Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Harakatning tezligini tarbiyalash vosita va usullari


Download 489.42 Kb.
bet4/11
Sana21.09.2023
Hajmi489.42 Kb.
#1683382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sport trenirovkasining vositalari va metodlai

Harakatning tezligini tarbiyalash vosita va usullari. Kishi erisha oladigan maksimal tezlik faqatgina tezkorlikni rivojlantirishga bog’liq bo’lmasdan, balki dinamik kuch, qayishqoqlik, chidamlilik, texnikani egallash darajasi va hokazolarga ham chambarchas bo’ladi.
Mashqlarni katta tezlikda bajarish uchun quyidagilar zarur: texnika shunchalik malakali o’zlashtirilgan bo’lishi kerakki, mashqni katta tezlikda ijro etishga imkon bersin; mashq shunchalik yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerakki, harakat vaqtida irodaviy zo’r berish mashq bajarish uslubiga emas, bajarish tezligiga qaratilsin; u shunday davom etishi kerakki, mashq yakunlanishdagi charchoqda ham uni bajarish tezligi kamaymasin.
Harakat tezligini tarbiyalash barcha usullarining asosiy g’oyasi o’z maksimal tezligini oshirishga urinib ko’rish va shu tezlik sezgisini “esda saqlash” dan iborat. Masalan, qisqa masofaga yugurishning mashg’ulot sharoitida tashqi qo’zg’atuvchilar shtangani ko’targanda yoki balandlikka sakragandagidek bevosita ta’sir qilmaydi. Shunga ko’ra ko’pchilik sportchilarga o’z irodaviy zo’r berishlarini maksimal darajaga ko’tarish qiyin bo’ladi. Shuning uchun ko’proq ongli irodaviy faoliyatga ahamiyat bermoq zarur. Bu erda sportchi erishgan tezlik to’g’risida aniq ma’lumot berish alohida o’rin egallaydi. Barcha tezlikda bajariladigan mashqlar maksimal zo’r berib bajarilishi shart.
Mashg’ulotning asosiy usullari qat’iy tartibda mashq qilish, musobaqa va o’yin metodlari hisoblanadi. Bunda ko’plab takrorlash, progressiv, o’zgaruvchan mashq qilish metodlari o’ziga xos afzallikka ega. Bu metodlar orqali tezkorlik ustida mashq qilinganda, qisqa masofalarga maksimal shiddat bilan, dam olish uchun etarli interval bilan (kislorod qarzi qoldirilishi va markaziy nerv sistemasining optimal qo’zg’aluvchanligini ta’minlaydigan darajada) tezlikning kamayishiga yo’l qo’ymasdan ish olib borilishi kerak.
Tezlikning pasayishi- charchash belgisi va tezlik ustida ish olib borishni to’xtatishning signalidir. Biroq, ko’plab takrorlash metodining kamchiligi shundan iboratki, unda “tezlik to’sig’i” hosil bo’ladi, u fazo, dinamik va su’rat xarakteridagi stereotiplarni rivojlantiradi. Shuning uchun yuqoriga sakrash bo’yicha etakchi sportchilarining mashg’ulotida planka ustidan sakrab o’tish barcha sakrashlarning bor yo’g’i 12-15% ni tashkil qiladi. Asosiy vaqt turli xarakterli mashqlarga va odatdan tashqari sakrashlarga qaratiladi. Agarda tezkorlik doimiylashib qolsa, bu to’siqqa o’zgaruvchan metod bilan (qiyalik bo’ylab yugurish, engillashtirilgan snaryadlarni uloqtirish, molot trosini qisqartirish, oqim bo’ylab suzish va h. k. orqali ) yo’q qilish zarur. Bir necha vaqt bu tezlik mashqlarini umuman bajarmaslik mumkin, shuning bilan hosil qilingan salbiy malaka buziladi va so’nadi.

Download 489.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling