Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mazvuning dolzarbligi


II. Den Syaopin - Xitoy islohotlari meʼmori, xx asrning nodir siyosiy arbobi


Download 409 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi409 Kb.
#1537516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Den Syaopin

II. Den Syaopin - Xitoy islohotlari meʼmori, xx asrning nodir siyosiy arbobi
XXI asrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksakliklar tomon Xitoyning yoʻli mashaqqatli boʻldi. 1911-yildagi inqilob koʻp asrlik monarxiyaga yakun yasab, uning Respublika tarzida rivojlanishiga manba bulib xizmat qildi. XX asrning muhim tarixiy sanalaridan biri 1949-yil boʻlib, 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi eʼlon qilindi.Shuni taʼkidlash joizki, siyosiy jihatdan Xitoy XX asr boshida yagona davlat emasdi, asr oxiriga kelib ham bunga erisha olmadi. Xitoy Xalq Respublikasi va Tayvandagi Xitoy Respublikasi ikkita turli ijtimoiy- siyosiy tizimning muvaffaqiyati timsoli hisoblanadi. Yarim asrdan ortiq ayricha mavjudlik hamda XX asrning oxirgi oʻn yilligidagi koʻp yillik adovatdan soʻng qitʼa va orol o'rtasida ularning siyosiy va iqtisodiy kelajaklari asoslarini shakllantiradigan yetarlicha mustahkam, muntazam kengayib boruvchi, oʻzaro manfaatli aloqalarga asos solindi.Qitt'ada bir necha yillar davomida, 1949-yildan soʻng, markazlashgan davlat tashkil qilingan, harbiylar tomonidan vayron qilingan xalq xoʻjaligi tiklangan edi. Aynan shu davrdan boshlab siyosiy tuzilmalar va jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot muammolari bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega boʻldilar.Oʻz-oʻzini anglash va izlash yuqori darajada og'ir jarayon boʻldi. Xom xayol, aqida va izzattalablik, siyosiy ekstremizm va murosasizlik, qashshoqlik va savodsizlik taʼsiri ostida "katta sakrash" va “madaniy inqilo"ni vujudga keltirgan, bu anglash va izlanish uchun mamlakat oʻnlab million insonlar hayoti bilan tovon toʻladi. U siyosiy jinoyat, muvaffaqiyatsizlik, kamchiliklardan oʻziga saboq olishga kuch toʻplab, bilim va tajriba orttirdi hamda XX- XXI asrlar boʻsagʻasida hayratlanarli iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy muvaffaqiyatlarga erishdi7.
Bularning barchasi ortida Xitoy Kompartiyasi siyosatida tarixiy burilishni amalga oshirishda muhim rol oʻynagan «Xitoy islohotlari meʼmori” Den Syaopinning shaxsiyati turadi. 16 yoshlik yigit Den Syaopin Sisyan (Syaopin taxallusini 1927-yilda Xitoy Kompartiyasi maxfiy faoliyat yurita boshlagan davrda olgan) 1920-yilda Xitoy oʻquvchilari guruhi bilan Fransiyaga ketadi.1927-yilning bahorida u oʻz yurtiga qaytadi. Den Syaopinning Xitoydagi inqilobiy faoliyati Sun Yatsen nomidagi Sian harbiy-siyosiy bilim yurtida boshlanadi. U yerda siyosiy boʻlim boshli'gi va partiya tashkiloti kotibi vazifalarini bajaradi. Den Syaopin 20 yildan ortiq umrini harbiy xizmatda oʻtkazgan.1945-yilda Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi aʼzosi, 1955-yilda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi aʼzosi, 1956-yilda esa, VIII syezdda Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining bosh kotibi etib saylangan. 1977-yilda Den Syaopin Xitoy Kompartiyasi Markaziy Kumitasi raisi oʻrinbosari, 1982-yil Xitoy Kompartiyasining XII Kurultoyida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosining Doimiy qoʻmitasi aʼzosi va Xitoy Kompartiyasi Maslahatchilari Markaziy Komissiyasining raisi etib saylanadi. 1952-yildan 1980-yilgacha bir necha marotaba Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan. 1983-yildan 1988-yilgacha Butunxitoy Xalq siyosiy konsultativ kengashi Qo'mitasi raisi vazifasini bajargan.60 yillik faoliyati davomida Den Syaopin uchun eng og'ir davr u ikki karra taʼqibga uchragan “madaniy inkilob” davri boʻlgan. U va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Lyu Shaotsi oʻsha paytda “partiyada hokimiyat ustida turgan, kapitalistik yoʻldan borayotgan eng yirik shaxslar” deb eʼlon qilingan edilar8.
Mao Szedunning oʻlimi va uning sodiq safdoshlarini siyosiy sahnadan chetlashtirishgina Xitoy xalqining jonli tanasida amalga oshmaydigan ijtimoiy tajribalarni oʻtkazishga nuqta qoʻydi. Mao Szedunning Xitoy jamiyati xayotiga g'oyaviy taʼsirini saqlab qolishga urinish muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Shu davrdan boshlab Xitoyda sotsializmni amalga oshirishning real yoʻllarini izlashga kirishildi. Bu ish nazariy koʻrsatmalarni mukammal koʻrib chiqish, Mao Szeduncha siyosiy tajribadan voz kechish bilan tavsiflanadi.“Madaniy inqilob” boshlanganidan deyarli olti yil oʻtgach, Den Syaopin yana Xitoy rahbariyatida paydo boʻldi. Shuni taʼkidlash lozimki, 1975-yil “madaniy inqilobning” Xitoy xalqi hayotidagi eng murakkab va qiyin boʻlgan soʻnggi yillaridan biri boʻldi.Mamlakatda hanuz keyinchalik “toʻrttovlon guruhi” deb nomlangan yetakchilar ustuvorlik qilar edilar, asossiz katag'on davom etardi. Mao Szedun tobora ishlardan yiroqlashdi. Chjou Enlay ogʻir kasalga duchor boʻlishiga qaramay, iqtisodiy hayotni maʼlum darajada ushlab turgan edi.«Mamlakat uchun ogir boʻlgan bunday paytda,- deb yozgandi Xitoy Xalq Respublikasining sobiq raisi Yan Shankun, oʻrtoq Den Syaopinga partiya va hukumatda kundalik ishni olib borish kabi masʼuliyatli vazifa topshirilgan edi»!Biroq 1976-yilning aprelida Den Syaopin “madaniy inqilob” davri ichida ikkinchi marotaba barcha partiya va davlat mansablaridan ozod etildi, ammo “aybini yuvish imkoniyatiga” ega boʻlish uchun partiyada koldirildi9.
Faqatgina 1977-yilning iyulida Den Syaopin Xitoy Kompartiyasining rahbariyatida yetakchi oʻringa ega boʻldi. Aynan shu paytda barcha narsada ishchan yondashuvga asoslanib, haqiqiylikdan kelib chiqqan holda, faoliyat yuritishga daʼvat etuvchi shior paydo boʻldi.Mazkur shior ostidagi harakat Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XI chaqiriq 3 plenumiga sabab bo'ldi, bu plenum 1978-yil 18-22-dekabrda boʻlib oʻtdi. Sinxua agentligi taʼkidlashicha, Den Syaopin hamda katta avloddagi boshqa proletar inqilobchilar Xitoy Kompartiyasi va Xitoy davlatining yangi iqtisodiy siyosati va yangi iqtisodiy kursini ishlab chiqqan plenumni muvaffaqiyatli oʻtkazilishini taʼminlab bergan batafsil tayyorgarlikni amalga oshirdilar. Xitoyshunos olimlarning fikricha, aynan shu paytdan boshlab Xitoy xalqi Xitoy xususiyatiga ega boʻlgan sotsializm qurish yo'liga kirishdilar.Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XI chaqiriq 3 plenumi partiya faoliyatining asosiy qismini iqtisodiy sohaga qaratishga qaror qildi. V.V.Karlusov fikricha, mulk tuzilmasining modernizatsiyasi, mulkiy munosabatlarni total etatizatsiyalashgan modelidan plyuralistik, bozor modeliga oʻtishi iqtisodiy tizim islohotining muhim tarkibiy qismi boʻlib, 80 yillarda Xitoy erishgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlarning asosiy manbalaridan biridir.Iqtisodni davlat tasarrufidan chiqarish, mulk va xo'jalikning “muqobil” shakllarini vujudga kelish jarayoni tahlil qilinayotgan davrda izchil rivojlanishiga qaramay, toʻsiq va maummolarga duch keldi. Xorijlik Xitoyshunoslar koʻp marotaba eʼtiborini qaratgan qator sabablardan biri siyosiy islohotning iqtisodiy islohotdan sezilarli darajada qoloqligi, Xitoy Xalq Respublikasida “sotsializmning anʼanaviy, davlat monopolistik modelidan munosabatlarni siyosatlashtirishdan meros qolgan hodisalarning saqlanib kolishidir”80 yillarda Xitoyning siyosati 50-70 yillar davriga nisbatan jiddiy tuzilmaviy oʻzgarishlarni boshdan kechirib, u yoki bu darajada iqtisod, iqtisodiy fan, xoʻjalik xuquq va boshqalarga “qoʻmondonlik qilishda”, ularni oʻz ortidan ergashtirishda davom etdi.Mazkur borada Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar akademiyasining (IFA) vitse-prezidenti boʻlgan Lyu Goguananing fikrini keltirish mumkin, xususan u “islohotning taqdiri Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan Xitoy iqtisodiy siyosati bilan uzviy bog'likdir”, deb taʼkidladiAna shuning uchun ham, Den Syaopinning ishchi kengashning 1978-yil 13-dekabrdagi yakuniy majlisidagi maʼruzasi muhim ahamiyatga ega edi.Shuni taʼkidlash joizki, mazkur chiqish bir paytning oʻzida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasisining 3- plenumidagi bosh hisobot maʼruzasi hamdir. Hisobotning vaʼdali sarlavhasi quyidagicha edi: “Fikrlashni erkinlashtirish, sababni haqiqatlardan izlash, birdamlik va olg'a qarash”10.
Den Syaopin fikri boʻyicha haqiqat mezonlari haqidagi bahs aslida “fikrlashni erkinlashtirish kerakmi?”, “agarda biron bir partiya, davlat yoki millat doimo faqat oʻtmishga tayansa, agarda ular fikrlash qotib qolishiga hamda koʻr ko'rona eʼtiqod rivojlanishiga imkoniyat bersa, olinga harakat boʻlmay, hayotiy funksiyalar toʻxtab qoladi va mazkur partiyalar va millat yoʻq boʻlib ketadi”Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining 3 plenumi avtomatik ravishda emas, balki mantiqan yangi iqtisodiy siyosat, islohotlar kursi, rahbariyatni asta sekin yoshartirish hamda Den Syaopin taklif qilgan yoʻnalishda qayta qurishga yoʻl ochib berdi.Shu bilan bir qatorda, shuni taʼkidlash lozimki, Gʻarb yordami hamda rivojlanish surʼatlarining jadallashishini hisobga olgan rahbariyat tomonidan umumiy tarzda ishlab chiqilgan iqtisodiy rejalarni qayta koʻrish masalalari Markaziy Qoʻmitaning 3-plenumida emas, balki undan keyinroq batafsil oʻrganiladi. 1978-yildagi tashqi dunyo uchun ochiqlik siyosati hali ham toʻliq Gʻarbga yo'naltirilgan edi.1979-yilning yanvarida Xitoy AQSH bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatadi. 1978-yilning noyabrida Den Syaopin Tokioda yirik yapon kapital qoʻyilmalari haqida muzokaralar olib boradi, 1979-yilning fevralida esa, Qo'shma Shtatlarga tashrif buyurib, sarmoyalarni nafaqat Xitoy iqtisodiga qoʻyishga, balki oʻsha paytda oʻzi birinchi raqamli xavf deb tavsiflagan Sobiq Ittifoqga qarshi yagona frontni tashkil qilishga daʼvat etadi.Oʻsha davrning yetakchi iqtisodchilari (masalan, Chen Yun va boshqalar) qarzga yetaklovchi kapitalistik kreditlar asosida yotgan rivojlanishning xavfini ko'rsatgan edilar. Ular “agarda iqtisodning maqsadi umuman va keyingi davrda ham modernizatsiya boʻlib qolsa, unga faqatgina harbiy chiqimlarning qisqarishi yoʻli bilan erishish mumkin”, degan fikrni bergan edilar.
1979-yilning bahorida Xitoyda dekabr plenumining qarorlarini toʻgʻri talqin qilish haqida bahs yuritildi: jamiyatda belgilangan oʻzgarishlar qanday chegaralargacha boʻlishi mumkin? Martning yakunida Den Syaopinning 4 ta asosiy tamoyili haqidagi muhim eʼloni maʼlum qilindi.Markaziy Qo'mitaning 5-plenumida, 1980-yilning fevralida, Lyu Shaotsini oqlash bilan bir paytda “madaniy inqilobgacha” Den Syaopin egallagan lavozimi partiya Markaziy Qoʻmita Bosh kotibi lavozimi tiklandi. 1978-yilning oxirida Xitoy siyosatidagi “birinchi raqamli shaxs” degan nomni olgan Den Syaopinning saʼy-harakatlari tufayli Xitoy-Sobiq Ittifoq dialogi 80- yillarning oʻrtasiga kelib jonlandi.Sobiq Ittifoq bilan doʻstlik haqidagi bitimni uzaytirishni rad etgan Pekin shu bilan bir paytda yangi muzokaralar tashabbusini olgʻa surdi, iqtisodiy aloqalar yana rivojlandi, madaniyat, sport sanʼat sohasida almashinuv tiklandi.Xitoy-Amerika munosabatlariga kelsak, Den Syaopin Tayvan haqidagi masalani munosabatlarni normallashtirish yo'lidagi “ulkan toʻsiq” deb nomladi. Hal qilinmagan Tayvan masalasiga qaramasdan, oʻsha davrda Xitoy Xalq Respublikasi va AQSH oʻrtasida oliy darajada bir nechta uchrashuvlar oʻtkazildi. Quyidagi faktni ham taʼkidlash lozim: 80-yillarning oʻrtasida xitoy amerika savdosi Xitoy-Sobiq Ittifoq tovar ayirboshlashidan bir necha barobar katta edi. Shunday qilib, muvofiq siyosiy hohish boʻlganida doimo toʻgri keladigan formulani topish mumkinligi haqidagi haqiqat tasdiqlandi.Bunday yondashuvning yorqin misoli 1984-yildagi Syangan haqidagi masalani tartibga solish, 1987-yilda esa, Portugaliya bilan Aomin taqdiri haqidagi bitimdir. Muzokaralarga Den Syaopin rahbarlik qildi va aynan oʻzi masalani hal qilish uchun asos boʻlgan formulani, yaʼni “Bir davlat ikkita ijtimoiy tuzum"ni bayon qildi.Xitoy va Yaponiya 1978-yilning 12-avgustida tinchlik bitimini imzoladi va shu orqali 1972-yilda ikki mamlakat oʻrtasida boshlangan munosabatlarning normallashuv jarayoni yakun topdi. Den Syaopin ikki marotaba Yaponiyada boʻldi, chunki bu orollarda joylashgan davlat Xitoy aloqalarida eng yirik tashqi savdo hamkor va muhim yetkazib beruvchi sifatida alohida oʻrinni egallaydi.Xorij bilan keng aloqalar rivojlangani sari Xitoy diplomatiyasi qayishqoq boʻlib bordi, uning realligi oshdi. Buni nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki Xitoyni jahondagi holatining umumiy bahosi, uni koʻplab xalqaro masalalarga, avvalambor, tinchlik va urush hamda qurolsizlantirish masalalariga boʻlgan munosabatlarida kuzatish mumkin11.
So'zsiz, 1982-yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan Xitoy Kompartiyasining XII Qurultoyini ahamiyatli voqea deb tan olish lozim. Kirish nutqi bilan soʻzga chiqqan Den Syaopin Xitoy Kompartiyasining navbatdagi Qurultoyini partiyaning «1945-yildagi VII Qurultoyidan soʻng muhim voqea” sifatida tavsifladi.1986-yilda xorijliklar bilan qilgan suhbatlarida Den Syaopin Pekinni xalqaro holatga bergan bahosi oʻzgarganligi haqida taʼkidlab oʻtdi. U shunday tushuntirish berdi: avval Xitoy rahbarlari urush barqaror, unga tayyorlanish lozim, deb hisoblaganlar. Ammo Xitoy avvalgi siyosatini qayta koʻrib chiqdi va hozirda Xitoy Xalq Respublikasi modernizatsiyalash dasturini rivojlantirishi va amalga oshirishi uchun tinchlik va barqarorlikka muhtoj deb hisoblaydi12.
Den Syaopin 90 - yillarning boshida Xitoy ichki xolatini barqarorlashtirib, tashqi dunyo bilan aloqalarni rivojlantirish jarayonini davom ettirayotganidan xursand edi. Yanada rivojlangan jamiyatlar bilan toʻqnashuvlar tarixini oʻtmishda qoldirgan Xitoy oʻz paytida ichki modernizatsiya va tashqi dunyo bilan ochiq aloqani eʼlon qilgan Meydzi yapon islohotlari namunasiga koʻra (ularga xitoy islohotlari asoschisi oʻz chiqishlarida tez-tez murojaat qilgan) barcha kuchlarini modernizatsiyalashga qaratadi."Modernizatsiyani amalga oshirishda Xitoyning real voqeligidan kelib chiqish lozim", degan edi Den Syaopin. Xitoy Kompartiyasining XII Qurultoyida inqilob jarayonida boʻlgani kabi, qurish jarayonida boshqa mamlakatlarning tajribasini jiddiy oʻrganib, oʻzlashtirish lozim.Biroq oʻzga tajriba va oʻzga modellardan koʻrkoʻrona nusxa koʻchirish muvaffaqiyatga olib kelmagan. Bu borada biz koʻplab saboqlar olganmiz. Gʻoyamizning umumiy haqiqatini mamlakatimizning muayyan realligi bilan uyg'unlashtirish, o'z yo'lidan borish hamda Xitoy xususiyatlariga ega sotsializmni qurish bu uzoq muddatli tarixiy tajribani umumlashtirgan holda qilgan asosiy xulosamiz.Aytish lozimki, Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kompartiyasining rahbariyati, umuman olganda modernizatsiyalash tarafdori boʻldilar, biroq uni qanday amalga oshirish lozim? degan savol ochiq qolgan edi. Bu yerda Den Syaopin yana oʻzining hal qiluvchi soʻzini aytdi. 1979-yilning 30-martida partiyaning nazariy konferensiyasida, keyinchalik 1982-yil Xitoy konstitutsiyasida mustahkamlangan “toʻrtta asosiy tamoyilni” olg'a suradi. Bu quyidagi tamoyillardir:
1) sotsialistik yoʻldan bormoq; 2) proletariat boshqaruv;
3) partiyaning idora etuvchi roli: 4) Mao Sze-dun goyalari.
Den Syaopin demokratik harakatni uning (“Yoʻqolsin ochlik!”, “Matbuotga erkinlik!”, “Xitoy Kommunistik partiyasini tanqid qilamiz va qoralaymiz” va h.k.) shiorlari demagogik xarakterga ega ekanligida, mamlakatdagi real iqtisodiy holat va amaldagi qonunchilikni nazar pisand qilmaslikda, bundan tashqari harakatning alohida guruhlarini noqonuniy tashkiliy faoliyat bilan shug'ullanishda aybladi.Den Syaopin taʼkidlashicha, Xitoyni faqatgina sotsializm qutqaradi, deb saboq beradi tarix. Rahnamoning fikricha, agarda Xitoy sotsializm yoʻlidan qaytganida, u albatta yarimfeodal mustamlaka mamlakatlar orasida boʻlib qolar edi. Kapitalistik tizimdan mazkur tizimda xalqlar toʻplagan foydali bilim, tajriba, fan va texnikaning erishgan yutuqlarini olish lozim, deb uqdirgan edi.1982-yil 14-oktyabrda Davlat reja qoʻmitasining masʼul xodimlari bilan boʻlgan suhbatda Den Syaopin shunday dedi: «Ilmiy-texnik choʻqqilarni zabt etish uchun ulkan tashkiliy ishni amalga oshirish lozim. Gap bizda kadrlarning yoʻqligida emas, balki ularni qanday tashkillashtirish va ishlatish, ularda faollikni oshirish, ularning maxsus bilimlarini qoʻllash ilojini topishdadir»! Den Syaopin taʼkidlashicha, barcha sohalarda oʻz ijodiy imkoniyatlarini faqatgina muvofiq masalalar bo'yicha mutaxassislar qoʻllashlari lozim. Fahm farosatli, idrokli odamlarni oʻz qobiliyatlarini samarali namoyon qila oladigan mansablarga qoʻyish lozim. 1978-yilning 13-dekabrdagi nutqida Den Syaopin jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi iborani aytdi: “Iqtisodni iqtisodiy uslublar bilan boshqarish lozim”13.
Xitoy islohotlarining asoschisi, avvalambor, qishloq xo'jaligida “masʼuliyat tizimini” joriy etishni taklif qildi. 1979-yil sentyabrdagi Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining plenumidan soʻng qishloq joylarida tajribalarga yoʻl ochildi. Agarda Den Syaopinning mashhur aforizmiga rioya qilsak, qaysi rangdagi mushuk epchillik bilan sichqonni ovlashini koʻrish uchun ozodlikka yagona maqsaddagi har xil rangli mushuklar chiqarildi.Turli provinsiya, uyezd va, hattoki, xalq kommunalarida har xil iqtisodiy va siyosiy sharoitlar mavjud boʻlganligi sabab, “masʼuliyat tizimining” xilma xil variantlari shakllandi: “kafolatlangan ishlab chiqarish tizimi”, “bitimlar tizimi” va h.k. Eng dadil tajribalar Chjao Sziyan birinchi kotib boʻlib ishlagan Sichuan provinsiyasida amalga oshirildi.1984-yil 6-oktyabrda xitoylik va xorijiy vakillar bilan boʻlgan suhbatda Den Syaopin shunday taʼkidlagan edi: «Mamlakat ichidagi iqtisodni jonlantirishni biz, eng avvalo, qishloqdan boshladik. Axir, u yerda Xitoy aholisining 80 foizi istiqomat qiladi. Xitoy jamiyatining barqarorligi va xitoy iqtisodiyotining taraqqiyoti avvalo qishloq taraqqiyoti va dehqonlar hayotining yaxshilanishiga bogʻliqdir. Mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish yillik miqdorini tort barobarga oshirish, birinchi navbatda, 80 foiz aholi shunday oshirishga erisha olish olmasligiga bog'liq. Ko'rinib turganidek, qishloqqa oid bir qator yangi dasturlar muvaffaqiyat olib keldi, ular tez samara beradi, natijalari sezilarlidir.Turli-tuman qishloq xoʻjaligi islohoti davlat tomonidan rag'batlantirib turildi: 1979-yilning yozida 18 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan bug'doy va paxtaning sotib olish narhlari koʻtarildi. Shu paytda Den Syaopin hayratlanarli soʻzlarni aytadi: “oʻrtahol boʻlish jinoyat emas”.Qishloqqa sinfiy kurashni majburan oʻtkazuvchi siyosatdan voz kechish haqida 1956-yildan buyon xususiy mehnati hisobiga yashovchi shaxslarga “zamindor” va “boy” yorliqlarini berishni toʻxtatish haqidagi Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining 1979-yil yanvarida qabul qilgan qarori guvohlik beradi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari va dehqonlarning oʻrtacha daromadi tez oʻsa boshladi, har ikkisi ham 1984-1985-yillarga kelib ikki barobarga koʻpaydi. 1984-yilga kelib Xitoyda don mahsulotlarining hosili 1958-yilga nisbatan ikki barobar koʻp, yaʼni 400 million tonnadan oshib ketdi14.
Sanoatdagi islohotga kelsak, u bir necha yillar davomida tayyorlandi. 1984-yilning oktyabrida bu masala boʻyicha Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining mukammal qarori qabul qilindi. Bu vaqtga kelib, xorijiy firmalar ishtirokidagi aralash korxonalar tashkil qilindi hamda Xitoydagi xorijiy kapital sarmoyalarni tartibga soluvchi qonunchilik qabul qilindi. Toʻrtta maxsus iqtisodiy hududni yaratishga kelishildi.Modernizatsiya Xitoyni tashqi dunyoga ochiqligining ajralmas qismidir bu muhim fikrni Den Syaopin keyingi yillarda bir necha bora taʼkidlagan edi. To'rt hudud Syanganga yaqin mintaqada (Guandun provinsiyasida) hamda Fudzyan provinsiyasi sohilida tashkil qilindi. Bunday hududlarning maqsadi mamlakatga xorij sarmoyasi va texnologiyasini jalb qilish edi. Bu hududlarda orttirilgan tajriba asosida 1984-yilda Xitoyda 14 ta dengiz boʻyi shaharlari maxsus hudud maqomini oldi.1981-yilda yoshlar oʻrtasida ishsizlik muammosini kamaytirish maqsadida yakka tarmoqda mehnatni tashkil qilish huquqini beradigan qonun chiqarildi. Shu yilda oʻz oʻzini boshqarishga ham qadam qoʻyildi. Qarorlar chiqarish va kadrlarni tanlashda, mehnatkashlarning hukquqlarini taʼminlash maqsadida, korxonalarda tashkil qilingan “ishchilar qurultoylari” bu ishning amalga oshishiga sabab boʻldi.Asta sekin moliyaviy islohot ham amalga oshirildi: 1983-yilning yakuniga kelib, 90 foiz rentabelli sanoat korxonalari daromaddan toʻlov toʻlashning avvalgi tizimidan soliq toʻlash tizimiga oʻtkazildi. Shunday qilib, rejali iqtisodning salbiy tomonlari bartaraf etildi.Shahar islohoti haqidagi Xitoy Kompartiyasining qarori qabul qilinishi bilanoq, 1984-yilning oktyabrida rivojlanishning yangi harakatlanuvchi kuchlari amalga kiritildi. 1983-yilda jami 920 milliard yuanni tashkil qilgan mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa avvalgi yilga nisbatan 10 foiz oʻsishni tashkil qildi.
Xitoy iqtisodiy islohotining uchinchi tarkibiy qismi, bu ishlab chiqilishida Den Syaopin alohida rolni oʻynagan tashqi dunyo bilan aloqalar va hamkorlikni kengaytirish siyosati bilan bogʻliq. Den Syaopinning taʼkidlashicha, xorij bilan aloqalarni kengaytirish siyosati uchta jabhaga ega.Birinchi navbatda, sarmoya jalb etilib, texnik yutuqlar oʻzlashtiriladigan rivojlangan davlatlar bilan aloqalar kengayadi. Boshqa tomondan, “shimoliy qoʻshni” va sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlar mustahkamlanadi. Va, nihoyat, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan aloqalarning mustahkamlanishi nazarda tutiladi.Den Syaopinning belgilab berishicha, iqtisodiy islohotning maqsadi iqtisodiy samaradorlikni uzluksiz oshirib borish sharti bilan 20 yil ichida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmini to'rt barobarga oshirish, yaʼni yalpi milliy mahsulotning hajmini 1980-yilgi 710 milliard yuandan 2000-yilgacha 2800 milliard yuanga koʻpaytirishdan iborat.Bu masalani hal qilish uchun 1985-1986-yillarda koʻplab tadbirlar oʻtkazildi:
— taʼlim tizimi va ilmiy faoliyat qayta tashkil qilindi;
— yanada erkin tadbirkorlik tizimi joriy qilindi;
— qishloq xoʻjaligida yangi bozor boshqaruv usuli kuchga kirdi;
— jiddiy demografik ahamiyatga ega boʻlgan “bir oila bir farzand” tamoyiliga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatildi va boshqalar.
Den Syaopin doimo partiya nizomiga muvofiq, keng maʼnoda esa, mamlakatda qonunchilik, huquqiy tartib, odil sudlov mexanizmini tiklash va keyingi rivojiga muvofiq ravishda ichki partiyaviy intizomni mustahkamlash zaruriyatini taʼkidlagan.Bunga XII Qurultoyida qabul qilingan partiya nizomi, 80 yillarda ishlab chiqilib kuchga kirgan Jinoiy kodeks, Nikoh haqidagi qonun va boshqa bir qator huquqiy aktlar koʻmaklashdi.Shuni aytish lozimki, 1983-yilda Den Syaopin kiritgan takliflarda mavjud boʻlgan tashkiliy tadbirlar, masalan, Konstitutsiyani oʻzgartirish, maslahatchilarning Markaziy komissiyasini tashkil qilish, Davlat kengashini mustahkamlash, korxonalarda ishchi va xizmatchilarning syezd konferensiyalarini oʻtkazish, partiya qoʻmitalari ishi uslubini tartibga solish kabilar amalga oshirildi15.
Ammo hayot kun tartibiga Xitoy jamiyati umumiy modernizatsiyasining organik qismi boʻlgan siyosiy tuzilmaning islohoti haqidagi masalani qo'ydi. Siyosiy tuzilmani qayta qurish markaziga Den Syaopinning fikricha, partiya va hukumat organlari oʻrtasidagi munosabatlar, partiya tomonidan rahbariyat saqlanib qolgan holda, mazkur organlarning vazifalarini taqsimlash haqidagi masala qoʻyilishi lozim.Shuni qayd etish lozimki, siyosiy tuzilmani qayta qurish haqidagi masala Xitoyda 1980-yildayoq koʻtarilgan edi. Ammo oʻz rivojini topmadi, chunki partiyada va umuman jamiyatdagi holat oʻsha davda juda ham chigal edi. Xitoy Kompartiyasi 39 mln aʼzoga ega edi, ularning aksariyati “madaniy inqilob” yillarida partiyaga aʼzo bulgan va ular ulkan, taʼsirchan boʻlmagan omma edi, oʻziga xos o'z o'zini saqlash inersiyasi mavjud edi. Barcha darajalarda, jumladan oliy qatlam kishilarning oʻzgarishlarga boʻlgan qarshiligi sezilib turar edi. Hali ham “madaniy inqilob” davridan saqlanib qolgan fraksiyalar bor edi, ularning baʼzi bir kommunist aʼzolari fraksiyaviylikni partiyaviylikdan yuqori qoʻyar edilar.Shu sababdan, Den Syaopin aytgan: “Eslatib qoʻyishimiz lozimki, ayniqsa, kommunistlarga bunday qilish joiz emas. Axir, hozirda partiyani tartibga solish ishlari ketayapti, shunday emasmi? Bunday nosog'lom odatlarga birinchi oʻrinda barham berish lozim”!.Xitoy islohotlari otasi kommunistlarni partiyaviy intizomga qatʼiy rioya qilishga daʼvat etgan. Partiya aʼzosimisan yoʻqmi, der edi Den Syaopin, sen baribir ham davlat qonunlariga qatʼiy rioya qilishing lozim. Intizomiylikning oliy mezoni partiya va davlatning siyosiy qarashlarini haqiqatda himoya qilish va qatiy ravishda amalga oshirishdir.Den Syaopin Xitoy Kommunistik partiyasining Umumxitoy konferensiyasida (1985-yilning 23-sentyabr): “Biz sotsializmda ishlab chiqaruvchi kuchlar kapitalizmdagidan koʻra tezroq rivojlanish imkoniyatiga egaligi sababli emas, balki faqatgina sotsializm kapitalizm va boshqa ekspluatator tizimlarga xos boʻlgan makkorlik, chirish va adolatsizlik kabi hodisalarni yoʻq qila olganligi sababli ham sotsializm uchun kurashamiz”.Xitoy Xalq Respublikasida siyosiy tuzilmani qayta qurishni Den Syaopin, avvalambor, kadr siyosati bilan boglagan. U partiya va dalat apparatini yoshartirishga, kadrlarni yangilanish va almashishining samarali shakllarini izlashga boʻlgan kursni taklif qildi. Bu borada Xitoy Kompartiyasining oʻzi, avvalambor, uning Markaziy Qoʻmitasi namuna boʻldi. 1987-yil oktyabr noyabrda bo'lib oʻtgan va partiya rahbariyatini yoshartirishga qaratilgan Xitoy Kompartiyasining XIII Qurultoyiga muvofiq Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi ahamiyatli oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. XIII chaqiriq Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining aʼzo va aʼzolikka nomzodlarining oʻrta yoshi 56 yoshni tashkil qildi, bu esa avvalgi yillardagi tarkibdan 4 yoshga kichikdir16.
Den Syaopinning aksariyat asarlarida Xitoyni oʻz yoʻli bilan borib, Xitoy xususiyatiga ega sotsializmni qurish muayyan realligi bilan uygunlashtirish zaruriyati haqidagi fikri ustuvordir. Bunda Den Syaopin siyosiy tuzilmani qayta qurish masalalarida hozirgi va kelajakdagi murakkabliklarni ham koʻrsatgan. U qishloqdagi xoʻjalik tizimi islohoti uch yildan keyin samara berdi, deb aytdi. Shahar iqtisodiy islohoti kutilgan natijalarni olib kelishi uchun 5 yil talab qilindi. Siyosiy tuzilmani qayta qurilishi ancha murakkabroqdir. Den Syaopinning fikricha bu qayta qurish baʼzi bir jabhalarda 3-4 yoki 5 yil, baʼzilarida esa, 10 yildan so'ng samara beradi.Den Syaopin dunyoqarashining yana bir xususiyati haqida: u Mao Szedunni “saqlab qoldi”, biroq amaliy faoliyatda uning, ayniqsa, iqtisodiyotdagi uslublaridan imkon qadar yiroqlashish uchun barcha choralarni koʻrdi. Qishloqdagi “kommuna tuzumi”ni tarqatib yuborib, yuz millionlab dehqonlarga davlat bilan savdo pul munosabatlarini o'rnatishga imkon berdi.Xitoy islohotlari otasi qisqa muddatda oʻz xalqining hayot tarzini keskin koʻtara oldi.Oddiy fuqarodan tortib, to davlat amaldorigacha uning faoliyatidan qoniqardi. Den Syaopin tanlagan yoʻli millionlab Xitoyliklar hayotida tub burilish yasadi hamda uning mehnati ularning qalbida umrbod yashaydi17.


Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling