Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
Yurtimizda geotermal energiyadan foydalanish va uning mavjud imkoniyatlari
Download 75.57 Kb.
|
Mavzu Energiya qayta tiklanadigan manbaalarga o’tish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
3. Yurtimizda geotermal energiyadan foydalanish va uning mavjud imkoniyatlari.
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni uning hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod resurslaridan 4-6 marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va elektr energiya ishlab chiqarish bo‘ladi. Farg‘ona artezian basseynida bir necha suv oqimi komplekslari terminal suvlari uchraydi, minerallashuv va kimyoviy tarkibi turlicha, suv tennisi 70-900 C ga yetadi. Bu suvlar katta debitga va basseynga ega. Alohida quduqlari 30 l/s gacha termal suv olish mumkin. O‘zbekiston janubida (Sirdaryo) geotermal suvlar 6500 C temperaturada uchraydi, ularda debiti ayrim quduqlar 3000 m3/sutka gacha etadi. Bu suvlar yod va brom moddalari bor hisoblanadi. Ulardan kompleks foydalanish mumkin-issiqlik ta’minoti uchun yoki qimmatbaxo kimyoviy elementlar olish uchun. O’rta Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umumiy oqim sarfi 0,55 mln.m3/kun bo’lgan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir. Hozirgi vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida (uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Energetika va issiqlik bilan ta’minlashda asosan temperaturasi yuqori va kam mineralizatsiyali suvlar qimmatli hisoblanadi. Chunki mineralizatsiyasi oz bo’lsa, jihozlarning zanglashi va ularning devorlariga tuzlarning o‘tirib qolishi kam bo’ladi. Issiqlik almashinuviga ega past chuqurlikdagi geotermal tizim, a - yer osti quduq (skvajina) larda; b- gorizontal kanallarda. O'zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytalanuvchi energiya manbalarining turlari va miqdorlari (mln.t.n. e.) Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha juda ko‘p ilmiy-tadqiqot, loyiha hamda qurib ishga tushirish ishlari xalqaro grantlar va loyihalar asosida bajarilmoqda Dunyodagi eng katta geotermal elektrostansiya The Geysers - eng katta geotermal energiya to‘plangan joy AQShning Kaliforniya shtatidan 116 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda joylashgan 18 dona geotermal elektrostansiya 2000 MW quvvat ishlab chiqaradi Geotermal elektrostansiyalar joylashgan hudud 78 km2 tashkil qila¬di. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi Kaliforniya shtatinmg janubida joylashgan iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi. Qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, butun dunyo siyosatchilari va iqtisodchilari tillari bilan aytilganidek har bir davlatning rivojlanganligini uning energiya ehtiyoji va ishlab chiqarishiga qarab baholasak bo’ladi. Bugungi kunda barcha davlatlar o’zining organik yoqilg’i resurslaridan uzoq muddat davomida foydalana olmasligini anglagan holda o’zining ehtiyojini ma’lum miqdorda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atom energiyasidan qoplashga o’tishmoqda. Yildan-yilga qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlab chiqarilayotgan elektr va issiqlik energiyasi ko’rsatgichlari ortib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham ushbu sohada kata loyiha va shartnomalar tuzilmoqda. Jumladan O’zbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasining (Saudiya Arabistonning ,,Masdar’’ kompaniyasi investitsiyasi hisobiga 100MV quvvatli Navoiy viloyatining Karmana tumanida ) joriy 2021-yilda ishga tushirilishi ilk qadamlardan. Kelgusi yillarda ham quyosh va shamol, biogaz, kichik GES, atom, geothermal, vodorod energiyasidan foydalanish borasidagi shartnoma va loyihalar bajarilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar bilan biz hozirda mavjud organik yoqilg’imizni kelajak avlodga ham qoldirgan va ekologiyamizda har xil zararli birikma va chiqindilar miqdorining kamaytirishga erishgan bo’lardik. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.,,Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari’’. ,,Voris-nashriyot’’. Toshkent-2014. 2.,,Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari’’. ,,Ilm-Ziyo’’. Toshkent-2014. 3.,,Yo’nalishga kirish’’ fanidan ma’ruzalar matni. ,, QarMII- Issiqlik energetikasi kafedrasi.’’ Qarshi-2017. Internet tarmog’i. 1.http:/staff.tiiame.uz. 2.http:/library.ziyonet.uz. 3.http:/Wikipedia.org. Download 75.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling