Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Oʻzbekistonda xorijiy kredit liniyalari orqali iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatlari
Download 91.53 Kb.
|
Kursh ishi Sohiba
3. Oʻzbekistonda xorijiy kredit liniyalari orqali iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatlari
Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlashning ustuvor huquqiga: -eksportga moʻljallangan mahsulotlar; -qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash boʻyicha; -mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar; -kundalik ehtiyojdagi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega boʻladi. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash tadbirkorlik subyekti tanloviga koʻra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi. Kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit olish uchun zarur boʻlgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning toʻliq paketini ishlab chiqish va tanlab olish boʻyicha xizmatlarning toʻliq kompleksini taqdim etish: -namunaviy loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan; -yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov oʻtkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy kredit liniyalari boʻyicha kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi. Namunaviy loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: -xarid qilinadigan asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy parametrlari; -asbob-uskunalardan foydalanish shartlari; -loyiha samaradorligini baholash; -loyihani qarzga olingan mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash va qarzni uzishning asosiy shartlari. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar toʻg‘risidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) oʻtkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi yoki kichik biznes subyektlariga yetkazadi. Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar. Kredit olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tender g‘olibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega boʻlgan vakillari kiradi: vakolatli bank (ikki ovozga ega); Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi; Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari; sug‘urta agentliklari (“Oʻzbekinvest”, “Madad”, “OʻzinvestAIG”, “OʻzAIG”, “Oʻzagrosug‘urta”); boshqa manfaatdor tashkilotlar. Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda: a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi; b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning oʻz vaqtida qaytarishni ta’minlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi; v) eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning g‘olibini e’lon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi. Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qoʻmitasi koʻrib chiqishi va kredit berish toʻg‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar toʻliq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.11 Hujjatlarning toʻliq paketini tayyorlash tugagach “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injinering kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi: a) kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa; b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega boʻlgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan; v) korxonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan texnik pasporti. Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga ularni bankka joʻnatishda quyidagilar ilova qilinishi kerak: shakllangan ustav kapitalining miqdori toʻg‘risida xizmat koʻrsatadigan bankdan koʻchirma; garov shartnomasi nusxasi, agar u talab qilinsa; sug‘urta polislari nusxalari. “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injinering kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash boʻyicha xizmatlari qiymati kichik biznes subyekti xohishiga koʻra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injinering kompaniyasida) hujjatlar toʻliq paketi tayyorlashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida koʻrib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish toʻg‘risida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda. Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi. Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari boʻyicha kafil boʻlishi belgilab qoʻyildi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar koʻpaytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.12 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar boʻyicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi: -qishloq xoʻjaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish; -qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida — ushbu mahsulotlarni saqlash boʻyicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish; -koʻp qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash; -tadbirkorlik faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yoʻnalishlari uchun. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli boʻlgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard soʻm miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga oʻtkazish koʻzda tutilgan. Quyida 2021–yil boʻyicha jalb qilingan kredit miqdorlarini solishtirma qiymat bilan tanishib chiqamiz. 2021-yilning I yarmida $1,0 milliard miqdorida xorijiy liniyalardan kreditlar ajratilgan. Mablag‘larning 17 foizi davlat kafolati ostida jalb etilgan. Respublika Markaziy banki oxirgi besh yilllikda xorijiy kredit liniyalari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar toʻg‘risida sharh e’lon qildi. Unga koʻra, 2018−2020-yillar va 2021-yilning I yarmida tijorat banklarida tadbirkorlik subyektlariga xorijiy kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan $7,4 milliarddan ortiq kredit ajratildi. Xususan, 2018-yilda $1,3 milliard, 2019-yilda $2,1 milliard , 2020-yilda $2,9 milliard, 2021-yilning I yarmida $1,0 milliard miqdorida kreditlar ajratildi. Shu davrda davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlar $1,8 milliardni yoki jami ajratilgan kreditlarning 24 foizini tashkil etdi. Ushbu summani yoʻnalishlar kesimida 2018-2021 yillar boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak: -sanoatga — $4 361,8 mln (yoki jami mablagʻlarning 59%i); -qishloq xoʻjaligiga — $1 638,3 mln (22%); - savdo va xizmat koʻrsatishga — $1 051,2 mln (14%); - transportga — $239,0 mln (3%); - qurilishga — $133,5 mln (2%) miqdorida mablagʻlar yoʻnaltirildi. Bunga misol qilib, YeTTB Oʻzbekistonga soha rivoji uchun 81,6 mln yevro miqdorida kredit ajratdi. Kredit mablag‘lari 7 yil muddatga, 30 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 1 foiz pilus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5 foiz stavkasida taqdim etildi. Qarz oluvchilar — “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi”, “Navoiy IES”, “Sirdaryo IES”, “Taxiatosh IES”, “Talimarjon IES”. AJlarning qarzni qoplash boʻyicha aniq vazifalari tasdiqlandi.Bank tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foizlar, bir martalik komissiya va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq toʻlovlar tegishliligi boʻyicha IESlarning oʻz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.13 Quyida mamlakatimizda ishsizlar sonini kamaytirish maqsadida yangidan qurilgan sanoat komplekslari hamda ularga ajratilgan xorijiy kredit summalari, yaratilgan ish oʻrinlari bilan tanishib chiqamiz. Download 91.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling