʻtgan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi X chaqiriq 3-plenumida Den Syaopinni partiya, davlat va armiyadagi barcha rahbar lavozimlarini tiklash haqidagi qarori qabul qilindi. Plenumda u Mao Szedun g'oyalarini bir butunlikda va aniq oʻrganish va tushunish, uning qarashlarining toʻgʻri ilmiy tizimini batamom va toʻliq oʻzlashtirmoq lozimligini aytib, nutq soʻzladi. Den Syaopin mamlakatni qayta qurish, toʻrt yoʻnalish boʻyicha fan va taʼlim sohasidagi ishlarni kuchaytirish, modernizatsiyalashuvni jadallashtirish zaruriyatiga bot bot eʼtibor qaratib, koʻplab majlislarda ishtirok etdi. Nosogʻlom siyosiy koʻrsatmalarga barham berish ishlariga rahbarlik qildi, fan, texnika va taʼlim sohalarida barqaror faoliyatni yoʻlga qoʻydi.
Den Syaopin 1978-yilning 8-martida XXSKK IQ ning Doimiy qoʻmitasi raisi etib saylandi. 18-martda Umumxitoy ilmiy konferensiyasi ochilish marosimida nutq soʻzladi va unda ilm fanning sotsialistik modernizatsiyasi ishidagi muhim oʻrnini eʼtirof etdi. Sentyabrda partiya-hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tashrif buyurdi. Qaytgach, nazorat safari bilan shimoli-sharqning 3 ta provinsiyasi hamda Xebey provinsiyasi va Tyanszin shahrida boʻldi. Nutqlarida vaziyatni toʻgʻri baholash lozimligini, sotsialistik tizimning tub afzalligi uning ishlab chiqaruvchi kuchlarning faol rivojlanishi va ommaning uzluksiz oʻsib borayotgan moddiy, madaniy va hayotiy talablariga koʻmaklashuvida namoyon boʻlishini koʻp marta taʼkidlagan. Shu yilning 10-oktyabrida Germaniya Federativ Respublikasining Ommaviy axborot vositalari (GFR OAV) muxbirlari bilan uchrashdi. Unda Xitoy ochiqlik siyosatini olib borishini, ilgʻor texnologiyalar va uskunalarni xorijdan oʻzlashtirishga tayyor ekanligini qayd qildi.1978-yilning 11-oktyabrida Den janoblari Umumxitoy Kasaba uyushmalari federatsiyasining IX Qurultoyida tabrik nutqi soʻzlab, unda “toʻrt modernizatsiyani” amalga oshirish uchun nafaqat texnik asbob-uskunalar bilan qayta taʼminlanish, balki ommaviy tizimli va tashkiliy islohotni amalga oshirish kerakligini koʻrsatib oʻtdi. Den Syaopin 22-29-oktyabr kunlarida Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan buyurib, “Tinchlik va doʻstlik shartnomasini ratifikatsiya qilish” haqidagi hujjatlarni ayirboshlash marosimida ishtirok etdi. Shu yilning 13-dekabrida esa Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining ishchi kengashi yakunlanishi marosimida mafkuraviy kishanlardan ozod boʻlish va asoslarning asl mohiyatini ochish, jipslashish va oldinga harakat qilish lozimligi haqida nutq soʻzladi.1978-yilning dekabrida Den Syaopin va Chen Yun Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 3-plenumida mafkurani uni boʻgʻib qoʻygan kishanlardan ozod qilish — muhim siyosiy masalalardan biri ekanligini qayd qildilar. “Agar fikrlarning qotib qolishiga, maʼlum maʼnoda ishchi kadrlar va xalq ongining asirligiga nuqta qoʻymasak, toʻrt sohada modernizatsiyani amalga oshirishga erisha olmaymiz”. “Demokratiya ongni eskicha fikrlashdan ozod qilishning muhim imkoniyatidir”, - dedi Den Syaopin.Demokratik qurilishni izchillik bilan olib borish lozim, islohotsiz “to'rt modernizatsiya” ishi yoʻqqa chiqqan boʻlar edi. Xitoy Kompartiyasi Markaziy Koʻmitasining XI chaqiriq 3-plenumida soʻzlagan nutqi eng muhim ahamiyat kasb etuvchi maʼruza boʻldi. «Iqtisodiy siyosat, - dedi Den Syaopin, - gʻayrat bilan ishlashi evaziga muvaffaqiyatlarga erishayotgan hududlar va korxonalar, ishchilar va dehqonlarga oʻz daromadlarini koʻpaytirish va turmush tarzlarini boshqalardan oldin Yaxshilashlari uchun imkoniyat yaratib berishi lozim».Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 3 plenumi ishida oʻta faollik bilan qatnashadi. Plenum partiyaning “dalillarni real baholash” yoʻlini va sinfiy kurashni tushunishga boʻlgan toʻgʻri yondashuvini tasdiqladi, masalaning muhim tomonini - sotsialistik modernizatsiyani amalga oshirishga oʻzgartirish haqidagi strategik qarorni qabul qildi. Mazkur plenum mamlakat hayotida keskin burilish yasagan muhim bosqich tashqi ochiqlik va siyosiy islohotlar oʻtkaziladigan yangi tarixiy davrni boshlab berdi5.
1979-yil 28-yanvardan 6-fevralgacha (Xitoy Xalq Respublikasi va AQSH oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilishi bilanoq) Den Syaopin AQSHga tashrif buyuradi. Bu yangi Xitoy rahbarining AQSHga birinchi tashrifi edi. 30-mart Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining nazariy ishlari masalalari boʻyicha oʻtkazilgan majlisida quyidagi toʻrtta asosiy tamoyilga rioya qilish lozimligini uqdiradi: sotsialistik yoʻldan borish tamoyili, xalq demokratik hokimiyati tamoyili, Xitoy Kompartiyasi rahbarligi va Mao Szedun g'oyalariga amal qilish. Bu aqidalar toʻrt sohadagi modernizatsiyani amalga oshirishda negiz vazifasini oʻtaydi, deya taʼkidladi Den Syaopin. Oʻsha yilning 28-iyunida Xitoyga sakkizinchi marotaba tashrif buyurayotgan “Komeyto” yapon partiyasi delegatsiyasi bilan uchrashadi. Uchrashuv vaqtida u demokratiyani mustahkamlash uchun qonunchilik qurilishini kuchaytirish zarurligini, har ikki jihat –demokratik va qonunchilik qurilishi uchun jiddiy eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlaydi.Janob Den 1978-yil 4-oktyabrda provinsiya, avtonom tumanlar va markazga boʻysinuvchi shaharlar partkomlarining birinchi kotiblari bilan boʻlgan suhbatida iqtisodiy faoliyat muhim ish ekanligini toʻgʻrisida nutq soʻzlab, iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy qonunlarga tayanish lozimgini aytib oʻtdi. Den Syaopin oʻz nutqida xorij sarmoyalaridan foydalanish — iqtisodiy siyosatning muhim yoʻnalishligini hamda korxonalarning mustaqil xoʻjalik yuritishlari huquqini kengaytirish ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keladi, shuning uchun ham, mazkur yoʻlda davom etmoq lozim degan fikrlarni bildirib oʻtgan. 19-oktyabrda esa XXSKK IQ va Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining yagona front boʻlimi nomidan turli demokratik partiya va ittifoqlar, Umumxitoy sanoatchilar assotsiatsiyasi vakillari va tijoratchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. U uchrashuvda nutq soʻzlab, yangi tarixiy davrda yagona front sotsializm va yurt birlashuvi uchun kurashadigan mehnatkashlar va vatanparvarlarni oʻziga birlashtirgan keng ittifoqqa aylanganligini taʼkidladi.1978-yil 26-noyabrda Den Syaopin “Britanika” ensiklopediyasi tahririy Kengashi prezidentining oʻrinbosari va Kanadaning Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti direktori bilan uchrashadi. Suhbat davomida sotsializm xoʻjalik yuritishning bozor modelidan foydalanishga yoʻl qoʻyishi haqida toʻxtalib oʻtadi.1980-yil 16-yanvarda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi majlisida Den Syaopin “Hozirgi kundagi vaziyat va masalalar” haqida maʼruza qildi. Unda iqtisodiy qurilishni markaziy oʻringa qoʻyish kerakligini aytdi. Apreldan may oyiga qadar oʻz chiqishlarida sotsialistik qurilishni yoʻlga qoʻyish zarurligini, real sharoitlardan oʻzni olib qochmaslik va taraqqiyotning zaruriy bosqichlaridan sakrab oʻtmaslikni alohida uqtirdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va xalq farovonligini taʼminlash iqtisodiy siyosatning toʻgʻriligi mezoni boʻlib xizmat qiladi deb takidladi. Shu yilning 31-mayida qishloq xoʻjaligi masalasidagi suhbatda joydagi aniq vaziyatdan kelib chiqish lozimligini va moslashuvchan siyosatni amalga oshirish kerakligini aytdi. 18-avgustda esa Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosining kengaytirilgan majlisida “Partiya va davlat boshqaruvi islohoti haqida”gi maʼruzasi bilan chiqdi. Unda joriy tizimdagi byurokratizm, patriarxal bidʼatlar, meʼyordan ortiq markazlashuv, partiya va davlat organlari funksiyalarining aralashib ketganligi, imtiyozlar fenomeni va boshqa shu kabi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida rejali bosqichma-bosqich islohot oʻtkazish zarurligini qayd qildi. Keksa ishchi kadrlarni qoʻllab- quvvatlash va yosh kadrlarga yoʻlni boʻshatib berish uchun nafaqa tizimi yaratishni taklif qildi. Oʻsha yilning 21- 23-avgust kunlari italiyalik jurnalist ayol bilan boʻlgan suhbatda Mao Szedunning xizmatlari va kamchiliklarini toʻgʻri baholash kerakligiga toʻxtalib oʻtdi. Mao Szedunning xizmatlari birinchi, xatolari ikkinchi darajali ekanligiga eʼtibor qaratdi. 1980-yilning sentyabrida Den Syaopin Davlat Kengashining bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
1981-yilning iyun oyida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 6-plenumida “Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan buyon Xitoy Kompartiyasi tarixiga oid baʼzi masalalar boʻyicha qaror” qabul qilindi. Unda “madaniy inqilobga” nihoyatda salbiy baho berilgan, Mao Szedunning tarixiy roli har tomonlama baholangan va uning gʻoyalarini oʻrganish va rivojlantirish zaruriyati haqida nizom ilgari surilgan. Plenumda Den Syaopin Markaziy harbiy kengashning raisi etib saylangan. Shu yilning 2-iyulida provinsiyalar, avtonom tumanlar va markazga boʻysinuvchi shaharlar partkomlari kotiblari bilan boʻlgan suhbatda keksa kadrlarning eng muhim vazifasi - oʻrta yoshli va yosh kadrlarni tanlab olib, ularni koʻtarishdan iborat ekanligini aytib oʻtdi.1982-yilning 10-aprelida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi majlisidagi nutqida sotsialistik yoʻldan borishning toʻrt shartini ilgari surdi. Bular: tizimni isloh qilish, sotsialistik axloqiy madaniyatni yaratish, iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish, partiya faoliyati uslubi va tashkillashtirilishini tartibga solish. “Ishga ikki qoʻl bilan kirishishni – bir qoʻl bilan tashqi ochiqlik siyosati va iqtisodiy islohotlar oʻkazish, boshqasi bilan iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish” zarurligini qayd qildi.
Den Syaopin 1982-yil 6-mayda Liberiya prezidenti D. Dou bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida “Biz bir tomondan, ochiqlik siyosati, boshqa tomondan, avvalgidek, oʻz kuchlarimizga tayanib ish koʻrayapmiz”, deya taʼkidladi. Shu yilning 21-avgustida BMTning Bosh kotibi X. Peres de Kuelyar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Xitoy “uchinchi olam” mamlakati ekanligini, gegemonizmga qarshi va tinchlik himoyasi tarafdori ekanligini aytdi. Janob Den Xitoy Kompartiyasining XII Umumxitoy Qurultoyida nutq soʻzladi va xitoy uslubidagi sotsializm qurish shiorini olgʻa surdi. 12-13-sentyabr kunlari Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XII chaqiriq 1 plenumi boʻlib oʻtdi. Unda Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Koʻmitasi Siyosiy byurosining Doimiy koʻmitasi aʼzosi etib saylandi va Markaziy harbiy kengashga rais etib tayinlandi. 13-sentyabrda Maslahatchilar markaziy komissiyasining birinchi yalpi majlisida komissiyaning raisi etib saylandi.1982-yil 18-sentyabr kuni Den Syaopin Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Kengashining bosh kotibi Kim Ir Sen bilan birga Sichuan provinsiyasida boʻldi. 24-sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning bosh vaziri M. Tetcher bilan uchrashdi va xonimga Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari oʻrtasidagi muzokaralarning keyingi asosiy yunalishini bildirgan holda, Syangan masalasi boʻyicha Xitoyning nuqtai nazarini bayon qildi.1983-yilning 12-yanvarida Davlat iqtisodiyot koʻmitasining Davlat reja qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbariyati bilan boʻlgan suhbatda Den Syaopin barcha harakatlar Xitoyga xos boʻlgan sotsializmni kurishga yo'naltirilishi lozimligini qayd qildi hamda agrar sohasi muhim boʻgʻin ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shu yilning iyunida Xalq vakillarining Umumxitoy Kurultoyi VI chaqiriq 1-sessiyasida Markaziy harbiy kengashning raisi etib saylandi.
Den Syaopin 1983-yil 26-iyunda AQSHning Nyu Jersi shtatidagi Seton-Xolls universiteti professori Yan Liyuy bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Xitoyning mintaqaviy qismi va Tayvanni tinchlik yoʻli bilan birlashtirish haqidagi masalaga toʻxtalib oʻtdi. Shu yilning 1-iyulida «Den Syaopinning tanlangan asarlari (1975— 1982 yy.) 1 jildi nashrdan chiqdi. 8-iyulda esa, Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining masʼul xodimlari bilan boʻlgan suhbatda xorij mamlakatlarining intellektual boyliklaridan foydalanish va tashqi ochiqlikni kengaytirish lozimligini uqtirdi. Den Syaopin 19-iyulda dengiz boʻyidagi shahar Beydax da Ijtimoiy xavfsizlik vazirligi rahbarlari bilan boʻlgan suhbatda xalq manfaatlarini himoya qilish maqsadida ogir jinoyatlarga qarshi kurashish zaruriyatini taʼkidladi. 12-oktyabrda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XII chaqiriq 2-plenumida Den Syaopin mafkuraviy frontda maʼnaviy buzilishlarga qarshi kurashish lozimligini taʼkidlagan holda, “Partiyaning tashkiliy va mafkuraviy frontlardagi zaruriy vazifalari” mavzusida maʼruza qildi.1984-yilning fevralida Guandun va Fuszyan Szemin provinsiyalariga qilgan nazorat safarlari natijalari boʻyicha maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi haqidagi qarorga oʻzining ijobiy bahosini berdi va ochiq tumanlar hisoblangan shaharlarni koʻpaytirishni taklif qildi. Shu yilning aprelida Den Syaopinning taklifiga koʻra, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va Davlat Kengashi bir necha dengiz boʻyi shaharlari vakillari ishtirokida suhbat uyushtirdi, 4-mayda 14 ta dengiz boʻyi shaharlariga ochiq shahar maqomi berilganligi xabar berilgan sirkulyarni joylarga tarqatdilar. Oʻsha yilning 22 va 23-iyun kunlari Den Syaopin Syangan sanoatchilar va savdogarlar delegatsiyasi, shuningdek, Chjun Shiyuan va Syanganning atoqli arboblari bilan uchrashdi. Ular bilan boʻlgan suhbatda “bir davlat ikki tuzum” tamoyili boʻyicha Syangan va Tayvan masalalarini hal qilish yoʻli oʻzgarmasligini qayd qildi. 30-iyunda esa Xitoy va Yaponiya norasmiy doiralari arboblari Kengashining 2 sessiyasi ishida qatnashayotgan yapon delegatsiyasi bilan uchrashdi. Suhbat davomida sotsialistik qurilish bosqchining asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish ekanligiga eʼtibor qaratdi.1984-yil 1-oktyabrda Den Syaopin Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganligining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan paradni kuzatdi va nutq soʻzladi. Shu yilning 20-oktyabr Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XII chaqiriq 3-plenumida “Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining iqtisodiy tizimni isloh qilish haqidagi qarori” qabul qilindi. 22-oktyabrda Den Syaopin Maslahatchilarning Markaziy komissiyasi 3-yig'ilishida nutq soʻzladi.1984-yilning dekabrida Den Syaopin Syangan masalasi buyicha qoʻshma deklaratsiyani imzolash marosimida ishtirok etish uchun Xitoyga kelgan M. Tetcher bilan uchrashdi. Tayvan haqidagi masalaga toʻxtalib oʻtib, Den Syaopin shunday dedi: “Biz Tayvan masalasini tinch yoʻl bilan hal qilishga qatʼiy intilmoqdamiz, biroq masalani boshqa yo'l bilan ham hal qilish imkoniyatidan voz kechmaymiz. Biz harbiy kuchlarni qoʻllashdan voz kechishga vaʼda bera olmaymiz”". Mamlakat iqtisodining yoʻlga qoʻyilishi, tashqi ochiqlik siyosatining amalga oshirilishi - bu asosiy siyosatdir. Den Syaopin iqtisodiy faoliyatda birinchi oʻrinda eʼtiborni qishloq hududlariga qaratish, Xitoyning ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyoti, eng avvalo, qishloq hududlarining rivoji va dehqonlar ahvolining yaxshilanishiga bogʻliqligi to'g'risida asosiy g'oyalarni ilgari surdi.Den Syaopin 1985-yilning 19-yanvarida Syangan ishbilarmon doiralari delegatsiyasi bilan uchrashdi. Suhbat paytida Xitoyning tashqi ochiqlik va xorij sarmoyalarini jalb qilish siyosati uzoq muddatli xarakterga ega ekanligini maʼlum qildi. 4-martda Yaponiyaning “Nisse” Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davrida tinchlik va taraqqiyot - dunyodagi ikki katta muammo ekanligini aytdi. 7-mart da ilmiy-texnika faoliyati muammolari buyicha oʻtkazilgan Umumxitoy majlisida “Ilm va texnika sohasidagi tuzilmaviy islohot ishlab chiqaruvchi kuchlarni ozod qilishga qaratilgan” mavzusida Den Syaopin maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolarining yuksak ahloqiy va madaniy qatlamini, munosib ideallarni tarbiyalash va shakllantirish muhimligini taʼkidladi.Den Syaopin 1985-yilning 4-iyunida Markaziy harbiy kengashining kengaytirilgan majlisida Xitoy rahbariyati armiya shtat miqdorini 1 mln kishiga qisqartirishga qaror qilganligini eʼlon qildi va Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 3 plenumidan soʻng, xalqaro vaziyatni baholashdagi ikkita oʻzgarishni bayon qildi. Shu yilning 11-iyulida Den Syaopin Markaziy Qo'mita boshliqlarining joriy iqtisodiy vaziyat haqidagi maʼruzalarini tinglagach, kelajakda islohotsiz taraqqiyot boʻlmasligini, tutilayotgan imkoniyatlardan foyladangan holda, islohotni tezlashtirmoq lozimligini bildirdi.1985-yil 28-avgustda Afrika Milliy ittifoqi raisi, Zimbabve bosh vaziri R. Mugabe bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida islohotlar - Xitoy ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning qatʼiy yoʻli ekanligini taʼkidladi. 23-sentyabr kuni esa Umumxitoy partiya konferensiyasida nutq soʻzlab, islohot jarayonida sotsializmning ikkita asosiy tamoyili davlat mulkining yetakchi roli tamoyili hamda maʼnaviy madaniyat yaratishni mustahkamlashga qatiy rioya qilish lozimligini uqtirdi.1986-yilning 17-yanvarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosining Doimiy qoʻmitasida Den Syaopin quyidagi mazmunda nutq soʻzladi: «Toʻrt modernizatsiyani amalga oshirish ishida “ikkita qoʻl” bilan harakat qilmoq joiz, bir qoʻl bilan eplab boʻlmaydi. Ikki qol bilan harakat qilish, bu bir qoʻl bilan qurilishni mahkam tutib, boshqasi bilan qonuniylikka rioya qilishdir». U “sotsialistik modernizatsiya muvaffaqiyati garovi boʻlgan hamda qurilish ishlarimizga putur yetkazayotgan shaxslar va harakatlarga munosib qarshi zarba bera oladigan” xalq demokratik boshqaruvini himoya qilish lozimligini taʼkidladi.
Den Syaopin 1986-yilning 28-martida Yangi Zelandiya bosh vaziri D.Longi bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Xitoyda madaniyat qurilishi ikki: moddiy va maʼnaviy usulda olib borilayotganini bildirib, ochiqlik sharoitlarida alohida noxush holatlar kelib chiqishi, xalqning kuchi, qonunchilik ishi va tarbiyaga tayangan holda, bu muammoni hal qilinishi togrisida fikr bildirdi. Shu yilning 19-aprelida Syangan ishbilarmon doiralari vakillari Bao Yuygan, Van Kuanchen, Xo Indun, Li Chjaoszi va boshqalar bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida maʼrifatbhar qanday millatning asosiy masalasi ekanligini taʼkidladi.
1986-yil 2-sentyabr kuni janob Den Si-Bi-Es telekompaniyasining “60 daqiqa” dasturi boshlovchisi Mayk Uollesga bergan intervyusida Xitoy va Sobiq Ittifoq, Xitoy va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar, Tayvan masalasi, modernizatsiya islohoti va qurilishi haqidagi savollarga toʻliq javob berdi. Shu yilning 28-sentyabrida esa Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XII chaqiriq 6 plenumida sotsial-maʼnaviy madaniyatni kurish haqidagi qaror loyihasini ko'rib chiqish davomida toʻrt sohadagi modernizatsiya sotsialistik modernizatsiyaning aynan oʻzi ekanligini taʼkidladi.Den Syaopin 1986-yilning sentyabr va noyabr oylarida suxbatlarda koʻp bora siyosiy tizim islohoti iqtisodiy tizim islohotiga muvofiq kelishi kerakligini qayd qildi. Uning fikricha uch maqsadga intilish kerak: birinchidan, partiya va davlatning hayotiy kuchini avvalgidek saqlab qolmoq, ikkinchidan, byurokratizmni yengib o'tib, ishning samaradorligini oshirmoq. uchinchidan, ishchilar, dehqonlar va ziyolilarning faolligini oshirmoq. Joriy yilning 19-dekabrida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi masʼul xodimlarining joriy iqtisodiy vaziyat va keyingi yildagi oʻtkaziladigan islohotlar boʻyicha takliflar haqidagi maʼruzasini tinglagach, korxonalar islohoti asosan davlat yirik va oʻrta korxonalari xoʻjalik yuritishini yoʻlga qoʻyish masalasini hal qilishga qaratilganligini qayd qildi. Den Syaopin 1987-yilning yanvar mart oylarida talabalar muammolariga alohida ahamiyat berib, to'rt asosiy tamoyil ruhida tarbiyaviy ishlarni olib borishni kuchaytirish lozimligini, aniq fikrga ega boʻlishni, kapitalistik liberalizatsiyaga qarshi chiqish, puxtalik bilan sotsialistik qurilishni olib borish zarurligini ko'p bora taʼkidladi. Shu yilning 6-fevralida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining boshqaruvchi xodimlari bilan boʻlgan suhbatda reja va bozor ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot yoʻli ekanligiga ishora kildi.1987-yil 13-aprelda janob Den Xitoy Xalq Respublikasi va Portugaliya hukumatlarining Aomin masalasi boʻyicha Qoʻshma deklaratsiyasi imzolanishi marosimida qatnashdi. 16-aprelda Syangan maxsus maʼmuriy hududi haqidagi Xitoy Xalq Respublikasi Asosiy qonuni ishlanmasi boʻyicha komissiya aʼzolari bilan uchrashdi va nutq soʻzladi. Unda “bir davlat, ikki tuzum” yoʻnalishiga muvofiq birlashuv haqidagi masala hal qilinganidan soʻng Syangan, Aomin va Tayvanga nisbatan siyosat 50 yil davomida oʻzgarmasligini taʼkidladi. “Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, 50 yil oʻtishi bilan oʻzgarishlarga ehtiyoj umuman boʻlishi mumkin emas” degan fikr uchrashuv davomida Den Syaopin tomonidan aytildi. Xitoyning kontinental qismidagi sotsialistik tizimning oʻzgarmas xarakteri buning uchun zamin hozirlaydi.1987-yil 30-aprel kuni Xitoy islohotlarining otasi Den Syaopin Ispan sotsial ishchi partiyasi bosh kotibining muovini, Ispaniya hukumati raisi oʻrinbosari A. Geroy bilan uchrashdi. Suhbat davomida Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining strategik maqsadlarini uch bosqich boʻyicha bayon qildi. Birinchi bosqich 1980-yillarga YAIMni ikki barobar oshirish, kishi boshiga YAIM oʻrtacha koʻrsatkichini 500 AQSH dollari darajasigacha ko'tarish. Ikkinchi bosqich — asr oxiriga YAIMni 2 hissa koʻpaytirish, kishi boshiga YAIM oʻrtacha koʻrsatkichini 1000 AQSH dollariga yetkazish, Xitoyni oʻrtacha toʻkin-sochinlik mamlakatiga aylantirish. Uchinchi bosqich keyingi asrning birinchi 30-50 yilida YAIMni 4 barobarga koʻpaytirish, kishi boshiga YAIM oʻrtacha koʻrsatkichini 4000 AQSH dollariga yetkazish6. Ana shunda xitoyliklarning turmush saviyasi jahonning oʻrta rivojlangan mamlakatlari turmush saviyasi bilan taqqoslasa boʻladigan holga kelishi to'grisida bayon qildi.Den Syaopin 1987-yil 4-iyulda Bangladesh Respublikasi Prezidenti X.Ershad bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida Xitoy siyosati va tutgan yoʻllarida 2 ta eng muhim jihat borligini aytdi: birinchisi, islohot va ochiqlikni amalga oshirish, ikkinchisi, toʻrt asosiy tamoyilni qo'llab quvvatlash hamda ikki jihat oʻzaro bogʻliqligi to'grisida fikrlar aytildi.Den Syaopin 1987-yilning oktyabrida Xitoy Kom- partiyasining XIII Umumxitoy Kurultoyida qatnashdi. Noyabr oyida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi XIII chaqiriq 1-plenumi qaroriga binoan, Markaziy harbiy kengashning raisi etib tayinlandi.1988-yilning 23-yanvarida Den Syaopin dengiz boʻyi hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti va tashqi ochiqligi surʼatlarini tezlashtirish haqidagi maʼruzani maʼqulladi. Rezolyutsiyada quyidagicha yozib qoʻyilgan edi: “Men toʻliq roziman. Imkonni qoʻldan boy bermay, ishga dadil kirishmoq, surʼatlarni jadallashtirmoq lozim”
1988-yil 2-noyabrda Den Syaopin Guansi-Chjuan avtonom hududining 30 yilligi munosabati bilan yodgorlik dasxatini kuydi: “Modernizatsiya qurilishini jadallashtirish, turli millatlarning umumiy farovonligini rag'batlantirish”. Shu yilning 21-dekabrda Hindiston bosh vaziri R.Gandi bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida tinch yashashning besh tamoyili asosida yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartib oʻrnatish lozimligini; taraqqiyot masalasiga umuminsoniy nuqtai nazardan yondashmoq lozimligi toʻgʻrisida taʼkidladi.Den Syaopin 1989-yil 26-fevralda AQSH Prezidenti J. Bush bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida Xitoyning bosh masalasi barqarorlik ekanligini taʼkidladi. Barqarorliksiz islohot va ochiqlik hamda umuman, iqtisodiy qurilish haqida gapirishdan naf yoʻqligini aytib oʻtdi.Shu yilning 4-martida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qomitasining boshqaruvchi xodimlari bilan suhbat davomida mamlakatda tartibsizliklarga yo'l qo'yilmasligiga, yoshlarning mafkuraviy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratdi. Aprelda Pekinda yuz bergan tartibsizliklar vaqtida ikki marta nutq soʻzladi va Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy Qoʻmitasining tartibsizliklarni toʻxtatish va vaziyatni barqarorlashtirish haqidagi qarorini qoʻllab quvvatlashini bildirdi.1989-yil iyunda boʻlib oʻtgan Xitoy Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasining XIII chaqiriq 4-plenumida Szyan Szemin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining bosh kotibi etib saylandi. Joriy yilning avgust oyida Den Syaopinning asarlari toʻplami (1938-1965) chop etildi. 4-sentyabrda esa Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi rahbariyati bilan suhbat davomida Den Syaopin shunday dedi: “Xitoy oʻzi tanlagan sotsialistik yoʻldan muqarrar borajak. Hech kim bizni yenga olmaydi. Xalqaro vaziyatni bosiqlik bilan kuzatish, oʻz mavqeini mustahkamlash, vazmin reaksiyani namoyish qilish lozim”.1989-yilning noyabrida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XIII chaqiriq 5-plenumi, Den Syaopinning Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi Harbiy kengashi raisi lavozimidan isteʼfoga chiqish haqidagi iltimosnomasini qondirdi. 20-noyabrda esa Den Syaopin eski qadrdonlari, ikkinchi dala armiyasi faxriylari bilan uchrashdi, ular bilan shonli jangovar yurish xotiralarini yodga oldi. Shu yilning 1-dekabrida Ye.Sakurauti boshchiligidagi xalqaro savdo taraqqiyotiga koʻmaklashuvchi yapon uyushmasi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida davlatning suvereniteti va xavfsizligini doimo birinchi oʻringa qoʻyish lozimligini taʼkidladi.1990-yil 17-fevralda Den Syaopin Xitoy Xalq Respublikasining Syangan haqidagi Asosiy qonunini ishlab chiqish boʻyicha komissiyaning 9- yalpi majlisi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Shu yilning 3-mart kuni Xitoy Kompartiyasi Markaziy Koʻmitasining masʼul xodimlari bilan suhbat davomida Xitoy gegemonizm va kuch ishlatiladigan siyosatga qarshi tura oladimi, sotsialistik tuzumga amal qila oladimi degan savolga javob, asosan oʻsishning yuqori surʼatlariga erishish va taraqqiyot strategiyasini amalga oshira olish olmasligiga bog'likligini aytdi. Mart oyida esa Umumxitoy xalq vakillari yigilishining (UXVY) VII chaqiriq 3-sessiyasida Den Syaopinning Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi raisi lavozimidan ozod qilinishi haqidagi iltimosnomasi qondirildi.1991-yil yanvaridan fevraligacha Den Syaopin nazorat safari bilan Shanxayda boʻldi. Shahar boshliqlari bilan boʻlgan suhbatda yangi Pudun hududini oʻzlashtirishni tezlashtirish haqidagi taklifini va bu ishni ikkilanmasdan bajarish kerakligini aytadi. 20-avgustda esa, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi rahbariyati bilan bulgan suhbatda islohotlar va ochiqlik kursi Xitoyning taqdirini belgilab beruvchi muhim chora ekanligini taʼkidlaydi.Den Syaopin 1992-yilning yanvar-fevral oylarida Uchan, Shenchjen, Chjuxay va Shanxay shaharlaridagi ahvol bilan tanishadi. Safar davomida yig'ilganlar oldida nutq soʻzlaydi. Xalqaro va ichki vaziyatni tahlil qilib chiqadi, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 3-plenumidan keyin Xitoy Kompartiyasi tayyorlagan xulosani umumlashtiradi, rejali va bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning ikki usuli ekanligini aytib, koʻplab muhim savollarga aniq javob beradi. Shu yilning oktyabr oyida Xitoy Kompartiyasining XIV Umumxitoy Kurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda iqtisodiy tizim islohotining maqsadi, yaʼni sotsialistik bozor iqtisodiyotini qurish va butun partiyani Den Syaopinning Xitoyga xos sotsializm qurish haqidagi nazariyasi bilan qurollantirish borasidagi strategik masalalar ilgari surilgan edi.1993-yil 2-noyabrda “Den Syaopinning tanlangan asarlari " ning uchinchi jildi dunyo yuzini koʻrdi. Shu munosabat bilan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi majlis oʻtkazdi va unda Szeyan Szemin soʻzga chiqdi. 1994-yil 2-noyabrda «Den Syaopin saylanma” toʻplamining oʻzgartirilgan va toʻldirilgan ikkinchi va uchinchi jildlari dunyoga keldi.Den Syaopin 1994-yildan to umrining soʻnggi kunigacha oila aʼzolari davrasida oʻtkazdi. Uni onda-sonda jamoat bilan koʻrish mumkin edi.1997-yil 19- fevral kuni Xitoyning atoqli davlat arboblaridan biri hisoblangan Den Syaopin 97 yoshida vafot etdi.


Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling