Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish


Geotermal elektr stansiyalar va energetik qurilmalar


Download 75.57 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi75.57 Kb.
#1836858
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Energiya qayta tiklanadigan manbaalarga o’tish-fayllar.org

Geotermal elektr stansiyalar va energetik qurilmalar.
Geotermal energiyani topib ishlatish - axtarib topish, unga ishlov berib ma'lum energiya holatiga olib kelish va iste’molchiga sifatli energiya yetkazib berish jarayonidan iboratdir. Issiqlik energiyasi tashuvchi geotermal energiyani axtarib topishning quyidagi klassifikatsiyasini keltirish mumkin.
Geothermal energiyani joylashishi va harakati bo'yicha klassifikatsiyasi.
Yer sathidan 50-100 m va undan ortiq chuqurlikda joylashadigan geotermal suvlar favvorali yoki aylanuvchi bo‘lishi mumkin. Favvorali texnologiya hozirgi kunda ko‘p ishlatiladigan turlardan bo‘lib, undagi bosim atmosfera bosimidan bir necha barobar katta bo‘lishi mumkin. o‘z bosimi ostida yoki nasoslar bilan ko‘tarib berilgan favvorali suvlar ishlatib bo‘lingandan so‘ng tashlab yuborilishi kerak. Tarkibida har xil tuzlar va boshqa atrof-muhitga zarar keltiruvchi moddalar borligi tufayli ulardan foydalanish uncha ham maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun bu usul uncha qo'llanilmaydi.
Vulqonli rayonlarga o‘rnatish mumkin bo'lgan geotermal elektrostansiyaningsxemasi: 1-geotermal quduq; 2 -bug‘ga aylantiruvchi moslama; 3 -turbina; 4-kondensator; 5-nasos; 6-suvli issiqlik almashtirgich.
Geotermal quduq-asosiy issiq suv bazasiga ega hudud. Separator (lot. separator — ajratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun moʻljallangan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususiyatlari (zarrachalarning shakli, massasi, solishtirma ogʻirligi, magnit xossasi va boshqalar) orasidagi farqqa asoslangan. S.ning markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, ishqalanma, elektr va boshqa xillari bor. Markazdan qochma S.lar (sentrifugalar) da suyuklik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi. Magnit S. foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan. Tindirma S. birbiri bilan aralashmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba boʻlib, yuqorisidan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuklik chiqadi. Pnevmatik S. tegirmonda maydalangan materialning mayda-yirikligini havo oqimi taʼsirida rostlash, uni boyitish va boshqalarda ishlatiladi. Ishqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitishda qoʻllanadi. Gaz S.ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsion (gaz tezligini keskin pasaytirishga asoslangan), siklonli (markazdan qochma kuchga asoslangan) xillari bor. S. xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarida, mas, un tortish korxonalarida, gaz sanoatida, paxta terish mashinalari va boshqalarda ishlatiladi; 2) podshipniklarda shar yoki roliklarni birbiridan ajratib turadigan detal (qarang Podshipnik).
Turbina –bug’ aylantiruvchidan uzatilgan bug’ turbina parraklarini aylantirishi natijasida generator vali aylanadi va bu mexanik harakat elektr energiyaga aylanadi. Turbina (frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bugʻ, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga taʼsir qilib, uni aylantiradi. T.ning aktiv (faol) va reaktiv, bir va koʻp pogʻonali turlari bor. Muqim (statsionar) bugʻ va gaz T.lari elektr toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), taʼminlash, yonilgʻi va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qoʻllanadi. Transport bugʻ va gaz T.laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz T.lari ham aviatsiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar) sifatida, baʼzi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur boʻlganda) lokomotivlar (gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qoʻllanadi. Gidravlik T.lar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi (gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli T.lar energetikada porshenli bugʻ mashinalarining oʻrnini egalladi (qarang Bugʻ turbinasi, Gaz turbinasi, Gidroturbina).
Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan Generatorlar bajarishi mumkin. Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi (qarang Elektrmashina generatori, Oʻlchash generatori).
Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. K.lar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.] Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim. Qadimda ham nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilgan. 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin N. egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli N. tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug N.lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli N. ham paydo boʻddi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, rotorli Nasoslarlar ishlatila boshladi. Nasoslar taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) N. yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli N. hozirgi tishli gʻildirakli N.ga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli N.ning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920 yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma N.ni taklif qildi. Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi. Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — nasos-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv
bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-asrda amalga oshirilgan. Nasos-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852 yilda taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va boshqa tarzidagi nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-asr boshlarida magnitgidrodinamik nasoslarning yaratilishi nasos-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-asr 50—60-yillaridagina bunday nasoslar keng qoʻllanila boshladi. Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlarga boʻlinadi. Parrakli nasos dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli nasosning markazdan qochma, diagonal va oʻqaviy(oʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli nasos 1 – 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. Nasos k. — 90 — 92%. Uyurma nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma N. qovushoqligi kam suyuqliklarni haydash uchun quvvati bir necha kilovatdan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli nasosga qaraganda 2—10 marta ortiq, f.i.k. - 25 - 50%. Hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqa taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va boshqa xillari bor. Proshenli nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga boʻlinadi.
Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.. Oʻzbekistonda Fargʻonada artezian iliqsuv havzalari bor Geotermal resurslar - Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i.ch.da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH (Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Gʻarbiy Sibir, Shim. Saxalin)da].


Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling