Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mazvuning dolzarbligi


III. XX asrning 80 yillarida xususiy tadbirkorlikka nisbatan Xitoy Xalq Respublikasi siyosati va unda den syaopinning tutgan oʻrni


Download 409 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi409 Kb.
#1537516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Den Syaopin

III. XX asrning 80 yillarida xususiy tadbirkorlikka nisbatan Xitoy Xalq Respublikasi siyosati va unda den syaopinning tutgan oʻrni
Shuni taʼkidlash joizki, ham yakka mehnat, ham yollanma mehnatdan foydaluvchi hususiy-xoʻjalik sifatida hususiy tadbirkorlik faoliyatining siyosiy jihatdan maqullanishi, Xitoy manbalarida Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XI chaqiriq 3 plenumi bilan bog'lanadi (1978-yil dekabr).Plenumda ilk bor mamlakatda “ishlab chiqarish va ho'jaliklarning koʻp tomonlarining qayta qurishi” boshlanayapti, deb eʼlon qilindi. Plenum boshqaruv, faoliyat va tafakkur tarzining barcha nobop shakllarini isloh qilish kursini eʼlon qildi. U mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy tuzilmasining tubdan islohotlari bilan uzviy oʻzaro hamkorlikda shakllanadigan va takomillashadigan Xitoy sotsializmining yangi konsepsiyasini izlashni ragbatlantirdi.Oʻsha davrda, chorak asr avval inson faoliyatining shakl va uslublari tanlanishini xayoliy ideallar emas, balki obyektiv voqelik, insonlar hayotining muayyan tarixiy sharoitlari, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi darajasi belgilab berar edi.Iqtisodiy oʻsish masalalarini hal qilishga boʻlgan yangi yondashuvni ishlab chiqish “madaniy inqilob” va «katta sakrash davridagi qarashlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish belgisi ostida kechganini alohida taʼkidlash lozim.Ongni erkinlashtirish harakati mobaynida oldingi siyosiy g'oyalar emas, balki amaliyot toʻgrilikning mezoni,deb eʼlon qilindi. Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 3 plenumidan soʻng boʻlgan ilk davrlarda baʼzilar iqtisodni rivojlanishning toʻgʻri yoʻliga olib chiqish va holatni toʻgrilash uchun “buyuk oʻn yillik notinchlik davrigacha boʻlgan tartiblarga qaytish yetarli, deb hisoblar edilar18.
Ammo bu nuqtai nazarni hech kim qoʻllab-quvvatlamadi. Chunki aynan 60 yillarning oʻrtasida shakllangan siyosiy tizim, faoliyat yuritish shakllari "madaniy inqilob"ga olib keldi. Shuning uchun ularni tiklash xavfli edi. Bundan tashqari, hech kim 60-70 yillardagi «madaniy inkilob” tufayli vujudga kelgan ichki siyosiy oʻzgarishlar hamda iqtisodiy hayotning izdan chiqishi natijasida, maʼmuriy davlat va xoʻjalik institutlari jiddiy kuchsizlanganligini unutmagan edi. Bu institutlar na oʻz qoʻmondonlik-taqsimlovchi vazifalarini samarali bajara oldi, va na islohot oʻtkazilishini sekinlashtira oldilar.Davlat shaharliklarga, davlat korxonalari ishchilari va byurokratiyasining kichik qismiga ijtimoiy yordamni koʻrsatgan holda, xitoyliklar aksariyat qismining turmush tarzi haddan ziyod past darajada ekanligi aholining asosiy qismini oʻzgarishlarga tayyorligini belgilab berdi va bu islohotchilarni amalga oshirishda jiddiy ijtimoiy zarar yetkazish xavfidan, hech boʻlmasa, birinchi bosqichda, xalos etdi.
Buning barchasi, ekspert A.I. Fedorovskiyning fikricha, Xitoy Kompartiyasi rahbariyatining islohotchi qanotiga harakatlar erkinligini berib, uni mehnat- kashlarni ijtimoiy yutuqlariga rahna solish ayblovidan kafolatladi.Den Syaopin boshchiligidagi bu rahbarlar guruhi zaruriyat tugilganda qotib qolgan dogmalardan voz kecha oladigan, katta intellektual salohiyat va siyosiy tajribaga ega, qayishuvchanlik va ehtiyotkorlik bilan belgilangan maksadlarga erisha oladigan birinchi avlod inqilobchilaridan tashkil topgan edi. Mazkur yetakchilarning xizmati islohot jarayonini nazorat qilinadigan yoʻlga yo'naltirish qobiliyatidan iborat edi.
Shubhasiz, XI chaqiriq Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining uchinchi plenumi qarorlarini bajarish maqsadida amalga oshiriladigan islohotlarda asosiy rol agrar tarmoqini qayta qurilishiga ajratilgan edi. Nima uchun Xitoy islohotchilari tubdan oʻzgarishlar jarayonini aynan qishloqdan boshladilar? Avvalambor, 1980-yilda dehqonlar Xitoy Xalq Respublikasi aholisining 80 foizini 880 million kishini tashkil qilgan. Deyarli ularning barchalari xalq kommunalari oʻn ming va undan ziyod azolarni birlashtirgan yirik miqyosli xoʻjaliklarga birlashtirilgan edi.Dehqon oilasi bilan kazarmaga oʻxshash qurilmalarda yashar edi. Xuddi shu hol katta ishlab chiqarish brigadalarida ham kuzatildi. Ularda har bir dehqonning mehnat ulushi hisobga olinmagan edi. Natijada, mehnat natijasiga koʻra emas, balki tenglashtirish tamoyili asosida haq toʻlandi. Bitta katta qozondan ovqatlanar edilar.Bularning barchasi, tabiiyki, odamlarning mehnat faolligida oʻz aksini topa olmas edi. «Katta sakrash”, “madaniy inqilob” vaziyatni yanada og'rlashtirdi, oziq ovqat muammosi tamoman zoʻrayib ketdi. Ahir milliard kishini tuyg'izish kerak edi. Den Syaopin va uning hamfikrlari quyidagi xulosaga keldilar:
1) milliard xitoylikni yedirib ichirish, kiyintirish xitoyliklarning oʻz qoʻlida, biron gʻamxoʻrlik koʻrsatuvchi davlat yoʻqki, xitoy fuqarolarini oʻz taʼminotiga olishga tayyor bulsa:
2) mamlakatdagi holat, bu qishloqdagi vaziyatning aksi, uning barqarorligini eng avvalo, eng koʻp odam istiqomat qiladigan qishloq joylaridan boshlash lozim.
Jamoaviy mulk boʻlgan yerni (oilaviy, brigadaga oid, jamoaviy, ammo asosan oilaviy) pudratga berib yubordilar. Sichuan va Anxoy provinsiyalarida dehqonlarning mexnat faolligini oshirish uslublarining izlanishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu provinsiyalarning partiya rahbarlari kommunalardan voz kechib, yerdan foydalanishning pudrat tizimiga oʻtdilar. Islohotlarning maqsadi va mazmuni dehqonlar maʼmuriy xodimlarning nazoratidan ozod boʻlib, yerda oʻzlarini mustaqil xoʻjayin, deb his qilishlaridan iborat edi. Xitoyda yerga nisbatan hususiy mulk joriy qilinmadi. Ammo dehqonlarga foydalanish uchun yer maydonlari (oʻrta xisobda ho'jalikka 0.42 ga) ajratildi, ishlab chiqarish brigadasi va bulimlar bilan qishloq xoʻjalik mahsulotini yetkazib berish borasida uzoq muddatli pudrat imzolandi.Hosilning belgilangan narxlarda olinadigan va oldindan kelishib olingan hajmidan tashqari boʻlgan qismi tovar ishlab chiqaruvchilarga berilar edi. 1983-yilda ishlab chiqarish brigadalari tarqatilgandan soʻng, dehqonlarni hususiy ho'jalik yuritishga oʻtishlari yakunlandi. Qishloqdagi ajoyib oʻzgarishlar dinamik ravishda va baʼzi hollarda islohotchilarning niyatlariga qarshi boʻlganligi eʼtiborga loyiqdir. S.Aleksaxinaning qayd qilishicha, «uch yil ichida (1980-1982-yillar) oilaviy pudrat tizimi aksariyat qishloq xoʻjaliklarida mazkur yillardagi barcha partiya ko'rsatmalariga qarshi tasdiqlandi (1979, 1980, 1981)yillarda qishloq xoʻjaligi rivojlanishiga tegishli boʻlgan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining hujjatlari dexkon xo'jaligi tashkilotining asosiy shakli boʻlgan oilaviy pudratga qarshi edilar, uni faqatgina bir necha provinsiyalarning qashshoq togʻli hududlarida joriy etmokchi edilar). Shu bilan birga 1983-yilning oxiriga kelib, 97,3 foiz dehqon oilalari ishlab chiqarishning mazkur shakli boʻyicha faoliyat yuritdi».Qanday boʻlmasin, davlat asosiy qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, avvalambor, guruch va paxta narxlarini nazorat ostiga oldi. Biroq asta-sekin agrar mahsulotning markazlashtirilgan maʼmuriy taqsimotidan va bozor mexanizmi foydasiga qishloqni moddiy taʼminlashdan voz kecha boshladi. Biroq, tan olish lozimki mazkur jarayon bir tekis rivojlanmadi, baʼzida notekis harakatlar ham kuzatildi19.
Shunga qaramasdan, Xitoy qishloq xoʻjaligining rivojlanish surʼatlari urushdan keyingi davrda jahonda eng yuqori koʻrsatkichlarni egalladi. Mamlakat Sovet Ittifoqi va Amerika Qoʻshma Shtatlaridan oʻzib, don, paxta va goʻsht ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻringa chiqdi. Islohotlar boshlangandan keyingi yillarda Xitoy Xalq Respublikasida donning yalpi hosili deyarli bir million tonnaga oshdi.Bozor sharofati bilan qishloq xoʻjaligi taraqqiyotida jon boshiga oziqlanishning oʻrtacha kaloriyaliligi Xitoy tarixida birinchi marta tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etiladigan minimal meʼyor darajasiga yetdi. Xitoyda yillik g'alla yetishtirishning oʻrtacha miqdori 1978-1988-yillar davomida kishi boshiga 300 dan 400 kilogrammgacha usdi. Mamlakat xalqni shunchaki duch kelgan narsa bilan boqishni emas, uni oqsil, yoglar va uglevodlarning yetarli miqdori bilan taʼminlash masalasini hal qiladi. Yaʼni, Xitoy jahonda shakllangan va Markaziy Qoʻmita qabul qilingan oziqlanish standartlari tomonga katta qadam tashladi20.
Shunday boʻlsa-da, mamlakatning agrar sohasida yakuniga yetkazilmagan islohotlar haqida toʻxtalish joiz. Garchi dehqonlar oʻzlari yetishtirgan mahsulotning maʼlum qismini tasarruf etish huquqiga ega boʻlsalar-da, ular yerni tasarruf va idora qila olmaydilar. Nafaqat sotish, balki yerni ijaraga berish ham rasman taʼqiqlangan. Yerdan foydalanish huquqini boshqaga topshirishga ijozat 1988-yil aprelda Xalq vakillarining Butunxitoy majlisi (XVBM)ning VII chaqiriq birinchi sessiyasida berilgan bo'lsa-da, u faqatgina bir qancha iqtisodiy rivojlangan hududlar va shahar atrofidagi zonalarda tajribaviy ravishda qoʻllanilar edi. Xulosa qilib aytganda, davlat dehqonlarning ommaviy yersizlanishi ehtimoli va yuz millionlab ishsizlarning shaharlarga kirib kelishidan xavotirda edi.Shuni taʼkidlash joizki, agrar islohotlari qishloqda keragidan ortiq kuchlarning oʻsishiga olib keldi. Ularning soni 90 yillarda kamida 130 million kishiga yetgandi. Tabiiyki, shahar sanoati va xizmatlar koʻlami, transport va qurilish ishlari yangi ishchilarning bu qadar ulkan oqimini qabul qila olmas edi. Shu narsa maʼlum bo'ladiki, oʻsha paytda Xitoy urbanizatsiya jarayonini kuchaytirishga hali tayyor boʻlmagan va migrantlar ulkan sonining vujudga kelishi kommunal xoʻjalik faoliyatini tubdan qayta mustahkamlanishini talab qilar va sanoat markazlarining shundoq ham sust rivojlangan ijtimoiy infratuzilmasining ishdan chiqishiga xavf solar edi.Buning ustiga, aslini olganda, maʼlum maʼnoda kam daromadli va mahsulotlari arzon boʻlgan agrar sanoat tarmogi qishloq xoʻjaligi bilan mashgʻul boʻlganlarning moddiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bermadi. Tabiiyki, koʻplab dehqonlar yerda qilingan mehnatni boshqa ishlab chiqarish faoliyati bilan taqqoslay boshladilar.Qishloq noagrar tijorat tuzilmalari salohiyatining kutilmaganda vujudga kelishi va mustahkamlanishi Xitoy iqtisodiyotining davlat tasarrufidan chiqarilishi va markazlashmagan tizimga oʻtkazilishini taʼminlovchi mohiyatan muhim bozor institutining shakllanayotganligini bildirar edi.Bu sharoitlarda mashhur xitoy sotsiologi Fey Syaotunning “qishloq xoʻjaligini qoldirib, yerni tark etib, korxonalarga joylashib, qishloq yerlarini tark etmaslik", tezisida oʻz mohiyatini topgan jarayon shitob bilan avj oldi.Natijada, anʼanaviy yordamchi kasb va qoʻl mehnati sanoati negizida oʻz tabiatiga koʻra yangi iqtisodiy tuzilmalar rivojlana boshladi. Masalan, alohida volostlar va davlatlar qaramogʻida joylashgan, shuningdek xorij sarmoyasi, xususan xorijiy xitoyliklar «xuasyao” sarmoyalari ishtirokidagi kollektiv korxonalar shakllandi.Yollanma ishchi kuchini jalb qilishni moʻljallagan hususiy korxonalar yaratildi. 90 yillarning oʻrtalarida payli korxonalar jadal rivojlandi, tabiiyki, uning ketidan yirik, tijoriy manfaatlar qishloq volost doiralariga kirib kela boshladilar. 1997-yilda mazkur korxonalarga YAIMning toʻrtdan bir qismi: 50 foizi sanoat mahsulotining qoʻshimcha narxi, 30 foiz eksportdan tushgan valyuta daromadi, 30 foiz dehqonlarning daromadi toʻgʻri kelgan.Qayd etish lozimki, noagrar qishloq tadbirkorlik tuzilmalari institutining shakllanish jarayoni yuridik jihatdan rasmiylashtirilmagan boʻlib, partiya va davlat organlarining alohida tarqoq qaror va koʻrsatmalariga asoslangan. Ammo yuridik hujjatlarning yetishmasligi yozilmagan qoidalar taʼsiri bilan toʻldirildi, mazkur qoidalar konfutsiychilik anʼanalariga asoslangan boʻlib, mulk huquqi va mehnat shartnomalariga boʻlgan hurmatni taʼminlovchi ishbilarmon munosabatlar etikasini belgilab berar edi21.
Davlatni iqtisodga muntazam chuqur “shoʻngʻishi” sharoitida xususiy tarmoqga ham alohida eʼtibor qaratildi. Masalan, mayda tovar ishlab chiqarishni rivojlantirishning siyosiy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni Xitoy Kommunistik partiyasi iqtisodiy tizim isloh qilishning boshlangʻich bosqichida ishlab chiqqan “xilma xil xoʻjalik islohotlarining ratsional uygʻunligi va rivojlanishiga qaratilgan kursning” hosilasi va tarkibiy qismi sifatida qabul qilish mumkin.
Mazkur kursning mohiyatini tushuntirgan holda, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi 1981-yil 30-martdagi qoʻshma bayonida “xilma-xil xoʻjalikni rivojlantirish uchun ikkita tomon jamoalar va alohida shaxslarning faolligini” keng yoyish lozim, qishloq joylarida esa, «bitim hamda boshqa shakllar yordamida yakka tartibda yoki pay yordamida xizmat koʻrsatish, hunarmandchilik, yuk tashish va boshqa sohalarda xoʻjalik yuritayotgan kommuna aʼzolarini rag'batlantirib, qoʻllab-quvvatlash lozim», deb eʼlon qildi.1981-yil 27-iyundagi Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining XI chaqiriq 6 plenumida qabul qilingan “Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan buyon partiya tarixiga oid baʼzi masalalar boʻyicha qaror”da yakka xoʻjalikni “zamonaviy bosqichda Xitoydagi ishlab chiqarish vositalariga mulk tuzilmasining tarkibiy kismidan biri” sifatida tan olishga muhim qadam tashlandi.Dasturaviy ahamiyatga ega boʻlgan mazkur hujjatda Xitoy Kompartiyasining yakka xoʻjalikka hamda uning Xitoy Kompartiyasi iqtisodidagi rolini aniqlashga boʻlgan konseptual yondashuvi modeli yanada rivojlandi.Xitoy Xalq Respublikasi tarixiga nazar tashlasak, ijtimoiy tarmoqga zaruriy qoʻshimcha sifatidagi xalqning barcha ehtiyojlarini bir oʻzi qondira olmaydigan hususiy tarmoq haqida birinchi qonun 1956-yildayoq Lyu Shaotsi va Chen Yunning bir qator chiqishlarida olg'a surildi. Ammo bu qaror xitoy jamiyatida keng tarqalgan “sotsializm sofligi” uchun kurashga zid boʻlganligi sabab, keskin tanqid qilindi va rad etildi.Mazkur tezisga qayta murojaat qilish, uni zamonaviy xo'jalik islohotining rasmiy konseptual nazariy asosining asosiga koʻtarilishi, bu mohiyatiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ijtimoiy shakli boʻlgan xususiy mulkning obyektivligini anglashda xitoy siyosatchilarining "ilon izi” yoʻlidagi gʻoyat muhim qadamdir22. 1982-yilning sentyabrida Xitoy Kompartiyasining XII Qurultoyi boʻlib oʻtdi. Uning hujjatlarida yakka xo'jalikning toʻldiruvchi roli haqidagi holat quyidagi siyosiy kursatma sifatida namoyon etildi va talqin qilindi: “Qishloq va shaharda ijtimoiy mulkning zaruriy va foydali toʻldiruvchisi boʻlgan xoʻjalik sifatida davlat doirasida hamda sanoat savdo maʼmuriy organlari tomonidan boshqaruv mavjudligida mehnatkashlar yakka xo'jaligini muvofiq rivojlanishini ragbatlantirish zarur”!
Xitoy rahbariyati chiqishlari, partiya qarorlari va kursatmalarida Xitoy Kompartiyasining yakka mehnat faoliyatiga nisbatan kursi taxminan shunday koʻrinishida ifoda etildi. Yakka xoʻjalikning siyosiy maqomi Xitoy Kompartiyasi ko'rsatmalari bilan belgilangan boʻlib, konstitutsiyaviy huquqda qonuniy mustahkamlandi.Xususiy kapitalistik xoʻjalikni siyosiy legallashtirish 80 -yillarning oʻrtalariga kelib yakka mehnat xoʻjaligi negizida ommaviy tus olgan ishlab chiqarishning yarim kapitalistik va kapitalistik shakllarining rivojlanishi, aslini olganda, Xitoy Kompartiyasi rahbariyatini tanlov yoqasiga olib keldi:
1) yoki sotsializmning “sofligini” saqlab qolgan holda, xususiy mulkni umumiy maʼmuriy «taʼqib qilish siyosatiga qaytish;
2) yoki anʼanaviy siyosiy doktrinasini jiddiy to'g'rilash.
Muayyan tarixiy asoslarga koʻra eng afzal, iqtisodiy tizim islohotini rivojlanishining ichki mantig'i nuqtai nazaridan muqarrar boʻlgan ikkinchi yoʻl tanlanganligi shubhasizdir23.
Ijtimoiy ongni xususiy xoʻjalikni siyosiy legallashuviga tayyorlashda Den Syaopinning 1983-yildan boshlab nashrlarda faol tashviqot qilingan insonlarning bir qismini boshqalardan ilgariroq oʻrtahollikka erishuvini ragʻbatlantirish haqidagi tezisi maʼlum rolni oʻynadi.Quyidagilar bunday legallashuvining oʻziga xos “bosqichlari” boʻlib xizmat qildi.Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XII chaqiriq 3 plenumida (1984-yil oktyabr) qabul qilingan Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining iqtisodiy tizimi islohoti haqidagi Qarori;
— Mulkiy munosabatlar islohotini Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi tomonidan 1985-yilda xoʻjalik qayta qurilishining muhim masalalari qatoriga rasman kiritilishi;
— Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XII chaqiriq 3 plenumining (1986-yil) sotsializmda turli iqtisodiy ukladlar, jumladan, nosotsialistik boʻlganlarni ham rivojlantirish zaruriyati haqidagi jiddiy siyosiy qarori.
— 1987-yilning oktyabr noyabr oylarida Xitoy Kompartiyasining XIII Qurultoyi boʻlib oʻtdi. Qurultoyida qabul qilingan hujjatlarga Xitoy xalqi tarixida oxirgi oʻttiz yil ichida birinchi marta mamlakatda yollanma mehnatdan foydalanadigan xususiy xoʻjaliklarning o'rni etirof etildi. Mulk islohotining muhimligi darajasiga yondashuvning rasman oʻzgarishi xususan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi qoshidagi Tadqiqotlarni rivojlantirish markazi tomonidan 1985-yilda mazkur muammo boʻyicha maxsus kengash qarorida ham belgilab qoʻyilgan edi.“Faoliyat yuritishi va rivojlanishiga ruxsat berish haqidagi tezis kiritildi.Xitoyda xususiy kapitalistik ukladni qonunlashtirish haqidagi siyosiy qarorni qabul qilishda rahbariyat quyidagilardan kelib chiqdi:
1) iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish uchun Xitoy realiyalariga har qanaqasiga muvofiq boʻlgan, tarixan qolok boʻlmagan, ishlab chiqarish kuchlarini barqaror oʻsishini taʼminlashga layoqatli boʻlgan mulk va xoʻjalik yuritish shaklini ishlatishga intilishidan;
2) xususiy xo'jalik «ishlab chiqarishni sanoatlashtirish, tijoratlashtirish, umumlashtirish va modernizatsiyasining” yuqoriroq darajasi bilan tavsiflanib, natijada, uklad va uklad unsurlariga asoslangan genezis, yakka xo'jalik, mayda kooperativlarga nisbatan ancha yuqori ishlab chiqarishga ega boʻlganligini hisobga olgan holda:
3) tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, bozorni toʻyintirish, ishga joylashtirish va ishsizlik muammosini hal qilishda xususiy xoʻjalikning umumiy ijobiy taʼsirini hisobga olgan holda:
4) koʻp jihatdan hanuz amalda boʻlgan davlat monopolistik tuzilmalari bilan belgilanadigan makroiqtisodiy sharoitlarida faoliyat yuritayotgan xususiy tarmoq toʻliq mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega emasligi holatini hisobga olgan holda.
Shunday qilib, Xitoyda xususiy mulkni siyosiy eʼtirof qilish bu:
1) bazisdagi mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining real darajasi va rivojlanish tuzilmasini aks etuvchi obyektiv jarayonlarga siyosiy-huquqiy tuzilmani mos keltirishdagi tayanch qadam:
2) Xitoy Xalq Respublikasining umumjahon rivojlanishining qatʼiy talablariga javobi, bu jahon bozor xoʻjaligiga Xitoyning astabsekin kirib borishiga ichki ijtimoiy-iqtisodiy tayyorgarligining shakllaridan biri
1989-yilning kuzidayoq mamlakatning partiya va davlat rahbarlari chiqishlarida (masalan, Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining Bosh kotibi Szyan Szeminning Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining XIII chaqiriq 5 plenumidagi nutqlari) "xilma-xil xoʻjalik ukladlarini rivojlantirishga olingan kurs"ning barqarorligi aniqlik bilan koʻrsatildi.Shuni qayd qilish joizki, qishloq sanoatining juda tez oʻsishi Xitoy iqtisodiga kuchli turtki berdi. Agarda shahar davlat sanoatining oʻsish surʼatlari 80 yillarda yiliga 2,5-12 foizni tashkil qilgan boʻlsa, qishloq xoʻjaligining xuddi shunday koʻrsatkichi mazkur davrda 21-134 foizga toʻgri kelar edi.Agrar hududlarda sanoat va xizmatlar sohasining rivojlanishi qishloqda va shaharda isteʼmol talabining toʻyinishiga koʻmaklashdi, eksport bazasini ahamiyatli darajada kengaytirdi, qishloq va posyolkalar aholisining bandlik hamda hayot tarzi darajasini oshishini taʼminlab berdi. Parallel ravishda mulkdor va tadbirkorlar qatlami shakllandi. Bozor iqtisodi qonunlarini oʻn millionlab insonlar amalda oʻzlashtirdilar.
Bozor tuzilmalarini qishloq hududlarida paydo boʻlishi obyektiv ravishda avvaliga provinsiyalar darajasida, keyin esa butun mamlakat miqyosida anʼanaviy xoʻjalik mexanizmi qoidalarini buzdi. Qishloqlarda bozor iqtisodi asoslarining mustahkamlanishi mahalliy va provinsiya darajasida bozorga yoʻnaltirilgan byurokratiyaning shakllanishi bilan kuzatildi. Islohotlar natijasini muvofiq ravishda baholab, amalga oshirilayotgan jarayonlardan moddiy foydani bevosita sezgan mahalliy mansabdorlar qishloqdagi noagrar tadbirkorlikni keyingi rivojini qoʻllab quvvatlab, islohotlarning eng mustahkam tarafdorlari qatoriga qoʻshildilar.
Nihoyat, o'tkazilayotgan oʻzgarishlar Xitoyning kelajakdagi evolyutsiyasini bashorat qilish imkonini beruvchi va istiqbolda tayanish mumkin boʻlgan “oʻrta sinf”ning vujudga kelishiga koʻmaklashdi. Xitoydagi oʻtish jarayonining oʻta notekis kechishini, shuningdek, obrazli qilib aytganda, “toshlarni paypaslab daryodan o'tish” qabilidagi asosiy isloh qilishga qaratilgan yangiliklarning tajribaviy tekshiruviga bo'lgan alohida moyillikni belgilab berdi va bu, oʻz oʻrnida, xitoy islohotlarining doimiylik timsoliga aylandi24.

Xulosa
Xitoyning barcha fuqarosini har sohaga ishbilarmonlik bilan yondashuvga, real vaziyatdan kelib chiqib ish olib borishga undagan Den Syaopinni xalq “xitoy islohotlari meʼmori” deb nomladi. U haqiqatda xitoyga xos bulgan sotsializmni qurish uchun har tomonlama islohotlarning zarurligini qatʼiyat bilan himoya qildi. U partiyani qishloq xoʻjaligining jadal oʻsishini taʼminlash uchun asosiy eʼtiborni qaratishga chaqirdi. Den Syaopinning soʻzlariga koʻra, qishloqdagi muvaffaqiyatlar xitoy rahbariyatiga tanlangan yoʻlning toʻgriligiga ishonch berdi. Iqtisodiyotning agrar sohasida orttirilgan tajriba shahar iqtisodiy tizimini qayta qurishga kirishishga yordam berdi.Ishlanmasida Den Syaopinning roli alohida ahamiyatta ega boʻlgan xitoy iqtisodiy islohotining uchinchi tarkibiy qismi tashqi dunyo bilan hamkorlik qilish hamda alokalarni kengaytirish siyosati bilan boglik.
Siyosiy tuzumni oʻzgartirmasdan iqtisodiy islohotning oʻtkazilishi hech qanday natija bermaydi, chunki u odamlar tomonidan boʻladigan toʻsiqlarga uchraydi, der edi Den Syaopin. Siyosiy tuzumni oʻzgartirishda markazda, uning fikricha, partiya va hukumat organlari oʻrtasidagi munosabatlar, partiya boshqaruvini saqlab qolgan holda mazkur organlarning faoliyat doirasini cheklash haqidagi masala qoʻyilishi lozim.Xitoydagi iqtisodiy islohot konsepsiyasi va u bilan chambarchas aloq⁶ada boʻlgan qayta qurishlar amaliyotida bir qator sifatiy farqlanuvchi bosqichlarni aniq ajratish mumkin:
- 1979-1983-yillarda islohotlarning maqsadi iqtisodning ortda qolayotgan mutlaq ustuvor rejali boshqaruvini bozor boshqaruvi bilan toʻldirishdan iborat edi; qayta qurishning boshlang'ich bosqichidagi eng yirik qoloqlik koʻp hollarda qishloqlardagi oilaviy pudratning tartibsiz ravishda tarqalishi bilan kuzatildi va bu qishloq xalq kommunalari tizimida yigirma yildan ziyod hukm surgan vaqtinchalik boʻlinib ketishni yuzaga keltirdi:
- 1979-1983-yillardagi boshqaruv islohotlarning tezlashuvi uchun qulay makroiqtisodiy muhitni yaratishga imkon berdi va bunga 1984-yil 20-oktyabrdagi Xitoy Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasining xoʻjalik tizimi islohotiga doir qarori turtki boʻldi. Qarorda eʼlon qilingan “sotsialistik rejali mahsulot xoʻjaligi” tizimini yaratish masalasi 1984-1991-yillarda Xitoydagi iqtisodiy islohotning rasmiy maqsadli modeli vazifasini bajardi;
- «yangi turdagi sotsialistik xoʻjalik tizimi shakllari ilk bora Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining 1986-1990-yillarga moʻljallangan Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotining yettinchi 5 yillik rejasi haqidagi takliflarida puxta bayon qilingan edi; bunda bir- biriga boglik quyidagi ikki jihat haqida soʻz borar edi:
a) yirik va oʻrta davlat korxonalari yashovchanligini kuchaytirish, ularni sotsialistik mahsulot ishlab chiqaruvchilarning daromadi va ziyonlari uchun mustaqil javob beradigan alohida xoʻjalik yurituvchi korxonalarga aylantirish;
b) sotsialistik mahsulot bozorini rivojlantirish, bozorlar tizimi, ishlab chiqarish vositalari, sarmoyalar va boshqalarni muntazam shakllantirish;
Quyi iqtisodiy vakillar ustidan davlat bevosita nazoratining bilvositaga oʻtishi, sotsialistik makro- iqtisodiy boshqaruv tizimining yaratilishi shu bilan mukarrablashardiki, Xitoyda 1989-1991-yillarda oʻtkazilgan va xalq xoʻjaligining “qizib ketishiga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan «iqtisodni sog'lomlashtirish va tartibga solish” siyosati xitoy rahbariyatidan bir qismining avvalgi koʻrsatmali rejalashtirishning nufuzli rolini qaytadan jonlantirish va bozorning boshqaruvchi rolini faqatgina iqtisodning mikro darajasi bilan cheklab qoʻyishga boʻlgan urinishlaridan darak berardi: biroq Xitoy ijtimoiy-siyosiy negizlariga bevosita taʼsir qilgan Sharqiy Yevropadagi sotsia lizmning halokati va Sovet Ittifoqining barbod bulishi, mamlakatning yakuniy tanlovini bozor islohotlari foydasiga boʻlishini tezlashtirdi.
Isloxotlar yillarida Xitoy qayta qurishning barcha yunalishlarida sezilarli darajada olga siljidi; xususiylashtirish boʻyicha xalq xoʻjaligi tuzumi tubdan oʻzgardi: iqtisodning mikrodarajasi jiddiy transformatsiyaga uchradi; yaxlit bozor tizimini yaratish Xitoydagi islohotning markaziy bug'inlaridan biriga aylandi; makroiqtisodiy boshqaruv tizimida muhim islohotlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Den Syaopin iqtisodiy tizimni qayta shakllantirishda Xitoy barcha toʻsiqlarni yengib oʻtmadi, barcha muammolarni hal qilganicha yoʻq, shuning uchun ham, bozorning barcha vositalaridan foydalangan holda, olg'a yurish kerak, deya ogohlantirar edi. Misol uchun, 1996-yilning oxiriga kelib, mamlakat yetakchi banklari aktivlarida xususiy sarmoyalar ulushi jami 3 foizni, xalqaro tan olingan normativga koʻra, 8 foizni tashkil qilgan. Ishsizlik shitob bilan oʻsib borardi: 1997-1998-yillardayoq bu hol Xitoydagi bosh beqaror ijtimoiy omil mavqeiga koʻtarildi. Mamlakat iqtisodiyotidagi mazkur va boshqa koʻplab muammolar asosan davlat korxonalarining qoniqarsiz faoliyati bilan boglik edi.
Den Syaopindan keyingi davrda Xitoy Xalq Respublikasi oldida turgan bosh masala ikkita boshlangan strategik burilish - iqtisodiy oʻsishning ekstensiv turidan asosan jadallikka; ijtimoiy resurslarni taqsimlashni xalq xo'jaligi boshqaruvidan bozor tamoyillari ustunligiga oʻtkazishni oxiriga yetkazishdan iborat edi.
Den Syaopin tomonidan boshlangan Xitoydagi iqtisodiy islohot umumjahon bozor transformatsiyasi jarayonining ajralmas tarkibiy qismidir. Biz uchun Osmon osti mamlakatidagi islohotlarning oʻtkazilish tajribasi muhimdir, chunki qayta tashkil qilishning xitoycha usuli maʼlum maʼnoda “shok terapiyasi”ning muqobil varianti hisoblanadi. Maʼlumki, xalq uchun ezgulik qilish hayotining maʼnosi boʻlgan buyuk insonparvar bu terapiyaga qarshi dadil kurashgan.


Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling